Asosiy tushunchalar


Download 187.18 Kb.
bet1/9
Sana27.01.2022
Hajmi187.18 Kb.
#503656
  1   2   3   4   5   6   7   8   9
Bog'liq
a-1
1.1 - mavzu ma'ruza matni, 1.7 - mavzu bo'yicha prezintatsiya, O'zbekiston tarixi, O'zbekiston tarixi, shahsiy varaqa t-2 shakl, Документ (3), Fermer xo jaliklarida buxgalteriya hisobi tog risida Nizom, 1-Amaliy mashq. (2), AB 215-guruh Mirzayev To'ychi Maxsus o'chov fanidan Mustaqil ish, Borov Nurlanbek, 10-sinf-ona-tili-va-adabiyot-test-1-4-chorak, 2 5467480581690362781, price-list, Алихонов Сардорхон Акмалхон ўғли, сана



Asosiy tushunchalar
Elektr zanjiri deb elektr toki harakati uchun zarur bo‘lgan qo‘rilma va elementlardan iborat berk zanjirga aytiladi. Bu zanjir manba, is’temolchi va yordamchi elementlardan iborat bo‘lib, zanjirda doimiy tok oqib turushi uchun zanjir berk bo‘lishi zarur.
Elektr zanjiri elementlari parametrlari, oqib o‘tayotgan tokning parametrlariga bog‘liq bo‘lmasa bunday elektr zanjirlari chiziqli elektr zanjirlari deb ataladi. Agar elektr zanjiri elementlari parametrlari, oqib o‘tayotgan tokning parametrlariga bog‘liq bo‘lsa, bu elektr zanjirlari nochiziqli elektr zanjirlari deyiladi.
Chiziqli elektr zanjirlari-barcha elementlari chiziqli xarakterga ega bo‘lgan zanjirlar.
Nochiziqli elektr zanjirlari-elektr zanjirining elementlaridan hech bo‘lmaganda bittasi nochiziqli xususiyatga ega bo‘lgan zanjirlar.
Elektr sxemasi- elektr zanjirining grafik tasviri hisoblanib, zanjir elementlarining shartli kurinishi va ularning ulanish usullari tasviridir.
Elektr zanjiri tarmog‘i –elektr zanjirining bir xil qiymatdagi tok oqib o‘tadigan qismiga aytiladi. Tarmoq bir yoki bir nechta ketma-ket ulangan elementlardan tashkil topadi. Tarmoqdagi elementlar sonini “p” harfi bilan belgilashga kelishilgan.
Elektr zanjiri tuguni- uch yoki undan ortiq tarmoqlarning ulanish joyi. Bir juft tugunga ulangan barcha tarmoqlar parallel ulangan hisoblanadi. Tugunlar sonini “q” harfi bilan belgilashga kelishib olingan.
Kontur- bir nechta elektr tarmoqlarning iborat yopiq zanjir.
Mustaqil kontur-tarkibida hech bo‘lmaganda bitta boshqa konturga taaluqli bo‘lmagan tarmog‘i bo‘lgan kontur. Elektr sxemadagi mustaqil konturlar soni n=p-(q-1).


Download 187.18 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
  1   2   3   4   5   6   7   8   9




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2023
ma'muriyatiga murojaat qiling