Asosiy tushunchalar
Mustaqil yechish uchun masalalar
Download 187.18 Kb.
|
a-1
1.1 - mavzu ma'ruza matni, 1.7 - mavzu bo'yicha prezintatsiya, O'zbekiston tarixi, O'zbekiston tarixi, shahsiy varaqa t-2 shakl, Документ (3), Fermer xo jaliklarida buxgalteriya hisobi tog risida Nizom, 1-Amaliy mashq. (2), AB 215-guruh Mirzayev To'ychi Maxsus o'chov fanidan Mustaqil ish, Borov Nurlanbek, 10-sinf-ona-tili-va-adabiyot-test-1-4-chorak, 2 5467480581690362781, price-list, Алихонов Сардорхон Акмалхон ўғли, сана
Mustaqil yechish uchun masalalar
1.6. Uzunligi l =28,5 km bo‘lgan mis simli telefon tarmog‘i qarshiligini aniqlang. Atrof-muhit harorati 20 °S va simning diametrini d = 4 mm deb oling. javob: 80 Om 1.7. Uzunligi l =57 km va diametri d=5 mm bo‘lgan mis simning qarshiligi aniqlang. Atrof-muhit harorati 40 °S. javob:54 Om 1.8. Nominal quvvati 1 kVt va kuchlanishi 220 V bo‘lgan istemolchi 110 V li tarmoqqa ulangan. Nominal va 110 V kuchlanishda istemolchi quvvati va toki aniqlansin. javob:250 Vt; ≈ 4,55 A; ≈ 2,27 A 1.9. Qarshiligi Rt=4 Om bo‘lgan ikki simli o‘zgarmas tok tarmog‘iga (1.2-rasmdagi ekvivalent sxema) qarshiligi 0 dan ∞ qadar o‘zgaradigan iste’molchi Ris ulangan. Liniya boshidagi kuchlanish Uab. Iste’molchi qismalaridagi Ucd kuchlanish, liniya toki va manba tomonidan (P1) iste’molchiga (P2) uzatilayotgan quvvat aniqlansin. Hisoblashlar iste’molchi qarshiligi Ris =0; Rt; 2Rt; 5Rt; 10Rt; ∞ bo‘lgan holatlar uchun amalga oshirilsin. 1.10. Kundalang kesim yuzasi 1 mm2 bo‘lgan mis sim orqali 1 A tok oqmoqda. Har bir mis atomida bittadan erkin elektron mavjud deb hisoblab, o‘tkazgich buylab tartibli harakatlanayotgan elektronlarning o‘rtacha tezligini aniqlang. Misning zichligi 8,9 g/sm3. javob:75 mkm/s 1.11. O‘zgarmas kuchlanishli manba qismalarida harorat t1=20°S dan t2=1200°S qadar o‘zgarsa, zanjirning aktiv bo‘lmagan qismidan oqib o‘tayotgan tok kuchi qanday o‘zgaradi. Platina qarshiligining harorat koeffisienti 3,65·10-3 K-1 ga teng deb olinsin. javob: 5,3 marta 1.12. Kundalang kesim yuzasi 0,3 mm2 bo‘lgan mis sim orqali 0,3 A tok oqmoqda. Elektr maydoni tomonidan alohida erkin elektronlarga ta’sir etayotgan kuchini aniqlang. Misning solishtirma qarshiligi 17 mOm·m. javob: 2,72·10-21N. 1.13. Qarshilishi 10 Om bo‘lgan o‘tkazgichdagi tok kuchi 30 s davomida bir tekis I0=3 A dan I=0 qadar kamaydi. Ushbu vaqt oralig‘ida o‘tkazgichda ajralib chiqqan issiqlik miqdorini aniqlang. javob: 900 J . 1.14. Alyumin simdagi elektr maydoni zichligi 5 A/sm2 ga teng. Agar alyuminning solishtirma qarshiligi 26 mOm·m bo‘lsa, tokning solishtirma issiqlik quvvatini aniqlang. Javob: 65 J/ (m3·s) 1.15. Manbaning EYUK E =12 V; ichki qarshiligi Rich=1 Om. Tashqi qarshilikning qanday qiymatida uning quvvati eng yuqori bo‘ladi va nimaga teng? javob:1 Om; 36 Vt 1.16. Havo liniyasi simlari qarshiligini +40 va –40 °S haroratlarda aniqlang. Liniyaning uzunligi l =28,5 km, mis simning diametri d=5 mm. javob: 540 m; 38 Om. 1.17. Iste’molchi 220 V kuchlanishda 5 sutka tinimsiz ishlab 24 kVt·soat energiya isrof qildi. Tok kuchi va iste’molchi qarshiligini aniqlang. javob:0,91 A; 242 Om 1.18. Iste’molchi va generatorni birlashtiriuvchi, diametri 4 mm bo‘lgan o‘tkazgichdagi tok zichligini aniqlang. Generatorning sutkalik energiya iste’moli 220 V kuchlanishda 48 kVt·soatni tashkil etadi. javob: 0,72 A / mm2 1.19. Quvvati 5 kVtli 220 V kuchlanishga ega bo‘lgan tarmoq ichki qarshiligi Rich=0,22 Om bo‘lgan generatorga ulangan. Generatorning EYUK va FIK ni aniqlang. javob: 225 V; 97,8 % 1.20. 220 V kuchlanish va 85 % FIK ga ega o‘zgarmas tok elektrodvigatelining mexanik quvvati 8,5 kVt ni tashkil etadi. Dvigatelning elektr quvvati va tokini aniqlang. javob: 10 kVt; 45,5 A 1.21. G‘altak tayyorlashda diametri 0,5 mm li bo‘lgan 200 m mis sim ishlatildi. Agar tokning ruxsat etilgan zichligi j=2 A/mm2 ga teng bo‘lsa, ushbu g‘altakka ulash mumkin bo‘lgan o‘zgarmas kuchlanishni aniqlang. javob: 7 V 1.22. Manbaning elektr yurituvchi kuchlari E1=110 V, E2= 36 V, E3=60 V, E4=24 V, zanjir uchastkalarining qarshiliklari R1=30 Om, R2=26 Om, R3=35 Om bo‘lgan hol uchun 1.6-rasmda tasvir etilgan elektr zanjiridagi tokning yunalishi va kattaligi aniqlansin. Hisoblash Kirxgofning ikkinchi qonuni buyicha tekshirilsin. 1.23. 1.7-rasmda sxemada kursatilgan elektr zanjirning qarshiliklari quyidagiga teng:
Zanjirga berilgan kuchlanish U=120 V. Har bir qarshilikdan o‘tayotgan tok va undagi kuchlanish tushuvi aniqlansin. Quvvatlar balansi tekshirilsin. 1.24. Qizdirish pechi har birining qarshiligi 10 Om dan bo‘lgan 12 ta elementdan yig‘ilgan. Agar har bir elementning nominal toki 2 A bo‘lsa, kuchlanishi 120 V bo‘lgan manbaga pechni ulash sxemasi chizilsin. 1.25. Kuchlanishi U=110 V bo‘lgan yoritish tarmog‘iga har birining quvvati 100 vattli 5ta, 60 vattli 10ta, 25 vattli 3ta lampa ulangan. Lampalardan o‘tayotgan tok, chug‘lanma spiralning qarshiliklari hamda yoritkichlarning umumiy quvvati aniqlansin. 1.26. Ikki simli liniya oxiriga quvvati P1=22kVt li elektr dvigateli bilan umumiy quvvati 2,2 kVt bo‘lgan bir guruh lampalardan iborat energiya iste’molchilari parallel ulangan. Bitta liniya simining qarshiligi 0,02 om. Iste’molchilarning qismalaridagi kuchlanish U2=220V. Liniya boshidagi kuchlanish aniqlansin. 1.27. R1=0,25 Om, R2=4,5 Om, R3=1,5 Om, R4=3 Om, R5=1,5 Om, R6=2,5 Om bo‘lgan hol uchun 1.8-rasmdagi sxemada keltirilgan zanjirning ekvivalent qarshiligi hisoblansin. 1.28. Quvvati 5 kVtli 220 V kuchlanishga ega bo‘lgan tarmoq ichki qarshiligi Rich=0,22 Om bo‘lgan generatorga ulangan. Generatorning EYUK va FIK ni aniqlang. javob: 225 V; 97,8 % 1.29. Qarshilishi 10 Om bo‘lgan o‘tkazgichdagi tok kuchi 30 s davomida bir tekis I0=3 A dan I=0 qadar kamaydi. Ushbu vaqt oralig‘ida o‘tkazgichda ajralib chiqqan issiqlik miqdorini aniqlang. javob: 900 J . 1.30. Kundalang kesim yuzasi 1 mm2 bo‘lgan mis sim orqali 1 A tok oqmoqda. Har bir mis atomida bittadan erkin elektron mavjud deb hisoblab, o‘tkazgich buylab tartibli harakatlanayotgan elektronlarning o‘rtacha tezligini aniqlang. Misning zichligi 8,9 g/sm3. javob:75 mkm/s 1.31. Uzunligi l =57 km va diametri d=5 mm bo‘lgan mis simning qarshiligi aniqlang. Atrof-muhit harorati 40 °S. javob:54 Om 1.32. Nominal quvvati 1 kVt va kuchlanishi 220 V bo‘lgan istemolchi 110 V li tarmoqqa ulangan. Nominal va 110 V kuchlanishda istemolchi quvvati va toki aniqlansin. javob:250 Vt; ≈ 4,55 A; ≈ 2,27 A Download 187.18 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2023
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling