Asinxron dvigatellarni ishga tushirish usullari Mamasidikov Kamoldin (4-18 eee)


Download 0.93 Mb.
Sana10.04.2022
Hajmi0.93 Mb.
#631340
Bog'liq
Asinxron dvigatellarni ishga tushirish usullari
buxgalteriya xisobi nazariyasi, Qoidalarsiz biznes, ЎЗБЕКИСТОН РЕСПУБЛИКАСИНИНГ БЮДЖЕТ КОДЕКСИ, Atom tuzilishining modellari. Vodorod atomining bor nazariyasi 1, Ona tili o'qitish metodikasi (o'zbek), 2 5217492658766745259, 2 5217786657868090369, 15 (3), virtual mashina, 1 топшириқ Метрология, стандартлаштириш ва сертификатлаш фанидан, 411-18-Jumatov-Salamat(11-lab), Asinxron dvigatellarni ishga tushirish usullari, Xarajatlar-smetasi-va-Biznez-reja, 6-mavzu amaliy mashg\'t. Mehnat bozori st.si. Milliy boylik st.si. YAlpi ichki. mahsulot st.si

Asinxron dvigatellarni ishga tushirish usullari

Mamasidikov Kamoldin (4-18 EEE)

Reja

Umumiy ma'lumotlar

Asinxron dvigatellarni to'la kuchlanish (to'g'ridan-to'g'ri ishga tushirish) va pasaytirilgan kuchlanish bilan ishga tushirish mumkin.

Asinxron dvigatelni to'g'ridan-to'g'ri ishga tushirish rubilnik, uzub-ulagich, magnitli kontaktor va boshqa qurilmalar yordamida ishga tushirish mumkin.

To'g'ridan-to'g'ri ishga tushirish

Asinxron dvigatelga to'la kuchlanish berish orqali uni to'g'ridan-to'g'ri ishga tushirish mumkin. Bu usulning kamchiligi, dvigatel ishga tushish vaqtida o'z nominal tokidan 2-7 marta katta tok talab qilishidir.

Qisqa tutashtiruvchi rotorli asinxron dvigatelni to'g'ridan-to'g'ri ishga tushirishni eng sodda misol sifatida ko'rib chiqishimiz mumkin. Bunda, asinxron dvigatelni ishga tushirish va o'chirish rubilnik (magnit kontaktor) ni yoqib/o'chirish orqali amalga oshiriladi.

To'g'ridan-to'g'ri ishga tushirish


Qisqa tutashuvchi rotorli asinxron dvigatelni to'g'ridan-to'g'ri ishga tushirish

Kuchlanishni pasaytirish usuli

Qisqa tutashuvchi rotorli asinxron dvigatellarni ishga tushirish toklarini kamaytirish maqsadida, dvigatel statoriga berilayotgan kuchlanishni pasaytirish amalga tatbiq qilinadi.

Asinxron dvigatelni ishga tushirishning bu usulini yulduzsimon ulanishdan uchburchak ulanishga o'tkazish misoli orqali ko'rib chiqishimiz mumkin.

Kuchlanishni pasaytirish usuli

Ishga tushirish vaqtida stator chulg'ami rubilnik yordamida yulduzsimon ulanishga o'tkaziladi. Asinxron dvigatel o'zining erishishi mumkin bo'lgan maksimal aylanish tezligi qiymatiga yetganda, uzub-ulagich chapga o'tadi va stator chulg'ami uchburchak ulanishga o'tib, ishlashda davom etadi.

Bu usulda dvigatelni ishga tushirish toki to'g'ridan-to'g'ri ishga tushirish tokidan 3 marta kamroq sarflanadi.

Buning sababini prinsipial sxemalar yordamida tushulintirib beramiz.

Kuchlanishni pasaytirish usuli


Asinxron dvigatelning stator chulg'amini yulduzsimon ulanishdan uchburchak ulanishga o'tkazib ishga tushirishning prinsipial sxemasi
a) - yulduzsimon ulanish;
b) - uchburchak ulanish.

Reostat orqali ishga tushirish usuli

Faza rotorli asinxron dvigatelni uning stator chulg'amiga halqa va cho'tkalar orqali ulangan reostat yordamida ishga tushirish mumkin.

Dvigatelni ishga tushirishdan oldin reostat qarshiligi to'liq berilgan ekanligiga ishonch hosil qilish kerak. Ishga tushirish yakunlangach reostat yo'qolib, qisqarib boradi. Ishga tushirish vaqtida aktiv qarshilikning borligi ishga tushirish tokini kamaytiradi, lekin ishga tushirish momentni uzaytiradi.

Reostat orqali ishga tushirish usuli


Faza rotorli asinxron dvigatelni reostat yordamida ishga tushirish usulining prinsipial sxemasi

Ko'zlangan maqsad

Asinxron dvigatellarni qanday ishga tushirish avvalo dvigatel qanday sharoitda ishlashini, dvigatelning katta yoki kichik quvvatli ekanini hisobga olib keyin shu dvigatelga mos ishga tushirish usulini tanlash kerak. To'g'ri tanlangan ishga tushirish usuli dvigatelni ishlash davomiyligini oshiradi.

To'g'ridan-to'g'ri ishga tushirish asosan kichik quvvatli dvigatellarda amalga oshiriladi. Sababi, ular ishga tushgandagi tok nominaldan 2-7 barobar oshadi. Dvigatel quvvati kichik bo'lgani uchun bu tok sezilmasligi mumkin.

Kuchlanishni pasaytirish usuli esa katta quvvatli dvigatellarni ishga tushurish da foydalaniladi. Sababi ularning nominalidan 7 marta kattroq tok oqishi foydalanish davomiyligini pasaytiradi.

E'tiboringiz uchun katta rahmat!


Download 0.93 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2022
ma'muriyatiga murojaat qiling