Assalomu alaykum jonkuyar ustozlar, qadrli o'quvchilar,ko'ngilyaqin mehmonlar. Xush kelibsizlar. Bugun qo'shaloq bayram, katta tantana arafasida turibmiz


Download 14.78 Kb.
Sana21.10.2022
Hajmi14.78 Kb.
#863117
Bog'liq
Документ (1)
O‘RQ-60-сон 11.10.2006. Qonunlar loyihalarini tayyorlash va O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisining Qonunchilik palatasiga kiritish tartibi to‘g‘risida, Topshiriqnoma Akramov Muhammadyor, Hisobot Azamjonova Laylo , Hisobot Azamjonova Laylo , KIMYO, KIMYO, KIMYO, 1. Қарор лойиҳаси, 000001, 000001, Taqdimot (1), mustaqil ish, mustaqil ish, Avesto—tarixiy manba sifatida, Buddaviylik

Assalomu alaykum jonkuyar ustozlar, qadrli o'quvchilar,ko'ngilyaqin mehmonlar. Xush kelibsizlar. Bugun qo'shaloq bayram, katta tantana arafasida turibmiz. Avvalo,barchangizni Mustaqilligimizning 31 yillik shodiyona bayrami bilan muborakbod etaman. Ozodligimiz, hurligimiz abadiy bo'lishini, kelajak avlodga erkin va farovon yurtni meros qoldirishimizni tilab qolaman.
Ushbu muqaddas kunda qalbimizda o'zgacha shukuh, o'zgacha hayajon tuymoqdamiz. Negaki, bugun yangi o'quv yilining ilk kunini nishonlash, uni zo'r ishtiyoq bilan boshlash maqsadida yig'ilganmiz. Hamda bu yil qilinajak ishlar, amalga oshiriladigan islohotlar bo'sag'asida turibmiz. O'tgan o'quv yili juda omadli va barakali yil bo'ldi, deb bemalol ayta olaman. Sababi,o'quvchilarimiz o'tgan o'quv yilida o'tkazilgan fan olimpiadalari va turli musobaqalarda tuman va viloyat bosqichlarida faxrli o'rinlarni egalladilar. Davlatimiz va mas'ul shaxslar tomonidan tashkil etilgan «Bir million o'zbek dasturchisi» loyihasida Mutalibov Sulaymonqori viloyat bosqichida yuqori natija ko'rsatib, respublika bosqichiga yo'llanma oldi. Shu munosabat bilan maktab jamoasini, ushbu yutuqlarga sababchi bo'lgan ustozlar va o'quvchilarni rag'batlantirish maqsadida 10 ta eng zamonaviy kompyuter jihozlari maktab uchun sovg'a tariqasida taqdim etildi. Bundan tashqari, yil davomida olingan bilimlar, qilingan mehnatlar prezident maktabi imtihonlarida, oliy o'quv yurtiga kirish testlarida o'z so'zini ayta oldi. Ikki nafar o'quvchimiz: 6 «D» sinf o'quvchisi Mo'minjonov Sayfiddin va 7»B» sinf o'quvchisi ________________ prezident maktabiga o'qishga kirdi.11 «B» sinf o'quvchisi Sulaymonqori Mutalibov Toshkent shahridagi «Sodiq school» maktabiga imtiyozli ravishda qabul qilindi. 2 nafar o'quvchimiz Oliy o'quv yurti talabasi bo'ldi.
Shunday ekan, mazkur o'quv yilida har bir o'quvchi ham, o'qituvchi ham ulkan rejalarni maqsad qilib olmog'i, yil davomida mana shu dasturul amal ijrosi uchun mas'uliyat bilan bel bog'lamog'i darkor.
Azizlarim, bugungi quvonchli kunda barchangizga kuch-quvvat, muvaffaqiyat, kelgusi ishlarda rivoj tilayman. Men har biringizning iqtidoringizga ishonaman. Bor bilim va salohiyatingizni ishga solib bu o'quv yilida yanada yuksak cho'qqilarni zabt etishingizga tilakdoshman.
Download 14.78 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2022
ma'muriyatiga murojaat qiling