Argentina Respublikasi (Ispancha: República Argentina) Janubiy Amerikadagi davlat. Qitʼaning janubi-sharqiy qismini, Olovli Yer o ning sharqiy qismini va bir qancha orollarni egallaydi


Download 0.66 Mb.
bet1/3
Sana06.04.2023
Hajmi0.66 Mb.
#1331777
  1   2   3
Bog'liq
Argentina


ARGENTINA
Argentina Respublikasi (Ispancha: República Argentina) — Janubiy Amerikadagi davlat. Qitʼaning janubi-sharqiy qismini, Olovli Yer o.ning sharqiy qismini va bir qancha orollarni egallaydi. Atlantika okeani sohilida joylashgan. Maʼmuriy jihatdan 22 viloyat (provinsiya), federal (poytaxt) okrugi va Olovli Yer hududiga boʻlinadi. Maydoni 2767 ming km². Aholisi 36,1 mln. 605kishi (1999). Poytaxti Buenos-Ayres shahri.
Davlat tuzumi:
Argentina — federativ respublika. Amaldagi konstitutsiyasi 1994-yil 24-avgustda qabul qilingan. Davlat boshligʻi — prezident. Prezident va vise-prezident 4 yil muddatga saylanadi. Qonun chiqaruvchi hokimiyat — Millim kongress (parlament). Kongress ikki palata: senat va deputatlar palatasidan iborat. Ijrochi hokimiyat prezident va hukumatdir.
Tabiati:
Argentinaning sharqi keng tekisli-klardan va gʻarbi togʻlardan iborat. Mamlakatning butun shimoli-sharqini La-Plata pasttekisligi (Gran-Chako, Sharqiy Pampa tekisligi), janubi-sharqini Patagoniya yassi togligi egallaydi. Gʻarbdagi togʻ yon bagʻirlari balandlasha borib, And toglariga ulanib ketadi. Janubiy Amerikaning eng baland nuqtasi Akonkagua (6960 m) ham Argentina hududidadir. Foydali qazilmalari: neft, gaz, temir, poli-metallar, uran, mis, qalay, volfram va boshqa rudalar. Argentina tekislik qismining iqlimi — tropik va subtropik, janubida — moʻ’tadil. Eng issiq oy (yanvar)ning oʻrtacha harorati shimolida 28°, janubida 10°, iyulning oʻrtacha harorati shimolida 18° va janubida G. Togʻlarda iqlim moʻ’tadil sovuq. Yiliga Patagoniyada 100 — 300 mm, shimoli-sharqda 1400 — 1600 mm, Andning sharqiy yon bagʻirlarida 5000 mm gacha yogʻin yogʻadi. Asosiy daryolari: Parana, Paragvay, Urugʻvay, Rio-Sala-do, Rio-Kolorado, Chubut, Rio-Negro. Argentina koʻllarining aksariyati muzliklardan paydo boʻlgan (Naul-Uapi, Buenos-Ay-res, Vedma va boshqalar). Argentina hudu-dining salkam 20% doimiy koʻm-koʻk va bargi toʻkiluvchi oʻrmonlar bilan qoplangan. Gran-Chakodagi qizil tuproqda siyrak oʻrmon, Pampadagi unumdor qoratuproqda pichanzor dashtlar, Patagoniyada -yarim choʻl. Argentinaning milliy bogʻlari — Iguasu, Lanin, Na-uel-Uapi va boshqalar.
Aholisi:
Argentinlar (mamlakat aholisining 90%) asosan yevropalik muhojirlardan shakllangan. Shuningdek italyanlar, yahudiylar, ukrainlar, ispanlar, katalonlar, polyaklar, nemislar, fransuzlar va boshqalarlar ham yashaydi. Tub joy aholisi — indeyslarning aksariyati yevropaliklarning mustamlakachilik harakatlari jarayonida qirilib ketgan. Ularning oz qismi (kechua, tupi-guaranlar va boshqalar) Argentinaning shimoli-gʻarbida va Paragvay bilan boʻlgan chegara yaqinida yashaydi. Rasmiy tili — ispan tili. Dindorlarning aksariyati katoliklar. Aholining oʻrtacha zichligi 1 km²ga 9 kishidan koʻproq. Aholining 86% shaharlarda yashaydi. Yirik shaharlari: Buenos-Ayres, Kordova, Rosario, La-Plata.

Download 0.66 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
  1   2   3




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling