Arteriyalarni bosish usullari


Download 16.3 Kb.
Sana21.04.2020
Hajmi16.3 Kb.

32-bilet

1. Arterial qon ketishda birinchi yordam

Qonni vaqtincha to’xtatish uchun jarohatlangan arteriyani darhol uning yonidan o’tadigan suyakka bosish kerak.

Arteriyalarni bosish usullari:

Uyqu arteriyasi — kaftni jabrlanuvchi bo’ynining orqa qismiga qo’yib, boshqa qo’l barmoqlari bilan arteriya ustiga bosish.

Yelka arteriyasi osonlikcha aniqlanadi, uni yelka suyagiga bosish kerak.

O’mrov osti arteriyasidan qonni to’xtatish qiyin. Buning uchun jabrlanuvchining qo’lini orqaga olib, o’mrov ortida joylashgan arteriyani birinchi qovurg’aga bosish kerak.

Qo’ltiq osti arteriyasini barmoqlar bilan qattiq bilan bosish kerak, chunki u chuqur joylashgan bo’ladi.

Son arteriyasi juda yirik bo’lib, uni son suyagiga musht bilan bosish kerak. Agar bu bajarilmasa, 2-3 daqiqadan so’ng jabrlanuvchi o’lishi mumkin.

Taqim arteriyasini taqim chuqurchasiga bosish kerak, buni bajarish mushkul emas.

qon ketishida birinchi tibbiy yordam

Arteriyalar qon ta’minlaydigan odam tanasining zonalari va qon ketganda qay joylarni bosish kerakligi

Oyoq-qo’l arteriyalaridan qon ketishida birinchi tibbiy yordam ularni siqish, oyoq-qo’lni kuchli bukish va jgut qo’llash yo’li orqali amalga oshiriladi. Agar oyoq-qo’l tomirlarini barmoqlar bilan bosib, siqib bo’lmasa, dastavval bo’g’imning ichki tomonidan dokadan valik qo’yib, qo’l yoki oyoqni maksimal darajada bukish kerak.

Agar qon oqishda davom etsa, jgut qo’llash kerak. Bu tezda bajarilishi kerak, chunki qon juda jadal oqadi.

Jgut qish oylarida yarim soatgacha, yozda esa bir soatgacha ushlanishi mumkin. Agar bu vaqt ichida shifokor kelmasa, jgutni asta-sekin yeching va qon aylanishi tiklanishini kuting. Shundan so’ng uni qayta bog’lang. Bunda jarohat olgan qo’l yoki oyoqda puls sezilmasligi kerak. Shunda qon to’xtaydi.

Jgut qo’yilgan vaqtni qog’ozchaga yozib, bemorning ko’rinarli joyiga yopishtirib qo’yish kerak, bu shifokorlarga uni qachon yechish kerakligi haqida ma’lumot beradi.

Shuni esda tutish kerakki, jgut noto’g’ri qo’yilganda u qon ketishdanda ko’ra ko’proq xavf tug’diradi.

Agar maxsus jgut bo’lmasa, u sochiq, kamar, bint kabi materiallar bilan almashtirilishi mumkin. Ular tayoq bilan o’ralib, ochilib ketmasligi uchun fiksatsiyalanadi. Bog’ich, ingichka arqon va shunga o’xshash materiallardan foydalanib bo’lmaydi.



2. bemorlarni parxez taomlar bilan davolash

Parhez bilan davolash, diyetoterapiya — baʼzi kasalliklar (gastrit, enterit, kolit, yara kasalligi, jigar, buyrak xastaliklari va boshqalar)ni davolash va oldini olish maqsadida parhezdan foydalanish. P. bilan d. dori-darmonlar va boshqa davo vositalari bilan birga qoʻllanadi. P. bilan d. qadimdan maʼlum, ammo uning ilmiy asoslari faqat 19-asrning 2yarmida ishlab chiqiddi, bunda rus olimlari I. P. Pavlov va I. M. Sechenov yaratgan fiziologik qoidalarning ahamiyati katta boʻldi. P.bilan d.ning asosiy prinsiplari: ovqatlanish ratsioni, rejimi va masalliqni pishirish usulini belgilashda individual yondashish; kasallikning harakteri, bemorning axvoli va organizmning oʻziga xos xususiyatlari, ovqatning miqsor va sifat jihatdan mutanosib boʻlishi, bemorga kasalligi tufayli biror oziq modda yoki ovqat mahsulotini berib boʻlmaydigan yoki cheklab qoʻyiladigan xrllarda ratsionni oqsillar, yogʻlar, uglevodlar, mineral moddalar va vitaminlar birmuncha muvofiq keladigan qilib belgilashdan iborat. Shuning uchun P. bilan d. faqat vrach maslahatiga muvofiq hamda uning ku-zatuvi ostida olib boriladi. Kam ovqat yeyiladigan kunlar buyurish, oson singadigan ovqat hisobiga uning sifatini cheklash, ovqatlanish rejimini oʻzgartirish, masalliqlarga maxsus pazandalik ishlovi berish usullari P.bilan d.da keng qoʻllanadi. Bunda ovqat ratsioni shifobaxsh va toʻyimli boʻlishi, shuningdek, organizmning vitaminlar, mikroelementlar va biologik faol moddalarga boʻlgan ehtiyo-jini toʻla qondirishi lozim.



3. Chaqaloqlarni antropometriya tekshiruvidan o’tkazish

Antropometriya (antropo ... va yun. metreo – o‘lchayman) – antropolo-giyaning tekshirish usullaridan biri. U odam organizmi a’zolarining hamma belgilari (uzunligi, eni, qalinligi, shakli, rangi va hokazo) o‘zgarib turishini miqdoriy tomondan tavsiflab beradi. Olingan ma’lumotlar organizmning ayrim bo‘laklari (bosh, bo‘yin, ko‘krak qafasi, qorin va chanoq qismlari, qo‘l va oyoqlar)ga taqqoslanib, o‘sishi yoki o‘zgarishi kuzatib boriladi.



4. Grelka, muzli xaltachalarni tayyorlash va qo’llash texnikasi.

5. Yotoq yaralarini oldini olish va davolash texnikasi.
Download 16.3 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2020
ma'muriyatiga murojaat qiling