Atom energiya zahiralari


Download 2.96 Mb.
bet1/3
Sana14.11.2023
Hajmi2.96 Mb.
#1773344
  1   2   3
Bog'liq
New Microsoft PowerPoint Presentation (2)

ATOM ENERGIYA ZAXIRALARI

REJA: 1. Atom energiyasi. 2. Atom energiyasining ishlab chiqarilishi. 3. Atom elektr stantsiyalari va aholi. 4. Atom elektr stantsiyalarining xavfi. 5. Atom energiyasining afzalliklari.

Atom energiyasi — bu, atomlardan olinadigan energiya. Har bir atom energiya zarrachalaridan iborat. Bu energiya esa atomdagi barcha zarrachalarni bir butunlikka aylantiradi. Shu sababli atom energiyasida atom yadrosi energiya manbai hisoblanadi. Bu energiya atomning parchalanishi paytida ajralib chiqadi. Amalda atomdan energiya olishning ikki usuli mavjud. Birinchisi — sintez reaktsiyasi, ikkinchisi — bo’linish reaktsiyasidir. Sintez reaktsiyasi paytida ikki atom birlashib, yagona atomni vujudga keltiradi. Atomlarning qo’shilishi jarayonida issiqlik tarzida kuchli energiya hosil bo’ladi. Quyosh energiyasining katta qismi quyoshda sodir bo’ladigan sintez reaktsiyasi natijasida yuzaga keladi. Bu atom energiyasining bir turidir. Ikkinchi usul — bo’linish reaktsiyasi yoki parchalanishdir. Parchalanish bir atomning ikkiga bo’linishidir. Bu hol atomlarning boshqa atomlar, masalan, neytronlar (u atom tarkibiga kiradi) tomonidan «bombardimon» qilinishi jarayonida ro’y beradi. Atomning har qanday «bombardimon» qilinishi ham uning parchalanishiga olib kelmaydi. Aksariyat atomlarni parchalab bo’lmaydi. Biroq uran va plutoniy atomlari qulay sharoitlarda parchalanadi.

Erkin protonning massasi t = 1,0076 massa atom birligi (m. a. b.)ga, erkin neytronning massasi tpq 1,0089 m. a. b.ga tengligi tajribalarda aniqlangan. Bu qiymatlardan foydalanib atom yadrosining massasi aniqlanadi, chunki Mendeleyev jadvalidagi elementning oʻrniga qarab yadrosida nechta proton va nechta neytron borligi maʼlum. Mas, ge-liy yadrosining massasi 2 x 1,0076 Q 2x 1,0089 q q 4,0330 m. a.b.ga teng. Lekin juda aniq oʻlchashlarga koʻra geliy yadrosining massasi 4,003 m. a. b.ga teng, bu esa erkin neytron va erkin protonlar massasining umumiy ogʻirligidan 0,03 m. a. b. kam, de-mak, proton va neytronlardan atom yadrosi hosil boʻlganda maʼlum miqdorda mas-sa yoʻqolar ekan. Massaning bu miqdori massa defekti deyiladi. Massa defekti har bir atomning oʻziga xos boʻladi.


Download 2.96 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
  1   2   3




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling