Atb «Qishloq qurilish bank» Toshkent shahri, Qoraqalpog‘iston Respublikasi va viloyatlar shaharlarida hamda qishloq joylarda birlamchi bozorda qurilgan kvartiralarni sotib olish uchun ipoteka kreditlarini taklif etadi


Download 194.07 Kb.
Sana30.05.2020
Hajmi194.07 Kb.
#112014
Reklama matni
Bog'liq
Self study 1[1], Self study 1[1], Self study 1[1], Self study 1[1], Akademik nutq (publitsistik maqola yozish), Variant №1, corel draw dasturi, Doc1, Doc1



ATB «Qishloq qurilish bank» - Toshkent shahri, Qoraqalpog‘iston Respublikasi va viloyatlar shaharlarida hamda qishloq joylarda birlamchi bozorda qurilgan kvartiralarni sotib olish uchun ipoteka kreditlarini taklif etadi

Aholining uy-joy sharoitlarini yanada yaxshilash, fuqarolarga ipoteka krediti berishning zamonaviy bozor tizimini shakllantirish va rivojlantirish, uy-joylar qurilishiga xususiy pudrat tashkilotlarini har tomonlama jalb qilish va bu tizimga to‘liq o‘tish, tijorat banklari tomonidan moliyalashtirishni bosqichma-bosqich oshirish, shuningdek, uy-joy sharoitini yaxshilashga muhtoj oilalarni Davlat tomonidan qo‘llab-quvvatlashda manzillilik va shaffoflikni kuchaytirish, yer resurslaridan oqilona foydalanish maqsadida O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2019 yil 28 noyabrda “Ipoteka krediti mexanizmlarini takomillashtirishga oid qo‘shimcha chora-tadbirlar to‘g‘risida”gi PF-5886-sonli Farmoni qabul qilindi.

Farmonga ko‘ra, Qoraqalpog‘iston Respublikasi, Toshkent shahar va barcha viloyatlar shaharlarida, shahar va tuman markazlariga tutash xududlarida ko‘p kvartirali ular qurish va bozor tamoyillari asosida ipoteka krediti ajratish orqali fuqarolarga sotishga asoslangan yangi tartib joriy qilindi.

Koronavirus infeksiyasi tarqalishiga qarshi kurashish davrida aholining uy-joy sharoitini yaxshilash, ipoteka krediti bozorini yanada rivojlantirish, xususiy pudrat tashkilotlarini uy-joylar qurilishiga keng jalb qilish hamda ularga qulay shart-sharoitlar yaratish maqsadida joriy yilning 1 may kuni O’zbekiston Respublikasi Prezidentining “Aholining uy-joy sharoitini yaxshilash hamda ipoteka krediti bozorini yanada kengaytirishga oid qo’shimcha chora-tadbirlar to’g’risida”gi PQ-4701-sonli qarori qabul qilindi.

Ushbu qarorga muvofiq, aholiga ajratiladigan ipoteka kreditlari muddati 15 yildan 20 yilgacha uzaytirildi. Bundan tashqari xususiy pudrat tashkilotlari tomonidan qurib bitkazilgan kvartiralarni, shuningdek, tayyor holda topshirish shartisiz (pardoz ishlarini amalga oshirmasdan) qurilgan kvartiralarni birlamchi uy-joy bozorida sotib olish uchun bir qarz oluvchiga ajratiladigan ipoteka kreditlarining eng ko’p miqdorlari belgilandi. Bunga ko’ra:

qishloq joylarida 2 xonali kvartiralar uchun 174 mln so’mdan 240 mln so’mgacha, 3 va undan ko’p xonali kvartiralar uchun 224 mln so’mdan 320 mln so’mgacha;

shaharlarda 2 xonali kvartiralar uchun 180 mln so’mdan 240 mln so’mgacha, 3 va undan ko’p xonali kvartiralar uchun 232 mln so’mdan 320 mln so’mgacha;

Toshkent shahrida 2 xonali kvartiralar uchun 198 mln so’mdan 264 mln so’mgacha, 3 va undan ko’p xonali kvartiralar uchun 255 mln so’mdan 352 mln so’mgacha oshirildi.

Yangi taribning o‘ziga hos jixatlaridan yana biri shundaki, endilikda ayrim shaxslarga, shu jumladan kam ta’minlangan va uy-joy sharoitlarini yaxshilashga muhtoj bo‘lganlarga ipoteka krediti bo‘yicha dastlabki badal va (yoki) foizlarning bir qismini qoplash uchun O‘zbekiston Respublikasi Davlat budjeti mablag‘lari hisobidan subsidiyalar to‘lanadi.

Yangi tartib doirasida subsidiyalar:

qishloq joylarda — birinchi besh yil davomida ipoteka krediti bo‘yicha foiz to‘lovlari bilan bog‘liq xarajatlarni qoplash uchun - 10 foizlik punktdan oshgan qismiga;

shaharlarda - dastlabki badalning bir qismini to‘lash bilan bog‘liq xarajatlarni qoplash uchun uy-joy hisoblangan qiymatining 10 foizi miqdorida va birinchi besh yil davomida kredit bo‘yicha foizlarni qoplash uchun Toshkent shahrida 12 foizlik punktdan oshgan qismiga, Qoraqalpog‘iston Respublikasi va viloyatlar shaharlarida 10 foizlik punktdan oshgan qismiga to‘lanadi.

Subsidiya olish istagida bo‘lgan fuqarolar Davlat xizmatlari markazlari yoki Yagona interaktiv davlat xizmatlari portaliga ariza bilan murojaat qilishlari lozim.

Yangi tartib doirasida fuqarolarga ipoteka kreditlari ajratish tartibi

O‘zbekiston Respublikasi Moliya vazirligi mablag‘lari hisobidan aholiga birlamchi uy-joy bozorida kvartirani sotib olish uchun ipoteka kreditlari ajratish quyidagi tartibda amalga oshiriladi:

1- Bosqich. Fuqaroning to‘lov qobiliyatidan kelib chiqib, o‘z tanlovi asosida birlamchi uy-joy bozorida sotiladigan kvartirani tanlaydi va pudrat tashkiloti bilan shartnoma imzolaydi (Birlamchi uy-joy bozori – yangi tartib doirasida qurilgan, shuningdek yangi tartib doirasidan tashqari foydalanishga topshirilgan sanadan ko‘pi bilan ikki yildan oshmagan pudrat tashkiloti hisobida bo‘lgan ko‘p kvartirali hamda tayyor holda topshirish shartisiz (pardoz ishlarini amalga oshirmasdan) qurilgan ko’p kvartirali uylarni taklif etuvchi bozor).

2- Bosqich. Fuqaro bank filiallariga tanlangan kvartiralarni sotib olish uchun ipoteka krediti ajratishni so‘rab ariza bilan birgalikda quyidagi hujjatlarni taqdim etadi:

qarz oluvchi/birgalikda qarz oluvchi pasportining (harbiy guvohnoma) nusxasi;

subsidiya xabarnomasi (subsidiya oluvchilar uchun);

qarz oluvchi/birgalikda qarz oluvchining moliyaviy ahvolini tasdiqlovchi hujjatlar;

sotib olinadigan kvartira qiymatining qishloq joylarda kvartira qiymatining 10 foizidan, shahar joylarda kvartira qiymatining 20 foizidan kam bo‘lmagan miqdorda (shahar joylarda boshlang‘ich badal uchun to‘lanadigan subsidiya xabarnomasini inobatga olgan holda) boshlang‘ich badal mablag‘larini shakllantirilganligini tasdiqlovchi xujjat;

pudrat tashkiloti bilan kvartirani sotib olish to‘g‘risida tuzilgan shartnoma.



3- Bosqich. Bank tomonidan Potensial qarz oluvchilarga quyidagi shartlarda ipoteka kreditlari ajratiladi:

- kredit muddati – 20 yil;

- kredit foizi – bozor shartlari asosida belgilangan foiz stavkasi;

- kredit to‘lov usuli – har oyda teng miqdorlarda (annuitet usulida)

Potensial qarz oluvchilar quyidagi talablarga javob berishi lozim:

- ipoteka krediti olish uchun murojaat qilgan kunida 18 yoshga to‘lgan va 50 yoshdan oshmagan O‘zbekiston Respublikasi fuqarolari;

- doimiy ish joyiga, shaxsiy yordamchi yoki dehqon xo‘jaligidan yoxud yakka tartibdagi tadbirkorlik faoliyatidan doimiy daromadga, shuningdek ipoteka krediti bo‘yicha hisoblangan foizlarni va asosiy qarzni to‘lov jadvaliga muvofiq har oyda to‘lash uchun yetarli bo‘lgan, qonun hujjatlarida taqiqlanmagan va hujjatlar bilan tasdiqlangan boshqa daromad manbaiga ega bo‘lgan shaxslar;

- qarz yuki ko‘rsatkichi (ipoteka krediti bo‘yicha foiz xarajatlarini qoplash uchun subsidiya berish nazarda tutilgan hollarda mazkur subsidiyani hisobga olgan holda) 70 foizdan yuqori bo‘lmagan shaxslar;

- ipoteka krediti olish uchun birlamchi uy-joy bozorida sotib olinadigan kvartira qiymatining kamida qishloq joylarda 10 foiz, shahar joylarda 20 foiz miqdorida (shu jumladan, subsidiya to‘lanadigan shaxslar bo‘yicha subsidiya summasini inobatga olgan holda) boshlang‘ich badalni shakllantirish imkoniyatiga ega bo‘lgan shaxslar;

- sotib olinadigan kvartiraning qiymati uy-joyning hisoblangan qiymatidan oshib ketgan taqdirda, qiymatning qolgan qismini shakllantirish (to‘lash) imkoniyatiga ega bo‘lgan shaxslar;

- ipoteka kreditini ajratishni ko‘rib chiqish vaqtida kredit tashkilotlaridan avvalgi olingan kreditlar bo‘yicha muddati o‘tgan qarzdorligi mavjud bo‘lmagan shaxslar.

4 – bosqich. Bank tomonidan ipoteka krediti berish to‘g‘risida ijobiy qaror qabul qilingandan (subsidiya xabarnomasiga ega fuqarolar uchun boshlang‘ich badalning bir qismi uchun subsidiya mablag‘lari bankka o‘tkazib berilgandan) so‘ng:

- bank va qarz oluvchi (birgalikda qarz oluvchilar) o‘rtasida kredit shartnomasi rasmiylashtiriladi;

- qarz oluvchi tomonidan sug‘urta tashkiloti bilan ipoteka predmetini tavakkalchiliklardan sug‘urta qilish shartnomasi tuziladi;

- belgilangan tartibda uy-joyning oldi sotdi shartnomasi rasmiylashtiriladi;

- ipoteka shartnomasi tuziladi yoki qonun asosida ipoteka belgilangan tartibda O‘zbekiston Respublikasi Yer resurslari, geodeziya, kartografiya va davlat kadastri davlat qo‘mitasining tuman (shahar) filialida ro‘yxatdan o‘tkaziladi.

Qarz oluvchi kredit olish jarayonida quyidagi xarajatlarni amalga oshiradi:

- notarial tartibda oldi-sotdi shartnomasi bo‘yicha xarajatlar;



- kvartiraning kadastr hujjatlarini tayyorlash xarajatlari;

- sug‘urta qilish bo‘yicha xarajatlar.
Download 194.07 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2022
ma'muriyatiga murojaat qiling