Assman psixrometri yordamida havoning namligini aniqlash


Download 61.9 Kb.
bet1/2
Sana03.04.2023
Hajmi61.9 Kb.
#1322739
  1   2
Bog'liq
BIOFIZIKA 2-DEAD LINE


O‘ZBEKISTON RESPUBLIKASI SOG‘LIQNI SAQLASH VAZIRLIGI TOSHKENT TIBBIYOT AKADEMIYASI.


1-son Davolash fakulteti 1-kurs 106-''A'' guruh talabasi Maratov Xursandbek Otabekovichning Biofizika fanidan “Assman psixrometri yordamida havoning namligini aniqlash” mavzusidagi bajargan

Mustaqil ishi
TEKSHIRDI:P.V.Ubaydullayeva.
Toshkent shahri

MAVZU: Assman psixrometri yordamida havoning namligini aniqlash.


REJA:
1.Assman psixrometri yordamida havoning namligini aniqlashni o’rganish.
2.Mikroiqlim ko‘rsatkichlari va ularning inson organizmiga 
ta`siri.
3.Mikroiqlim ko‘rsatkichlarini aniqlash asbob
uskunalarining tuzilishi, ishlash mohiyati va ular bilan 
o‘lchashlar o‘tkazish uslublarini o‘rganish.
KIRISH.
Mikroiqlim ko‘rsatkichlari va ularning inson organizmiga ta’siri bilan tanishish. Mikroiqlim ko‘rsatkichlarini aniqlash asbobuskunalarining tuzilishi, ishlash mohiyati va ular bilan o‘lchashlar o‘tkazish uslublarini o‘rganish. Ish xonasidagi mikroiqlim ko‘rsatkichlarini o‘lchash, olingan natijalarni gigiyenik me’yorlar bilan solishtirib xulosa qilishni va takliflar berishni o‘rganish.
MAQSAD.
Talabalarga ish o‘rinlaridagi mikroiqlim ko‘rsatkichlarini aniq-lash uslublari va ularni aniqlash asboblarining tuzilishi, ishlash mohiyati bilan tanishtirish. 
ASOSIY QISM

Yerni o‘rab turuvchi atmosfera bir qancha gazlardan tashkil topgan, shu bilan birga atmosferada suv bug‘i ham mavjud bo‘ladi. Suv bug‘ining atmosferada mavjud bo‘lishi havoning namligi deyladi. Namlik bir qancha kattaliklar bilan xarakterlanadi: suv bug‘ining elastikligi (yoki absolyut namlik), nisbiy namlik va shudring nuqtasi.


Atmosferani tashkil qilgan har qanday gaz, shu jumladan suv bug‘i ham havoning umumiy bosimiga o‘z ulushini qo‘shadi. Jismlarga qo‘yilgan bu bosim
atmosfera bosimi deyladi. Agar havodagi boshqa gazlar yo‘q deb faraz qilsak, suv
bug‘ining elastikligi (yoki absolyut namlik) deyladi. Uni Paskal (Pa) larda yoki
mm.sim.ust. bilan o‘lchanadi.
Havoning nisbiy namligini f deb, suv bug‘ining berilgan temperaturadagi elastikligi ℓ ni shu temperaturadagi to‘yingan suv bug‘i bosimi E ga nisbatiga teng va u protsentlarda ifodalanadi :
To‘yinmagan bug‘ni o‘zgarmas bosimda sovutish natijasida to‘yingan bug‘ hosil bo‘ladi. To‘yingan bug‘ga o‘tish va kondensatsiya boshlanish nuqtasidagi suv bug‘ining temperaturasiga shudring nuqtasi deyiladi.
Namlikni aniqlashning bir necha hil usuli mavjud. Bu amaliy ishda namlik
Assman psixrometri bilan topiladi. Assman asbobi 2 ta nikellangan naydan iborat
bo‘lib, u ularning ichiga joylashtirilgan termometrlarni tashqi nurlanish energiyasi
ta’sirida isishdan saqlaydi.
Termometrlardan biri quruq bo‘lib, u atrofdagi havo temperaturasini o‘lchaydi. Ikkinchisining sharchasi namlangan yupqa batist bilan o‘ralgan. Ho‘l batistli termometr joylashgan nayda havo oqimi hosil qilinsa, batisni bug‘lanish tezligi ortadi. Havo qanchalik quruq bo‘lsa, batist shunchalik ko‘p bug‘lanadi. Ma’lum tezlikdagi havoni termometrga yuborilganda, atmosferadagi havo qanchalik quruqbo‘lsa, termometrdagi nam batist shuncha ko‘p bug‘lanadi. Bug‘lanish bilan birga batist soviydi. Bunda ho‘llangan termometrning ko‘rsatishi ham pasayadi. Suvni bug‘latish uchun ketgan energiya atrofdagi havodan termometr sharchasiga keluvchi issiqlik miqdoriga teng bo‘lib qolganda termometrni pasayishi to‘xtaydi. Bug‘lanish rejimi barqaror bo‘lganda ho‘l termometrning ko‘rsatishi qaror topadi, o‘sha vaqtda tashqaridan kelayotgan Q1 issiqlik miqdori termometr sirtidan suvning bug‘lanishiga ketadigan issiqlik miqdori Q2 ga teng bo‘ladi. Q1=Q2
Nyuton qonuniga asosan: Q1=BCS(t1-t0), bunda

B – havoning harakati tezligi funksiyasi.


C – suvning solishtirma issiqlik sig‘imi.
S – ho‘llangan termometr sharchasining sirt yuzasi.
t1 - quruq, t0 – esa ho‘l termometrlarning temperaturasi.
Sarflangan issiqlik miqdori Q2 havoni to‘yintiruvchi suv bug‘ining elastikligi – E ga, absolyut namlik – ℓ ga, bug‘lanish solishtirma issiqligi - ga, atmosfera bosimi H ga va termometr sharchasining yuzasi – S larga bog‘liq, ya’ni:

Q1=Q2 bo`lgani uchun
BCS(t1-t0)= bundanE-ℓ=

Download 61.9 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
  1   2




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling