Asqad Muxtor
Download 39 Kb.
|
Asqad Muxtor
Asqad Muxtor Atoqli shoir, nosir va dramaturg Asqad Muxtor 1920 yil 23 dekabrida Farg‘ona shahrida temir yo‘l ishchisi oilasida tug‘ilgan. U 11 yoshida otadan yetim qolib, bolalar uyida tarbiyalangan. Maktabni tugatgach, Asqad Muxtor O‘zbekiston Davlat universitetiga (1938) kirib o‘qiydi. So‘ng Andijon pedagogika institutida o‘zbek adabiyoti kafedrasining mudiri bo‘lib ishlaydi. Asqad Muxtorning Toshkentga kelishi uning faoliyatida yangi sahifa ochdi. U «Yosh leninchi» (1945), so‘ngra «Qizil O‘zbekiston» gazetalarining muharririyatlarida bo‘lim mudiri, mas’ul kotib, «Sharq yulduzi» jurnalida bosh muharrir (1960—1965), O‘zbekiston Yozuvchilari uyushmasida kotib (1957) bo‘lib ishlaydi. «Guliston» jurnaliga, «O‘zbekiston adabiyoti va san’ati» haftaligiga muharrirlik qildi. Asqad Muxtor «Tilak», «Tong edi», «Totli damlar» singari ilk she’rlari (1935—1938)da she’riyatning maqsad va vazifasini, shoirning jamiyat oldidagi burchini aniqlab olishga intiladi. U she’riyatga «Qalbga qanot», «Dardga davo» beruvchi deb qaraydi. Shoir Ikkinchi jahon urushi boshlanishi bilan «G‘alaba ishonchi», «Jangchining bayram kechasi», «Tug‘ishganlar qaytdi», «Sog‘inish» singari qator she’riy asarlarini yaratib, xalqni fashist bosqinchilariga qarshi kurashga undaydi. Vatan go‘zalliklarini, tuganmas boyliklarini, xalq hayotidagi katta o‘zgarishlarni tasvirlovchi «Po‘lat quyuvchi» (1947), «Hamshaharlarim» (1949), «Rahmat, mehribonim» (1954), «Chin yurakdan» (1956) she’riy kitoblarini yozadi. Asqad Muxtor «Mardlik cho‘qqisi» (1948), «Yaxshilikka yaxshilik» (1949), «Samandar» kabi pesalar ham yozgan. Yozuvchining «Daryolar tutashgan joyda» (1950), «Qoraqalpoq qissasi» (1958), «Buxoroning jin ko‘chalari» kabi qissalarida, «Opa-singillar» (1955), «Tug‘ilish» (1963), «Davr mening taqdirimda» (1964), «Chinor» (1973), «Amu» kabi romanlarida zamonamizning muhim muammolari o‘z ifodasini topgan. «Chin yurakdan» (1956) she’riy kitobi, «Hayotga chaqiriq» (1956), «Dunyo bolalari» (1962) hikoyalar to‘plamlari o‘zbek bolalar adabiyoti xazinasini boyitgan. Shoirning «99 miniatyura», «Karvon qo‘ng‘irog‘i» she’riy kitoblari 60—70- yillar o‘zbek she’riyatida katta voqea bo‘lgan. Ularda inson qalbining toblanishlari chuqur intellektual his-tuyg‘u vositasida talqin etilgan. Sofokl, Tagor, Pushkin, Lermontov, Mayakovskiy, M. Gorkiy, T. Shevchenko, Blok, Korneychuk asarlari Asqad Muxtor tarjimasida o‘zbek kitobxonlarining ma’naviy mulkiga aylangan. Asqad Muxtor lirik shoir, taniqli adib, mohir tarjimon sifatida o‘zbek madaniyati tarakqiyotiga katta hissa qo‘shgan. U O‘zbekiston xalq yozuvchisi (1980), Hamza nomidagi respublika Davlat mukofotiga (1972) sazovor bo‘lgan. «Do‘stlik» ordeni bilan mukofotlangan (1995). 1997 yil 17 aprelda Toshkent shahrida vafot etgan. UMR Kuni kecha shu so‘rida yotganimda Oy shu’lasi tushmas edi yuzlarimga: Yaproqparning titroq, yashil sharpalari Orom olib kelar edi ko‘zlarimga. Bugun bo‘lsa tanga-tanga nur tushipti. Mijjam horg‘in, uyqu bermas yorug‘ yulduz. Birdaniga yuragim shuv etib ketdi: Kuz kelipti, kuz... * * * Men ko‘p yo‘llar yurdim, Ko‘p narsani ko‘rdim, Goh sog‘inib, Goho
Shodlikdan jo‘shib; Qanot chiqqan qushday Uyasiga sigmay, Yuragimda talpinar qo‘shiq. * * * Men seni o‘ylayman, o‘ylarim cheksiz, Shunday cheksiz bo‘lsin baxtli kezlaring. Men seni o‘ylayman. o‘ylarim tengsiz. Shunday tengsiz sening tiniq ko‘zlaring. Men seni o‘ylayman, o‘ylarim uzun, Ki undan shundayin bir arqon o‘rsam, Chirmab tutib bersam sevgan yulduzing So‘ngra sen ko‘ksingda porlatib yursang Men seni o‘ylayman... * * * Oradan gap qochsa, yaraday qiynar. Shunday iz qoldirar so‘zning qamchisi Goh tun sukutida eshitib qolaman – Gurs etib tushadi ko‘z yosh tomchisi. Nima gap o‘zi?
Nikoh yoshimizning yorug‘ yulduzi... GULLAR Lola gulxanlari yo‘l yoqasida... Umrimda juda ko‘p yo‘llar bosdim men Bahor epkinidan yurak orziqadi, Yo‘llardan ham ko‘proq gullar bosdim men. Ko‘ksim bilan bosdim, ezdim poshnam bilan, Chamanlar, chamanlar toptadim! Balki shuning uchun yigirma yil izlab, Gulgun yuzlaringdan orom topmadim. Balki o‘sha yillar dil xazinasidan Qandaydir javohir yo‘qotdim. Yovga o‘q otishim kerak edi mening, Gullarni ko‘rmadim. Yovga o‘q otdim. Shoshish zarur edi, shoshish, otish zarur, Men o‘lim girdobi bo‘lishim kerak. Tunlar sozliqlarda o‘rmalarkanman, Gullarning infashin tinglardi yurak.
O’rni to‘larmikan Gul bo‘lib ochilsa har qalb tepishi? Qirda lola fasli chalqancha yotib, Borliqni unutging keladi kishi.
U hamon mehr ila menga boqadi. Men quloq solaman: tomirlaridan, Mangulik sharbati silqib oqadi.
Negadir eslayman bolalarimni. Borliqni unutish kerak emas, yo‘q, Ardoqlayman lolalarimni! Etik poshnasidan ardoklayman, o‘kdan, Dovul tursa - qalqon bo‘laman! O’lsam, faqat Beloyanis kabi Tishimda gul tishlab o‘laman. Tishimda gul tishlab o‘laman...
Download 39 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
ma'muriyatiga murojaat qiling