Assalomu aleykum A’lo Hazrat! Amir Temur


Download 33.48 Kb.
bet1/2
Sana09.01.2022
Hajmi33.48 Kb.
#268730
  1   2
Bog'liq
Amir temur


BIBI :

Assalomu aleykum A’lo Hazrat!

Amir Temur :

Bibi kengash bilan band bo’libman sizni chorlaganim mutloq yodimdan ko’tarilibdi. O’tiring Bibi!

BIBI :

Men ham band edim. Hozirgina nabirangiz Mirzo Ulug`bek Alavuddin janublarin o’rgandik, ko’z tegmasin g`oyat zukko!



Amir Temur :

Yer yuzin zabt etarlar ilm-u fanda ham, mening esa peshonamga suronli janglar, ot ustida kun o’tkazish yozilgan ekan.

BIBI :

Olam panoh yana yurish, yana safarmi?



Amir Temur :

Turkiylardan cho’chib farang mamlakatlari, Rumo bilan ikkimizni gij-gijlab qo’ydi. Bu nayrangni tushunmaydi afsus Boyazid. Boz ustiga kimki qochsa bizning g’azabdan, Boyazidning saroyidan topmoqda panoh!

BIBI :

Uning asl maqsadi ne? Murodi nima?



Amir Temur :

Men sabr etib totuvlikka ul chaqirsam, ul muttasil javob berdi haqorat bilan! Endi janga chorlabdi ochiq oshkora. Men Temurman oriyat ham borku dunyoda!

BIBI :

Qaysi ona o`z farzandini urushga jo`natar? Qaysi ayol orzu qilgay jang-gu jadalni, sizga zafar tilamoqdan o’zga choram yo`q. Balki men ham yoningizda bo’lmog’im mumkin.



Amir Temur :

Yo’q azizam Samarqandning saltanatida, o’zingiz-u nabiramiz Muhammad sulton, hukm farmo bo’lib turing! Yumushlar talay. Qurilishlar, bog’-u rog’lar, bola baqralar!

BIBI :

Olam panoh bilasiz-ku men o`zim uchun jome masjid qurmoqdaman. Bir kezayda, toki sizni kutib olay masjid qoshida! U mendanda yodgor bo’lgay, farzandim yo’q.



Amir Temur :

Menga ham bir masjid bino qilingiz, ammo bunday g’amgin bahonani keltirmang Bibi, shahzodalar, nabiralar, barcha-barchasi ulg’aymishdir, ulg’aymoqda mehringiz bilan. Saltanatni oltin uzuk desam men agar, uning oliy bezagi siz yoqut ko’zisiz.

BIBI :

Olam panoh! Siz bir vaqtlar Balx taxtin emas, asli mening yuragimni zabt etgandingiz. To’leyimdan ming roziman Valeyne’matim!



Amir Temur :

Qayda bo’lmay, hayolimda siz va Samarqand, go’yo ikki qarog’imdek doim birgasiz.

BIBI :

Tashvish chekmang Olampanoh bizlarni o’ylab! Faqat aziz joningizni ehtiyot qiling. Olam panoh, olam yuki qadar buyuk qudratingizni, kiprigimda ko`targayman Muxabbat bilan!



Amir Temur :

Ota-onam hoki yotgan Kesh tuprog’ida, men uchun daxma quring maqbara quring!

BIBI :

Olam panoh bu gaplarni aytayotgan siz o`zingizmi?



Amir Temur :

Bilar edim talvasaga tushishingizni. Inshaollox hali uzoq yashaymiz Bibi!

BIBI :

O`z lutfingiz bilan, bunday g’amgin bahonani keltirmang siz ham!



KELIN :

Ассалому алейкум! Олам панох, Биби ойим. Маьзур тутгайсиз!

BIBI :

Alo Hazrat, kelinimiz Xonzoda begim, Amirzoda Mironshoxning zavjasi.



Amir Temur :

Ne gap uzi! Bu ahvolda kelmushsiz ajab!

XONZODABEGIM :

Биби ойим, Олам панох! Иккалангиз холи турганда, мен арзимнимни айтмоқликка айладим журьат. Олампанох, фарзандингиз Амирзодамни, ёр-у кўк-ка ишонмайин, эьтаман эьзоз. Шукур сизнинг мехрингиздан бахраманддурмиз. Амирзодам ғоят хушфел, ғоят мехрибон, аммо сархуш бўлган чоғлар жумбушга келиб, менга бот-бот кўл кўтарар, сабрим тугади.

Amir Temur :

Hali qo’lin ko’tardimi sizga Mironshox, yuzlaringiz ko’kargan uning ishimi? Chaqiringiz, Mironshoxni! Kechiring kelin, sizdan uzur so’rayman men qaynotangiz, biroq bizdan yashirmangiz biror sir bo’lsa!

XONZODABEGIM :

- Мен айтишга…

Amir Temur :

Aytavering, tortinmang, umrdir bu axr, bozor savdosi emas!

XONZODABEGIM :

- Олампанох, Амирзодам сархуш бўлган жоғлари доим ўзларини тута олмаслар!

Amir Temur :

Yetar, tushundim, sizga ruhsat. Bir barmog’im lat yeyibdi-yu bilmabman afsus!

BIBI :

Mirzoshoxning bu fe’lidan voqib bo’lsamda, sizga atay aytmagandim o’zi tiyilar deb!



MIRONSHOX :

Assalomu aleykum A’lo Hazrat!

Amir Temur :

Beri keling, beri keling xush Amirzodam! Sizga yangi sho’x qiliqlar muborak bo’lsin!

MIRONSHOX :

A’lo Hazrat aybim ne?

Amir Temur :

Qilgan ishing uchun seni hozir tilka-pora qilsam ham ozdur. Ayol kishiga qo’l ko’tarish nima ekanligin bilurmisan ayt. Sen-ku, odam bolasisan, qaysi bir hayvon. 40 kun yotgaysen, zindonband eting!

MIRONSHOX :

Afu eting Olampanoh!

BIBI :

Siz ham qaytasiz! Zafaringiz bayramiga qo’shaloq nabirangiz nikoh to’ylari.



Amir Temur :

To’yni boshlang, sochiqlarni tayyorlang!




Download 33.48 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
  1   2




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling