Asosiy faoliyatdan olinadigan boshqa daromadlarning shakllanishi milliy standat bilan tartibga keltiriladi
Download 9.01 Kb.
|
#7-2
Korxonalarda mahsulot, ishlar va xizmatlar sotishdan olingan yalpi foydadan tashqari asosiy faoliyatdan olinadigan boshqa daromadlar ham bo’lishi mumkin. Bunday daromadlar kelib tushish manbalariga qarab quyidagi: 9310-«Asosiy vositalarning chiqib ketishdan foyda», 9320 «Boshqa aktivlarnining chiqib ketishdan foyda», 9330-«Undirilgan jarima, penya va ustamalar», 9340-«O’tgan yillar foydalari», 9350-«Qisqa muddatli ijaradan daromadlar», 9360- «Kreditor va deponent qarzlarni hisobdan chiqarishdan daromadlar», 9370-«Хizmat ko’rsatuvchi xo’jaliklar daromadlari», 9380-«Тekin moliyaviy yordam», 9390-«Boshqa operatsion daromadlar» schyotlarda hisobga olinadi. Bular tranzit schyotlar bo’lib, passiv schyotlarga mansub. Yuqoridagi schyotlarning kredit oboroti tegishli manbalar hisobidan foyda (daromad) ning ko’payishi, debet aylanmasi esa ularning hisobdan chiqarilishini ko’rsatadi va hisobot davri boshiga qoldig’i qolmaydi. Asosiy faoliyatdan olinadigan boshqa daromadlarning shakllanishi milliy standat bilan tartibga keltiriladi.38 9310-«Asosiy vositalarning chiqib ketishidan foyda» schyotida asosiy vositalarni sotish va boshqa ko’rinishdagi hisobdan chiqarishlardan olingan foyda hisobga olinadi. Bu vaqtda quyidagicha rasmiylashtiriladi: Dt 9210-«Asosiy vositalarning chiqib ketishi», Kt 9310 «Asosiy vositalarning chiqib ketishidan foyda» schyoti. 9320-«Boshqa aktivlarning chiqib ketishidan foyda» schyotida nomoddiy aktivlar, qimmatli qog’ozlar va shunga o’xshagan boshqa aktivlarni sotishdan olingan foyda summasi quyidagi rasmiylashtiriladi: Dt 9220-«Boshqa aktivlarning chiqib ketishi», Kt 9320 «Boshqa aktivlarning chiqib ketishidan foyda» schyoti. 9330-«Undirilgan jarima, penya va ustamalar» schyotida shartnoma shartlarini buzganligi uchun undirilgan yoki qarzdor tomonidan e’tirof etilgan jarimalar, boqimandalar, vaqtida to’lanmagan qarzlar va boshqa hil jazo jarimalari, shuningdek yetkazilgan zararlarni undirish bo’yicha daromadlar aks ettiriladi. Bunday jarima va boqimandalar undirib olinsa 5110 yoki pul mablag’larini hisobga oladigan boshqa schyotlar debetlanib, 9330 schyoti kreditlanadi. Lekin bunday jarima va boqimandalar aybdor tomonidan tan olinib hali puli o’tkazib berilmagan bo’lsa, 4860-«Da’volar bo’yicha olinadigan schyotlar» schyoti debetlanib 9330- schyot kreditlanadi. 9340-«O’tgan yillar foydalari» schyotida hisobot yilida aniqlangan oldingi yillarga tegishli foyda aks ettiriladi. Bunga xususan, oldingi yillarda olinib sarflab yuborilgan materiallar bo’yicha qaytadan hisoblash natijasida mol yuboruvchilardan olingan summa, xaridorlarga oldingi yillarda jo’natilgan mahsulot, ko’rsatilgan xizmatlar bo’yicha qaytadan hisoblash natijasida hisobot yilida olingan summa va shunga o’xshaganlar kiradi. Bunday foyda o’tkazib berilsa, pul mablag’larini hisobga oladigan schyotlar debetlanib, 9340-«O’tgan yillar foydalari» schyoti kreditlanadi. Agar bunday foyda hali o’tkazib berilmagan bo’lsa, 4010-«Хaridor va buyurtmachilardan olinadigan schyotlar» schyoti debetlanib, 9340-«O’tgan yillar foydalari» schyoti kreditlanadi. 9350-«Qisqa muddatli ijaradan daromadlar» schyotining kreditida 4820-«Qisqa muddatli ijara bo’yicha olinadigan to’lovlar» schyoti bilan korrespondentlangan holda mulklarni qisqa muddatli ijaraga berishdan olinadigan daromadlar aks ettiriladi. Qisqa muddatli ijara haqi olinganda pul mablag’larini hisobga oladigan schyotlar debetlanib 4820-«Qisqa muddatli ijara bo’yicha olinadigan to’lovlar» schyoti kreditlanadi. 9360-«Kreditor va deponent qarzlarni hisobdan chiqarishdan daromadlar» schyotida da’vo qilib olish muddati o’tgan kreditor va deponent qarzlarni hisobdan chiqarishdan olingan daromadlara ks ettiriladi. Bunday hollarda quyidagi rasmiylashtiriladi: Dt-6720-«Deponentlangan mehnat haqi», 6990-«Boshqa majburiyatlar», Kt 9360-«Kreditor va deponent qarzlarni hisobdan chiqarishdan daromadlar» schyotlari. 9370-«Хizmat ko’rsatuvchi xo’jaliklar daromadlari» schyotida korxonaning asosiy faoliyati bo’yicha mahsulot ishlab chiqarish, ishlar bajarish va xizmatlar ko’rsatish bilan bog’liq bo’lmagan daromadlar hisobga olinadi. Bularga korxona balansida turadigan sog’liqni saqlash, maktabgacha yoshdagi bolalar muassasalari obyektlari, turar-joy-kommunal xo’jaligi, madaniyat, sport obyektlari kiradi. Download 9.01 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
ma'muriyatiga murojaat qiling