Asosiy vazifa va funksiyalari makroiqtisodiy tahlil qilish va prognozlashtirish bosh boshqarmasining asosiy vazifa va funksiyalari


INVESTITSIYA DASTURLARINI SHAKLLANTIRISH VA MONITORING


Download 226 Kb.
Pdf ko'rish
bet3/5
Sana15.12.2019
Hajmi226 Kb.
1   2   3   4   5

INVESTITSIYA DASTURLARINI SHAKLLANTIRISH VA MONITORING 

BO‘YICHA YIG‘MA BO‘LIM 

Bo‘limining asosiy vazifa va funksiyalari: 

Hududlarni  kompleks  rivojlanishini  va  barcha  tarkibiy  siyosatini  erishishni 

ta'minlash maqsadida vazirliklar, idoralar, Qoraqalpog„iston Respublikasi Vazirlar 

Kengashi,  viloyatlar  va  Toshkent  shahar  hokimliklarning  takliflari  asosida 

markazlashtirilgan manbalar hisobidan respublika Investitsiya dasturi faoliyatidagi 

qisqa va o„rta muddatli prognozlarni ishlab chiqish; 

buyurtmachilar  (tashabbuskorlar)ning  investitsiya  loyihalari  va  moliyalashtirish 

manbalari kesimida har yilgi Investitsiya dasturi loyihasini tayyorlash



davlat  investitsiya  dasturining  (“Kadrlar  tayyorlash  milliy  dasturi”,  “Qishloq  aholi 

punktlarini  ichimlik  suvi  ta'minotini  yaxshilash  d

asturi”  va  shu  kabilarni) 

bajarilishini monitoringni amalga oshirish hamda tasdiqlangan dasturga muvofiq, 

qurilish va loyiha-

qidiruv ishlari bo„icha manzilli ro„yxatlarni kelishish; 

investitsiya  loyihalarni  samaradorligi  bo„yicha  tadbirlarni  ishlab  chiqish, 

tayyorlash,  amalga  oshirish  va  baholash,  investitsiya  jarayonlarining  samarasini 

oshirish bo„yicha aniq takliflarni O„zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasiga 

kiritish, 

Markazlashtirilgan  kapital  qo„yilmalar  hisobidan  moliyalashtiriladigan  loyihalarni 

amalga oshirilishini monitoring qilish; 

O„zbekiston Respublikasini hududiy jihatdan ijtimoiy-iqtisodiy rivojlanish bo„yicha 

prognozini va hududiy investitsiya siyosatni ishlab chiqishda ishtirok etish, 

investitsiya  loyiha  va  dasturlarni  bajarilishi  to„g„risidagi  tizimli  tahlilni  amalga 

oshirish,  tahliliy  ma'lumotlarni  vazirlik  rahbariyatiga  ko„rish  uchun  tayyorlash  va 

kiritish; 

investitsiyaviy  va  tarkibiy  siyosatda  prognoz  ko„rsatkichlarini  tizimini 

takomillashtirish; 

o„rnatilgan muddatlardan kelib chiqqan holda konsepsiya, prognoz, respublika va 

maqsadli dasturlar loyihalariga ma'lumotlar tayyorlash va taqdim etish; 

respublikada  investitsiya  faoliyati  bo„yicha  vazirlik  rahbariyatiga  tahliliy 

ma'lumotlarni tayyorlash. 

 

IQTISODIYOTNI BAZAVIY (ASOSIY) TARMOQLARIDA STRATEGIK 



LOYIHALARNI AMALGA OSHIRISH MONITORINGI BO‘LIMI 

Bo`limining asosiy vazifa va funksiyalari: 

O„zbekiston  Respublikasi  Investitsiya  dasturiga  kiritilgan  iqtisodiyotning  bazaviy 

(asosiy)  tarmoqlaridagi  strategik  ahamiyatga  ega  bo„lgan  loyihalar,  shuningdek 

xorijiy sarmoyalar ishtirokida amalga oshirilayotgan investitsiya loyihalari bo„yicha 

monitoring olib borish; 

O„zbekiston  Respublikasi  Taraqqiyot  va  tiklanish  jamg„armasi  mablag„lari 

hisobidan  (jamg„arma  ishtirokida)  moliyalashtirilayotgan  loyihalarni  amalga 

oshirilishi yuzasidan monitoring olib borish; 

investitsiya  loyihalarini  amalga  oshirilishini  tahlil  qilish,  shuningdek  tarmoq 

jadvallari  bo„yicha  prognoz  ko„rsatkichlaridan  ortda  qolish  hamda  loyihalarning 

o„z vaqtida amalga oshirilishida to„sqinlik qilayotgan sabablarni aniqlash; 

investitsiya  loyihalarining  amalga  oshirilishini  joriy  holati   haqida  vazirlik 

rahbariyatiga hamda bosh boshqarma boshlig„iga doimiy ravishda ma'lumotlarni 

taqdim etish; 



investitsiya loyihalarini optimal ravishda a

malga oshirish bo„yicha takliflar kiritish; 

O„zbekiston  Respublikasi  Investitsiya  dasturini  shakllantirishda  amalga 

oshirilayotgan  investitsiya  loyihalarini  iqtisodiyotning  ayrim  asosiy  (bazaviy) 

tarmoqlari bilan o„zaro bog„liqligini hisobga olib, tahlil asosida takliflar kiritish; 

investitsiya loyihalarini amalga oshirishga bevosita bog„liq bo„lgan qonunchilik va 

me'yoriy hujjatlarini ishlab chiqishda ishtirok etish

bo„lim xodimlarining tegishli masalalari (kuratorlik) bo„yicha ma'lumotlar bazasini 

shakllantirish, yuritish va yangilash. 

 

IQTISODIYOTNI MODERNIZATSIYALASH VA SANOATNI RIVOJLANTIRISH 



BOSH BOSHQARMASI 

Bosh boshqarmaning asosiy vazifa va funksiyalari: 

jamiyatni  rivojlantirish  va  demokratik  qayta  o„zgartirishlar  maqsadlari  va  ustuvor 

vazifalaridan kelib chiqqan holda modernizatsiyalash, texnik va texnologik qayta 

jihozlash,  ishlab  chiqarishni  mahalliylashtirish  masalalari  hamda  resurs  tejovchi 

ilg„or  texnologiyalarni,  mavjud  ishlab  chiqarish,  ilmiy  texnik  hamda  mehnat 

potensialidan  unumli  foydalanishni  inobatga  olgan  holda  tarmoqlarni  ijtimoiy-

iqtisodiy  rivojlantirish  prognozlarini,  ularni  mutanosib  rivojlantirishning  puxta 

o„ylangan strategiyasini ishlab chiqishni tashkil qiladi; 

ijtimoiy-iqtisodiy rivojlantirishning maqbul sur'atlari va nisbatlarini, mineral va xom 

ashyo  resurslaridan  oqilona  foydalanishni,  O„zbekiston  iqtisodiyotini  barqaror 

rivojlantirishni 

ta'minlovchi 

zamonaviy 

ishlab 


chiqarish 

infratuzilmasini, 

telekommunikatsiyalar vositalarini rivojlantirish bo„yicha takliflar ishlab chiqadi; 

tegishli  tarmoqlarda  raqobatbardosh  mahsulot  turlarini  ishlab  chiqarishni 

ta'minlaydigan sanoatlashtirish siyosatining asosiy yo„nalishlarini ishlab chiqadi; 

tegishli  Prezident,  Vazirlar  Mahkamasi  hamda  Iqtisodiyot  vazirligi  Rayosati 

qarorlari  asosida  belgilangan  muhim  moddiy  yillik  balanslarni  ishlab  chiqadi 

hamda ularning amalga oshirilishi ustidan monitoring yuritadi

asosiy  sanoat  mahsulotlari  ishlab  chiqishning  yillik  hamda  choraklik  maqsadli 

ko„rsatkichlarini ishlab chiqadi va uning bajarilishi ustidan monitoring yuritadi; 

eksport  potensialini  rivojlantirishni  rag„batlantirish,  tashqi  savdo  va  to„lov 

balanslarini  maqbullashtirish  bo„yicha  takliflar  ishlab  chiqish,  tovarlar  (ishlar, 

xizmatlar)  eksporti  prognozlarini  tayyorlash,  respublikani  jahon  iqtisodiy  tizimiga 

integratsiyalash strategiyasini ishlab chiqishda; 

amalga oshirilishi belgilangan muhim investitsion loyihalar ekspertizasida; 

rejalashtiriladigan  yilga  geologiya-qidiruv  ishlarining  hajmini  aniqlash  va  ularni 

koordinatsiya  qilish,  qazilma  b

oyliklarining zahirasini ko„paytirish bo„yicha davlat 



buyurtmasini  tayyorlash,  geologiya  qidiruv  ishlarini  moliyalashtirish  takliflarini 

ishlab chiqishda qatnashadi. 

 

YOQILG‘I - ENERGETIKA KOMPLEKSINI RIVOJLANTIRISH BO‘LIMI 

Bo‘limning asosiy vazifalari va funksiyalari quyidagilar: 

yoqilg„i-energetika  kompleksi  (YOEK)  tarmoqlari  bilan  birgalikda  tarmoqlarni 

rivojlantirish strategiyalarini, dasturlarini va istiqbolli rejalarini ishlab chiqish; 

YOEK   tarmoqlarining  mavjud  ishlab  chiqarish,  ilmiy-texnikaviy  va  mehnat 

salohiyatidan  samarali  foydalanishni  ta'minlovchi  qisqa,  o„rta  va  uzoq  muddatli 

prognozlarni,  shuningdek,  YOEKni  rivojlantirish  dasturlarini  tashkillashtirish  va 

muvofiqlashtirish; 

YOEK tarmoqlarining iqtisodiy va ijtimoiy xolati darajasini kompleks, tizimli taxlilini 

amalga oshirish; 

YOEK  tarmoqlarini  rivojlantirish  tendensiyalarini  belgilash,  shu  bilan  birga 

ularning  rivojlanishidagi  mavjud  nomutanosibliklarni  aniqlash  va  ushbu 

nomutanosibliklarni bartaraf etish yo„llarini asoslash; 

yirik  strategik  ijtimoiy-iqtisodiy  muammolarni  xal  etish,  normativ-huquqiy  bazani 

shakllantirish,  nazorat  qilinadigan  tarmoqlar  iqtisodiyotini  chuqurlashtirish  va 

liberallashtirishga  yo„naltirilgan  takliflar,  tavsiyalar  va  taxliliy  axborotlarni 

O„zbekiston  Respublikasi  Prezident  Devoniga,  Vazirlar  Mahkamasiga  va  Oliy 

Majlisiga ishlab chiqish; 

YOEK  tarmoqlari  haqidagi  oylik,  choraklik  va  yillik  tahliliy  ma'lumotlarni, 

axborotlarni va hisobotlarni tayyorlash

yoqilg„i-energetika  resurslarining  (YOER)  yillik  balanslarini  amalga  oshirish  va 

YOEK  tarmoqlarini  barqaror,  dinamik  va  mutanosib  rivojlantirishni  ta'minlovchi 

usullarni ishlab chiqish; 

yoqilg„i-energetika resurslari balanslarining bajarilishi bo„yicha oylik, choraklik va 

yillik ma'lumotlarni tayyorlash; 

bo„lim  xodimlarining  nazorat  qiluvchi  masalalari  bo„yicha  ma'lumotlar  bazasini 

shakllantirish, yuritish va yangilash; 

YOER narxlari va tariflarini boshqarish mexanizmini mukammallashtirish, narx va 

monopoliyaga  qarshi  siyosatning  alohida  yo„nalishlari  bo„yicha  takliflarni 

tayyorlashda ishtirok etish; 

chet  el  investitsiyalarini  jalb  etish  bo„yicha  davlat  siyosatini  amalga  oshirishni 

ishlab  chiqish  va  ta'minlashda  va  muhim  va  yirik  investitsion  loyihalarning 

ekspertizasini  o„tkazishda,  O„zbekiston  Respublikasi  Hukumati  kafilligida 

markazlashtirilgan 

pul 


mablag„lari 

va 


chet 

el 


kreditlari 

hisobiga 

moliyalashtiriladigan loyihalarni amalga oshirishni nazorat qilishda ishtirok etish; 


davlat  investitsion  siyosatini  va  dasturlarini  ishlab  chiqarishda  qatnashish  va 

YOEK tarmoqlaridagi qurilishlarning tegishli manzilli dasturlarini kelishish; 

tarmoqlar 

va 


tarmoqlararo 

komplekslarni 

yetakchi 

resurs 


tejaydigan 

texnologiyalar  asosida  modernizatsiyalash  va  qayta  tiklash  dasturlarini  ishlab 

chiqishda qatnashish va holatini sistematik raqishda kuzatishni amalga oshirish; 

eksport  salohiyatini  rivojlantirish  va  importni  ratsionallashtirishni  rag„batlantirish 

bo„yicha  takliflarni  tayyorlashda  qatnashish,  YOERning  yillik  eksporti  prognozini 

tayyorlash; 

energiyani  tejash  va  muqobil  energiya  manbaalarini  rivojlantirish  dasturlarini 

ishlab chiqishda ishtirok etish; 

davlat  ehtiyoji  uchun  mahsulotlarni  yetkazib  berish  hajmlari  va  tuzilmalarini 

shakllantirishda o„rnatilgan tartibda ishtirok etish; 

davlat  atrof-muhit  siyosatini  shakllantirish  va  tashkil  etishda  va  YOEKning  atrof-

muhit  xavfsizligini  ta'minlash  bo„yicha  chora-tadbirlarni  ishlab  chiqishda  ishtirok 

etish; 

YOEK tarmoqlarining mahalliylashtirish dasturini ishlab chiqishda ishtirok etish; 



neft  va  gazda  geologikqidiruv  ishlarini  rivojlantirish  D

asturini  ko„rib  chiqish, 

uglevodorod  xom  ashyosi  zahirasini  oshirish  bo„yicha  davlat  buyurtmasini 

bajarish bilan bog„liq geologik  izlanishlarni moliyalashtirish to„g„risidagi takliflarni 

kelishishga tayyorlash; 

YOEKni  rivojlantirish  bo„yicha  chet  el  malakasini  o„rganish  va  uni  O„zbekiston 

sharoitida qo„llash uchun amaliy takliflarni tayyorlash. 

 

ISTE'MOL TOVARLARI ISHLAB CHIQARISH VA ULAR BILAN BOZORNI 

TO‘LDIRISH YIG‘MA BO‘LIMI 

Bo`limning asosiy vazifasi quyidagilardan iborat: 

bozor  iqtisodiyoti  sharoitida  iste'mol  tovarlari  ishlab  chiqarishning  uzoq  muddatli 

yo`nalish va kompleks dasturlarini ishlab chiqish; 

raqobatbardosh  iste'mol  tovarlari  ishlab  chiqarish  va  bu  orqali  ichqi  bozorni 

to`ldirish hamda xorijga eksport qilishda mahalliy hom - ashyodan unumli va to`liq 

foydalanish bo`yicha maqsadli dasturlar ishlab chiqish; 

istemol  bozorini  rivojlantirish,  iqtisodiyotning  istemol  sektorini  liberallashtirish  va 

qayta tashkil qilishda takliflar tayyorlash bunda bozor metod va mexanizmlaridan 

unumli foydalanish; 

bevosita  rahbarlik  qilinayotgan  sohalar  bo`yicha  o`tkazilayotgan  tender 

savdolarida  va  unga  qo`yilayotgan  asbob  va  uskunalar  bo`yicha  ekspertiza 



komissiyalarida  ishtiroq  etish  hamda  yakuniy  xulosalar  chiqarish  uchun 

tayyorlangan ilovalarni Vazirlar Mahkamasiga taqdim etish; 

bevosita  rahbarlik  qilinayotgan  va  hamkorlikda  ishlanayotgan  vazirliklar  va 

respublika idoralari, Qoraqalpog`iston Respublikasi Iqtisodiyot vazirligi, viloyatlar 

hamda  Toshkent  shahar  Iqtisodiyot  bosh  boshqarmasi  bilan  birgalikda 

iqtisodiyotning  istemol  tovarlari  sohasini  rivojlantirishning  muhim  ijtimoiy 

muammolarini  hal  qilishning  istiqbolli  loyixalari  va  yo`nalishlarini  tayyorlash  va 

taxliliy ma'lumotlarni O`zbekiston Respublikasi Prezidenti Devoni hamda Vazirlar 

Mahkamasiga taqdim etib borish. 

 

MAHALLIYLASHTIRISH DASTURINI SHAKLLANTIRISH VA MONITORING 

BO‘LIMI 

Bo‘limning asosiy vazifalari: 

mahalliylashtirish  davlat  dasturini  ishlab  chiqishni  muvofiqlashtiradi,  sanoatni 

rivojlantirish  va  tarkibiy  o„zgarishlarga  qaratilgan  tarmoq  dasturlarining 

monitoringini olib boradi; 

mahalliy  tabiiy  va  mineral  xomashyo  resurslaridan  samarali  va  tejamkor 

foydalanishga  qaratilgan,  aniq  maqsadlarga  yo„naltirilgan  tarkibiy  siyosat  olib 

boradi,  respublika  iqtisodiyotining  dunyo  iqtisodiy  tizimiga  keng  integratsiyasini 

ta'minlaydi hamda eksport potensialini oshiradi

iqtisodiyotni  rivojlanish  ssenariylari  va  variantlari,  qisqa  va  uzoq  muddatli 

prognozlar  hamda  mamlakatni  ijtimoiy-iqtisodiy  rivojlantirish  dasturlarini  ishlab 

chiqishda qatnashadi; 

vazirlikning  b

oshqa  boshqarmalari  va  bo„limlari  bilan  hamkorlikda,  ishlab 

chiqilgan  strategiya  asosida,  iqtisodiyotni  isloh  qilishning  tamoyillari  va  asosiy 

vazifalarini,  ularni  amalga  oshirish  mexanizmlarini  aniqlash,  muhim  iqtisodiy 

muammolarni  yechishga  qaratilgan  maqsadli  dasturlarining  tegishli  qismlarini 

ishlab  chiqishda  tashkiliy-metodik  boshqarish  va  muvofiqlashtirishni  amalga 

oshiradi;    

ishlab  chiqarishni  mahalliylashtirish  natijalarini  o„rganish  asosida,  qabul  qilingan 

strategiya va iqtisodiy siyosatdan kelib chiqqan holda mahalliylashtirish doirasini 

yanada kengaytirish bo„yicha takliflar tayyorlaydi; 

dunyo  tajribasi  va  xalqaro  standartlarni  o„rganish  asosida  mahalliylashtirish 

loyihalarini monitoring qilishning samarali usullarini ishlab chiqadi va tadbiq etadi; 

sanoatni  rivojlanishining  umumiy  yo„nalishlari,  byudjet-soliq,  pul-kredit,  valyuta, 

narx  va  antimonopol  siyosat,  tovar  va  xizmatlarning  narxlarini  muvofiqlashtirish 

mexanizmlarini  takomillashtirishga  qaratilgan  takliflarni  tayyorlashda  ishtirok 

etadi; 


korxonalarning  ishlab  chiqarish  quvvatlari,  texnologik  jarayonlari  to„g„risida 

ma'lumotlarni  yig„ish,  o„rganish  va  qayta  ishlashni  amalga  oshiradi  va  tegishli 

tahliliy ma'lumotlar tayyorlab vazirlik rahbariyatiga taqdim etadi

tarmoqlar  va  tarmoq  komplekslarining  (mahalliylashtiruvchi  va  eksportga 

yo„naltirilgan ishlab chiqarishlar) tizimli monitoringini olib borishda qatnashadi va 

shakllanayotgan kon'yunkturadan kelib chiqqan holda ularni zamonaviy tejamkor 

texnologiyalar  asosida  modernizatsiya  qilish  va 

texnik  qayta  jihozlash  bo„yicha 

dasturlar ishlab chiqishda qatnashadi;  

hududiy iqtisodiy siyosatni ishlab chiqish va amalga oshirishda qatnashadi; 

vazirliklar  va  idoralar  bilan  hamkorlikda  O„zbekiston  Respublikasi  Prezidenti 

devoni hamda Vazirlar Mahkamasiga yirik strategik ijtimoiy-siyosiy muammolarni 

yechish, 

normativ-xuquqiy 

bazani 

shakllantirish, 



iqtisodiyotni 

yanada 


liberallashtirishga  qaratilgan  takliflar,  tavsiyalar  hamda  tahliliy  ma'lumotlarni 

tayyorlashda qatnashadi; 

vazirlikning  boshqa  bo„limlari  bilan  hamkorlikda  industrial,  agrar  va  ijtimoiy 

siyosatni  amalga  oshirish,  infratuzilmani  rivojlantirishning  asosiy  yo„nalishlarini 

belgilab beradi. 

Bo‘lim quyidagi funksiyalarni amalga oshiradi:  

ishlab  chiqarishni  mahalliylashtirish,  ishlab  chiqarish  quvvatlarini  modernizatsiya 

qilish,  qisqa  va  o„rta  muddatli  dasturlarni  shakllantirish  borasida  vazirliklar, 

idoralar, konsernlar, uyushmalar, korporatsiyalar, Qoraqalpog„iston Respublikasi 

Vazirlar  Kengashi,  viloyatlar  va  Toshkent  shahri   hokimliklari  faoliyatini 

muvofiqlashtiradi; 

ishlab  chiqarish  nomenklatura,  hajmi  va  boshqa  parametrlari,  shu  jumladan 

mahalliylashtirish  darajasini  hisobga  olgan  holda  mahalliylashtirish  dasturini 

ishlab chiqadi va  Vazirlar Mahkamasiga taqdim etadi; 

mahalliylashtirish  yo„nalishida  tashkiliy-uslubiy  boshqaruvni  olib  boradi  va 

mahalliylashtirish  yo„nalishida  rivojlanishning  qisqa  va  uzoq  muddatli 

prognozlarini shakllantirish va amalga oshirish ishlarni muvofiqlashtiradi; 

iqtisodiyotni tarkibiy o„zgartirish davlat siyosatining maqsad va vazifalaridan kelib 

chiqqan  holda,  mahalliylashtirish  bo„yicha  davlat  dasturini  shakllantirish  va 

bajarilishini muvofiqlashtiradi, mahalliylashtirish bo„yicha davlat siyosatini amalga 

oshirilishini ta'minlaydi; 

markazlashtirilgan pul mablag„lari va O„zbekiston Respublikasi Hukumati kafolati 

ostida  jalb  qilinadigan  chet  el  kreditlari  hisobidan  amalga  oshirilayotgan 

loyihalarni konkurs asosida tanlash va monitoring qilishda qatnashadi; 

ishlab  chiqarishni  mahalliylashtirish  prognoz  ko„rsatkichlari  tizimini  va  tarkibiy 

siyosatni takomillashtiradi; 


ishlab  chiqarishni  mahalliylashtirishni  takomillashtirish  va  hududlarda  ishlab 

chiqarish  kooperatsiyasi  tizimini  yaratish  bo„yicha  asoslangan  takliflarni 

tayyorlaydi; 

respublika  va  maqsadli  dasturlari  loyihalarini  ishlab  chiqish  tartibi  va 

muddatlaridan  kelib  chiqqan  holda,  mahalliylashtirish  bo„yicha  ma'lumotlar 

tayyorlash tartibi va muddatlarini belgilaydi; 

respublikada ishlab chiqarishni mahalliylashtirish bo„yicha ma'ruzalar va boshqa 

tahliliy ma'lumotlarni belgilangan muddatlarda tayyorlaydi. 



 

QURILISH INDUSTRIYASI VA QURILISH KOMPLEKSINI RIVOJLANTIRISH 

BO‘LIMI 

Qurilish  industriyasi  va  qurilish  kompleksini  rivojlantirish  bo‘limining 

asosiy vazifa va funksiyalari: 

izchillik  bilan  qurilish  va  qurilish  industriyasi  sohasida  yagona  davlat  siyosatini 

amalga  oshirishga  ko„maklashish,  O„zbekiston  Respublikasi  qaror  va 

farmonlarida  keltirilgan  talablar,  qurilish  industriyasi  va  qurilish  kompleksida 

iqtisodiy  islohotlarni  chuqurlashtirish  bo„yicha  hukumat  qarorlari  ijrosi  ustidan 

monitoring olib borish; 

sohadagi  o„zgarishlar  tendensiyasini  o„rganish,  va  umumlashtirish,  ularning 

rivojlanish holati bo„yicha yillik va choraklik taxliliy materiallarni tayyorlash, soha 

rivojlanishidagi  nomutanosiblikni  aniqlash,  muammolarni  xal  etish  asosiy 

yo„nalishlari va yo„llarini o„rganib, tegishli zaruriy choralar va takliflarni tayyorlash; 

tegishli  bo„lgan  tarmoqlarni  rivojlantirish  bo„yicha  yangi,  energiya  tejamkor  va 

ilg„or  texnologiyalarni  qo„llash,  ishlab  chiqarishga  tatbiq  etish,  modernizatsiya 

qilish  va  texnik  qayta  jihozlash  asosida  yaratilgan  tabiiy,  mineral  xom-ashyo  va 

ishchi kuchi resurslaridan oqilona foydalanishga yo„naltirilgan qisqa, o„rta va uzoq 

muddatli dasturlarni ishlab chiqish

hududlarda  zamonaviy  qurilish  materiallari  ishlab  chiqarish,  jumladan,  yangi 

turdagi  mahsulotlari  ishlab  chiqarishni  rivojlantirish,  bu  borada  yangi  quvvatlar 

tashkil  etish  va  mavjud  quvvatlarini  modernizatsiya  qilish  bo„yicha  chora-

tadbirlarni tayyorlashda ishtirok etish va amalga oshirilishi ustidan monitoring olib 

borish; 


mavjud xom ashyo bazalaridan samarali foydalanilgan holda zamonaviy va yangi 

turdagi  qurilish  materiallari  bozorini  kengaytirish,  hamda  tashqi  bozorda 

raqobatbardosh bo„lgan eksportbop mahsulotlar ishlab chiqarish bo„yicha takliflar 

tayyorlash; 

tegishli tarmoq va korxonalarda investitsion faollikni  

rag„batlantirish masalalarini 

o„rganish,  investitsion  loyihalar  bo„yicha  ekspertiza  xulosalarini  tayyorlashda 

ishtirok etish; 



qurilish  sohasida  qurilish  ishlarini  rivojlantirish,   pudrat  tashkilotlarini  moddiy  va 

moliyaviy  ahvolini  chuqur  o„rganib,  ularni  faoliyatini  takomillashtirish  bo„yicha 

takliflar tayyorlashda ishtirok etish. 

 

QISHLOQ VA SUV XO‘JALIGINI RIVOJLANTIRISH BO‘LIMI 

Qishloq  va  suv  xo‘jaligini  rivojlantirish  bo‘limining  asosiy  vazifalari  va 

funksiyalari: 

qishloq  xo„jaligida  mahsulotlar  ishlab  chiqarishning  o„rta  va  uzoq  muddatli 

prognoz ko„rsatkichlarni ishlab chiqish; 

qishloq  xo„jaligida  mahsulotlar  ishlab  chiqarishni  rivojlantirishning  iqtisodiy 

prognoz  ko„rsatkichlarini  ishlab  chiqish  hamda  qishloq  xo„jaligi  ekinlarini,  ekin  

maydonlariga  samarali  joylashtirish  va  davlat  ehtiyojlari  uchun  harid  qilinadigan 

qishloq xo„jaligi mahsulotlari hajmlarini belgilash yuzasidan takliflar ishlab chiqish; 

qishloq  xo„jaligini  boshqarishning  bozor  mexanizmlarini  ishlab  chiqish  va  joriy 

qilishda ishtirok etish; 

qishloq  xo„jaligida  olib  borilayotgan  iqtisodiy  islohotlarni  chuqurlashtirish 

yuzasidan  takliflar  tayyorlash,  qishloq  xo„jaligi  ishlab  chiqarishida  tadbirkorlik  va 

raqobat muhitini shakllantirish mexanizmlarini takomillashtirish; 

agrosanoat 

kompleksini 

alohida 

tarmoqlarini 

rivojlantirishda 

birlamchi 

investitsiyalarni jalb qilish bo„yicha takliflar tayyorlash; 

qishloq xo„jaligi mahsulotlari materiallar balansini tayyorlash, yer va suv resurslari 

balansini ishlab chiqishda ishtirok etish; 

qishloq  xo„jaligida  ustuvor  yo„nalishlardan  biri  iqtisodiy  islohotlarni  tatbiq 

qilishning mexanizmlarini ishlab chiqishda ishtirok etish; 

qishloq va suv xo„jaligi resurslaridan oqilona foydalanish yuzasidan takliflar ishlab 

chiqish; 

mamlakatni  ekologik  havfsizligini  ta'minlash  chora-tadbirlari  ishlab  chiqilishida 

ishtirok etish; 

qishloq  xo„jaligi  mahsulotlarini  eksport  qilishni  kengaytirish,  chet  mamlakatlar 

bilan o„zaro savdo-iqtisodiy hamkorlikni yo„lga qo„yishning ustuvor yo„nalishlarini 

ishlab chiqishda ishtirok etish. 

 



Download 226 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2020
ma'muriyatiga murojaat qiling