ASLO UNUTILMAS NAVOIY YODI
Nega unutilmas Navoiy yodi,
Nega unutilmas uning ijodi.
Qaylardadir qolmas sharaf-u shoni,
Nega unutilmas Navoiy yodi?!
Chunki Haq ishqini u ish deb bildi,
O‘ziga Qur’onni shior, esh qildi!
Baxtni faqat iymon, insofda bildi,
Aslo unutilmas Navoiy yodi!!!
VARRAGIM
Varrgim bor ajoyib,
Kokil dumli g‘aroyib.
Osmonda uchar kulib,
G‘ayratini ko‘rsatib.
Varragimjon, varragim!
Osmonga uchib chiqib,
Bor kuchingni ko‘rsatgin.
Navro‘z bilan birga sen,
Bolalarni quvnatgin!
Varragimjon, varragim!
GULBAHOR
Kunlar isiy boshladi,
Tabiat ham uyg‘ondi.
Qarang, kelibdi qushlar,
Ular bizga der: - Kuylang!
Onajonim tabriklab,
Men ularga gul terdim.
Dasta-dasta ko‘p bo‘ldi,
Ham chiroyli xo‘p bo‘ldi!
Sumalaklar pishirdik,
Shirin bo‘libdi, qarang.
Varraklar uchib baland,
Keldi bahor, gulbahor!
Asila SUYUNOVA,
Yakkabog‘ tumanidagi 103-umumta’lim
maktabining 3-sinf o‘quvchisi.
Do'stlaringiz bilan baham: |