Atamalar Fuqaro Fuqaroligi bo`lmagan shaxs Xalqaro xarakterdagi jinoyat


Download 29.64 Kb.
Sana21.11.2020
Hajmi29.64 Kb.
#149542
Bog'liq
Atamalar
budjet tashkilotlarida tovar moddiy zahiralar inventarizatsiyasini tashkil etish va ularning hisobi (1), kurs ishi, 2 DI Jarayonlari, KTE, Islom ta`limoti reja Islom ilohiyoti, uning asosiy aqidalari va, 2-seminar(1-u), 2-seminar(1-u), 5-seminar(1-u), 7-SINF TO'LIQ. NE'MATOV RUSTAM, 2019-EdUSA-Academy-Scholarship-Application-Form, 0IELTS Band9 VocabSecrets, Atamalar, Atamalar, DIfferensial tenglamalar Izoklonlar usuli

Atamalar
Fuqaro

Fuqaroligi bo`lmagan shaxs

Xalqaro xarakterdagi jinoyat – bu xalqaro jinoyatlar doirasiga kirmaydigan, lekin xalqaro shartnomalarda ko‘zda tutilgan ijtimoiy xavfli xatti-harakatlardir. Xalqaro jinoyatlardan farqli o‘laroq, xalqaro xarakterdagi jinoyat uchun javobgarlik davlatning emas, balki shaxsning zimmasiga yuklanadi.

Qonunni e’lon qilish – bu nashr qilish orqali uni ommaning ongiga etkazishdan iborat bo‘lib, O‘zbekiston Respublikasining "Normativ–xuquqiy hujjatlar to‘g‘risida" gi Qonunn 24-moddasi, birinchi qismida ko‘rsatilgandek, "Hammaning e’tibori uchun e’lon qilinmagan qonun asosida hech kim sudlanishi, jazoga tortilishi yoki mol-mulkidan mahrum qilinishi mumkin emas".

Qonun kuchining yo‘qotilishi – amaldagi qonunni bekor qilish va bir vaqtning o‘zida shunga o‘xshash ijtimoiy munosabatlarni tartibga soladigan yangi normativ-huquqiy hujjat qabul qilishda ifodalanadi.

davomli jinoyat – bu yagona qasd bilan qamrab olingan bir-biriga o‘xshash harakatlardan iborat bo‘lgan ijtimoiy xavfli qilmishlardir.

  • ikki harakatli jinoyat – o‘xshash jinoyatlar tarkibi qonunda shunday ko‘rsatiladi ya’ni, bunda jinoyatchi faqat ikki harakatni amalga oshirgan bo‘ladi. O‘xshash hatti-harakatlarni sodir etish vaqti deb oxirgi harakat yakunlangandan keyin jinoiy tarkib aniqlangan vaqt tan olinadi.

Uzoqqa cho‘zilgan jinoyatlar – bu jinoyatlar ko‘pincha aybdorga qonunga muvofiq yuklatilgan majburiyatni bajarishdan bosh tortish, harakatsizlikda ifodalanishi mumkin. Uzoqqa cho‘zilgan jinoyatlar (masalan, dizertirlik) uning to‘xtatilishi, ya’ni jinoyatchining ushlanishi bilan tamom bo‘lgan hisoblanadi.

Qilmishning jinoiyligini bekor qilish, - deganda, jinoyat qonunida qilmishni jinoyatlar qatoridan chiqaradigan qonun tushuniladi. Boshqacha qilib aytganda, ularni ma’muriy, intizomiy huquqbuzarliklar toifasiga kirgazish, masalan, Jinoyat kodeksidan 187-moddasi (xaridor yoki buyurtmachini aldash bilan bog‘liq bo‘lgan ijtimoiy xavfli harakat) ning 2000 yil 15 dekabr qonuni bilan chiqarib tashlanishi. Bu qonun kuchga kirgan kundan boshlab, shunday qilmishlarni sodir etgan shaxslarga nisbatan tergov idoralarida va sudlardagi jinoiy ishlar to‘xtatilishi lozim. Ushbu modda bilan ilgari hukm qilinib ham jazoni o‘tayotganlar ham sudlangan hisoblanmaydilar.

• takroran sodir etilgan jinoyatlar - bu biron-bir jinoyatni ikkinchi, uchinchi va hokazo marta sodir etish tushuniladi. Jinoiy qilmish sodir etilgan vaqtdan boshlab jinoyat takror sodir etilgan hisoblanadi.
Download 29.64 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2022
ma'muriyatiga murojaat qiling