A’ruza. Milliy g‘oya: o‘zbekistonni rivojlantirish strategiyasi fanining predmeti, maqsadi va vazifalari


Download 33.68 Kb.
Sana19.04.2020
Hajmi33.68 Kb.
#100276
Bog'liq
1-mavzu


1-мa’ruza. Milliy g‘oya: o‘zbekistonni rivojlantirish strategiyasi fanining predmeti, maqsadi va vazifalari.

Nazorat savollari:

1.Milliy g‘oya: O‘zbekistonni rivojlantirish strategiyasi” fanining predmeti, tadqiqot ob’ekti qanday ?

2.  G‘oya – insoniyat taraqqiyotining harakatlantiruvchi omili, hayotiy maqsadlar ifodasi sifatida qanday izohlanadi ?

3.  Mafkura tushunchasining mazmuni, mafkuraning funksiyalari va shakllari haqida nimalarni bilasiz ?

4. Milliy g‘oya tushunchasi, uning tuzilishi va namoyon bo‘lish xususiyatlari qanday?

5.Milliy g‘oya: O‘zbekistonni rivojlantirish strategiyasi” fanining qanday qonunlarini bilasiz ?

6.Milliy g‘oya: O‘zbekistonni rivojlantirish strategiyasi” fanining huquqiy asoslarinini izohlang.

7. Milliy g‘oya: O‘zbekistonni rivojlantirish strategiyasi” fanining kategoriyalarini asoslab bering.

8. “Milliy g‘oya: O‘zbekistonni rivojlantirish strategiyasi” fanining qanday tamoyillari mavjud ?

9. Strategiya va taktika, ularning o’zaro farqli jihatlari nimada?

10. O’zbekiston Respublikasini rivojlantirish bo’yicha Harakatlar Strategiyasi haqida nimalar bilasiz? Harakatlar Strategiyasi yo’nalishlarini ramziy ranglari asosida izohlang.


Javoblar:

  1. “Milliy g‘oya: O‘zbekistonni rivojlantirish strategiyasi” fanining predmetini milliy go‘yaning shakllanish tarixi, rivojlanish qonuniyatlari va amal qilish prinsiplari, “Harakatlar strategiyasi”ning asosiy tushuncha va tamoyillari haqidagi bilimlar tashkil etadi.

Milliy g‘oya bilan yoshlarimizni qurollantirish, ertangi baxtli kelajakka ishonch va umid ruhini qaror toptirish milliy mafkuramizning o‘zagini tashkil etmog'i lozim. Yoshlarda sog'lom tafakkur va ilmiy dunyoqarashni shakllantirish, ularda el-yurt oldidagi ma'naviy burchini to‘g'ri anglashni, milliy g‘oya orqali milliy urf-odat va an'analarimizga mehr-muhabbatni uyg'otishni, ularni mustaqil fikrlaydigan kishilar qilib tarbiyalashni taqozo etadi.

“Milliy g‘oya: O‘zbekistonni rivojlantirish strategiyasi” fani yoshlarda milliy g'urur, mustaqillik g‘oyalariga sodiqlik, daxldorlik, fidoyilik, vatanparvarlik, xalq ishiga kamarbastalik ruhini shakllantirishda samarali vosita hisoblanadi. Mazkur fanning qonun qoidalari, tushunchalarini o‘rganishdan oldin quyidagilarga alohida e'tibor berishimiz kerak:

-             yoshlarimiz ongi va qalbida ezgu g‘oyalarlarga sadoqat tuyg'usini uyg'otish asosida mafkuraviy immunitetini kuchaytirish;

-             “Harakatlar strategiyasi”ning asosiy tushuncha va tamoyillarini anglatish;

-             yoshlarni ongli yashashga, o‘z aqli, fikriga, ezgu insoniy mafkuraga, aniq milliy g‘oyaga suyanib yashashga o‘rgatish;

-             globallashuv avj olayotgan davrda mafkuraviy xurujlarning mohiyatini ochib berish;

-             axborot xurujlariga qarshi tura oladigan barkamol inson tarbiyasini kuchaytirish;

-             mafkuraviy profilaktika orqali sog'lom e'tiqodni shakllantirish;

-             yoshlarda Vatan kelajagi, xalq farovonligiga daxldorlik hissini uyg'otish;

-             mafkuraviy tahdidlar va ularga qarshi kurashning samarali yo‘llari, usullari haqida ilmiy asoslangan tavsiyalarga e'tibor qaratishimiz zarur.

Milliy g‘oya: O‘zbekistonni rivojlantirish strategiyasi” fanining asosiy maqsadi yoshlarga mamlakatimizda amalga oshirilayotgan O‘zbekistonning rivojlanish strategiyasining g‘oyaviy asoslari, maqsad va vazifalari, amalga oshirish shart-sharoitlari hamda omillarini o‘rgatish va ularda g‘oyaviy kurashchanlik, mustaqil dunyoqarashlarini yanada mustahkamlashdan iborat. 


  1. “G‘oya” aslida arabcha so‘z bo‘lib, o‘zbek tilida – maqsad, intilish, niyat, qasd degan ma’nolarni anglatadi.

     G‘oya voqelik va hayot ta’sirida uni aks ettirish asosida inson tafakkurida vujudga keladigan, ijtimoiy xarakterga ega bo‘lgan, ruhiyatga kuchli ta’sir o‘tkazib, jamiyat va insonlarni harakatga chorlaydigan, maqsad-muddao sari yetaklaydigan kuchli, teran fikr, dunyoni bilishning  o‘ziga xos shakllaridan biridir. 

U shaxs, jamiyat, ijtimoiy guruh, partiya va boshqalarning muayyan maqsadlarini  ifodalaydi, ularni bu yo‘lda birlashtiradi, uyushtiradi,  faoliyatga undaydi,  safarbar qiladi. G‘oyaning namoyon bo‘lish xususiyatlari, o‘ziga xos belgilariga quyidagilar kiradi:

1.          G‘oya eng avvalo, muayyan maqsadni ifodalaydi, insonlarni ana shu maqsadga erishish uchun chorlaydi, safarbar etadi.

2.          G‘oya hayotiy va ilmiy dalillarga asoslangan holda ish ko‘radi, faoliyat olib boradi.

3.          G‘oya biron-bir ijtimoiy voqelikning in’ikosi bo‘lib obyekt va subyektning o‘zaro dialektik birligiga asoslanadi.

4.          G‘oya muayyan mafkura uchun asos bo‘lib xizmat qiladi.

5.          G‘oya nazariy va amaliy bilimlar birligiga tayanadi.

6.          G‘oya biron-bir farazni ifodalaydi.

G‘oyalar namoyon bo‘lish xususiyatlariga ko‘ra quyidagi turlarga: bunyodkor va vayronkor; ilmiy va xayoliy; falsafiy; dunyoviy va diniy; badiiy; ijtimoiy-siyosiy; sinfiy, milliy, umumxalq va umuminsoniy; ma’naviy va ma’rifiy; aхloqiy va estetik; tarbiyaviy va hokazolarga bo‘lamiz.

G‘oyaning jamiyat taraqqiyoti uchun muhim turlaridan biri milliy g‘oyadir. 



  1. Mafkura (arab. — fikrlar majmui) — muayyan ijtimoiy guruh, qatlam, millat, jamiyat, davlatning manfaatlari, orzulari, maqsadlari ifodalangan qarashlar va ularni amalga oshirish tizimi. Unda manfaatlari ifodalanayotgan guruh va qatlamlarning oʻtmishi, bugungi kuni va istiqboli oʻz ifodasini topadi. Mafkura har qanday jamiyat hayotida zarur. Insoniyat tarixida turli-tuman mafkuralar boʻlgan. Turli xalqlar va ijtimoiy kuchlarning gʻoyaviy rahnamolari, mutafakkir va arboblari oʻzlarining manfaat va mak,sadlaridan kelib chiqib mafkuraviy taʼlimot va dasturlar ishlab chiqqanlar. Har qanday mafkura jamiyatda yangi paydo boʻlgan ijtimoiysiyosiy kuchlarning talab-ehtiyojlari, maqsadlarini ifoda etuvchi yangi gʻoyaviy tizim si-fatida vujudga keladi va, asosan, qu-yidagi vazifalarni oʻz oldiga qoʻyadi: muayyan gʻoyani odamlarning ongiga va ruhiyatiga singdirish; aholining turli guruhlarini birlashtirish; koʻzlangan maqsad va niyatlarga erishish uchun odamlarni safarbar etish; ularni maʼnaviyruhiy ragʻbatlantirish; aholini, ayniqsa, yosh avlodni gʻoyaviy tarbiyalash va mafkuraviy immunitetni shakllantirish; boshqa mafkuraviy va gʻoyaviy taʼsirlardan himoya qilish va shahrik. Mafkura muayyan falsafiy, diniy taʼlimotlar asosida yaratiladi, maʼlum ilmiy qarashlar, axloqiy tamoyillarga tayanadi. Mafkura oʻz mohiyati va taʼsir kuchiga koʻra, jamiyatni birlashtirishi yoki uni bir-biriga qarama-qarshi taraflarga boʻlib yuborishi, davlatning jahondagi obroʻ va mavqeini oshirishi yoki tushirishi, xalqlarni yuksaklikka koʻtarishi yoki tanazzulga du-chor etishi mumkin. Yuksak maqsadlar, bunyodkor gʻoyalarga asoslangan mafkura ijtimoiyiqtisodiy taraqqiyotga turtki boʻladi, maʼnaviyatnn yuksaltiradi, insonlarni ulugʻvor ishlarga safarbar etadi. Ozodlik, erkinlik, mustaqillik, tinchlik, hamkorlik gʻoyalari asosida shakllangan, ezgu maqsadlarga xizmat qiladigan mafkura bunyodkorlik xususi-yatiga ega boʻladi. Hukmronlik, mustabidlik, tajovuzkor, bosqinchilik, ekstremistik, aqidaparastlik gʻoyalari asosida shakllangan, millat va xa-lkdarni asoratga soladigan mafkura vayronkorlik xususiyatiga egadir. Mafkuraning diniy, dunyoviy, milliy, siyosiy va boshqa koʻrinishlari bor. Aksari-yat rivojlangan mamlakatlar xalqdari erkinlik, adolat, qonun, inson huquqlari, millatlararo hamjihatlik, diniy bagʻrikenglik kabi gʻoyalarga asoslangan mafkuraga tayanmoqda.

  2. Milliy g‘oya-

1) millatning o‘tmishi, buguni va istiqbolini o‘zida mujassamlashtirgan, uning tub manfaatlari va maqsadlarini ifodalab, taraqqiyotga xizmat qiladigan ijtimoiy g‘oya shakli.

2) Mustaqillik yillarida shakllangan, o‘ziga xos falsafiy asosi, ilmiy-nazariy va tarixiy ildizlarga ega yaxlit ta'limot. Buyuk davlat va jamoat arbobi I.A. Karimov tomonidan yaratilgan ushbu ta'limot mamlakat taraqqiyotining ob’ektiv zarurati, milliy rivojlanishning qonuniy hosilasi sifatida ozod va obod Vatan, erkin va farovon hayot barpo etayotgan xalqimizning maqsad-muddaolari va orzuintilishlarini ifodalaydi.



Milliy g‘oya – u yoki bu millat, xalq, elatning milliy an’analarini, turmush tarzini va tanlab olgan ijtimoiy-siyosiy, iqtisodiy, ma’naviy tizimni va umuman milliy manfaatlarni himoya qiladigan, qo‘llab-quvvatlaydigan, ularni mustahkamlash uchun ko‘maklashadigan qarashlar majmuidan iborat. O‘z tarixi va taraqqiyotining tub burilish davrlarida har qanday millat va xalq kelajagini belgilaydi, unga etishning o‘ziga mos yo‘llarini tanlaydi. Ana shu jarayonga xos ijtimoiy, iqtisodiy, siyosiy yo‘nalishlar bilan barcha g‘oyaviy tamoyillarini ham belgilab oladi.

  1. Milliy g‘oya, O‘zbekistonni rivojlantirish strategiyasi” fanining qonuniyatlari 2 turga bo‘linadi.

1)          umumiy 

2)          o‘ziga xos qonuniyatlardir. 

1. Umumiy qonuniyatlar turli xalqlar, mamlakatlar, jamiyatlar hayotida amal qiladigan umumiy asosga ega bo‘lgan ichki zaruriy bog’lanishlar bo‘lib, u jamiyat va mafkuralar (g‘oyalar)ning bir-birlari bilan uzviy bog’liqligi qonunidir. Jamiyat mafkurasiz yashay olmaydi. Demak, birinchidan, mafkura har qanday jamiyat hayotida zarur. Mafkura bo‘lmasa, odam, jamiyat, davlat o‘z yo‘lini yo‘qotishi muqarrar. Ikkinchidan, qayerdaki, g‘oyaviy bo‘shliq vujudga kelsa, o‘sha erda begona g‘oya asosida bo‘lgan mafkuralar ta’siri uchun sharoit vujudga keladi. U jamiyat oldidagi maqsadlar, uni amalga oshirish vositalaridir. Demak, Milliy g‘oyaning umumiy qonunlari quyidagilardan iborat:

1)          Turli xalqlar, turli jamiyatlar mavjud. Ularning maqsadlari ham, rivojlanish yo‘llari ham turli xil. Ya’ni rivojlanishning, ijtimoiy taraqqiyotning xilma-xilligi qonun orqali namoyon bo‘ladi.

2)          Dunyoning mafkuraviy manzarasi turli xil maqsadlar, turli xil manfaatlar, qarashlar bilan bog’liq holda namoyon bo‘lgan va bo‘lib qolmoqda. Bu ezgu g‘oyalar bilan birga yovuz g‘oyalarning ham yashovchanligini, «dunyoda mafkura sohasida kurashning» davom etib kelayotganligining asosida yotgan o‘ziga xos jihatidir.

3)          Globallashuv jarayonining milliy g‘oyaga ta’sir etishi ham o‘ziga xos umumiy qonuniyatdir. Bu jarayon turli mamlakatlar, xalqlar hayotida ularning bir-biriga bog’liqligini, o‘zaro ta’sirini oshiradi, ma’naviy, g‘oyaviy hayotida aks etmasdan qolmaydi.



2. O‘ziga xos qonuniyatlar o‘zbek xalqining hayoti, turmush tarzi, tarixi, madaniyati, milliy-madaniy merosi va qadriyatlarini aks ettiradi. Bu qonuniyat Milliy g‘oyaning mazmuni, maqsadi va xususiyati nuqtai nazaridan qaraganda alohida, ustuvor ahamiyatga ega. Chunki bu qonuniyatni hisobga olish o‘zbek xalqining, millatning kelajagi bilan o‘zligini saqlab qolish hamda o‘z negizida rivojlanishini, dunyoda o‘ziga xos o‘ringa ega bo‘lishni e’tirof etish bilan bog’liq. Tarixiy jihatdan yondashganda, bu sohada «turli g‘oyalar», «mafkuralar» ana shu muhim qonuniyatlarga zid bo‘lgan holatlarni ham kuzatishini ko‘rsatadi. O‘zbek xalqini tilidan, madaniyatidan, tarixidan ajratib qo‘yishga bo‘lgan urinishlar bunga misoldir. Chunki yot va begona g‘oyalar xalqning turmush tarzi, milliy-madaniy qadriyatlaridan ajratib qo‘yish orqali uni zaiflashtirishga va o‘z irodasiga bo‘ysundirishga harakat qilgan.

Demak, milliy g‘oyaning qonuniyatlari har bir xalq uchun milliy o‘ziga xosligini zamon yutuqlari bilan bog’lanishning nafaqat kafolati, balki rivojlanish strategiyasi hamdir.



  1. Oʼzbekiston Respublikasi Birinchi Prezidentining 2001 yil 18 yanvardagi «Milliy istiqlol gʼoyasi: asosiy tushuncha va tamoyillar» fani boʼyicha taʼlim dasturlarini yaratish va respublika taʼlim tizimiga joriy etish toʼgʼrisida»gi farmoyishi hamda Oliy va oʼrta maxsus taʼlim vazirligi tomonidan tasdiqlangan «Milliy istiqlol gʼoyasi: asosiy tushuncha va tamoyillar» fani haqidagi davlat taʼlim standarti, oʼquv dasturi va boshqa tegishli normativ-huquqiy hujjatlar tashkil etadi.

  2. Fanning kategoriyalari:

Substantsional;

Gnoseologik;

Аksiologik.

1.Substantsional (lotincha «substantio» – mohiyat, asos ma'no- larini anglatadi) kategoriyalarga milliy g'oya, milliy istiqlol g'oyasi, mafkura,mafkuraviy immunitet mafkuraviy bo'shliq, mafkuraviy poligon, milliy g'urur, milliy o'zlikni\anglash, ogohlik, hushyorlik, tolerantlik, jasorat kabi tushunchalar kiradi;

2.Gnoseologik - (yunoncha«gnosis– bilim, ilm, «logos» – ta'limot, nazariya ma'nolarini anglatadi)1 kategoriyalarni ozod va obod Vatan, erkin va farovon hayot, yurt tinchligi, Vatan ravnaqi, xalq farovonligi, diniy tolerantlik, millatlararo bag'rikenglik, ijtimoiy hamkorlik, komil inson tushunchalari tashkil etadi.

3. Aksiologik (yunoncha «axio» – qadriyat, «logos» – fan, ta'limot ma'nolarini anglatadi) kategoriyalarga insonparvarlik, xalqpar- varlik, vatanparvarlik, sadoqat, mehr-oqibat, birdamlik, qahra- monlik, tinchliksevarlik kabi tushunchalar kiradi.



  1. Fanning tamoyillari:

  • Ob'ektivlik;

  • Ilmiylik;

  • Relyativlik;

  • Insonparvarlik.
  • Obyektivlik tamoyili. Milliy g'oya shaklan sub'ektiv, ya'ni inson tafakkurining mahsuli bo'lsada, mazmunan ob'ektivdir. U ma'lum bir shaxs yoki ijtimoiy guruh tomonidan emas, balki xalqning o'zi tomonidan yaratiladi, ya'ni xalq ijodining mahsulidir. Milliy g'oyaning muallifi – xalq. Tafakkur tarixidan ma'lumki, axloq, urf-odatlar, an'analar, hikmatlar xalq tomonidan yaratilgan. Dunyoda qancha xalq bo'lsa, shuncha o'ziga xos milliy g'oyalar mavjud.
  • Ilmiylik tamoyili. Milliy g'oya diniy, mifologik g'oyalar tarkibiga kirmaydi. Milliy g'oyaning mazmunini ilmiy bilimlar tizimi tashkil etadi. Milliy g'oya – u yoki bu xalqning orzu-umidlari, maqsadlarini ifodalovchi ilmiy bilimlar tizimi. Milliy mafkura esa muayyan bir maqsadlarni hayotga tatbiq etish yo'llari haqidagi fikrlar majmuasidir. Shu sababli, O'zbekistonda milliy g'oyani o'rganuvchi va o'rgatuvchi «Milliy g'oya: asosiy tushuncha va tamoyillar» fani vujudga keldi. Milliy g'oya ilmiy asoslangan nazariyalar, hayot sinovlaridan o'tgan tajribalar hamda statistik materiallar asosida o'zining ilmiy xulosalarini ishlab chiqadi.
  • Insonparvarlik tamoyili. Milliy g'oya bir millatni yoki sinfning ikkinchi bir millat yoki sinf ustidan hukmronligini targ'ib etuvchi (millatchilik, fashizm, kommunizm), shuningdek irqiy va diniy xususiyatlarni ustun qo'yuvchi (sionizm, genotsid, diniy ekstremizm, missionerlik, prozelitizm) hamda shaxsiy manfaatlarni umuminsoniy manfaatlardan ustun qo'yuvchi (egotsentrizm kabi) mafkuralarga qarshi kurashadi. Milliy g'oyada inson – oliy qadriyat. Insonning milliy, diniy, irqiy, ijtimoiy belgilari uning mohiyatini belgilamaydi. Insonning mohiyati uning yaratuvchanlik qobiliyati, el-yurt, jamiyatga keltirayotgan foydasi bilan bog'liq.
  • Relyativlik tamoyili. Milliy g'oya mutlaq haqiqatga da'vogarlik qilmaydi. Milliy g'oya xalq manfaatlari o'zgarishi bilan o'zgarib boradi. Mustamlakachilik davrida «milliy istiqlol g'oyasi» ob'ektiv zarurat edi, chunki O'zbekiston xalqi oldida mustaqillikni qo'lga kiritish va uning asoslarini yaratishdek dolzarb vazifa turardi. Shu sababli, respublika ta'lim tizimiga «Milliy istiqlol g'oyasi: asosiy tushuncha va tamoyillar» fani kiritildi, Milliy g'oya va mafkura ilmiy-amaliy markazi tashkil etildi. 2010 yil 12 noyabrda O'zR Birinchi Prezidenti Oliy Majlis qonunchilik palatasi va Senatining qo'shma majlisida «Mamlakatimizda demokratik islohotlarni yanada chuqurlashtirish va fuqarolik jamiyatini rivojlantirish kontseptsiyasi»ni e'lon qildi. Unda mamlakatimizni dunyoning eng rivojlangan davlatlari qatoriga olib kiruvchi yo'llari ifodalab berildi.
  1. Birinchidan, strategiya bu taktikadan ko'ra umumiyroq narsa, ya'ni bitta strategiyada bir nechta taktikalarni qo'llash mumkin.
Qadimgi yunonlar, biz bu so'zlarni kimdan olgan bo'lsak, shunday bo'ldi: strategiya bu "qo'mondonlik san'ati", uzoq vaqtdan beri harbiy harakatlarning umumiy, aniq rejasi. Va taktika umumiy strategiyaga mos keladigan va uning bir qismi bo'lgan maqsadlaringizga erishish vositasidir. Dastlab, taktika harbiylarning joylashishi va harakatini tahlil qilishga qaratilgan edi.
Aqlga kelgan yana bir misol shaxmatdan kelib chiqadi: strategiya bu umumiy g'oya, doskalar qanday bo'lishiga, qanday himoyalanishiga (ayniqsa qirolga) asoslangan uzoq muddatli o'yin rejasi. Taktikalar - strategik rejalarni amalga oshirish uchun ideal bo'lgan qisqa harakatlar ketma-ketligi: raqib qismiga "vilka" qo'ying, mudofaaga hujum qiling, odatda bu taktik harakatlar 2 dan 5 gacha bo'lgan harakatlardan iborat bo'ladi, bundan ortiq bo'lmaydi.
Fikrni umumlashtirish uchun:
strategiya - umumiy / taktika - o'ziga xos
strategiya - global vazifa / taktika haqida - tudu varag'idagi vazifalar haqida
strategiya - tayyorlash va rejalashtirish / taktika - harakat
strategiya - kelajak / taktika – hozir.
  1. O’zbekistonni rivojlantirish strategiyasining 5 tamoyili:
1.Davlat va jamiyat qurilish tizimini takomillashtirish. (Moviy rang – osmon va toza suv ramzi, buyuk Amir Temur davlatining bayrog'ining rangi).
2.Qonun ustuvorligini ta'minlash va sud-xuquq tizimini yanada isloh qilish. (Siyohrang – qonuniylik elementlari hisoblangan ustuvorlik va or-nomuslilik ramzi).
3.Iqtisodiyotni rivojlantirish va liberallashtirish. (Tillarang – iqtisodiyotni rivojlantirish elementlari hisoblangan kuch-qudrat va boylik ramzi).
4.Ijtimoiy sohani rivojlantirish. (Qizil rang – xayot va aholining munosib turmush tarzini ta'minlash ramzi)
5.Xavfsizlik, diniy bag'rikenglik va millatlararo totuvlik, o'zaro manfaatli va amaliy tashqi siyosat. (Oq rang – tinchliksevarlik siyosati elementlari hisoblangan tinchlik va soflik ramzi)


Download 33.68 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling