Asosiy tayanch tushunchalar:
Ishlab chiqarish usuli - bu ishlab chiqaruvchi kuchlar bilan ishlab chiqarish munosabatlarini bir-biriga qo’shilishidir.
Ishlab chiqaruvchi kuchlar – bu ishchi kuchi bilan ishlab chiqarish vositalarini o’zaro birligidan iborat.
Ijtimoiy-iqtisodiy munosabatlar – bu insonlarni yashashi uchun zarur bo’lgan hayotiy vositalarni ishlab chiqarish, taqsimlash, ayirboshlash va iste‘mol qilish jarayonida hosil bo’ladigan iqtisodiy aloqalar birligidir.
Ishlab chiqarishning texnologik usuli - bu mehnat vositalari, materiallari, texnologiya, energiya axborotlari va ishlab chiqarishni tashkil etish usulidir.
Mulkchilik munosabatlari – bu tabiatda mavjud bo’lgan narsalarga egalik qilish, ulardan foydalanish, uni o’zlashtirish va tasarruf etish jarayonida hosil bo’ladigan iqtisodiy aloqalar majmundir.
Mulkdan egalik qilish – bu mulkdorlik huquqi bo’lib, amaldagi qonunchilik bilan tavsiflanadi.
Mulkni o’zlashtirish – bu mulkni o’zini va undan olingan daromadlarni iste‘mol qilishdir.
Mulkni tasarruf etish – bu mulkni taqdirini mulkni taqdirini o’zi beligilashidir.
Mulk ob‘ektlari – bu mulk bo’lgan barcha boylik turlari tashkil etadi.
Mulk sub‘ektlari – bu mulk egalari bo’lgan barcha sub‘ektlari va uni o’zlashtirishdagi barcha ishtirokchilardir.
Xususiylashtirish – bu davlat ixtiyoridagi mulkni huquqini xususiy shaxslarga berilishidir.
Davlat tasarrufidan chiqarish - bu davlat mulki hisobidan boshqa ko’rinishidagi davlatga qarashli bo’lmagan mulk shakllarni hosil qilishdir.
```````````````````````
Do'stlaringiz bilan baham: |