Asfalt yoi bo‘ylab velosipedchi to‘g‘ri chiziqli


Download 49.5 Kb.
Sana10.02.2023
Hajmi49.5 Kb.
#1184497
Bog'liq
fizika 25.10.2020


Fizika

  1. Asfalt yoi bo‘ylab velosipedchi to‘g‘ri chiziqli tekis harakat qilyapti. U yo‘l chetidagi ikki ketmaket telegraf ustunlari oralig‘idagi masofani 10 sekundda bosib o‘tyapti. Ustunlar oralig‘i 50 m. Velosipedchi qarshisidan kelayotgan avtomobilning spidometri 36 km/soat ni ko‘rsatyapti.Velosipedchi avtomobilga nisbatan
    qanday tezlik bilan harakatlanyapti (m/s)?

  2. Katerning suvga nisbatan tezligi 1,5 m/s, oqimning tezligi 0,5 m/s. Oqim bo‘ylab manzilga borish uchun ketgan vaqt, oqimga qarshi manzildan qaytish uchun ketgan vaqtdan necha marta kam?

  3. Poyezd yo`lning birinchi yarmini, ikkinchi yarmidagi tezlikga nisbatan 1,5 marta katta tezlikda bosib o‘tdi. Poyezdning butun yo‘1 davomidagi o‘rtacha tezligi 43,2 km/soat ga teng. Poyezdning, yo‘lning birinchi va ikkinchi yarmidagi tezligi qanday? (km/soat).

  4. Poyezd stansiyadan 0,5 m/s2 tezlanish bilan harakat qiladi. Stansiyadan necha metr uzoqlashganda, uning tezligi 36 km/soat ga teng bo`ladi?

  5. Brone mashina qandaydir V0 doimiy tezlik bilan harakatlanib, biror paytdan boshlab 2 m/s2 tezlanish bilan tekis tezlanuvchan harakatlana boshladi. Shu paytdan boshlab 5 s davomida u 100 m yo`l o‘tdi. V0 ni aniqlang (m/s).

  6. Poyezd jami 10 min harakatlandi. U dastlabki 1 min da tekis tezlandi va oxirgi 1 min da tekis sekinlanib to‘xtadi. Agar poyezdning butun harakati davomidagi o‘rtacha tezligi 20 m/s boisa, uning butun harakat davomidagi erishgan eng katta tezligini (m/s) toping.

  7. Mototsiklchi shosse bo‘ylab to‘g‘ri chiziqli harakat qilmoqda. Motosiklchining harakat yo‘nalishi OX o‘qining yo‘nalishi bilan bir xil bo`lib, harakat tenglamasi x = 10+ 10t +t2 (m) ko‘rinishida boisa, uning uchinchi sekund oxiridagi tezligi qanchaga teng bo`ladi (m/s)?

  8. Ikki jism 20 m/s tezlik bilan 2 s oralatib, yuqoriga tik otildi. Ikkinchi jism otilgan paytdan necha sekund vaqt o`tgach, ularning tezliklari modul jihatdan tenglashadi?

  9. Kichik jism 35 metr balandlikdan erkin tushmoqda. Uning tezligi 10 m/s ga yetgan paytda, Yerdan qanday balandlikda (m) bo`ladi?

  10. Yuk 54 m balandlikdan tushmoqda. Shu balandlikni shunday uch qismga (m) bo`lish kerakki, bunda har bir qismni o'tish uchun bir xil vaqt kerak bo`lsin.

  11. H balandlikdan boshlang`ich tezliksiz tushayotgan jism harakat vaqtining oxirgi sekundida ЗH/4 masofani bosib o`tdi. H necha metrga teng?

  12. Tomdan ketma-ket ikki tomchi tushadi. Ikkinchi tomchi tusha boshlagan paytdan 2 sek o`tgach, tomchilar orasidagi masofa 25 m bo`lib qoldi. Birinchi tomchi ikkinchisidan qancha oldin tomdan uzilgan (s)?

  13. Raketa yerdan vertikal yo'nalishda 8 m/s2 tezlanish bilan 20 s davomida ko`tarildi, so‘ng uning dvigateli o‘chirildi. Raketa harakat boshlanganidan qancha vaqtdan keyin Yerga qaytib tushadi? (g = 9,8m /s2).

  14. Jism h balandlikdan erkin tushmoqda. Uning yo`lning ikkinchi yarmidagi o‘rtacha tezligini toping.

  15. Bir nuqtadan ikki jism bir vaqtda harakat qila boshladi, ulardan biri 40 m/s tezlik bilan vertikal yuqoriga otildi, ikkinchisi esa erkin tusha boshladi. Necha sekunddan so‘ng ular orasidagi masofa 120 m bo`ladi?

  16. Balandligi 25 m bo`lgan tomdan teng vaqtlar oralig`ida tomchilar yerga tushmoqda. Birinchi tomchi yerga yetib kelganda oltinchi tomchi tomdan ajraldi. Birinchi tomchi yerga urilgan paytda uchinchi va to‘rtinchi tomchilar orasidagi masofa qanday bo`lgan?

  17. Aylana traektoriya bo‘ylab o‘zgarmas 2 m/s tezlik bilan harakatlanayotgan jismning burchak tezligi

0,5 rad/s ga teng bo`lsa, 3,14 s vaqt oraligida chiziqli tezlik vektorining yo‘nalishi necha gradusga o‘zgaradi?

  1. Radiusi m bo`lgan g`ildirak gardishidagi A nuqta 4,2 m/s tezlik bilan tekis aylanma harakat qilayotgan edi. Tormozlanish natijasida A nuqta З т /s2 tangensial tezlanish bilan harakat qila boshladi. Tormozlanish boshlanganidan 0,4 s o`tgach A nuqtaning tezlik vektori bilan tezlanish vektori orasidagi burchak necha gradusga teng bo`ladi?

  2. A ylanma harakat rasmda ko‘rsatilgani kabi 1-g‘ildirakdan 2-g‘ildirakka uzatiladi. 2- va 3-g‘ildiraklar esa bir o‘qqa mahkamlangan. Agar g‘ildiraklaming aylanish radiuslari R1 = 2R2= R3 munosabatda bo‘lib,

3-g‘ildirak gardishidagi nuqtalarning markazga intilma tezlanishlari 18m/s2 bo`lsa, 1-g‘ildirak eng chekka nuqtalarining markazga intilma tezlanishini (m/s2) toping.

  1. Agar maxovik aylanganda gardishidagi nuqtalar tezligi 6 m/sek, ulardan o'qqa 15sm yaqin masofada bo`lgan nuqtalar tezligi esa 5,5 m/sek bo`lsa, maxovikning radiusini aniqlang. (m)

Javoblar


  1. 15m/s

  2. 2 marta

  3. 54 va 36

  4. 100 m

  5. 15

  6. 22,2

  7. 16

  8. 1

  9. 30m

  10. 6 , 18 , 30

  11. 20 m

  12. 1

  13. 60



  14. 3

  15. 5

  16. 90o

  17. 120o

  18. 3

  19. 1,8

Download 49.5 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling