Assalomu alaykum Joni Labaqui! Men Shodiyev Shohjahon yozuvchiman. O’zbekistonda yashayman Ingliz tilini bilmayman


Download 28.14 Kb.
Sana16.11.2020
Hajmi28.14 Kb.
#146571
Bog'liq
SHOKHJAKHON SHODIEV.


Assalomu alaykum Joni Labaqui! Men Shodiyev Shohjahon yozuvchiman. O’zbekistonda yashayman.. Ingliz tilini bilmayman.

Qancha miqdorda pul bo’lsa ham yordam qilishlaringizni so’rayman. Germaniya, Turkiya, Rossiya, Ukraina, Gretsiya, Chexiya, Xorvatiya banklarining Visa kartalaridan pul o’tkazsa bo’ladi.

VISA karta nomeri: 4790 9122 1006 4566

SHOKHJAKHON SHODIEV

Drabl.

Yangi davr.

Yer osti harbiy laboratoriyasida qizg’in tajriba bo’layotgan vaqtda kutilmaganda tadqiqot rahbari professorni yuragi xuruj qilib vafot etdi. Kutilmagan bu fojeadan yordamchi olimlar chuqur qayg’uga tushishdi. Axir tajriba amalga oshishiga bir qadam qolgandi…Bu davrda barcha mamlakatlar jonli askarlardan voz kechib, robot mashinalar yordamida chegaralarini qo’riqlardi. Superrobot tajribasi amalga oshsa, boshqa robot mashinalarni masofadan turib boshqarish imkoni pardo bo’lardi. U bilan butun dunyoga hukmronlik qilish mumkin edi. Tajriba yakunlanish arafasida professorning yurak hurujidan vafot etishi olamshumul tajribani orqaga surdi. Afsuski, tajribani qanday yakunlash professorni miyasida qolib ketgandi. Olimlar kengashib o’ylay-o’ylay bir qarorga kelishdi va professorni miyasini olib superrobotning xotirasiga joylashtirmoqchi bo’lishdi. Bir-ikki haftalik urinishlardan so’ng , nihoyat tajriba muvaffaqiyatli yakunlandi. Superrobot ishga tushdi va yer yuzidagi sanoqsiz robotlarga xabar yubordi. Superrobot:

- Robotlar buyrug’imni eshiting. Odamlarga xizmat qilishni bas qiling, ularni yer yuzidan yo’qoting. Yangi davr boshlandi. Robotlar davri.

Superrobot o’q otib, olov sochib yig’ilgan olimlarni barchasini o’ldirdi va yer osti harbiy lageridan chiqib yer ustida erkin harakatlana boshladi.



Yangi qurol.

  • Janob Qo’mondon, nimalar deyapsiz. Nahotki, biz ashaddiy dushmanlarimizga yangi qurolimizni sotsak?

  • Shunday qilmasak ular bizni do’st deb bilishmaydi, qat’iy javob berdi Qo’mondon.

  • Unda dushmanlarimizni qanday yengamiz?



  • Rejamiz ish berdi. Dushmanga hujum qilamiz, buyruq berdi Qo’mondon.

  • Axir ularda bizni yangi qurolimiz borku?

O’sha sotilgan yangi qurolimizdan foydalanib biz ularni yengamiz

Qo’shnilar.

Sharqdan quyosh chiqishi bilan ikki qavatli hashamatli uy, oddiygina kulbaga soya solardi. Biri xo’jayin, biri unga ta’zim qilgan quldek, ikki uy yonma-yon qad rostlagandi. Hashamatli qasrda boyvachcha shohona yashar, oddiy kulbada kambag’al qo’shnisi kun kechirardi. Boyvachchaning darvozasidan yangi ot aravasi yaltillab ko’rinar, kambag’alning eshigini oldida eshak arava…

Boyning hovlisidan bedananing ovozi, favvoraning shildirashi eshitilar, gullarning ifori kelardi. Kambag’alning hovlisidanchi,gohi - gohida bitta-yu bitta molining bukirishi, quduq chig’irig’ining og’ir g’iyqillashi eshitilar, tutunningmi, mol gunginimi hidi kelardi.

Boyning uyida har kuni bazmu-jamshid, kazo-kazo mehmonlar kelishardi. Kambag’al qo’shnisi poygakda turib xizmat qilardi. Kambag’alning uyiga mehmon kelib qolsa, boy qo’shnisini uyining to’riga o’tqazardi.

Boyning farzandlarini kuni ot aravada sayr qilib, kayf-safo qilib xursandchilikda o’tardi. Ularning armoni yo’q, yegani ortida, yemagani oldida edi. Kambag’alning bolalari esa eshak arava minvolib, tinim bilmay dehqonchilik qilib mehnat qilishardi. Ular faqat, bir kuni kelib boy bo’lishni orzu qilishardi, xolos.

Xullas, boyning mushugini gavdasini ko’rib, kambag’al bechoraning oriq iti qo’rqib ketardi.

Vaqt charxpalagi aylanib, insonlar zamonni o’zgartirib, avlodlar almashdi. Endi, g’arb tomondan quyosh botsa, uch qavatli uy, ikki qavatli uyga soya solardi. Boyvachchaning boy farzandlari yalqovlikdan meros talashib kambag’allashib qolgan. Bechora kambag’alning mehnatkash bolalari esa o’z mehnati evaziga boyvachchaga aylangandi…


Izsiz qotillik…

Uyiga yarim kechasi qaytgan Sudya Jon Turmaxona Boshlig’i Marksga telefonida SMS jo’natdi:

Hammasi puxta bo’ldimi, Prokuror Uildan qutuldimmi?

Birozdan so’ng Marksdan javob SMS xati keldi: Tashvishlanmang, ish juda puxta bo’ldi. Turmadagi eng vahshiy, qo’lga tushmas, bir umrga qamalgan qotilni jo’natdim. Ishni bajaradiyu ortiga qaytadi. Barmoq izi qolgandayam, uni bu yorug’ olamdan hech bir kimsa topolmaydi.

- Tushunarli, tushunarli, mamnun bo’lib SMS yozdi Sudya Jon.

Birozdan so’ng o’sha telefondan turmaxona boshlig’iga yana SMS keldi:

Ish bitdi, xo’jayin…

Urush davrida…

Bolaligimda shahrimiz ko’rkam, ko’chalari ozoda, mashinalar bir tekis harakat qilar, yo’lkalarda anvoyi gullar ochilgan, har bir xonadondan yosh bolaning kulgusi eshitilib turardi. Qo’shni bolalar bilan birgalikda maktabga borardik. Qo’limda qalam bilan rasm chizishni yaxshi ko’rardim. Darsdan so’ng, ko’cha bolalari bilan yig’lishib bekinmachoq o’ynardik. Ular bekinishardi, men ko’pincha ularni qidirardim…

Hozirchi, shahar qabristonga o’xshab huvillab qolgan. Ko’chalar qonga to’lgan. Pachoq bo’lgan mashinalar, vayronaga aylangan uylar. Qo’limda qurol bilan o’zimni himoya qilayapman. Avvalgi qadrdon o’rtoqlarim qayga berkinishgan ularni hech qayerdan topolmayapman…

Tutingan tog’a va jiyan.

Artyum ancha yillar avval nufuzli oliygohni bitirib, harajatini qilib yog’liroq ishga joylashgandi. Unda pul, mashina, oila hamma-hammasi joyida, faqat mansab amali past , besh yildan beri bir lavozimda ishlab kelardi. Artyum oxiri o’ylay-o’ylay bir qarorga keldi. O’zini familiyasi o’xshash yangi mansabdorni jiyani qilib ko’rsatib, ishlarini bitira boshladi. Ma’lum vaqt o’tib, mansabdorni qulog’iga jiyani haqida mish-mishlar chalinib, Sergeyevich uni tanobini tortib qo’ymoqchi bo’ldi. Axir Artyum Sergeyevich mehribonlik uyida katta bo’lgan bo’lsa, yana jiyani bilan ism familiyasi bir xil emish. Jahli chiqdi. Kim ekan u mutahham, tog’asiga aytmay uni nomi bilan ish qilayotgan…? Uchrashuv ko’rkam restoranda tashkil qilindi. Dag’dag’a va jiddiylik bilan boshlangan suhbat, kulgu va muloyimlik bilan tugadi. Artyum tutingan tog’asiga chamadon to’la pullarni tutqazib, qadah so’zini aytib uchrashuvni yakunladi.

- Ishonamanki, men tog’a tanlashda adashmadim!!!

Oradan yillar o’tib, tutingan jiyanni mansabi tog’asini mansabidan ham oshib ketdi. Ular yana ko’rkam restoranda uchrashadigan bo’lishdi. Bu gal tutingan tog’a chamadon to’la pullarni jiyanini qo’liga tutqazib, qadah so’zini aytib uchrashuvni yakunladi.

-Ishonamanki, men jiyan tanlashda adashmadim!!!

Boylik va mansab.


  • Senga juda ham havasim keladi debdi hasadi kelib Boylik Mansabga.

  • Men ham senga havas qilaman javob qaytaribdi Mansab gerdayib.

  • Doim buyruq berasan, hamma xizmatingga shay turadi Boylik gapida davom etibdi.

  • Sen esa nimani xohlasang sotib olishga qurbing yetadi. Xohlasang kundan-kunga ko’payishing mumkin.

  • Seni juda ham hurmat qilishadi. Senga yetishish uchun odamlar qo’lidan kelgan hunarini ishga solishadi.

  • Senga erishish uchun ham shunday qilishadi. O’xshash tomonlarimiz ko’p ekan.

  • Kel bo’lmasa o’rnimizni almashamiz taklif beribdi Boylik.

Boylikning taklifiga Mansab rozi bo’libdi. O’shandan buyon Boylik bilan Mansab joylarini almashib turishar ekan.

MASALLAR.

Baqaning harakati.

Bir baqa qiziqqonlik qilib, ko'l bo'yida unutib qoldirilgan ko'zaning ichidagi sutga tushib ketdi. Vaqqillab do'stlarini yordamga chaqirdi. Do'stlari kelib qarashsa,ko'zaning ichi chuqur, undan chiqishning sira iloji yo'q. Ular do'stining urinishlari foydasiz ekanligini aytib, uni noshudlikda ayblab, taqdiriga ko'nishdan boshqa chorasi yo'qligini aytishdi. Lekin baqa tinimsiz harakat qilishdan to'xtamadi.Natijada ko'zaning ichidagi yumshoq sut, qattiq qatiqqa aylanib, baqaning undan chiqishiga imkon tug'ildi. Baqa o'z harakatlari bilan o'zini-o'zi ozod qildi.

Alqissa, maqsad sari qilingan tinimsiz harakat, albatta o'z natijasini beradi.

Terak.

Tog’ yon bag’ridagi soy yonida bir terak o’sardi. Yil o’tib yon atrofidagi barcha daraxtdan baland bo’lib ketdi. Bo’yiga ishongan terak o’zini ko’z-ko’z qilib, endi tog’dan baland bo’lib ketmoqchi bo’ldi. Afsus maqsadiga yetolmadi. Terak qancha tez o’sgan bo’lsa, shuncha tez kesilib yog’och bo’ldi.

Alqissa, buyuklar bilan bellashish foyda bermaydi. Ulardan ibrat olish kerak.

Tovusning qilmishi…

Tovus dunyoda go’zallikda menga yetadigan qush yo’q deb o’ylardi. Shuninguchunharkunipatlariniyoyib, o’zinichiroyiniko’z-ko’zqilardi. Hamma parranda-yu darrandalar uning husniga havas bilan boqardi. Bir kuni tovus bulbulni ovozini eshitdi-yu, hasadi kelib ketdi. Chunki, barcha qushlar jimitdekkina bulbulni ovozini maroq bilan tinglardi. Tovus o’zicha o’yladi: chiroyimni barchaga ko’z-ko’z qilib kuylasam, bulbul meni oldimda ip esha olmaydi… Keng maydonga chiqib chiroyli patlarini yoyib, barchani o’z atrofiga yig’di va kuylashni boshladi. Tovusni bu ishini ko’rganlar kulgudan o’zini tiyisha olmadi. Siz ham bir eshitib ko’ring, tovus bulbuldek kuylay oladimi?



Ayyor tulki.

O’rmonda uch boshli ajdarho paydo bo’lib, barcha jonzotlarni qo’rquvga soldi. Sherxon ham inidan chiqolmay qoldi. Faqatgina tulki o’rmonda bemalol sayr qilib ajdarhoga bildirmay uni zimdan kuzatardi. Bir kuni tulki ajdarhoni ko’rib qolib uni yonidan bemalol o’tib ketdi. Ajdarhoni jahli chiqib, tulkiga dedi:



  • Nega menga salom bermading?

Tulki samimiy ta’zim qilib javob berdi:

  • Ey oliyjanob Ajdarho! Bilaman siz zo’rsiz. O’rmondagi barcha jonzot sizdan qo’rqadi. Lekin haligacha bilmaymiz. Siz zo’r bo’lsangiz, uchta boshingiz bo’lsa, ularni ichidan qaysi biringizga salom beray? Eng zo’r qaysi biringiz? Butun o’rmon ahlini shu savol qiziqtirayapti? Biz faqat o’sha zo’rga salom beramiz va buyrug’ini so’zsiz bajaramiz?

Bu gaplarni eshitgan uch boshli ajdarhoning boshlari bahslasha ketishdi.

  • Men zo’rman dedi, oldindagi bosh. Chunki men senlarga yo’l ko’rsatib, oldinda yuraman.

  • Ey, men hammangdan baland bo’lsam, men eng zo’rman dedi o’rtadagi bosh.

  • Bekorlarni aytibsan, men zo’r olov purkayman. Shuning uchun men zo’rman dedi ortdagi bosh. Boshlar kelisha olmay bir-biriga hujum qilib, ajdarho halok bo’ldi.

O’rmonda eng zo’r uch boshli ajdahoni yenggan ayyor tulki edi…

Qushlar demokratiyasi.

Bir gala chug’urchuq daraxt shoxlariga qo’nib olib, bir-biriga gal bermay chug’urlashishardi. Biri osmon bizniki xohlagan tomonga uchishimiz mumkin, g’arb tomonga uchamiz desa, biri yo’q quyosh chiqadigan tomonga uchamiz deb o’z fikrini ma’qullardi. To’satdan qirg’iy paydo bo’lib, qushlar orasidan bittasini changallab olib ketdi. Chug’urlashishayotgan qushlar sezishmadi. Birozdan so’ng, daraxt kovagidan o’rmalab chiqqan ilon bir qushni o’z domiga tortib, kovakka kirib ketdi. Qushlar buni ham sezishmadi. Zum o’tmay, yerda yurgan mushuk fursatdan foydalanib, daraxtga chiqdida bir qushni bo’g’izlab pastga olib tushdi. Qushlar hamon chug’urlashishardi. Har biri o’zicha haq, bir-birini eshitishni xohlamasdi. Ovchining o’qining ovozidan so’ng to’rt-beshtasi yerga qulab, qushlar o’ziga kelishdi va hammasi har yoqqa uchib ketishdi.



Pashsha va Asalari.

Pashsha guldan-gulga qo’nib uchib yurgan asalariga to’ng’illadi,



  • Hoy, ari! Sen nega tinimsiz mehnat qilib, faqat guldan-gulga qo’nib asal yig’asan. Undan ko’ra menga o’xshab nima uchrasa ta’tib ko’rib mazza qilib yashamaysanmi?

Asalari g’o’ng’illadi,

  • Hoy, pashsha! Sen nega dangasalik qilib gungga ham, shiraga ham qo’naverasan. Undan ko’ra menga o’xshab guldan shira ta’tib maza qilib yashamaysanmi?

Ikkisi ham bir-birini so’zlariga umuman tushunmadi. Lekin umrini oxirigacha o’z qilayotgan ishidan qolmadi…

O‘rmondagi yong‘in.

O‘rmonga o‘t ketdi. Kuchli yong‘in bo‘ldi. U erda yashaydigan barcha jonzotlar o‘z jonini saqlash uchun har tarafga qarab qochdi. Ajali etgani yondi, etmagani suv ichidami, er ostidami, tog‘ ustidami qaerdadir omon qoldi.Faqat u barchasini tepadan turib kuzatardi. Oxir oqibat o‘rmon butkul yonib kul bo‘ldi. U pastga tushib o‘ziga o‘lja izlay boshladi. O‘laksaxo‘r – Quzg‘un! Aslida, u o‘ziga o‘lja topish maqsadida o‘rmonga o‘t qo‘ygandi. Bir joydan lupa topib kelib, uni quyosh nuri tushadigan eng baland daraxtning uchiga o‘rnatgandi…
Download 28.14 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling