Asosiy texnologik jarayonlar va qurilmalar


Download 4.8 Kb.
Pdf ko'rish
bet10/22
Sana15.11.2017
Hajmi4.8 Kb.
1   ...   6   7   8   9   10   11   12   13   ...   22

                               
(
)
W
r
W
C
I
t
C
I
W
D
r
u
K

=


=
'
'
''
θ
                                    
(22.11) 
bu yerda, 
'
'
r
C
I
u
=
=
θ
 — isituvchi bug`ning kondensatsiyalanish issiqligi
r
t
C
I
K
=
− '
 - qaynab 
turgan eritmalardan suvning bug`lanish issiqligi (taxminan r=r’ deb olinishi mumkin). 
(22.9) tenglamaga ko׳ra, bitta korpusli bug`latish quril-masida 1 kg suvni bug`latish uchun 1 kg 
isituvchi bug` sarf bo׳ladi. Amalda (atrof-muhitga sarflangan issiqlikni hisobga olinganda) 1 kg suvni 
bug`latish uchun ko׳proq isituvchi bug` sarf bo׳ladi (1,1-1,2 kg). 
Isitish yuzasi.
 Uzluksiz ishlaydigan bug`latish qurilmasining isitish yuzasi issiqlik o׳tkazishning asosiy 
tenglamasi orqali topiladi: 
t
K
Q
F

=
                                                    (22.10) 

 
84
 
bu erda, Q — issiqlik sarfi; K — issiqlik o׳tkazish koeffitsienti; 
t

 — haroratlarning foydali farqi. 
Issiqlik o׳tkazish koeffitsienti konsentratsiyasining ortishi (ya’ni qovushoqlikning ko׳payishi) hamda 
eritma qaynash haroratining pasayishi bilan kamayadi. Bug`latish qurilmasidagi haroratlarning foydali 
farqi 
t

 isituvchi bug`ning kondensatsiyalanishi va bug`latilayotgan eritmaning qaynash haroratlari 
(
)
K
t
,
 ning ayirmasiga teng: 
K
t
T
t

=

                                                          (22.11) 
Bug`latish qurilmalarida haroratlarning yo׳qotilishi yuz beradi, bu hol o׳z navbatida isituvchi bug` va 
bug`latilayotgan eritma haroratlari o׳rtasidagi farqning kamayishiga olib keladi. Haroratlarning 
yo׳qotilishi 
∆  harorat depressiyasi  '
∆ , gidrostatik depressiya  ''
∆  va gidravlik depressiya 
''
'
∆  lardan 
tashkil topgan bo׳ladi: 
''
'
''
'

+

+

=

                                                   (22.12) 
Harorat depressiyasi deb bir xil bosimda olingan eritma qaynash harorati bilan toza erituvchi qaynash 
harorati o׳rtasidagi farqqa aytiladi.  '
∆  ning qiymati erigan modda va erituvchining fizik-kimyoviy 
xossalari, eritma konsentratsiyasi va bosimga bog`liq. Tajriba yo׳li bilan olingan 
''
∆  ning qiymati 
maxsus adabiyotlarda beriladi. 
Ko׳p bosqichli bug`latish 
Sanoatda eritmalarni quyuqlashtirish uchun ko׳p bosqichli bug`latish qurilmalari keng ishlatiladi. 
Bunday qurilmalar isituvchi bug`ning issiqligidan bir necha bor foydalanishga asoslangan. Bunda 
birinchi korpusga isituvchi bug` berilsa, ikkinchi korpusda isitish uchun birinchi korpusdan chiqayotgan 
ikkilamchi bug` ishlatiladi, uchinchi korpusni isitish uchun esa ikkinchi korpusdan chiqayotgan 
ikkilamchi bug` ishlatiladi va hokazo. Oxirgi korpusdan chiqayotgan ikkilamchi bug` kondensatorga 
yuboriladi.  
 
18-Ma`ruza 
 MAVZU: 
BUG`LATISH QURILMALARI 
1.  Bug`latish qurilmalarining tuzilishi 
2.  Tashqi sirkulyatsion quvurli bug`latish qurilmalari. 
3.  Ajratilgan isitkichli bug`latish qurilmalari. 
4.  Majburiy sirkulyatsiyali bug`latish qurilmalari. 
5.  Issiqlik nasosli bug`latish qurilmalari. 
6.  Ko׳p bosqichli qurilmalarning shakllari. 
7.  Korpuslarning maqbul sonini aniqlash. 
Bug`latish jarayoni har xil bug`latgichlarda olib boriladi. Bug`latish qurilmalari isituvchi yuzaning 
tuzilishi va joylashuvi, issiqlik tashuvchi agentlarning yo׳nalishi, sirkulyatsiya turi, rejimi va boshqa bir 
qator omillarga ko׳ra bir necha turlarga ajratiladi: 
1.  Isitish kamerasining tuzilishiga binoan bug`-qobiqli, zmeevikli, osma holatda va boshqa 
ko׳rinishda bo׳lgan isitish kamerali bug`latgichlar; 
2. Isitish yuzasining joylashuviga nisbatan vertikal, gorizontal va qiya burchakli bug`latgichlar; 
3. Isituvchi agentning turiga ko׳ra bug`, gaz, yuqori haroratli isituvchi agent yoki elektr energiyasi 
bilan isitiladigan bug`latgichlar; 
4. Sirkulyatsiya rejimiga ko׳ra tabiy, majburiy hamda bir va ko׳p karrali sirkulyatsiyali 
bug`latgichlar; 
5. Eritmani qurilmaga berib turish rejimiga ko׳ra davriy va uzluksiz ishlaydigan bug`latgichlar; 
6. Qurilmadagi bosimning qiymatiga ko׳ra atmosfera bosimi, ortiqcha bosim, vakuum bilan 
ishlaydigan bug`latgichlar; 
7. Korpuslarning soniga ko׳ra bir va ko׳p bosqichli bug`latish qurilmalari; 

 
85
 
8. Eritma va isituvchi agentning o׳zaro yo׳nalishiga ko׳ra bir xil, qarama-qarshi, murakkab yo׳nalishli 
hamda eritma bilan parallel ta’minlovchi bug`latgichlar. 
Bug`latish qurilmasining asosiy konstruksiyalari bilan tanishib chiqamiz. 
Markaziy sirkulyatsion quvurli bug`latish qurilmalari. Bunday qurilmalarda bug`latilishi kerak bo׳lgan 
eritma isitish kamerasining yuqorigi qismidan beriladi. Isitish kamerasi bir necha quvurlar to׳plamidan 
iborat bo׳lib, ularning uchlari quvur to׳riga razvalsovkalab biriktirilgan (23.1-rasm). Eritma 
quvurlarning ichida qaynab, bug`-suyuqlik aralashmasi holida quvurning balandligi bo׳yicha ko׳tariladi 
va qurilmaning yuqorigi qismida joylashgan bug` bo׳shlig`idagi ajratkichga o׳tadi. Ikkilamchi bug`dan 
ozod bo׳lgan eritma va uning tomchilari markaziy sirkulyatsiya quvuriga tushadi. 
Eritmaning sirkulyatsiya tezligi uning fizik xususiyatlariga, issiqlik miqdoriga hamda sirkulyatsiya 
konturining gidravlik qarshiligiga bog`liq. Quyultirilgan eritma qurilmaning pastki qismidan chiqariladi. 
Ikkilamchi bug` suyuqlik ustidagi hajmni egallaydi va so׳ngra qurilmaning yuqoridagi qismida 
joylashgan tomchi ushlagich orqali o׳tkazilib uzatiladi. 
                                               
 
 
23.1- rasm. Tashqi sirkulyatsiya quvurli bug`latish qurilmasi. 
1 - bug` kamerasi; 2 - sirkulyatsiya quvuri; 3 - tomchi ushlagich; 4 - bug` bo׳shlig`i 
 
Isituvchi quvurlardagi suyuqlik-bug` aralashmasi bilan sirkulyatsiya quvuridagi bug`lanayotgan 
eritmaning zichliklari har xil bo׳lgani uchun qurilmadagi eritma o׳z-o׳zidan sirkulyatsiya bo׳ladi. 
Zichliklarning farqi qancha katta bo׳lsa, bug`latish jarayonining tezligi shuncha yuqori bo׳ladi. 
Sirkulyatsiya quvurining diametri isituvchi kamera diametrining 1/3 ulushiga teng qilib olinadi. Bunday 
bug`latish qurilmalarining tuzilishi sodda va bug`lanayotgan eritma tabiiy sirkulyatsiya qilinadi. 
Kamchiliklari: quvurlar quvur to׳rlarida mahkam o׳rnatilgan bo׳ladi, sirkulyatsiya quvuri isitish 
kamerasi ichida bo׳lganligi sababli jarayon davomida isib turadi. Shu sababli sirkulyatsiya quvuridagi 
eritma bilan isituvchi quvurdagi suyuqlik-bug` aralashmalarining zichliklari orasidagi farq kamayadi, 
natijada bug`latish jarayonining tezligi ham kamayadi. Shuning uchun bug`latish qurilmalarining 
ko׳pchiligida sirkulyatsiya quvuri qurilmaning tashqi qismiga o׳rnatiladi. 
Tashqi sirkulyatsion quvurli bug`latish qurilmalari.
 Isituvchi kamera yuzasining katta va isitish 
quvurlarining zich bo׳lishini ta’minlash maqsadida eritmani sirkulyatsiya qilish quvuri bug`latish 
qurilmasining tashqi tomoniga o׳rnatiladi. Bundan tashqari, sirkulyatsiya quvuri isitish kamerasidan 
tashqarida joylashgani uchun, sirkulyatsiya bo׳layotgan eritmaning sovishi natijasida uning tabiiy 
sirkulyatsiya tezligi ortadi hamda isituvchi kameraning diametri qurilma diametriga nisbatan birmuncha 
kichkina bo׳lib, sirkulyatsiya quvuri esa isituvchi kameraning atrofida ixcham joylashadi. Ikkilamchi 
bug`ni suv tomchilaridan ajratuvchi tomchi ushlagich ham qurilmadagi bug` bo׳shlig`idan tashqarida 
joylashgan bo׳ladi (23.1-rasm). 

 
86
 
Bu qurilmalarning konstruktiv tuzilishi ancha murakkab, ammo bu qurilmada issiqlik o׳tkazish 
samaradorligi yuqori va 1 m
2
 isitish yuzasiga, markaziy sirkulyatsiya quvurli bug`latish qurilmalariga 
nisbatan kam metall sarflanadi. 
Ajratilgan isitkichli bug`latish qurilmalari.
 Bunday qurilmalar kristallanuvchi va ko׳pik hosil 
qiluvchi eritmalarni bug`latish uchun ishlatiladi. Bug`latgich ikki qismga: isituvchi kamera va 
separatorga ajratilgan bo׳ladi (23.2-rasm). Isitkich quvurlarida bug`-suyuqlik aralashmasi hosil bo׳ladi 
va separatorga o׳tadi. Separatorda ikkilamchi bug` ajraladi, suyuqlik sirkulyatsiya quvuri bilan isitkich 
quvurlariga qaytadi. Isitkich quvurlarining uzunligi 7 metrgacha etadi. Quvurlar uzunligining ortishi 
Bug`latilgan bilan sirkulyatsiyaning tezligi ham ko׳payadi, chunki bunday sharoitda quvurlarda hosil 
bo׳lgan bug`-suyuqlik aralashmasi va sirkulyatsiya quvuri ichidagi suyuqlik zichliklari o׳rtasidagi farq 
ortadi. Isitkichning separatordan alohida joylashishi quvurlarni tozalash va ta’mirlash uchun qulaylik 
yaratadi. 
Ajratilgan isitkichli bug`latish qurilmalarida eritmalarning 
 
23.2-rasm. Ajratilgan isitkichli bug`latish qurilmasi: 1 — isitkich; 
2 — separator; 3 — sirkulyatsiya quvuri; 4 — tomchi ushlagich 
 
sirkulyatsiya tezligi 1,5 m/s gacha etishi mumkin. Bunday bug`latish qurilmalarida issiqlik o׳tkazish 
koeffitsienti yuqori va ishlatish qulay bo׳lganligi uchun ulardan keng miqyosda foydalaniladi. 
Ajratilgan isitkichli bug`latish qurilmalarida isitkichlar vertikal, gorizontal va og`ma holda o׳rnatiladi. 
Majburiy sirkulyatsiyali bug`latish qurilmalari.
 Quyuq, solishtirma og`irligi katta, qovushoqligi 
yuqori bo׳lgan eritmalarning tabiiy sirkulyatsiya tezligi juda kam bo׳ladi. Bu turdagi eritmalar yuqorida 
bayon qilingan bug`latish qurilmalarida bug`latilganda issiqlik o׳tkazish koeffitsienti ham kam bo׳lib, 
qurilmaning unumdorligi pasayib ketadi. 
Sirkulyatsiya tezligini va issiqlik o׳tkazish koeffitsientini oshirish uchun majburiy sirkulyatsiyali 
bug`latish qurilmalari ishlatiladi. Suyuqliklarning sirkulyatsiyasi propellerli va markazdan qochma 
nasoslar yordamida amalga oshiriladi. 

 
87
 
 
 
23.3-rasm. Majburiy sirkulyatsiyali bug`latish qurilmasi: 
1 — isituvchi kamera; 2 — separator; 3 — sirkulyatsiya quvuri; 
4 — sirkulyatsiya nasosi 
 
Bug`latilishi kerak bo׳lgan dastlabki eritma isitkich quvurlarining pastki qismiga nasos orqali beriladi
quyuqlashgan eritma esa separatorning pastki qismidan ajratiladi (23.3-rasm). Isituvchi quvurlar 
ichidagi suyuqliklarning sirkulyatsiya tezligi 2-2,5 m/s ni tashkil qiladi. Bunday qurilmalar quyidagi 
afzalliklarga ega: tabiiy sirkulyatsiya bilan ishlaydigan quvurlarga nisbatan issiqlik o׳tkazish 
koeffitsienti 3-4 marta katta, kristallanuvchi eritmalarni bug`latishda isituvchi yuzada ifloslanishlar 
paydo bo׳lmaydi. Bu qurilmalarning asosiy kamchiligi shundaki, sirkulyatsiya nasosining ishlashi uchun 
qo׳shimcha energiya sarflanadi. 
Issiqlik nasosli bug`latish qurilmalari.
 Bunday qurilmalar sanoatda har xil meva sharbatlarini, yuqori 
haroratlar ta’siriga moyil eritmalarni bug`latish uchun ishlatiladi. Bunday qurilmalarda hosil bo׳lgan 
ikkilamchi bug` bosimi isituvchi bug`ning bosimiga teng bo׳lguncha siqiladi. Ikkilamchi bug`ni siqish 
uchun kompressorlar va bug` oqimli injektorlar ishlatiladi. Issiqlik nasosiga ega bo׳lgan bug`latish 
qurilmalarida tashqaridan sarflangan energiya ikkilamchi bug` haroratini oshirish uchun xizmat qiladi. 
Qurilmani dastlab ishga tushirishda yangi bug` beriladi. Bu bug` bilan eritma qaynaguncha isitiladi. 
Keyinchalik bug`latish ikkilamchi bug` hisobiga boradi. Ish paytida nazariy jihatdan tashqaridan bug` 
talab qilinmaydi. Amaliy jihatdan esa tashqaridan bir oz bug` berib turish kerak, chunki eritmani isitish 
va issiqlik yo׳qolishlarini qoplash uchun qo׳shimcha bug` talab qilinadi. 
Issiqlik nasosli bug`latish qurilmalari eritma bilan erituvchining qaynash haroratlarining farqi past 
(5—10°C) bo׳lgan vaqtda ishlatiladi. eritmaning qaynash harorati yuqori bo׳lsa, bu usul 
qo׳llanilmaydi, chunki ikkilamchi bug`ni siqish uchun ko׳p energiya sarf bo׳ladi.  
BUG`LATISH QURILMASIDAGI ISITUVCHI BUG`NING SOLISHTIRMA SARFI 
Korpuslar  soni 
1
2
3
4
5
1 kg suvni 
bug`latish uchun 
sarflanadigan
1,1 
 
0,57 
 
0,4 
 
0,3 
 
0,27 
 
 

 
88
 
Jadvaldan ko׳rinib turibdiki, qurilmalarning soni ko׳payishi bilan 1kg suvni bug`latish uchun zarur 
bo׳lgan isituvchi bug`ning sarfi kamayib boradi. Agar bir korpusli qurilmadan ikki korpusli qurilmaga 
o׳tishda bug`ning sarfi taxminan 50 foizga kamaysa, to׳rt korpusli qurilmadan besh korpusli qurilmaga 
o׳tishda bug`ning sarfi faqat 10 foizga kamayadi. Demak, aniq bir sharoit uchun korpuslarning maqbul 
soni topilishi zarur. 
Ko׳p bosqichli qurilmalarning shakllari.
 Oxirgi korpusdagi ikkilamchi bug`ning bosimiga ko׳ra, ko׳p 
bosqichli bug`latish qurilmalari vakuum (siyraklanish) bilan va yuqori bosim ostida ishlaydigan bo׳ladi. 
Isituvchi bug` va bug`lanayotgan eritma oqimlarining o׳zaro harakatiga ko׳ra ko׳p bosqichli bug`latish 
qurilmalari bir necha shakllarga bo׳linadi: 
1) bir xil yo׳nalishli ko׳p korpusli bug`latish qurilmalari; 
2) qarama-qarshi yo׳nalishli ko׳p korpusli bug`latish qurilmalari; 
3) eritma bilan uzluksiz parallel ta’minlanadigan bug`latish qurilmalari; 
4) ekstra-bug` ajratib olinadigan ko׳p bosqichli bug`latish qurilmalari. 
Sanoatda bir xil yo׳nalishda qurilmalar keng ishlatiladi (23.4-rasm), chunki bunday qurilmalar eng 
tejamli hisob lanadi. 
 Bir xil yo׳nalishli qurilma bir necha (bizning misolimizda uchta) korpusdan tashkil topgan bo׳ladi. 
Isitkichda qaynash haroratigacha qizdirilgan dastlabki eritma qurilmaning birinchi korpusiga beriladi. 
Birinchi korpus birlamchi bug` bilan isitiladi. Birinchi korpusda hosil bo׳lgan ikkilamchi bug` isituvchi 
agent sifatida ikkinchi korpusga beriladi. Ikkinchi korpusdagi bosim birinchi korpusdagiga nisbatan 
past, natijada ikkinchi korpusda birinchi korpusga nisbatan ancha past haroratda qaynaydi. 
 Ikkinchi korpusda bosim ancha past bo׳lganligi sababli, birinchi korpusda qisman bug`langan eritma 
o׳z-o׳zidan ikkinchi korpusga o׳tadi va eritma ikkinchi korpusda qaynash haroratigacha soviydi. Bunda 
issiqlik ajralib chiqadi, natijada ma’lum miqdorda qo׳shimcha ikkilamchi bug` hosil bo׳ladi. 
Qurilmaning hamma korpuslarida (birinchidan tashqari) yuz beradigan bu hol eritmaning o׳z-o׳zidan 
bug`lanishi deb yuritiladi. 
 
23.4-rasm. Bir xil yo׳nalishli uchta korpusdan iborat bug`latish qurilmasi: 1, 2, 3 - bug`latish 
korpuslari; 4 - isitkich; 5 — barometrik kondensator;     6 - tomchi ushlagich; 7 — vakuum-nasos. 
 
Ikkinchi korpusda bug`latilgan eritma uchinchi korpusga o׳z-o׳zicha o׳tadi. Uchinchi korpusni isitish 
uchun ikkinchi korpusdan chiqayotgan ikkilamchi bug` ishlatiladi. Oxirgi korpusdan chiqayotgan 
ikkilamchi bug` barometrik kondensatorga uzatiladi. Bu erda, bug`ning kondensatsiyalanishi natijasida 
siyraklanish (vakuum) hosil bo׳ladi. Havo va kondensatsiyalanmay qolgan gazlar issiqlik almashinish 
jarayonini susaytiradi. Shu sababli sovituvchi agent (suv) bilan korpuslarning zichmas joylari orqali 
kirib qolgan gazlar tomchi ushlagich orqali vakuum-nasos yordamida so׳rib olinadi. 
Kondensatordagi qoldiq bosimning qiymati suv haroratining o׳zgarishi bilan o׳zgaradi. Shu sababli 
vakuum-nasos yordamida qurilmada tegishli qiymatdagi vakuumni ushlab turish mumkin. 
Bir xil yo׳nalishli bug`latish qurilmasining asosiy afzalligi shundaki, eritmani bir korpusdan 
ikkinchisiga o׳tkazish uchun issiq oqimda ishlashga moslangan nasoslar talab qilinmaydi. Har bir 
keyingi korpusda oldingisiga nisbatan yuqori konsentrasiyali eritmani pastroq bosimda bug`latishga 
to׳g`ri keladi. Shuning uchun oxirgi korpusdagi issiqlik o׳tkazish koeffitsienti birinchi korpusdagiga 
nisbatan bir necha marta kichik bo׳ladi. Bu hol bir xil yo׳nalishli qurilmalarning kamchiligidir. 

 
89
 
Qarama-qarshi yo׳nalishli ko׳p korpusli bug`latish qurilmalarida isituvchi bug` va bug`latilayotgan 
eritma bir korpusdan ikkinchisiga o׳tishda o׳zaro qarama-qarshi tomonga harakat qiladi. Agar dastlabki 
eritma uchinchi korpusga berilsa, birlamchi isituvchi bug` birinchi korpusga beriladi. Birinchi korpusda 
hosil bo׳lgan ikkilamchi bug` ikkinchi korpusda isituvchi agent sifatida ishlatiladi va hokazo. Uchinchi 
korpusda qisman quyuqlashtirilgan eritma ikkinchi korpusga nasos yordamida o׳tkaziladi, so׳ngra 
ikkinchi korpusdan birinchisiga yana nasos yordamida haydaladi. Quyuqlashtirilgan eritma birinchi 
korpusdan olinadi, oxirgi korpusdan chiqayotgan ikkilamchi bug` esa kondensatorga beriladi. 
Qarama-qarshi yo׳nalishli qurilmalar eritmalarni juda katta konsentrasiyalargacha bug`latishda va 
quyuqlashtirish jarayonida qovushoqligi ortib ketadigan eritmalarni bug`latishda ishlatiladi. Bunday 
qurilmalarning asosiy afzalligi shundaki, ular bir xil yo׳nalishli qurilmalarga nisbatan kichik isitish 
yuzasini talab qiladi. Kamchiligi: qurilmaning ishlashi uchun issiqlik oqimiga mo׳ljallangan nasoslar 
kerak. 
Parallel ta’minlanish rejimi bilan ishlaydigan qurilmalarda dastlabki eritma bir vaqtning o׳zida barcha 
korpuslarga beriladi. Har bir korpusdan chiqayotgan quyuqlashtirilgan eritma bir xil konsentrasiyaga 
ega bo׳ladi. Isituvchi bug` faqat birinchi korpusga beriladi, qolgan korpuslarda isituvchi agent sifatida 
oldingi korpusdan chiqayotgan ikkilamchi bug` ishlatiladi. Oxirgi korpusdan chiqayotgan ikkilamchi 
bug` kondensatorga yuboriladi. Bunday chizmalar asosan tarkibida qattiq faza zarrachalari tutgan 
to׳yingan eritmalarni bug`latishda hamda eritmalarni yuqori konsentrasiyalargacha quyuqlashtirish talab 
qilinmagan sharoitda ishlatiladi. 
Ba’zi sharoitlarda bug`latish qurilmalarida hosil bo׳ladigan ikkilamchi bug`ning bir qismi boshqa 
maqsadlar uchun ajratib olinadi. Bug`latish qurilmasining istalgan bir korpusidan ikkilamchi bug`ning 
bir qismi ajratib olinib, bug`latish jarayoni bilan bog`liq bo׳lmagan boshqa maqsadlarda (masalan, 
quritish qurilmalarida, rektifikatsiya kolonnalarida) ishlatilsa, bunday bug` “ekstra-bug`” deb yuritiladi. 
Ko׳p bosqichli bug`latish qurilmalarida bug`langan suvning miqdori, isituvchi bug` bilan kiritilgan 
issiqlik miqdori va isituvchi bug`ning sarfi tegishli moddiy va issiqlik balanslari tenglamalari asosida 
topiladi. 
Korpuslarning maqbul sonini aniqlash.
 Ko׳p bosqichli bug`latish qurilmasida korpuslarning soni 
ortib borishi bilan 1 kg suvni bug`latish uchun zarur bo׳lgan isituvchi bug`ning sarfi kamayib boradi. 
Biroq korpuslar sonining ortishi bilan haroratlarning yo׳qotilishi ko׳payadi. Issiqlik o׳tkazish 
jarayonining yaxshi ketishi uchun har bir korpusda haroratlarning foydali farqi (isituvchi bug` va 
qaynayotgan eritma haroratlarining farqi) ma’lum qiymatga ega bo׳lishi shart. Bu farq tabiiy 
sirkulyatsiya bilan ishlaydigan qurilmalar uchun kamida 5-7
0
C va majburiy sirkulyatsiya bilan 
ishlaydigan qurilmalar uchun kamida 3°C bo׳lishi kerak. 
Korpuslarning soni juda ko׳payib ketsa, haroratlarning yo׳qotilishining yig`indisi qurilmadagi 
haroratlarning umumiy farqiga teng yoki undan ham ortib ketishi mumkin. Bunda eritmalarni bug`latish 
mumkin bo׳lmay qoladi. 
Korpuslarning maqbul sonini texnikaviy-iqtisodiy hisoblashlar yo׳li bilan aniqlash maqsadga muvofiq. 
Bunday hisoblashlar elektron hisoblash mashinalarida ham bajarilishi mumkin. 23.5-rasmda 
korpuslarning maqbul sonini grafik orqali topish ko׳rsatilgan. 
 
23.5-rasm. Bug`latish qurilmalarida korpuslarning maqbul sonini aniqlashga doir: 
a — umumiy sarflar;b — isituvchi bug`ning qiymati; d — amortizasiya sarflari; e — 

 
90
 
mehnat sarfi. 
 
 Vertikal o׳qda 1 kg suvni bug`latish qiymati berilgan, gorizontal o׳qda esa korpuslarning soni 
ko׳rsatilgan. Grafikdan ko׳rinib turibdiki, korpuslarning soni ko׳payishi bilan isituvchi bug`ning qiymati 
kamaymoqda (b — egri chizig`i), amortizasiya sarflari esa ko׳paymoqda (V — chiziq), qurilmani 
ishlatish bilan bog`liq bo׳lgan mehnat sarfi birozgina o׳zgarmoqda (g— chiziq). 
1 kg suvni bug`latish bilan bog`liq bo׳lgan umumiy sarflarni belgilovchi egri chiziqning (a) minimumiga 
to׳g`ri kelgan korpuslarning soni, taxminan, maqbul deb olinadi. Odatda ko׳p bosqichli bug`latish 
qurilmalaridagi korpuslarning soni 2 tadan kam va 5-6 tadan ortiq bo׳lmaydi. Ko׳pincha korpuslarning 
maqbul soni 3-4 ta bo׳ladi. 
 
MODDA ALMASHINISH JARAYONLARI VA QURILMALARI 
19-Ma’ruza 
МAVZU:  
MODDA ALMASHINISH ASOSLARI UMUMIY TUSHUNCHALARI. 
1.  Modda almashinish jarayonlarining turlari va ularga ta`rif. 
2.  Modda o׳tkazishning asosiy tenglamasi 
3.  Molekulyar diffuziya 
4.  Konvektiv diffuziya 
5.  Modda almashinish qurilmalarining asosiy o׳lchamlarini aniqlash 
Bir fazadan ikkinchi fazaga modda ta’sir etishi bilan bog`liq bo׳lgan jarayonlar modda almashinish 
jarayonlari deb yuritiladi.
 Modda o׳tish jarayoni fazalar o׳rtasida muvozanat holat yuz bergunga qadar 
davom etadi. Bir fazaning ichida esa modda konsentratsiyasi yuqori bo׳lgan nuqtadan konsentratsiyasi 
past bo׳lgan nuqtaga tomon o׳tadi. Nam materiallarni quritish, suyuqliklarni haydash, gaz aralashmalari 
tarkibidagi birorta komponentni yutuvchi suyuqlik yordamida ajratib olish, qattiq jism tarkibidagi 
kerakli komponentni eritib olish yoki eritmalardan kristallarni ajratib olish kabi jarayonlar modda 
almashinish jarayonlari qatoriga kiradi. Modda almashinish jarayonlari kimyoviy ishlab chiqarishning 
turli sohalarida muhim o׳rin egallaydi. 
Sanoatda quyidagi modda almashinish jarayonlari keng tarqalgan. 
Absorbsiya.
 Gaz yoki bug` aralashmasi tarkibidagi bir yoki bir necha komponentning suyuq yutuvchi 
moddada tanlab yutilish jarayoni absorbsiya deb ataladi.
 Yutuvchi suyuqlik absorbent (yoki sorbent) 
deyiladi. Teskari jarayon, ya’ni yutilgan komponentlarning suyuq fazadan ajralib chiqishi desorbsiya 
deb ataladi. Absorbsiya jarayoni texnologik gazlarni ajratish va sanoatdan chiqarib yuboriladigan 
gazlarni tozalashda keng qo׳llaniladi. 

Download 4.8 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   6   7   8   9   10   11   12   13   ...   22




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2020
ma'muriyatiga murojaat qiling