Asosiy ekologik omillar va ularning organizmlarga ta’siri Reja


Download 126.5 Kb.
bet1/8
Sana13.01.2022
Hajmi126.5 Kb.
#328819
  1   2   3   4   5   6   7   8
3 dars ekologiya
Bog'liq
Ilmiy, Ilmiy, TÒMA week6, Laboratoriya ishi 2 - Copy, 4 sinf bb ingliz, 1-Topshiriq

Asosiy ekologik omillar va ularning organizmlarga ta’siri

Reja:

  1. Muxit nima.

  2. Ekologik omillar tasnifi.

  3. Abiotik omillarning tirik organizmlarga ta’siri.

  4. Turli ekologik omillarning organizmlarda o’zaro ta’siri.


1. Muxit nima. Muxit ekologik tushuncha bo’lib, u kompleks tabiiy elementlar va voqealardan tashkil topgan. Shu muxitda tirik organizmlar ular bilan bevosita va bilvosita munosabatda bo’ladi. Muxit - organizmlarni o’rab turgan jamiki tabiiy ekologik omillardir (xavo, yorug’lik, tuproq va b.).

Muxitning o’ziga xos xususiyatlari evolyutsion rivojlanishning uzoq davrlarida xam uzgarmay kolgan. Bunga erning tortish kuchi, quyoshdan kelayotgan radiatsiya, okean suvlari tarkibidagi tuz miqdori va atmosferaning tarkibi kabilar. Muxitning xaravat, namlik, shamol, ozika, yirtkichlar, parazitlar, rakobat kabi omillar vaqt bo’yicha xam, fazoda xam doim o’zgarib turadi va shu ko’rsatilgan muxit omillarida turg’unlik bulmaydi. Masalan, xarorat er yuzasida fasllar davomida, xattoki kun davomida xam o’zgarib turadi, lekin, okeanning chukur joylarida, gorlarda xarorat doimiydir. O’simlik, xayvonlar va insonlarda uchraydigan parazitlar ozikaning ko’p va doimiy muxitida yashasa yirtkichlar uchun ozika o’zgarib turadi va uljaning oz-ko’pligiga bog’liq bo’ladi.

Keyingi vaqtda ekologiyada «tashqi muxit» atamasi xam ishlatilmokda. Tashki muxit- tabiiy kuch va vokelikning yig’indisi, uning moddalari, energiyasi, tarqalishi, inson faoliyatining turli obektiv va subektiv kirralari bo’lib, ularning ba’zilari bir-birlari bilan aloqada bulmasligi xam mumkin.

Ekologiyada yana «tabiiy muxit» atamasi xam uchraydi. Tabiiy muxit, bu jonli va jonsiz tabiatning, tabiiy omillarning yigindisi bo’lib, inson faoliyati natijasida uzgaradi va organizmlar ta’sirini kursatadi.

Muxitni ikkiga: abiotik va biotik muxitga bo’lish mumkin:


  1. Abiotik muxit-tabiatning xamma va xar-xil kuchi xamda undagi voqeliklardir. Ular uzlarini kelib chiqishi jixatidan tirik organizmlar faoliyatiga bog’liq emas.

  2. Biotik muxit-tabiatning xar-xil kuchlari, xarakatlari va undagi vokeliklardir. Ular uzlarining kelib chikishi jixatidan xozir yashayotgan organizmlarning xayot faoliyatiga bog’liq bo’ladi.

Organizmlarni bevosita o’rab turgan keng manodagi tushuncha- yashash muxiti (sharoiti) - ayrim organizm yoki biotsenozni abiotik omillar yigindisi tasirida organizmning usadigan va ko’payadigan joyidir. Masalan, o’tloqlarda , u erdagi ekologiyada 4 ta yashash muxiti farqlanadi: 1) suv, 2) tuproq, 3) er- xavo va 4) tirik organizmlar tanasi.


Download 126.5 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
  1   2   3   4   5   6   7   8




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2022
ma'muriyatiga murojaat qiling