Ashyoni egallash, undan foydalanish va tasarruf etish bilan bogʻliq huquq


Download 21.39 Kb.
Sana12.12.2020
Hajmi21.39 Kb.
#165273
Bog'liq
Ashyoviy huquqlar




Ashyoviy huquqashyoni egallash, undan foydalanish va tasarruf etish bilan bogʻliq huquq1.

Fuqarolik huquqiy munosabatlari tizimida kichik tarmoqlar, kichik sohalar o‘z navbatida huquq institutlari o‘ziga xos bir qator xusisiyatlarga ko‘ra ajratiladi. Huquq instituti deganda muayyan turdagi bir biri bilan bog‘liq ijtimoiy munosabatlar guruhini tartibga soluvchi normalar yig‘indisi tushuniladi. Har bir kichik soha o‘z navbatida huquq institutlariga bo‘linadi. Masalan, intellektual mulk huquqi patent huquqi, mualliflik huquqi, turdosh huquqlar institutlariga va boshqa institutlarga bo‘linadi. Mulk huquqi va boshqa ashyoviy huquqlar kichik sohasi o‘z navbatida xususiy mulk huquqi, ommaviy mulk huquqi, cheklangan ashyoviy huquqlar tizimi, mulk huquqi va boshqa ashyoviy huquqlarni himoya qilishni ashyoviy huquqiy usullari kabi institutlarga bo‘linadi. Umuman olganda esa, mulk huquqi ham o‘z navbatida ashyoviy huquq sanaladi.



Ashyoviy huquqlarning qonunchilikdagi belgilanganligi

O‘zbekiston Respublikasining Fuqarolik kodeksi 164-moddasiga binaon: “Mulk huquqi shaxsning o‘ziga qarashli mol-mulkka o‘z xohishi bilan va o‘z manfaatlarini ko‘zlab egalik qilish, undan foydalanish va uni tasarruf etish, shuningdek o‘zining mulk huquqini, kim tomonidan bo‘lmasin, har qanday buzishni bartaraf etishni talab qilish huquqidan iboratdir. Mulk huquqi muddatsizdir2” –deb belgilab qo‘yilgan.

Undantashqari mazkur kodeksning 165-moddasiga ko‘ra : ashyoviy huquqlarning tarkibi mustahkamlab qo‘yilgan:

Mol-mulkka egalik qilish huquqining boshqa shaxsga o‘tishi, agar qonun hujjatlarida o‘zga tartib nazarda tutilgan bo‘lmasa, bu mol-mulkka nisbatan o‘zga ashyoviy huquqlarning bekor bo‘lishi uchun asos bo‘lmaydi.



1 Fuqarolik huquqi: Darslik. I qism/ Mualliflar jamoasi –T.: TDYU nashriyoti, 2016. 6-bet.

2 https://lex.uz/docs/-111189#-153802

Download 21.39 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling