Atom tuzilishi va tarkibi


Dissotsilanish darajasi –


Download 0.52 Mb.
bet4/44
Sana10.09.2022
Hajmi0.52 Mb.
#803676
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   44
Bog'liq
Telegramm lekciya
Milliy istiqlol va O`zbekistonda madaniy taraqqiyot. Mavzu rejas, Milliy istiqlol va O`zbekistonda madaniy taraqqiyot. Mavzu rejas, limitlar , Doc2, Eritmalar, Askarova Dilnoz, Askarova Dilnoz, Yangi va eng yangi davr falsafasi, RUS TILI YAKUNIY JAVOBLARI(1), 1, INFORMATIKA 2 JAVOBLARI, kalit, Норбердиев Ш, Funksiya va uning grafigini pedagogik texnalogiyalar orqali o`qi, Kvadrat tenglamaga doir masalalar 499 yilda uchragan
Dissotsilanish darajasi – erigan elektrolit va erituvchi tabiatiga, eritma konsentratsiyasiga va haroratga bog’liq bo’ladi. Shuning uchun dissotsilanish darajasi bilan konsentratsiya va harorat birgalikda ko’rsatiladi.
M; 0,05 M H2SO4 ning 18 oC dagi dissotsilanish darajasi 58 % ga teng.
Kuchsiz elektrolitlar – dissotsilanish darajasi nisbatan kichik bo’lgan elektrolitlar
Bularga; barcha organik va bazi anorganik kislotalar (H2CO3, HClO, H2S, HNO2, H2SiO3) NH4OH, metallarni erimaydigan gidroksidlari, suv, bazi tuzlar Hg(CN)2, HgCl2, Fe(SCN)3, FeF3, va boshqa moddalar misol bo’ladi.
Kuchli elektrolitlar – dissotsilanish darajasi nisbatan katta bo’lgan elektrlitlar.
Bularga; ko’pchilik tuzlar (KNO3, NaCl, Ba(NO3)2, FeSO4) kislotalar (HClO4, HNO3, H2SO4, HCl, HJ), ishqorlar (ishqoriy metal gidroksidlar) ishqoriy yer metal gidroksidlar.
Kislorod tutuvchi kislotalarni E(OH)mOn umumiy formulasi asosida ularning kuchini aniqlash mumkin.
Agar n<2 bo’lsa kislota kuchsiz.
Agar n>2 bo’lsa kislota kuchli hisoblanadi.
M; H2SO4 S(OH)2O2kuchli kislota
HNO2 N(OH)O – kuchsiz kislota
Kislorod atomlari soniga bog’liq bo’lgan kislotalar kuchi.

Kislota

Formula

n qiymati

Elektrolit kuchi

HmEOn+m

E(OH)mOn

Sulfat

H2SO4

S(OH)2O2

2

Kuchli

Sulfit

H2SO3

S(OH)2O

1

Kuchsiz

Nitrat

HNO3

N(OH)O2

2

Kuchli

Nitrit

HNO2

N(OH)O

1

Kuchsiz

Karbonat

H2CO3

C(OH)2O

1

Kuchsiz

Ortofosfat

H3PO4

P(OH)3O

1

Kuchsiz

Gipoxlorit

HClO

Cl(OH)

0

Kuchsiz

Xlorit

HClO2

Cl(OH)O

1

Kuchsiz

Xlorat

HClO3

Cl(OH)O2

2

Kuchli

Perxlorat

HClO4

Cl(OH)O3

3

kuchli

Elektrolit kuchini elektrolitik dissosilanish darajasiga qarab solishtirish bir xil konsentratsiyali eritmalardagina ahamiyatga ega bo’lib, boshqa holatlarda qulay usul deb hisoblanmaydi. Shuning uchun kuchsiz elektrolitlar kiuchsiz elektrolitlar kuchini solishtirishda dissosilanish konstantasidan foydalaniladi.
Kuchsiz elektrolitlar suvli eritmalarda qisman dissosilanadi. Eritmada kuchsiz elektrolit molekulalari va ionlar orasida muvozanat vujudga keladi.
M; CH3COOH ↔ CH3COO- + H+
Muvozanat paytida H+ ca CH3COO- ionlari konsentratsiyalari ko’paytmasini sirka kislota konsentratsiyasiga nisbati sirka kislotalar reaksiyasini dissosilanish konstantasi yoki dissosilanish konstantasi deyiladi.
[H+] ∙[CH3COO-]
K =
[CH3COOH]
Bu yerda K- dissosilanish konstantasi
[H+] – vodorod ionlar konsentratsiyasi
[CH3COO-] – asetat ionlar konsentratsiyasi
[CH3COOH] – sirka kislota konsentratsiyasi.
Elektrolitning dissosilanish konstantasi elektrolit va erituvchi tabiatiga hamda haroratga bbog’liq bo’lib, lekin konsentratsiyaga bog’liq emas. Dissosilanish konstantasi qancha katta bo’lsa elektrolit shuncha kuchli hisoblanadi.
Elektroli eritmalarda sodir bo’ladigan reaksiyalar.
Elektrolit eritmalarda sodir bo’ladigan reaksiyalarda faqat ionlargina qatnashgan holatda bo’lgan modda gaz, ccho’kma va kam dissosilanadigan moddalar turkumiga taluqli bo’lgandagina boshlangich ionlar kamayadi yani reaksiya sodir bo’ladi.
Ionlar orasida sodir bo’ladigan kimyoviy reaksiyalar ionli reaksiyalar ularning kimyoviy reaksiya tenglamalari esa ionli reaksiya tenglamalari deyiladi.
Elektrolitlarning eritmalari orasida sodir bo’ladigan reaksiyalarni quyidagi guruhlaga bo’lib o’rganamiz.
1. neytrallanish reaksiyalari – kislota va asos o’zaro reaksiyaga kirishib kam dissosilanadigan suv molekulalarini hosil qilish reaksiyasi.
NaOH + HCl → NaCl + H2O molekulyar tenglama
Na+ + OH- + H+ + Cl- → Na+ + Cl- + H2O ionli tenglamasi
OH- + H+ → H2O qisqa ionli tenglamasi.
2. cho’kma hosil bo’ladigan reaksiyalar – ohirigacha boradigan reaksiyalar.
Na2SO4 + BaCl2 → BaSO4↓ + 2NaCl molekulyar tenglama
2Na+ + SO42- + Ba2+ 2Cl- → BaSO4 + 2Na+ + 2Сl- ionli tenglamasi
Ba2+ + 2Cl- → BaSO4 qisqa ionli tenglamasi.
3. gaz modda hosil bo’lishi bilan boradigan reaksiyalar – ohirigacha boradigan reaksiyalar.
(NH4)2SO4 + 2NaOH → Na2SO4 + 2NH3↑ + 2H2O molekulyar tenglama
2NH4+ + SO42- + 2Na+ + 2OH- → 2Na+ + SO42- + 2NH3 + 2H2O ionli tenglama
2NH4+ + 2OH- → 2NH3 + 2H2O qisqa ionli tenglama.

Download 0.52 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   44




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2022
ma'muriyatiga murojaat qiling