"Assalom Navro'z"nomli bayram tadbiri


Download 28 Kb.
Sana08.01.2022
Hajmi28 Kb.
#245560
Bog'liq
Assalom Navro'z
2 5375328880078883880 213, Radioelektronika asoslari, book, 1.03 Фалсафа янги шакл 2020 йил, list-of-irregular-verbs, 10. Funksiyaning Teylor qatori, 4-kurs bitiruv malakaviy ishi, 4-kurs bitiruv malakaviy ishi, 4-kurs bitiruv malakaviy ishi, 4-kurs bitiruv malakaviy ishi, New project, ElnurSattorov, 2 5366330872054155706, 2 5366330872054155706

"Assalom Navro'z"nomli bayram tadbiri.

Maktab hovlisi bayramona sharlar, gullar bilan va navro'z bayramiga oid shiorlar bilan bezalgan. Tadbirga faxriy ustozlar, ota- onalar hamda o'qituvchi va o'quvchilar ishtirok etadilar.

Bayram tadbirlaridan aval sinflararo " Bahor taomlari - Navro'z ko'rki" nomli tanlov o’tkaziladi. Tanlovda barcha sinf o'quvchilari o'zlari tayyorlagan bahor taomlarini dasturhonga tortadilar. Hakamlar hayati taomlarni turlariga, sifatiga, mazzasigadasturxonning bezalishiga ko'ra boholaydilar. So'ng bayram tadbiri namoish etiladi.

1-boshlovchi:

Assalomdan boshlaymiz kirish so'zimiz.

O'zbekiston deya atalur bizning yurtimiz,

Ko'hna Buxoroning farzandi o'zimiz.

Kelajagi porloq yurtim senga assalom.

2-boshlovchi

Assalom azizlar qalbi quyoshlar

Mehringiz nuridan bahramand yoshlar,

Biz sizga keltirdik bir oliy iymon,

Bir oliy iymonkim otashin salom.

Assalomu alaykum deymiz maktabning go'zallikda tengi yo'q, sho'x va shodon qizlariyu mard va jasur yigitlariga va yana alohida boshimizni egib ta'zim aylaymiz aziz va mo'tabar ustozlarga,maktabimizga tashrif buyurgan mehmonlarimizga.

1-boshlovchi:

Biz O'zbekiston yurtini balki maktabimizning barcha yoshlari va ustozlarini kirib kelayotgan navro'zi ayyom bilan chinqalbimizdan muborakbod etamiz. Bayramingiz muborak bo'lsin deymiz.

Bahmal yopib yillarga,

Adir dala qirlarga

Gullar olib qo'llarga

Navro'z keldi azizlar.

2-boshlovchi:Quyosh separ nurlarin

Yerga zarrin nurlarin,

Erkalatib hurlarin,

Navro'z keldi azizlar.

Bugungi "Assalom Navro'z " deb nomlangan bayram tadbirimizni ochib berish uchun so'zni maktabimiz rahbari ......ga beramiz.

Hozirgi navbatni 9- sinf o'quvchisi Tursunova Sevaraning "Orombaxsh” raqsiga beramiz.

Hozirgi navbat 9- sinf o'quvchilari tayyorlagan bayram dasturiga

Navro'zoy, Bahoroy va Dehqonbobolarni davraga taklif etamiz.

1-boshlovchi:

Navro'z bu yil ham dillarga olam-olam quvonch olib kelayoir. Uni hamma bolalaru qizlar momolaru- bobolar ham sog'inishgan.Chindan ham ostonamizni hatlay-hatlay deb turgan navro'zni sog'indik.Uni har yilgidek o'zimiz orzu qiladigan va esda qolarli tarzda nishonlaymiz. Chunki navro'zbiz sevib va kutib nishonlaydigan bayramlardandir.

2-boshlovchi:

Navro'z yasharish bayrami tabiatn uyg'nishi bilan bog'liq bo'lgan kun. 21 mart kecha va kunduz tenglashgan yangi kun ya'niy navro'z bayramisifatida sharq xalqlari tomonidannishonlanadigan milliy bayram hisoblanadi.

1-boshlovchi

Hozirgi navbatni 9-b sinf qizlari ijrosidagi ajoyib navro'z haqidagi qo'shiqqa beramiz.

1-boshlovchi

Tarixing ta’rifing dillarda doston,

Quyosh charaqlaydi moviydir osmon.

Hofiz qo'shiq aytar raqs etar jahon

Navro'zjon bu yilga kelishing boshqa.

2-boshlovchi:

Bir yon katta kurash

Bir yon kop kari,

Askiya aytishuv o'lanlar bariSevinchbag'ishlaydi keksayu-yoshga

Navro'zjon bu yilga kelishing boshqa.

1-boshlovchi:

Shoirlarimiz ana shunday yurakni larzaga soladigan she'rlar bitishadi. Hozirgi navbatni ana shunday navro'z haqidagi she'rlarga bersakda va tinglasak. Marhamat 3- sinf o'quvchilari.

1-boshlovchi

Chiroyli kuy sehrida raqqosa qilsa hirom,

Sanoqsiz yulduzlarni o'ziga aylasa rom.

2-boshlovchi:

Tovus misol tovlangan hurmikan parimikan,

Ko'zlar quvonsin qarab ko'ngillar olsin orom.

Marhamat 6-g sinf o'quvchilari tamonidan raqs.

Oldingi zamonlarda yosh o'g'il qizlar qiru adirlarga chiqib har hil aytishuwa laparlar o'ynashar edi. Hozirgi yoshlarimiz ham bunday ishni eplay olisharmikan.

2-boshlovchi:

Bilasizm Nigora gapingizga umuman tushunmadim bu bilan nimani nazarda tutayapsiz ?

1-boshlovchi:Bu bilan nima demoqchiligimni 9-g sinf o'quvchilari tayyorlagan aytishuv va laparlardan bilib oishingiz mumkin.

Hozir shu bayramda mehmon bo'lib o'tirgan ___________________ ga so'z navbatini beramiz.

Hozirgi navbatni 8-v sinf o'quvchilari tayyorlagan kompazitsiyaga beramiz.

2-boshlovchi:

Zerikarli qishni bahor nafasi hayadab qo'ydi musaffo havo yana o'z hukmiga kidi.Sharqdan bahor nasimi esib keldi. Olamni bezamoq uchun birozyo'lini ochdi.

1-boshlovchi: Uyquga kegan darabtlar yana yasbil to'n kiydi.Turli tuman chechaklar qiyg'os ochildi.Olamni o'z ifor va hover isi bilan to'ldirdi. Shunday iliq so'zlardan so'ng maktabimzda o'z o'rni va mavqeyiga ega bo'lgan ustozlardan .......ga so'z navbatini beramiz.Marhamat

1-boshlovchi :

Marhamat 2- a sinf ijrosida raqs.

1-boshlovchi

Ko'hna turon elida navro'zi olam

Yillartutar qo'Hmdan qani ado'stim yur.

Nur sochadi charaqlab navro'zquyoshi,

Sayirgohda yurtimning keksayu yoshi.

Qozonlarda sumalak yoyiq dasturhon

Navro'z olam muborak ey O'zbekiston.

2-boshlovchi:

Navro'z keldi Navro'z Navro'zoy,

Suvlar oqar endi soyma soy

Har tamonda bahorni isi

Bo'g' taratargullarningjismi.

Bir birini qutlar odamlar

G'animat deb go'zal bu damlar,

Navro'z keldi Navro'z Navro'zoy,

Hozirgi navbat 9-g sinf qizlari ijrosidagi raqsga.

2-boshlovchi:

Nigoraxon liboslarim o'zimga yarashib turibdimi? Hozir shu davrani bir aylanib chiqsamikin-a?

1-boshlovchi:

Hoy qiz to'xta o'ylab ko'ringchi bu sahnada necha soatdan beri turibsiz?

2-boshlovchi:

Taxminan bir ikki soat bo'lib qoldi.

1-boshlovchi:

Shunday ekan sahnani aylanib nima qilasiz ? Axir sizni hamma ko'rib turibdiku.Undan ko'ra hozir maktabimizning go'zal qizlariga navbatni bersakda ular o'z milliy liboslarida chiqib shu liboslariga ta'rif berib o'tishsa. Shunda biz ham maktabimizning eng go'zal va so'zlash qobiliyatigaega qizni, ya'ni maktabimiz malikasini aniqlab olar edik. Hozirhar bir sinfdan bittadan ishtirokchi qiz chiqib biz aytgan shartlarni bajaradi. Bu milliy liboslar ko'rik tanlovimiz 5 dan9-sinfgacha bo'lib o'tadi.1-boshlovchi:Maktabimizda har hilto'garaklardan tashqari sport mashg'ulotlariham tashhkil etilgan.Hozir shu sport mashg'ulotlariga qatnashuvchilar tayyorlagan nomerni ko'rib olsakda va bayramimizni davom etkazsak.

2-boshlovchi:

Ishva aylab ko'zu qoshga bir bora raqs bo'lsin,

Yoqib birdek qariyu yoshga bir bora raqs bo'lsin.

Hammaning ko'nglin olib bir bora raqs bo'lsin,

Shodonu bir ohlar solib bir bora raqs bo'lsin.

Marhamat 9-v sinf o'quvxchilari ijrosida raqs.

1-boshlovchi:

Marhamat hozir Sultonova Mukammal opaga so'z navbatini bersak,so'ng hammani ommaviy raqsga taklif qilamiz.

Yana bahor keldi yana olamda,

Ajib bir go'zallik ajib bir hayot.

Men seni qutlayman shu lug' damda,

Ulug' yelkadoshim barqaror hayot.

2-boshlovchi:

Tashbeh axtarmangiz ushbu g'azaldan,

Naqd joyda nasiya ne kerak asli.

Sening bir hislating bordir azaldan

Seni atamishlar uyag'onish fasli.

1-boshlovchi:

Shu bilan bugungi navro'z ayyomiga bag'ishlab o'tkazilgan tadbirimizni yakunlash uchun maktabimiz rahbari Nabiyev Abdumo’min Nazirovichga so'z navbatini bersak:

2-boshlovchi:



Aziz mehmonlar ustozlarmaktabdoshlar, shuning bilango'zallik ayyomi "Navro'zi olamiga "bag’ishlangan bayram tadbirimiznihoyasiga yetdi. Sizlarga bahoriy kayfiyat, quvnoqlik, go'zallik hamisha yor bo'lsin.
Download 28 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2022
ma'muriyatiga murojaat qiling