Atom tuzilishi va tarkibi


Kimyoning asosiy tushuncha va qonunlari


Download 0.52 Mb.
bet8/44
Sana10.09.2022
Hajmi0.52 Mb.
#803676
1   ...   4   5   6   7   8   9   10   11   ...   44
Bog'liq
Telegramm lekciya
Milliy istiqlol va O`zbekistonda madaniy taraqqiyot. Mavzu rejas, Milliy istiqlol va O`zbekistonda madaniy taraqqiyot. Mavzu rejas, limitlar , Doc2, Eritmalar, Askarova Dilnoz, Askarova Dilnoz, Yangi va eng yangi davr falsafasi, RUS TILI YAKUNIY JAVOBLARI(1), 1, INFORMATIKA 2 JAVOBLARI, kalit, Норбердиев Ш, Funksiya va uning grafigini pedagogik texnalogiyalar orqali o`qi, Kvadrat tenglamaga doir masalalar 499 yilda uchragan
Kimyoning asosiy tushuncha va qonunlari.
I.Kimyoning asosiy tushunchalari.
Atom – kimyoviy elementning oddiy va murakkab moddalar molekulasi tarkibiga kiruvchi eng kichik zarrachasidir.
Atom – musbat zaryadlangan yadro va uning atrofida aylanib yuruvchi manfiy zaryadlangan elektronlardan iborat elektroneytral zarracha.
Molekula – ayni moddani kimyoviy hossalarini o’zida saqlovchi eng kichik zarracha. M; kislorod – O2,vodorod – H2,azot – N2
Kimyoviy element –”element” so’zi tarkibiy qism degan manoni anglatadi.Yadro zaryadlari bir xil bo’lgan atomlarning muayyan turi kimyoviy element deyiladi.Hozirgi kunda 118 ta kimyoviy element bor.
Oddiy moddalar – bir element atomlaridan tuzilgan moddalar.
M; O2,Fe,S,C,P,H2,
Murakkab moddalar – bir nechta element atomlaridan tuzilgan moddalar.
M; KCl, H2O, KMnO4, SO2
Moddaga xos xususiyatlar.

Rang,zichlik,agregat xolat (gaz,qattiq,suyuq),qaynash va suyuqlanish temperaturasi,eruvchanligi,allotropik shakl ko’rinishi,xidi kabi xususiyatlar.

Kimyoviy elementga xos xususiyatlar
Yadro zaryadi,oksidlanish darajasi,valentligi.
Modda bilan kimyoviy element farqi;
Elamant haqida gap boradi;
Kimyoviy element birirkmalar tarkibiga kirishi ham,erkin holatda ajralib chiqishi ham mumkin.
M; HgO tarkibida kislorod bor
Temir zang tarkibiga kiradi.
Oddiy modda haqida gap boradi;
Kislorod bilan nafas olamiz
Baliqlar suvda erigan kislorod bilan nafas oladi.
Temir magnitga tortiladi
Temirdan mix yasaladi.
Kimyoviy belgi – element lotincha nomining bosh harfi yoki bosh harfidan keying harflardan birini qo’shish orqali ifodalanadi.Kimyoviy belgi kimyo tilining alifbosi hisoblanadi.(1813-yil Berselius kimyoviy belgi tushunchasini fanga kiritgan)
M; lotincha Hidrogenium (Gidrogenium)-H vodorod
Hidrargirum (Gidrargirum)-Hg simob.

Download 0.52 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   4   5   6   7   8   9   10   11   ...   44




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2022
ma'muriyatiga murojaat qiling