Aralashadi. Suvda erimaydi


Download 74.98 Kb.
Pdf ko'rish
Sana17.04.2022
Hajmi74.98 Kb.
#641006
Bog'liq
Benzol - Vikipediya
1, m-t risolat, MT ped MAJMUA 2019, Шавкат Миромонович Мирзиёев, mpdf (12), Task for the lesson 1 cd789e9d38cdfd0aa255e728ee9840ea, Task for the lesson 1 cd789e9d38cdfd0aa255e728ee9840ea, English 65ffd8461f2ae704d9ad4f9893341cba, English 65ffd8461f2ae704d9ad4f9893341cba, English 65ffd8461f2ae704d9ad4f9893341cba, English 65ffd8461f2ae704d9ad4f9893341cba, English 65ffd8461f2ae704d9ad4f9893341cba, pedogogika 2-mavzu, mustaqil ish, Kiberxavfsizlik 2-amaliy ish UZM


Benzol
Benzol, C
6
H
6
— aromatik uglevodorodlarning oddiy vakili. Molar massasi 78,11, rangsiz, tez
yonuvchan, uchuvchan suyuqlik boʻlib, oʻziga xos hidi bor. Zichligi 879 kg/m
3
. Qaynash
temperaturasi 80,1 °C. Yonganda is chiqadi. Benzol bugʻi havo bilan aralashganda portlovchi
aralashma hosil boʻladi. Uglevodorodlar va koʻpchilik organik erituvchilar bilan yaxshi
aralashadi. Suvda erimaydi.
Benzolning strukturasi


Benzolni 1825-yilda ingliz olimi 
Maykl Faradey
yonuvchi gaz kondensatidan ajratib oldi. Toza
benzolni 1833-yilda nemis olimi 
Eylgard Micherlix
kalsiy benzoatni quruq haydab olgan. 1865-
yilda nemis olimi 
Kekule
 benzol uchun 3 oddiy va 3 qoʻsh bogʻdan iborat 6 atomli halqa
shaklidagi formula taklif qildi. Benzol molekulasida uglerod atomlari toʻgʻri yassi olti
burchaklik hosil qiladi, lekin qulay boʻlishi uchun u choʻziqroq qilib chiziladi. Fransuz
kimyogari 
Bertlo
1866-yilda atsetilenni 500—600° da qizdirib benzolni olib, sintez usuli
yordamida alifatik birikmalardan aromatik birikmalarga oʻtish mumkinligini nazariy jihatdan
isbotladi.
Benzolning tavsifli xususiyatlaridan biri uning yuqori temperaturaga chidamligidir. Benzol
kimyo sanoatining muhim mahsulotlaridan hisoblanadi. U toʻyinmagan uglevodorod
boʻlishiga qaramay, asosan oʻrin almashinish reaksiyalariga kirishadi. Masalan, benzolni
nitrolab nitrobenzol, sulfolab benzosulfokislota, xlorlab xlorbenzol va geksaxlorbenzol,
oksidlab malein angidridi, alkillab etilbenzol va izopropilbenzol, degidrogenlab difenil olish
mumkin. Benzol toʻyinmagan birikma xususiyatlarini namoyon qiladigan birikish
reaksiyalariga juda qiyin kirishadi. Ularning sodir boʻlishi uchun maxsus sharoit: yuqori
temperatura va bosim, katalizator, yorugʻlik nuri taʼsir ettirish talab qilinadi. Masalan, nikel yoki
platina katalizatorligida benzol gidrogenlanib 
siklogeksan
, yorugʻlik taʼsirida esa xlorni
biriktirib olib geksaxlorsiklogeksan (
geksaxloran
) hosil qiladi. Benzol boʻyoqlar, portlovchi
moddalar, dorivorlar, xushboʻy moddalar, plastik massalar va boshqa birikmalarni olishda
Benzol strukturasining qisqartma shakli
Tarixi
Xossalari


hamda erituvchi sifatida ishlatiladi. Benzol katalizator ishtirokida gidrogenlanganda
kaprolaktam sanoatining xom ashyosi boʻlmish siklogeksan hosil boʻladi. Kaprolaktam oʻz
navbatida polimerlanib, sintetik tola boʻlgan 
„kapron“ni
beradi. Benzol motor yonilgʻilariga
ham ishlatiladi. Benzol bugʻi kishi organizmiga yomon taʼsir etadi, qon tarkibini buzadi, qattiq
zaharlanganda odam oʻladi. Suyuq benzol teriga kuchli taʼsir qiladi.
OʻzME
. Birinchi jild. Toshkent, 2000-yil
Ko‘proq o‘rganish
Ushbu maqolada 
Oʻzbekiston milliy ensiklopediyasi
 (2000-2005)
maʼlumotlaridan foydalanilgan.
Ushbu maqola 
chaladir
. Siz uni 
boyitib, (https://uz.wikipedia.org/w/index.php?title=Benzol&
action=edit)
 
Vikipediyaga
 yordam berishingiz mumkin. 
Bu andozani 
aniqrogʻiga
almashtirish kerak.
"
https://uz.wikipedia.org/w/inde
x.php?
title=Benzol&oldid=2292883
" dan 
olindi 
Adabiyotlar


 
Soʻnggi tahrir 6 oylar avval
 
MalikxanBot
 tomonidan amalga oshirildi

Download 74.98 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2022
ma'muriyatiga murojaat qiling