Asosga qo’yilgan narsa
Download 181.91 Kb. Pdf ko'rish
|
8-amaliy
8-amaliy topshiriq: Syujet Syujet fransuzcha so’zdan olingan bo’lib, “asosga qo’yilgan narsa” degan ma’noni anglatadi. Syujet badiiy shaklning eng muhim elementlaridan biri hisoblanib, badiiy asardagi bir-biriga uzviy holda kechadigan, qahramonlarning xatti-harakatlaridan tashkil topuvchi voqealar tizimini anglatadi. Barcha turdagi badiiy asarlarda syujet mavjud. Har bir turda, janrda, syujet turli ko’rinishda namoyon bo’ladi. Lirik asarlarda voqealar tizmasi emas, lirik qahramonning o’y-fikrlari, hissiy kechinmalari uning syujetini tashkil etadi. Adabiyotshunoslikda voqeaband syujet va voqeaband bo’lmagan syujet turlariga ajratiladi. Maksim Gorkiyning ta’riflashicha, syujet:”u yoki bu xarakterning, tipning tarixiy rivojlanishi, tarkib topa borishidir”.lekin barcha asarlarda ham xarakterning o’sishi, rivojlanishi bilan bog’liq holatlar ko’rsatilmaydi. Abdulla Qahhorning “O’g’ri” hikoyasida xarakterlar tayyor holda beriladi, voqea davomida rivojlanmaydi-syujet bu o’rinda voqeaning ichki rivojini namoyon etadi. Menimcha, syujetga bir-biriga bog’liq voqealar tizimi deb ta’rif bersak, to’g’ri bo’ladi. Syujetning asosiy vazifalaridan biri-asar muammosini badiiy tadqiq etishga imkon beradigan hayot materialini uyushtirib beradi. Misol uchun, Abdulla Qodiriyning “O’tkan kunlar” romanidagi Otabekning Toshkentdan Marg’ilonga safarga kelishi, uning yashash joyining tasviri, o’zining tasviri syujetning boshlanishi. Otabekning oshiq bo’lishi, Kumushbibiga uylanishi, bu orada tarixiy voqealar-Toshkent isyoni, qipchoq qirg’ini kabi voqealar Otabek va Kumush munosabatlariga shu qadar uyg’un tushganki, kitobxon bu asarda syujet borasida hech qanday kamchilik, qusur ko’rmaydi. Jumladan, men ham. Badiiy asar syujeti personajlarning “harakat”idan tarkib topadi. Harakat tiplaridan qaysi biri yetakchilik qilishiga qarab syujetning ikki turi ajratiladi: 1. “tashqi harakat” dinamikasiga asoslangan syujet;
2. “Ichki harakat” dinamikasiga asoslangan syujet Syujetdagi voqealarning o’zaro munosabatiga ko’ra, syujet: A) Xronikali syujet; B) Konsentrik syujetga bo’linadi. Xronikali syujetda voqealar orasidagi vaqt munosabati yetakchilik qilsa, konsentrik syujet voqealari orasida sabab-natija munosabati yetakchilik qiladi. Syujet unsurlari: 1. Ekspozitsiya-syujetning boshlanish qismi. Ekspozitsiyaning hajmi kamroq bo’lishi maqsadga muvofiq. Ekspozitsiya “Mehrobdan chayon”da juda katta o’rinni-Ra’noga xondan sovchilar kelgunga qadar bo’lgan voqealarni o’z ichiga olsa, “Qutlug’ qon”da juda qisa, “Qo’shchinor chiroqlari”da esa umuman yo’q. 2. Tugun- asar voqealarining boshlanishiga turtki bo’lgan voqea, asar konflikti qo’yilgan joy. 3. Voqealar rivoji-tugundan keyingi voqealar rivoji 4. Kulminatsiya-voqealar rivojining eng yuqori nuqtasi, undagi konflikt benihoya kuchaygan o’rni. Kulminatsiya asarning turli qismlarida berilishi mumkin. Detektiv asarlarda yechim muqaddimada o’z aksini topgan bo’ladi, ba’zida kulminatsion nuqtasi asarning boshida beriladi va butun asar syujeti bu nuqtaning mohiyatini yechishga qaratiladi. Abdulla Qahhorning “Bemor” hikoyasida kulminatsion nuqta eng oxirida berilgan: ayol o’lganidan so’ng, qizaloqning uyqu aralash:”Xudoyo, ayamdi dardiga davo bergin”,-deya shivirlab qo’yishi yuraklarni titratishi tabiiy.
5. Yechim –voqealar rivojining yakuni. Ko’p asarlarda yechim berilmaydi. U ma’lum sabablarga ko’ra, kitobxonning o’ziga havola etiladi. Masalan, Ulug’bek Hamdamning “Muvozanat” romanida yechim deyarli mavjud emas, biz Amir, Said, Mirazamlarning taqdiridan bexabar qoldik. Yana shunisi borki, ba’zi asarlarda yechim umuman mavjud emas. Bu kabi asarlarda yechim qachonki jamiyatdagi aynan o’sha muammo barham topgandagina namoyon bo’ladi. Download 181.91 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
ma'muriyatiga murojaat qiling