Assalomu alaykum. Bobo tuzukmisiz, hol -ahvolingizni so'rasak, Ul-bul narsa kerak emasmi ?


Download 15.38 Kb.
Sana04.05.2020
Hajmi15.38 Kb.
#103262
Bog'liq
Mohir hikoyasi
9-sinf Fizika imtixon javoblari-2019 (rus) kod 2363, zz2, To’g’risiga mosla, koshi tengsizligi va uning tadbiqlari, sonli qatorlar, fizikadan Mustaqil ishi, 9 laboratoriya topshirigi PHP dasturlash tilida web sahifalar yaratish(1), Toirov Umidjon 17-07 guruh Mehnat Muhofazasi-converted, Bank tizimi, Bank tizimi, MTM -Saidova Nigina 303-QHALTE, Ishdan maqsad Agregat funksiyailardan foydalanish bo`yicha ko`n, File 00411, 730-18 guruh Sayfiddinov Mahmudjon MS DOS operatsion tizimining qollanilishi


Xotira

Bugun uyda ,,Vatan" kinofilmini televizorda namoyish etishdi. Urush... Undagi voqealar bu kinoda juda ta'sirli namoyish etilgan. Uni ko'rib tinchligimizga shukrona keltirib yubordim. Shu onda bobomni urushda qatnashganlari xayolimga kelib qoldi-da, qiziqib oldilariga bordim. Bobom oppoq yaktakda, gazeta o'qib o'tirar, oldilaridagi xontaxtada choynak va piyolada ko'k choy, pecheniylar va shingil-shingil husayni uzumi shudringdek tomchilarga burkanib turardi. Bobom oppoq soqolli, ko'zlari och jigarrang, yuzlarida ajinlari ko'rinib turadigan oriqqina, to'qsondan oshgan edilar. Bobomdan hech bu haqida so'ramagan ekanman, bilmadim, avvallari hayiqqanman shekili. Hozir 17 dan oshdim, so'rasam ham bo'lar- degan xayol bilan oldilariga salom berib kirdim:

Assalomu alaykum. Bobo tuzukmisiz, hol -ahvolingizni so'rasak, Ul-bul narsa kerak emasmi ?

Rahmat yaxshiman. O'zing tuzukmisan?. Menga hech narsa kerak emas.

Bobo sizdan bir narsa so'rasam maylimi?

So'rachi ?

Bobo urush haqida aytib bering. Hozir "Vatan" kinosini ko'rib rosa qiziqdim. Siz urushga borgansiz -a?

Ha, bolam - deya o'yga berildilar bobom. Iltimos, bobojon menga urush haqida gapiring bering. _Hop, aytib beraman, faqat ,,rostmi" deb gap suqmaysan.

Ho'p bo'ladi



Bobom bir piyola choydan ho'plab qo'ydilar-u gap boshladilar:

,, 1942 yil edi. Meni bolaligimdan bir do'stim bo'lardi, ismi-Qodirjon. Men u bilan rosa ahil edim. Ham sinfdoshim, ham sirdoshim edi. Har yozgi ta'tilda bir-birimiznikiga borib turardik, hatto birga yashardik. Urush bir balo bo'lib keldiki, avval Qodirning otasi Abdurahmon amakini jangga, frontga olib ketishdi. Ular ketayotganlarida biz 16 yosh edik, Abdurahmon amakim esa 37 ga kirgandilar. Agar mening otam ham tirik bo'lganlarida, 37 yosh bo'lardilar. Men, Qodir, uning singillari, onasi ularni va do'stlarini yig'lab kuzatdik. O'sha kun hech yodimdan ko'tarilmaydi. Qodirning otasi mardonavor janga ketardi. Ketish oldidan mening oldimda Qodirga: ,,O'g'lim singillaringni ehtiyot qil, onangni asra. Mendan keyin sen shu uy boshisan" -deganlari ham yodimda turibdi. Bizni har kunimiz Abdurahmon amakisiz zerikarli o'tardi, chunki biz deyarli har kuni dalada dehqonchilik qilardik. Dala ham, hosil ham Qodir va menga qolib ketdi. Men urush taftini ilk bor Abdurahmon amakim jangga ketayotganlarida his qilgandim. Abdurahmon amaki meni otamdek edi. O'sha kuni men va Qodir rosa yig'laganmiz. Bu ko'z yoshi ko'p vaqt tinmagan.

Oradan 2 yil o'tib yana jangga soldat yig'ish maqsadida 3 ta yuk mashinasi bilan SSSR armiyasidan kelishdi. Men va Qodir 18 ga kirgandik. Bizni olib ketishlari turgan gap edi. Qodir amaki ketayotganlarida tishlab ketgan nonlari yodimda, hali Qodirning uyi devorida osig'liq turardi. shu non kabi meni ham nonim osib qo'yilib, nonni ko'rganda ,, vatan himoyisi uchun ketgan mard!" deyishlaridan mag'rurlanib qo'ygim kelardi, Lekin urushdan qaytyotganlar deyarli yo'q edi. Onam, Qodirning onasi Farida xola, uni singillari Naima va Mohigul, meni 7 yashar ukam G'ofurjon va 14 yashar singlim Sarvinoz, qo'shnilar butun qishloq ko'zida yosh bilan bizni kuzatishga chiqishgandi. Hammaning ko'zidan tinmay yosh oqar, baqir-chaqir tinmasdi. Onalarni farzandlariga shosha-pisha berayotgan oziq-ovqati-yu, ularni farzandlarini quchog'lab, boshidan silab yig'lab: ,,Bolam omon qayt, jonim bolam kutaman..." -degan faryodlari hali hamon qulog'imda jaranglaydi. Qodir bilan men hech ajralmasdik. Familiyadosh bo'lganligimiz uchun maktabda ham, hatto safdoshlarimiz orasida ham yonma-yon edik.

Biz yo'lga tushdik. Yo'lda taxminan ikki kuncha yurdik. Yuk mashinasini ochishganida ko'rdimki, tunda yetib boribmiz. Hamma och edi. Bizning qishloqdan elliktaga yaqin kishi borga edik. Hammani familyama-familya tartibga solishdi. O'sha yerda saflantirishdi va safimizni yodlab qolishni buyurishdi. Soat chamasi tungi 1 larda bir xonaga olib kirishdi va armiya tartib- qoidalari uqtirishdi. Bir yigit komardirga: ,,Во сколько будем завтракать ?" -dedi. Komandirni jahli chiqib ketdi-da: ,,Что ты пришёл кушать сюда ? У нас же идёт война. Если я за хочу, то ты не будешь завтракать."-dedi. Komandir yanada jahli chiqib, hammaga baqirdi: ,, Через 2 часа я буду здесь. Если кто-то будет спать, я застрелю. Будьте бдительным."

U yerlar juda sovuq va qorong'u edi. Men Qodir bilan o'tirardim. Hammaning uyqusi kelardi, biroq hech kim uxlolmasdi. 2 soatdan keyin komandir yana qaytdi. Eshikni ochganida biroz xona yorishdi. Komandirimiz rosa ovozdor edi, bor ovozi bilan: ,, Всем встать. За мной!"-deb baqirdi. Hech kim hech narsa deyolmadi, deyolmasdi ham. Hamma komandir ortidan ergashdi. Soat chamasi tongi 5 larda hammani oshxonaga olib kirishdi. Hammaga ovqat tortildi. Ovqat mazzali, biroq kam edi. Men Qodir bilan yonma- yon ovqatlandim. Men birinchi yeb bo'lganimdan so'ng Qodirga: ,, Qodir yana so'rasam berarmikin? " -dedim. Qodir yerdan menga sekingina qaradi-da: ,, Yo'q, so'rama. Gap eshitib olasan. Mana menikini ye"-deb, ovqatini menga uzatdi. Men shu onda Qodirni mehribonligiga yana ham amin bo'ldim: ,,Yo'q, o'zing ye"-dedim. Shu onda komandir kirib qoldi. Hammaga baqirdi : ,, Солдаты, перестаньте кушать. Смирно! За мной!" Hamma o'rnidan turdi. Komandirga ergashdik. Hammani bir xonaga olib kirib, qurol ishlatishni, bomba nimaligini, harbiy qurollar, jang qoidalarini, o'rgatishdi. Shu kuni shom vaqtlarida bizni olib ketgani yana 7 ta yuk mashina keldi. Armiyadan chamasi 200 tacha soldatni olib chiqib ketishdi. Bir yuk mashinasida 30 ga yaqin soldat bor edi. Biz Qodir bilan bir mashinada ketdik. 3 soatlardan so'ng bir kazarmaga yetib keldik. Hammani tushirishdi. 7 ta mashinadan 2 tasi bizni kazarmaga keldi. Hammaga avtomat, pistolet va 2 tadan granata berishdi. Shu ondayoq komandir tayyorlashdi.

40 soldat komandir ortidan erganshdik. Shu kuni haqiqiy urushga ketayotganimizni sezdim. Tunda 4 qavatli bino yaqiniga bordik. U yerni nemislar qamal qilgan ekan. Shu yerda jang bo'ldi. Men o'rganganimcha otdim, jang qildim. Tunda nishonga olish qiyin bo'lsa ham, 2 ta nemis jangchisini o'ldirdim. Bino tinchib qoldi. Bizdan taxminan 20 kishi qolgandi. Baxtimiz bor ekan men va Qodir tirik qoldik. Komandir 20 ta soldatga binoga kirib tekshirib chiqishni buyurdi. Men orqaroqda borardim. Bir soldat binoga borarkan mina bosib oldi. Ko'z oldimga 2 ta soldat parchalanib ketdi, meni yuzimgacha qip-qizil qon sachradi. Devorlar qon, tana a'zolari yerlarga sochilib ketgandi. Dovdirab qoldim. Yurishdan hamma to'xtadi. Bilishimizcha nemislar bino atrofiga minalar o'rnatgan. Biz kelishimizni avvaldan bilishgan. Komandir: ,, Почему остановились ? Бистро-бистро! Это только начало, таких ещё много. Давай- давай." -dedi. Men komandirga: ,, Командир, здесь мины" -dedim. Komandir hammaga toshlar olib, bino atrofiga otishni buyurdi. Hammamiz tosh olib bino atrofiga otdik. Kim qo'liga qanday og'ir narsa ilinsa otardi. Bino atrofida 10 ga yaqin portlashlar bo'ldi. So'ng asta- sekin binoga kirib bordik. Binodagi nemislar qaytadan otib chiqdik. Ayni shu vaqt yana nemislar bostirib kirdi. Men bilan Qodir ikkinchi qavatda edik. Birinchi bo'lib nemis fashistlari komandirimizni otib tashladi. 50 ga yaqin fashistlar keldi. Ular yana binoni qamal qildi. Men va Qodir 2 qavatdan jang qildik, bir yotib olardik, bir o'tirib o'q uzardik. Shu on oyog'im ostiga granata tushdi . Qo'rqib ketdim-da, oyog'im bilan tepib yubordim. 2 chi qavatdan Qodir bilan sakradik. Granata shunday portladiki, 5 daqiqa hamma narsani, hatto urushda ekanligimni unutib qo'ydim, hech narsa eshtilmadi. 2 daqiqa quloqlarim chiyillab turdi.

O'zimga kelsam Qodirni o'qi tugagan, ikki yonida fashistlar, Bittasini darhol otib o'ldirdim. Ortimdan kimdir belimga tepdi. E'tibor bersam 4 kishi qolibmiz. Bizni fashistlar ushlab olib, mashinada asirlikka olib ketdi. 1 kuncha yo'l yurdik. Bizni qandaydir konslagerga olib kelishdi.

Turtkilab- turtkilab bir xonaga itarib, tepib olib kirishdi-da nemischasiga nimadirlar deb, bizni ustimizdan kula-kula xonani qulflab qo'yishdi. Xonada 20 ga yaqin asir bor edi. Hammasi o'rta osiyodan, SSSR soldatlari. Ular bilan suhbatlashdik, biroz tanishib oldik. 5 soatdan keyin Qodir bilan uxlab qoldik. Uyg'onsak ochlikdan 2 kishi o'libdi. Biz och edik, ochlikni unutish maqsadida, Qodir bilan bolalikni eslab gaplashib o'tirdik. Chamasi 3 soatdan keyin eshik ochildi. Fashistlar yana 6 kishini olib kirishdi. Orasida Abdurahmon amaki bor ekan. Qodir o'rnidan sakrab turib ,,Ota" degancha Abdurahmon akani quchoqlab oldi. Bir nemis: ,, Что ты делаешь, чёрт побери. Всем по местам"-dedi. Abdurahmon amaki ko'zidan yosh bilan bizga qarardi. Nemis fashisti Qodirga qarab: ,,Кем будет тебе. Это человек?" -dedi. Qodir: ,,Это мой отец" -dedi. Abdurahmon amaki yig'lab yubordi va: ,, Jim, aytma, nega ayting bolam" -dedilar. Nemis xoxolab kuldi-da ,,сейчас" -deb chiqib ketdi. Biz Abdurahmon amaki bilan rosa suhbatlashdik:

Bolam, tuzukmisan, qanday kelib qolding?

Men yaxshiman ota. Hamma sizni keladi deb umid qilyabdi. Biz qaytamiz albatta. Singillarim hamma sizni sog'ingan.

Qaytamiz bolam, qaytamiz, singillaringni asradingmi ? Onang qalay?

Yaxshi, yaxshi hamma yaxshi.

Shu payt, 4 ta nemis fashisti kelib qoldi. Ularni kattasi bo'lsa kerak: ,,Кто здесь отец и сын" -dedi. Oldidagi sherigi Qodir bilan Abdurahmon amakini qo'li bilan ko'rsatdi. Nemislarni kattasi: ,,Вот посмотри а?" -dedi-da, Qodirga va Abdurahmon amakiga boshdan oyoq qarab chiqdi. Nemis orqasidagi nemisga ,,ber" degandek qilib qo'l uzatdi. U kattasiga pistolet uzatdi. U kishi pistoletni o'qlab Qodirga berdi-da, yelkasida ushlab ,, Давай, стреляй!" -deb Abdurahmon amakini ko'rsatdi. Hamma joyga sukut cho'kdi. Qodirni qo'lini fashist otasiga mo'ljalladi-da ,,Стреляй!" -deb baqirdi. Qodir yig'lab yubordi. 1 daqiqacha indamay turdi-da pistoletni boshiga qo'yib o'zini otib tashladi. Abdurahmon amaki ,,Bolaaaam!" degancha Qodirni quchib oldi, men ham oldiga yugurib bordim, Qodir deb yig'lab yubordim. Ko'z oldimda o'zini otib yuborgani hali ko'z o'ngimdan ketmaydi... "

Bobom orada ko'zlari yoshlandi, biroz yig'ladilarda, ko'k choydan bir ho'plab davom etdilar:

,,So'ng bir nemis: ,,Убери руки" -deb Qodirni sudrab olib chiqib ketdi. Hamma nemis xoxolab kulib, xonani tark etishdi. Oradan 2 soatlar o'tgach, 4 ta fashist kirib keldi xonaga. Ularni orasida kattasi yo'q edi. Bir nemis ovozini ko'tarib: ,, Стань знакомый мёртвого" -dedi. Abdurahmon aka va men o'rnimizdan turdik. Bizni qo'limizni kishanlashdi va ortligidan borishimizni ishora qilishdi. Biz ularni ortidan borar ekanmiz, xayolimizdan ming xil o'ylar o'tardi. Bizni lagerni maydoniga olib chiqishdi, qarasak yerda Qodirni jasadi yotibdi. Nemislar ustidan benzin quyishidi-da: ,,смотри" deb Qodirni yoqib yuborishdi. Ko'z o'ngimizda Qodir yonib borarkan, men chidolmay nemislarga: ,, к черту, твары, фашисты, пусть Бог наказывает вас" -deb baqirib, yig'lab yubordim. Nemis meni oldimga kelib bo'ynimdan bo'g'ayotganida, o'zini birdan yerga tashlab yubordi. Qarasam 2ta nemis yerda yotibdi, biri lagerga qochib kirib ketayotgan edi.Abdurahmon amaki: ,, Tez qo'lingni boshinga qo'y bolam! " -deb baqirdilar. Boshimga qo'limni qo'ydim, bir payt lager devori parchalanib portlab ketdi. Qarasam SSSR soldatlari. Devor ortida tank turibdi. Ortimizda nemislar, oldimizda SSSR soldatlari jang boshlashdi. Biz devorga qarab yugurdik. Bir rus soldati, qo'li bilan bir yuk mashinasini ko'rsatib: ,,плены, в машину" -dedi. Biz mashinaga qarab chopdik men mashinaga chiqdim, endi Abdurahmon amakini qo'lidan ushlab ko'taryotganimda, ularga 3 ta o'q kelib tegdi. Bir o'q menga ham tegdi. Bizga o'q uzayotgan tomonga soldatlar granata uloqtirishdi va bir zum o'qlar tindi mashinani yuk ortadigan joyiga amallab chiqib oldik, va eshiklar yopildi. Mashina yo'lga tushganini sezdim. Bizni mashinada yana o'nga yaqin nemislarga asir tushganlar bor edi. Men Abdurahmon amakini boshini tizzamga qo'yib yig'lardim:

Ota, otajon siz o'lmang, yolvoraman. O'zingizni qo'lga oling ota.

Bolam, Hikmat, agar qaytolsang qizlarim, ayolim senga omonat

Shunday der ekanlar, qo'limda jon berdilar.

1 kun yo'l yurdik, o'zimni ham holim yo'q, o'q og'rig'i tinmay azoblardi. Mashina eshiklari ochilganida ,, госпиталь" da edik. Hammani davolashga olib ketishdi. Men yig'lab doktorlarga : ,,Здесь один мёртвый" -dedim. Doktorlar, Abdurahmon amakimga mo'ralab qarab: ,,Это не твоё дело." -deb meni mashinadan tushirib qo'ltiqlab olib kirib ketishdi. Yelkamdagi o'qni olib tashlashdi. 3 oy qishda o'sha yerda davolandim. 1945 yili 5 -mayda meni urush ishtirokchisi sifatida qishlog'imga kuzatib qo'yishdi.

Meni tantanalar bilan kutib olishdi. Qishlog'imga tirik qaytgan faqat men edim. Kim qanday vafot etganini avvaliga aytolmadim. Qodir bilan yo'llarimiz ayro ketganini, Abdurahmon amakini ko'rmaganimni aytdim. Kelganimda onam, Farida xola yuz ko'zimdan o'pib, quchoqlab, yig'lab kutib olishdi. Ukam G'ofur, singlim Sarvinoz ancha katta bo'lib qolishibdi. Kelganimdan keyin kolxozga ishga kirdim. Ko'p pul to'plab singlimni uzatdim, o'zim esa Qodirni singlisi Mohigulga uylandim. Oradan 6 yil o'tib meni kolxozga rais qilib saylashdi. Bolam, urush hech kimni ayamagan va hech kimga rahm-shavqat qilmagan."

Men bobomni haqiqiy qahramon ekanliklariga, chindan guvoh bo'ldim. Indolmay qoldim. ,,Vatan" kinosidan ham ko'p taassurot oldim. Shu onda amakimning qizlari kirib kelishdi: ,,Hikmat buva, hoo Hikmat buva." Qizlar bobomni atrofiga o'tirib olishdi. Men qizlarni oldida o'tirmay qo'yay dedimda : ,,Bobo men boray" -deb o'rnimdan turib ketdim

Mohir Azim

Yozish boshlandi: 13.04.2020

Yozish tugadi: 14.04.2020




Download 15.38 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2022
ma'muriyatiga murojaat qiling