Arxivlash deganda, fayl yoki fayllar guruhining siqilgan holda bitta faylga joylashishi tushuniladi


Download 16.44 Kb.
Sana10.12.2020
Hajmi16.44 Kb.
#164114
Bog'liq
Javoblar Labaratoriya 1 mavzu


Javoblar

1,2.Kompyuterdan foydalanish jarayonida turli sabablarga ko‘ra magnit disklardagi ma’lumotlar o‘chirilishi yoki zararlanishi mumkin. Bu magnit diskini ishdan chiqishi, fayllarning noto‘g‘ri tahriri yoki faylni ehtiyotsizlik oqibatida o‘chirilishi, yoki kompyuter virusining zarari natijasida yuz beradi. Shu sabab bunday ko‘ngilsizliklarning oldini olish uchun foydalanuvchi fayllarning arxiv nusxasini olib turish, hamda ularni kerak bo‘lganda yana tiklash mumkin bo‘ladi. Undan tashqari kompyuterga antivirus dasturlarini joylashtirib, kerak bo‘lganda xavf sezilgan papkalarni tekshirishdan o‘tkazib turish lozim bo‘ladi.
Kompyuter xotirasida foydalanuvchi ishlashi uchun kerak bo‘lgan ko‘plab fayllar saqlanadi. Bu fayllar ba’zan ehtiyotsizlik oqibatida yoki boshqa sabablar, masalan, kompyuter virusi zarari natijasida o‘chirilib ketilishi mumkin. Shuning uchun kerakli fayllarning nusxasini arxivli faylga joylab qo‘yish maqsadga muvofiq. Fayllarni arxivlash natijasida nafaqat fayllarning o‘chirilib ketilishi oldi olinadi, balki disklarda bo‘sh joy ko‘payadi. Fayllarni arxivlash natijasida disklarda matnli fayllar uchun 60–70 foiz, bajariluvchi fayllar uchun 20–30 foiz bo‘sh joy tejaladi.
Arxivlash deganda, fayl yoki fayllar guruhining siqilgan holda bitta faylga joylashishi tushuniladi. Arxivli fayllarda asosan kompyuter xotirasida uzoq muddatli saqlanuvchi va muhim bo‘lgan dasturlar saqlanadi.
Malumotlarni xajm jixatdan kichraytirish uchun arxivlash dasturlaridan foydalanish mumkin. Arxivlash natijasida bir nechta fayl, xatto kataloglar siqilgan holda bir faylga birlashtiriladi, arxiv faylni ochish natijasida ular o‘z holatiga qaytariladi.
Fayllarni arxivli nusxasini yaratish uchun maxsus arxivlovchi dasturlardan foydalaniladi. Bu dasturlar disketadagi joyni tejaydi va arxiv faylidan foydalanishda qulayliklar yaratadi. Arxivlovchi dasturlar fayl nusxasini diskda siqib joylashtiradi, fayllarni arxivdan olish va arxiv mundarajasini ko‘rish imkonini beradi.

3. Arxivlash dasturlari anchagina. Ular qo‘llaniladigan matematik usullar, arxivlash, arxivni ochish tezligi va eng asosiysi, sikish samaradorligi bilan bir-biridan farq qiladi. Arxivlash dasturlaridan yetarli darajada tez va yaxshi ishlaydiganlari PKZIP, LHARC, ARJ, RAR dasturlaridir.
Arxiv fayl yagona faylga birlashtirilgan bir yoki bir necha faylning siqilgan xoldagi kurinishi bo‘lib, undan kerakli xollarda fayllarni dastlabki ko‘rinishdan chiqarib olish mumkin. Arxiv fayl undagi fayllar nomlarini ko‘rsatuvchi mundarijaga ega bo‘ladi. Arxivda joylashgan har bir fayl haqida ma’lumot beruvchi mundarijada quyidagilar joylashgan bo‘ladi:
— fayl nomi;
— fayl joylashgan katalog haqida ma’lumot;
— fayl o‘zgartirilganligini ko‘rsatuvchi sana va vaqt;
— faylning diskdagi, arxivdagi o‘lchami va parametrlari.

5,6. Eng mashhur dastur - bu WinRar operatsion tizimlar Windows va siqishni tezligiga nisbati jihatidan juda samarali hisoblanadi. Fayllarni rar yoki zip formatida saqlaydi. Ushbu dasturning afzalligi arxivlangan papkaga elektron imzo ko'rinishidagi qo'shimcha himoyaning mavjudligi, biroq u erda kamchiliklar mavjud: WinRar pulli dasturdir. Quyida file zip formatida arxivlashning samarali usuli hisoblanadi.

7-Zip deb nomlangan yana bir xil qulay va qulay arxivchi mavjud. Birinchi dasturdan farqli o'laroq, bu bepul, rasmiy saytdan yuklab olish mumkin. 7-Zip, kompyuter bilan do'st bo'lmaganlar uchun juda oddiy vosita.
Download 16.44 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling