Assalomu alaykum hurmatli talabalar
Download 14.14 Kb. Pdf ko'rish
|
14-amaliy topshiriq (1)
14-topshiriq. 1. S=”Assalomu alaykum hurmatli talabalar” satrida Slicing amalini bajaring(s[:12], s[8:],s[5:9]). 2. Strip asosida berilgan S=”$$$Assalomu alaykum hurmatli talabalar$$” matnini $ dan tozalab, o’rta qatorda yozing 3. “__________Bo’sh o’tirguncha bosh qotir_______” matnining o’ng tomonidan “__” belgilardan tozalang. 4. “++++Tarixsiz kelajak yo’q++++” matnining chap tomonidan “++++” belgilarni tozalang. 5. “O’zbekistonning poytaxti - Toshkent” matnini chap tomondan O’zbekistonning so’zini o’chirib tashlang. 6. “Tinchlik eng oliy ne’mathisoblanadi” matnidan “hisoblanadi” so’zini o’chirib tashlang. 7. “Oila jamiyatning eng katta ustunidir” matnida mavjud barcha bo’sh joylar o’rnini + bilan almashtirib chiqing. 8. Sub kutubxonasini ishlatgan holda “Olim bo’lsang olam seniki” matnidagi “ol” jumlasini “bol” jumlasi bilan almashtiring 9. Split yordamida “Gulla yashna hur O’zbekiston” matnidan maksimum 2 ta ajratilgan ro’yxat elementlarini hosil qiling. 10.Rsplit yordamida “Oltin olma duo ol” matnidan maksimum 3 ta ajratilgan ro’yxat elementlarini hosil qiling. 11. “Oz – oz o’rganib dono bo’lur” va “Qatra-qatra yig’ilib daryo bo’lur” matnlarini join qiling va matn Holati quyidagicha hosil bo’lsin. “Oz – oz o’rganib dono bo’lur Qatra-qatra yig’ilib daryo bo’lur” 12. “Osmon uzoq yer qattiq” matnidan “n”,”q”,”r” harflarini bosh harflarda yozing. 13.“IZLAGAN IMKON TOPAR, DANGGASA BAHONA TOPAR” matnidan “N”, “K”, “S”, “T” harflarini kichik harflarda yozing. 14. “Tarixiy XOTIRASIZ kelaKAK yo’Q” matnini barchasini bir xil holatga keltirib Birinchi jumla capitalize qolgan qismlari kichik harflarda matn hosil qiling. Natija quyidagicha bo’lsin: “Tarixiy xotirasiz kelakak yo’q”. 15. “##122asdadsa” ko’rinishidagi belgilar konbinatsiyasini isalpha qismi natijasini True qiling. 16.“@@$5-3aa” ko’rinishidagi belgilar konbinatsiyasini isnumeric qismi natijasini True qiling 17.“s56-2@33” ko’rinishidagi belgilar konbinatsiyasini isalnum qismi natijasini True qiling. 18.“Inson ong osti qismida kechadigan barcha jarayonlar ikkilamchi xotira sifatida saqlanadi” matnidagi barcha harflar soni statistikasini chiqaring. 19.“Machine learning zamonaviy sun’iy intellektning asosidir” matnidan find amalini bajaring. Misol 5-jumladan keying “a” so’zlar sonini topish va h.k.z 20.“Kompyuterda ma’lumotlarni tartibsiz joylashtirish xotiradan samarasiz foydalanishni birinchi belgisidir” matnidan rfind amalini bajaring. 21. “Quyoshning yer atrofida emas yer quyosh atrofida aylanish prinsipini geliosentrik nazariya deb yuritiladi” matnidan “geli” so’zi bilan boshlangan jumla borligini va qaysi qismida ekanligini toping. 22. “Masofaviy ishlash uchun moodle tizimi ishlab chiqildi” matnidan “di” so’zi bilan tugaydigan jumla borligini va qaysi qismda ekanligini toping. 23.“Pyton va JavaScript dasturlash tillari sun’iy intellektda eng unumli hisoblanadi” matnidan “tillari” , “sun’iy” kabi so’zlarni ajratib alohida ro’yxat ko’rinishida qolgan jumlalarni bitta ro’yxatda ajratib yozing. 24. “Pyton tili hammangiz uchun” matnini markazdan joylashtirib, matnning ikki yonidan 5 tadan oshmaydigan “_” belgi bilan to’ldiring. 25.“Aholi o’sishi inson tamoyili, madaniyatiga bog’liq” matnini chapdan joylashtirib, matnning ikki yonidan 10 tadan oshmaydigan “_” belgi bilan to’ldiring. 26.“Odam bo’lish uchun odamiylik nimaligini biling” matnini o’ngdan joylashtirib, matnning ikki yonidan 15 tadan oshmaydigan “_” belgi bilan to’ldiring. 27.“Tabiiy mevalardan ISTE’MOL QILISH INSONNI TO’Q TUTADI” matnida quyidagicha almashtirishni bajaring. “tABIIY MEVALARDAN iste’mol qilish insonni to’q tutadi” 28. “20” raqami oldidan uzunligi 10 ga teng bo’lishi uchun yetarlicha 0 lar bilan to’ldiring. Misol: 42a va 5 kirititsak natija “0042a” bo’lsin 29.Ro’yxatimiz quyidagicha [‘Assalom’, “15”, “233” , “Davlat”, “Buxoro”]. Bu ro’yxatdagi faqatgina sonlar bor qismini ajratib olib ularni yig’indisini hosil qiling. Dastur kodi 2 qatordan oshmasin 30. “salom” , “14”, “tajriba”, “masalalar”, “33” kabi matnlarning mavud barcha konbinatsiyalarini tuzing. Download 14.14 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling