Asosiy planli rejalash ishlarining mohiyati, injenerlik inshootlari bosh o‘qlarining joydagi holatini aniqlashdan iborat


Download 15.33 Kb.
Sana23.12.2022
Hajmi15.33 Kb.
#1047040
Bog'liq
kirish


KIRISH.

O‘zbekiston Respublikasida oxirgi yillarda amalga oshirilayotgan islohatlar, Prezident tomonidan chiqarilayotgan farmon va qarorlar Respublika avtomobil yo‘llarini loyihalash, qurish va ekspluatatsiyasi qilishni takomillashtirish chora tadbirlari ko‘rilmoqda. Amaliyot davrida biz o‘zimizga kerakli ma’lumotlarni qo‘lga kiritish maqsadida ko‘plab amaliy ishlarni o‘rganishga xarakat qildik. Zamonaviy geodezik ishlar. Geodezik rejalash ishlari bino va inshootlarni loyixada ko‘rsatilgan shakl va o‘lchamlari asosida qurish, geometriyasini to‘liq ta’minlash maqsadida amalga oshiriladi. loyihalarni joyga ko‘chirishga va geodezik rejalash bilan bog‘liq ishlar, qurilishdagi barcha tehnologik jarayonlarni tashkil etuvchi qismi hisoblanadi. Ular asosiy va mukammal rejalash ishlariga ajratiladi va planli hamda balandlik rejalash ishlariga bo‘linadi.


Asosiy planli rejalash ishlarining mohiyati, injenerlik inshootlari bosh o‘qlarining joydagi holatini aniqlashdan iborat. Ular qurilish maydonida barpo etilgan planli geodezik asosning punktlaridan foydalanilgan holda bajariladi.
Mukammal planli geodezik rejalash ishlari, inshootlar konstruksiyalari qismlari va elementlarining planli holatini aniqlashdan iborat.
Asosiy balandlik rejalash ishlarini amalga oshirishdan maqsad, qurilish maydonida asosiy reperlarni joyga ko‘chirishdan iborat. Balandlikni mukammal rejalash ishlari orqali montaj jarayonida konstruksiya elementlarini balandlik bo‘yicha joylashish holati aniqlanadi.
Qurilish maydonidagi geodezik ishlar geodezik asos barpo etish, qurilish maydonida geodezik punktlar o‘rnatish, geodezik o‘lchash ishlarini bajarish va ularni matematik qayta ishlashdan iborat. Geodezik punktlar o‘rnini tanlashda, ularni qurilish jarayonida saqlanib qolinishi va mustahkamligiga hamda geodezik o‘lchash ishlarini bajarishda qulayligiga e’tibor qaratiladi.
Tashqi va ichki geodezik asos turlari mavjud. Tashqi geodezik asos punktlari bino va inshootlardan tashqarida, ichkisi esa bino va inshootlar yaqinida joylashtiriladi. Avval tashqi, keyin esa ichki geodezik asos barpo etiladi.
Tashqi geodezik asos qurilish ishlarining no‘linchi bosqichi, ya’ni kotlovanlar va poydevorlar qurishni bajarish uchun hizmat qiladi. Bu bosqich jarayonida bino va inshootlar qurilish no‘linchi bosqichi deb yuritiladigan gorizontal yuzagacha ko‘tariladi. Birinchi qavatning poli no‘linchi gorizont (qurilish no‘li) hisoblanib, unga nisbatan qurilish montaj ishlarining asosiy bosqichini bajarishdagi balandlik bo‘yicha rejalash ishlari olib boriladi.
Ichki geodezik asos tashqi asosni zichlashtirish yo‘li bilan barpo etiladi. Ichki geodezik asoslar o‘zaro holatining aniqligi, tashqi asos punktlari aniqligidan yuqoriroq bo‘lishi kerak. Shu asosdan foydalanib yuqori aniqlikdagi geodezik o‘lchashlar bajariladi.
Planli geodezik asoslar triangulatsiya, trilateratsiya va poligonometriya usullarida, balandlik asoslar esa geometrik va trigonometrik nivelirlash usullari yordamida barpo etiladi. Planli geodezik asos punktlari holati X,U to‘g‘ri burchakli koordinatalar bilan aniqlanadi. Amalda shartli ishchi koordinatalardan foydalaniladi. Ushbu koordinata tizimining boshi etib qurilish maydonining janubiy – g‘arb burchagida joylashgan punkt tanlanadi. Bu barcha punktlar koordinatalari musbat (+) ishorali bo‘lishini ta’minlaydi.
Balandlik asos punktlarining holati N otmetkalar orqali aniqlanadi. Amalda ishchi balandliklardan foydalaniladi. Hisoblar qurilish no‘liga nisbatan olib boriladi. Ko‘pchilik holda rejalash ishlarining qo‘shma planli – balandlik asosi barpo etiladi. Har bir punkt holati koordinatalar va otmetkalar bilan aniqlanadi. Ko‘p qavatli yig‘ma bino va inshootlarni qurishda fazoviy geodezik tarmoq ko‘rinishidagi geodezik asos tuziladi.
Planli geodezik asos punktlari joyda turli konstruksiyadagi poligonometrik belgilar bilan, balandlik geodezik asoslar – reperlar yoki markalar yordamida maxkamlanadi.
Geodezik asos punktlari o‘zaro holatining aniqligi qurilish ishlari uchun o‘rnatilgan hatolar cheki orqali aniqlanadi.
Tashqi geodezik asoslar uchun qurilish ishlarining no‘linchi bosqichini bajarishdagi belgilangan me’yordan foydalaniladi. Ichki geodezik asoslar uchun esa asosiy qurilish-montaj ishlarini bajarishdagi belgilangan me’yordan foydalaniladi.
Download 15.33 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling