Asian yuoth conference


Download 36.5 Kb.
Sana09.01.2022
Hajmi36.5 Kb.
#258819
Bog'liq
Ekologiya yo`nalishi loyihasi


ASIAN YUOTH CONFERENCE”

EKOLOGIYA yo’nalishi delegatlari tomonidan konferensiya davomida olib borilgan tortishuvlar natijasida yurtimiz ekologiyasini rivojlantirishga qaratildan taqdim etilayotgan loyihalari
MAVZU: O’zbekistonda ekologik madaniyatni oshirish va yashil iqtisodiyotga o’tishning 5 yillik davlat dasturi.
1. O’zbekistonda ekologik madaniyatni oshirishda ta’lim jarayoni sifatini va moddiy texnik bazasini yaxshilash loyihasi.

Loyihaning maqsadi asosan O’zbekiston Respublikasi aholisining yoshlikdan ekologik madaniyatini shakllantirish, ekologik madaniyatni shakllantirishda ta’lim tizimining samaradorligini oshirish, aholi o’rtasida ekologik madaniyatni keng targ’ib etish, kuchli ekologik madaniyatli shaxslarni tarbiyalash va bu orqali ona tabiatga nisbatan hurmat, e’tibor, e’zoz, mehr tuyg’ularini shakllantirgan holda ularni ona tabiatni asrab-avaylash g’oyasi ostida birlashtirish.


Loyiha:

  • bog’cha va maktablar uchun bionik dizayndagi ekobog’, minizoopark va kichik qo’riqxonalar ( o’quvchilar ishtirokida, ichki imkoniyatdan kelib chiqib) tashkil etish;

  • ta’lim tizimida chet ellik pedagoglar bilan hamkorlikda “Exchange” va “Ecoschool” tashkil etish;

  • Jamoat joylarida innivasion chiqindi qutichalari(hayvbonlar ko’rinishida)ni joriy etish (chiqinda qabul qilgandan so’ng kayfiyatni ko’taruvchi harakatlarni amalga oshiruvchi harakatlarni amalga oshiradi)


2. O'zbekistonda ekologik madaniyatni oshirishda, jamoatchilikni o'rni!

Loyiha maqsadi: O'zbekistonda ekologik madaniyatni oshirish, aholi o'rtasida turmush tarzini yaxshilash, yoshlar o'rtasida shaxsiy va ommaviy ekologik madaniyatni ommalashtirish ham tabiiy toza hududda yashash muhitini yaxshilash.



Loyiha:

  • Ekologik partiya qoshida, "Eko yoshlar" ko'ngillilar guruxini respublikamizning barcha hududlarda tashkil etish, jamoadagi faollar doimiy ekologiyani targ'ibotlar tashkil qilish.

  • Eko yoshlar guruhi faollari tomonidan "Diqqat kamera" loyihasini amalga oshirish (Ya'ni insonlar tomonidan ekologiyaga zarar yetkazish, atrof muhitni ifloslantirish holatlarini kamera orqali yozib olish va jamoat muxokamasiga taqdim qilish).

Xulosa: Bu loyiha orqali mamlakatimizda tobora ommalashib borayotgan “ekologik madaniyat”ga barham berish va jamoat nazoratini rivojlantirish.
3. O’zbekistonda ekologik madaniyatni oshirishda OAV ning o’rni va ahamiyati.

Loyihaning maqsadi: OAV lari orqali O`zbekistonda ekologiyaning jamiyat xayotida tutgan o’rni faqarolarga tushuntirish, ekologik madaniyatni va ekologik huquqiy bilimlarini mustahkamlash.

Loyihaning nomi: «Ekoreport»

  • Jamoat joylari va transportlaridagi mavjud reklama bannerlarini ijtimoiy ahamiyatga ega reklama bannerlariga almashtirish

  • Osiyo yoshlar konferensiya delegatlari tomonidan har bir viloyat tuman shaharlarda Ijtimoiy tarmoqlarda ( telegram messenger, instagram, facebook, youtube) rasmiy kanallarini ochish, bu rasmiy kanallarda aholini ekologik madaniyatini oshirish hamda ekologik muammolarga xalq va mutasaddilarni e’tiborlarini jalb qilishga qaratilgan faoliyatni yo’lga qo’yish

  • Ijtimoiy tarmoqlar orqali mamlakatimizda yuzaga kelayotgan global muammolarga bag’ishlangan media materiallarini tayyorlash va yurtimizdagi mashhur insonlar orqali jamoatchilikni jalb qilgan holda mavjud muammolarni hal etilishi jarayonlari tezlatishga ta’sir o’tkazish

  • Yurtimizdagi televideniya kanallari orqali proma vaqtlarida ekologik muammolarga qaratilgan ijtimoiy ahamiyatga ega video reklamalarni doimiy berib borilishini yo’lga qo’yish

Download 36.5 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling