Assotsiativ eksperiment haqida tushuncha Assotsiativ eksperimentni o’tkazish tartibi Assotsiativ eksperimentning samarasi


Download 21.94 Kb.
bet1/3
Sana25.02.2023
Hajmi21.94 Kb.
#1228827
  1   2   3
Bog'liq
1-amaliy PL (2-semestr)


3-amaliy. Assotsiativ eksperiment


Reja:

  1. Assotsiativ eksperiment haqida tushuncha

  2. Assotsiativ eksperimentni o’tkazish tartibi

  3. Assotsiativ eksperimentning samarasi

So‘z sintagmatik munosabatga (til birliklarining nutq oqimida yuz beradigan ketma-ketlik xususiyatlari asosidagi munosabatlari: U/ ertalabdan kechgacha/ ishlaydi) kirishi bilan birga, nutqiy jarayondan tashqarida boshqa so‘zlar bilan umumiylik belgisiga ko‘ra so‘zlovchi til xotirasida assotsiatsiyalashadi va bu assotsiatsiyalashgan birliklar xotirada muayyan guruhlarni hosil qiladi.
Guruh birliklari o‘rtasida esa xilma-xil munosabatlar mavjud bo‘ladi. Masalan, ishla so‘zini aytishimiz bilan beixtiyor xayolimizda bir tomondan so‘zla, tuzla, muzla singari so‘zlar guruhi, ikkinchi tomondan, ishchi, ishsiz, ishli kabi so‘zlar guruhi keladi. Yoki rus auditoriyasidan poet so‘ziga harqanday so‘z bilan tezda javob berishini so‘rasangiz, rus auditoriyasining taxminan 100dan 90tasi shubhasiz Pushkin deb javob beradi. Mohiyatan stimul (poet) berildi va bu stimulga reaksiya (Pushkin) olindi.
Lisoniy birliklarning bunday munosabati sintagmatik munosabatdan tubdan farq qiladi. Bu munosabat sintagmatik munosabatdan farqli ravishda ketma-ketlikka asoslanmaydi. Balki so‘zlovchi xotirasida o‘zaro bog‘langan holda joylashadi.
Ongimizda hosil bo‘lgan assotsiativ guruhlar ma’lum umumiy belgisiga ega bo‘lgan munosabat a’zolarining yaqinlashuvi bilan chegaralanmaydi. Ong har bir munosabatda munosabat a’zolarining bog‘lovchilar xarakterini ham qamrab oladi. Natijada nechta assotsiativ qator bo‘lsa, shuncha farqli munosabatni hosil qiladi. Masalan, o‘zakdoshlik asosida birlashgan so‘zlar guruhi qo‘shimchadoshlik asosida birlashgan so‘zlar guruhi. Har qanday so‘z o‘zi bilan assotsiatsiya munosabatida bo‘lishi mumkin bo‘lgan so‘zni doimo esga soladi.
Sintagmatik munosabatda elementlar ketma-ketligi va o‘zaro almashinishi haqida tasavvurga ega bo‘lsak, assotsiativ guruh a’zolarining esa xotiramizda aniq miqdori va aniq ketma-ketligi mavjud bo‘lmaydi.
Bir qarashda bunday qorishiq manzaradan qandaydir qonuniyatni aniqlab olish qiyin ko‘rinadi. Shuning uchun ham uzoq vaqtgacha tilshunoslar tarafidan assotsiativ strukturalarni tushunish qiyin bo‘lib kelgan.
Assotsiatsiyani ma’lum turlarga, xususan, paradigmatik va sintagmatik assotsiatsiyalarga ajratish mumkin. Paradigmatik assotsiatsiyalarda stimul va reaksiya koordinatsiya (stul-taburetka), subordinatsiya (meva-olma) yoki superordinatsiya (stul-mebel) munosabatida bog‘langan bo‘lishi mumkin. Koordinatsiyali paradigmatik assotsiatsiyalar sinonim (do‘st-o‘rtoq) va antonim (do‘st-dushman) munosabatlarga ajratilishi mumkin. Sintagmatik munosabatlarda turkumlarga ko‘ra bo‘lish mumkin: ot-fe’l (do‘st-kelmoq), ot-sifat (do‘st-sodiq) va h.k. Lekin assotsiatsiya munosabatlarida bunday tasniflar ham yetarli bo‘lmaydi. Ular yana mavzular bo‘yicha yosh, jins, kasb-kor va h.k. bo‘yicha davom ettirish mumkin. Shuningdek, turli xalqlarning madaniy-tarixiy ana’analari bilan bog‘liq qiziqarli assotsiatsiyalarni kuzatish mumkin: non stimuliga ruslar tuz, o‘zbeklar choy, fransuzlar vino, koreyslar shirinlik, deb reaksiya qilishadi.
Semantik tadqiqot metodlari orasida erkin assotsiatsiya metodikasi alohida o‘rin tutadi. 1910-yilda birinchi lug‘at – “Ingliz tilining assotsiativ me’yorlari” nashr qilinadi. 1977-yilda Moskvada ““Словарь ассоциативных норм русского языка” kitobi nashr qilinadi. Unda birgina друг stimul-so‘ziga 209 ta javob berilgan: товарищ - 39, враг - 30, верный - 29, хороший - 16, мой -10, недруг - 9, близкий -5 va h.k.
Assotsiativ eksperiment (associative experiment) semantikaning psixolingvistik tahlili eng ko‘p ishlangan texnika hisoblanadi.
Assotsiativ eksperimentning o‘tkazish tartibi. Tajriba o‘tkaziluvchilarga yoki respondentlarga muayyan stimul so‘zlarning ro‘yxati beriladi va ulardan xayollariga birinchi kelgan reaksiya so‘zlarni aytish so‘raladi. Odatda, har bir respondentga 100ga yaqin so‘z beriladi va ularga 7-10 daqiqa ichida javob berish so‘raladi. Assotsiativ lug‘atlardagi reaksiya so‘zlarning aksariyati universitet va kollejlardagi stimul til ona tili bo‘lgan 17-25 yosh orasidagi talabalardan olingan.

Download 21.94 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
  1   2   3




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling