Yechish. Zanjirdagi tok to‘liq zanjir uchun Om qonuni ifodasidan aniqlanadi.
Masala shartiga ko‘ra 1-5 nuqtalarning potensiali aniqlanadi. Buning uchun 1 nuqta potensiali nolga teng deb olinadi va koordinata o‘qi boshiga joylashtiriladi.
2 nuqtaning φ2 potensiali zanjirning 1-2 qismi oralig‘i uchun Om qonuni ifodasidan aniqlanidi.
U12 = φ1–φ 2,
Bu yerda
φ2 = φ1–I1R1=0 – 0,6⋅20=–12 B.
2 nuqtaning koordinatasi:
R=20 Om; φ 2 = –12 B.
Zanjirning 1–3 qismlari orqali 3 nuqta potensialini aniqlash mumkin
φ3=φ2+E1–I1Rich1=–12+16⋅3⋅0,6 =2,2 V.
Diagrammadagi 3 nuqtaning koordinatasi:
R=20+3= 23 Om; φ3=2,2 V.
Xuddi shunday 4 no‘qtaning potensiali aniqlanadi
φ4=φ3–U34 =φ3–IR2=2,2–0,6⋅15=–6,8 V.
Zanjirdagi 4 nuqtaning potensiali:
R=23+15 = 38 Om; φ 4 = –6,8 V.
Zanjirning 5 nuqtasi uchun:
R =38+ 2 = 40 Om;
φ5 = φ4+E2 – IRich2=–6,8+14 – 0,6⋅10 = 6 V.
Masala to‘g‘ri echilganda 1 nuqtaning potensiali nolga teng bo‘lishi zarur
φ1=φ5–IR3 =6–0,6⋅10 = 0.
Diagrammada 1 nuqtaning koordinatasi:
R =40 + 10= 50 Om; φ1 = 0.
Hisoblashlar natijasida qurilgan potensial diagrammaning ko‘rinishi 1.7-rasmda keltirilgan. Diagrammadan ko‘rinadiki potensiometr surgichining holati 6 nuqtada voltmetr ko‘rsatishi bilan mos bo‘lib nolga teng, chunki 1 va 6 nuqtalar potensiallari tengdir.
Elektr zanjirining boshqa nuqtasini boshlang‘ich deb qabul qilsak ham zanjirning mos qismlari potensiallari kattaligi o‘zgarmaydi. Chunki ular qarshilik va tok kattaliklari orqali aniqlanadi. Agar 3 nuqta potensialini nolga teng deb qabul qilsak (φ3=0), unda absissa o‘qi 3 nuqtaga qarab suriladi. Ushbu holat chizmada (1.5 -rasm) uzuq-uzuq chiziq tarzida ko‘rsatilgan. Bunda barcha nuqtalar potensiali φ=2,2 V ga kamayadi.
1.5-rasm. Potensial diagramma.
Quvvatlar balansi:
E1I+E2I=I2R1+I2Rich1+I2R2+I2Rich2+I2R3=I2(R1+Rich1+R2+Rich+R3);
16·0,6 + 14·0,6 = 0,62·(20 + 3+ 15 + 2 + 10).
18 Vt ≡ 18 Vt.
Do'stlaringiz bilan baham: |