ArrayAdapter (Android).
Assalomu alaykum. Bugun sizlar bilan Android Studioda qanday qilib ArrayAdapter-dan foydalanish haqida tanishib olamiz. Demak boshladik.
ArrayAdapter sinfi ma'lumotlar to'plamini TextView elementlari yoki boshqa elementlar to'plami bilan bog'laydigan oddiy adapter bo'lib, ulardan, masalan, ListView tuzilishi mumkin. Ya'ni, ma'lumotlar manbai ob'ektlarning massividir.
Keling, bir oddiy ilovada ArrayAdapter bilan ishlab ko'raylik.
Demak, Android Studio-da yangi ilova yarating va "ArrayAdapter" deb, nomlang. Keyin kod yozishni boshlang. activity_main.xml faylini quyidagicha o'zgartiring:
android:id="@+id/activity_main"
android:layout_width="match_parent"
android:layout_height="match_parent">
android:id="@+id/viloyatlar_ruyxat"
android:layout_width="match_parent"
android:layout_height="match_parent" />
Yuqoridagi kodda ob'ektlar ro'yxatini aks ettiradigan ListView elementi aniqlangan.
Endi MainActivity.java kodiga o'tamiz va ListView-ni ArrayAdapter orqali ba'zi ma'lumotlar bilan bog'laymiz:
package com.example.android.arrayadapter;
import androidx.appcompat.app.AppCompatActivity;
import android.os.Bundle;
import android.widget.ArrayAdapter;
import android.widget.ListView;
public class MainActivity extends AppCompatActivity {
// ro'yxat bilan bog'lanish uchun ma'lumotlar to'plami
String[] viloyatlar = { "Toshkent", "Farg'ona", "Samarqand", "Xorazm", "Navoiy", "Qashqadaryo",
"Surxondaryo", "Andijon", "Namangan", "Jizzax", "Buxoro", "Sirdaryo"};
@Override
protected void onCreate(Bundle savedInstanceState) {
super.onCreate(savedInstanceState);
setContentView(R.layout.activity_main);
// ListView elementini olish
ListView viloyatlarRuyxat = findViewById(R.id.viloyatlar_ruyxat);
// adapter yaratish
ArrayAdapter adapter = new ArrayAdapter(this,
android.R.layout.simple_list_item_1, viloyatlar);
// adapterni o'rnatish
viloyatlarRuyxat.setAdapter(adapter);
}
}
Yuqoridagi kodni tushuntirsam:
Biz avval id orqali ListView elementini olamiz va keyin unga adapter yaratamiz.
ArrayAdapter adapterini yaratish uchun quyidagi konstruktor ishlatilgan (this, android.R.layout.simple_list_item_1, viloyatlar):
this: joriy activity ob'ekti.
android.R.layout.simple_list_item_1: standart taqdim etiladigan ro'yxatni aniqlash fayli. Bu Android SDK papkasida platforms/[android-versiya_raqami]/data/res/layout-da joylashgan. Agar biz ro'yxatning standart layout-dan qoniqmasak, biz o'zimiz boshqa layout yaratishimiz mumkin.
viloyatlar: ma'lumotlar massivi. Bu erda massivni ko'rsatish shart emas, u ArrayList ro'yxati bo'lishi mumkin.
Va nihoyat, setAdapter() metodi yordamida ListView uchun adapterni o'rnatib oldik.
Endi ilovani ishga tushiring va natijani ko'ring:
Mana, Android Studio-da qanday qilib ArrayAdapter bilan ishlashni boshlang'ich tushunchalarini bilib oldingiz. Sizlarga foydali bo'ldi, degan umiddaman. Ko'proq ma'lumot uchun havola:
Do'stlaringiz bilan baham: |