Atrof muhitdagi noorganogen toksik elementlarni tasirida kechadigan o'zgarishlar


Download 24.12 Kb.
Sana11.11.2021
Hajmi24.12 Kb.

Atrof muhitdagi noorganogen toksik elementlarni tasirida kechadigan o'zgarishlar.

Ba’zi noorganogen elementlarning zaharli ta’siri. Kimyoviy elementlar

ikki turga organogen va noorganogenga farqlanadi:

1. Organogen elementlar — tirik organizmdagi moddalarga

tarkibiy qism sifatida kirib, ularning xossalarini belgilaydigan elementlar.

2. Noorganogen elementlar — tirik organizmlarda ma’lum miqdorda

saqlanadigan, ammo biron-bir biologik faol moddalar tarkibiga kirishi

hamda hayotiy jarayonlarda bevosita ishtirok etishi aniq bo‘lmagan

elementlar. Ularning organizmdagi miqdoirni birmuncha ko‘payishi

organizmga zaharlovchi ta’sir ko‘rsatishga olib keladi.

Ko‘pgina elementlar va ularning birikmalari uchun atrof-muhitda mavjud

bolishi mumkin bolgan hamda odam organizmiga zarar keltirmaydigan

miqdori aniqlangan. Bu kattalik element mavjud bo`lishining chegara konsentratsiyasi

(ChK) deb ataladi. Elementlarning bu qiymat chegarasidan ortib ketishi ekologik

xavfli muhit kelib chiqishiga olib keladi.

Elementlarning zaharli ta’siri ularning atom tuzilishiga, endogen

komplekslanish xossalariga, organizmda depolanish xususiyatiga va boshqa

qator omillarga bog‘liq. Umuman olganda odam organizmiga ozuqa moddalari,

suv va havo orqali doimiy ravishda turli element birikmalari tushib turadi.

Ularning miqdorlari ChK dan kam bo‘lganligi sababli organizmga deyarli zarar

ko‘rsatmaydi. Ammo ularning miqdori ortib borishi zaharlanish hollarining

kelib chiqishiga sabab bo‘ladi. O‘z-o‘zidan tushunarliki ularning miqdori

qanchalik yuqori bo‘lsa, salbiy ta’sir oqibati ham shunchalik og‘ir bo‘ladi.

Elementlar ta’sir effektining ular miqdoriga bog‘liqligi shu element

birikmalarini tibbiyotda qo‘llash imkoniyatini yaratadi. Jumladan, tarkibida

noorganogen elementlar saqlovchi moddalarni kam miqdorlari turli kasalliklarni

davolashda qo‘llanishi odam organizmi zaharlanishiga olib kelmasligiga

asoslangandir. Ammo ana shu miqdor kasalliklar chaqiruvchimikroorganizmlarning

o‘sishi va ko‘payishini to‘xtatish hamda ularni nobud qilishga yetarli bo‘ladi.

Organogen va noorganogen elementlarning miqdoriga bog‘liq bo‘lgan

zaharli ta’siri ularning organizmning tuzilish birliklariga (membrana, hujayra

organellalari, hujayra, to‘qima, azolar tuzilishi) buzuvchi omil sifatida ta’sir

etishi bilan belgilanadi. Shunga binoan elementlarning ta’sirini belgilashda

quyidagilardan foydalaniladi:

1) kritik effekt;

2) hujayra va azolar uchun kritik miqdor (konsentratsiya);

3) kritik azo.

Bu tushunchalar kimyoviy moddalarning ta’sirini oldindan aytib berish va uning

zaxarlovchi tabiatining oldini olishda katta ahamiyatga ega.

Kimyoviy modda yoki elementning zaharli ta’siri natijasida kuzatiladigan

har qanday salbiy o‘zgarishlar shu modda va elementning kritik effekti deb

ataladi. Hujayra faoliyatini anomal darajada buzilishiga olib keladigan

elementning eng kichik miqdori shu elementning hujayra uchun kritik miqdori

deyiladi. Bu anomal o‘zgarishlar qaytar va qaytmas tabiatga ega bo‘lishi

mumkin. Elementning miqdori kritik konsentratsiyadan qanchalik yuqori bo‘lsa,

hujayraning funksional buzilishi shunchalik kuchli bo‘ladi. Hujayraning nobud

bo‘lishiga olib keladigan elementning eng kichik miqdori hujayra uchun letal

(o‘lim chaqiradigan) miqdor deb ataladi.

Elementning azolar faoliyati buzilishiga olib keladigan eng kichik miqdori

aynan shu azo uchun kuzatiladigan kritik miqdori deb ataladi.

Aynan biror-bir sharoitda element ta’sirida kritik holat kelib chiqqan har qanday

azo - kritik azo deb ataladi. Shuni ham ta’kidlab o‘tish zarurki o‘zida tashqi

muhitdan tushgan elementning eng ko‘p miqdorini saqlaydigan har qanday azo

kritik tabiatga ega bo‘lavermaydi. Azolarning kritik tabiati ulardagi

jarayonlarning qay darajada o‘zgarganligi bilan belgilanadi. Kritik azolar yana

nishon-a`zolar deb ham ataladi. Masalan, organizmda simob miqdori ortsa turliazolar

zararlanadi. Ammo eng kuchli zararlanish buyraklarda kuzatilib,

ularning faoliyati keskin buziladi. Shu sabali simob ionlari uchun nishon-azo

buyraklar hisoblanadi.

Bariy. Bariyning birikmalari kimyo, to‘qimachilik va shisha ishlab chiqarish

sanoatida keng ishlatiladi. Uning eruvchan tuzlari nihoyatda zararlidir. Masalan,

BaCl2 uchun havodagi chegara konsentratsiyasi 0,4 mg/m3 ni tashkil etadi.

Bundan BaSO4 mustasno bo‘lib, uning eruvchanligi nihoyatda kichik, zichligi esa katta

(4,5 g/sm3 ) bo‘lganligi sababli u rentgenologiyada keng qo‘llaniladi.

Odam organizmidagi bariy tuzlarining miqdori 0,35 g dan ortsa lohaslik,

silliq mushaklar spazmi, qon tomirlarining torayishi oqibatida qon bosimining

ko‘tarilishi, yurak urishining tezlashuvi, aritmiya va boshqa kasalliklar kelib

chiqadi. O‘tkir gastroentrit va leykotsitoz kuzatiladi. Jigar hujayralari yog‘

to‘qimalariga aylana boshlaydi. Suyak tarkibidagi Ca2+

ionlarining miqdori

kamayib, Ba2+ miqdori ko‘payadi. Oqibatda suyaklar deformatsiyasi va

sinuvchanligi ortadi va bu holat bariyli raxit deb ataladi.

Stronsiy. Bu element tuzlarining zaharligi Ba2+ ga qaraganda biroz

kam bo‘ladi. Ammo shunga qaramasdan uning organizmda ko‘plab

yig‘ilishi (osteotrop element) suyaklar tarkibidagi Ca 2+ ning kamayishi va

Sr2+ ortishi (antogonistik ta’sirlashuv) hisobiga stronsiyli raxitni keltirib

chiqaradi. O‘z navbatida Ca2+ ionlari miqdorining ortishi Sr2+ ning

organizmdagi o‘zlashtirish miqdorining kamayishiga olib keladi.

Atom elektrostansiyalari ishlashi jarayonida radioaktiv stronsiy hosil

bo‘ladi va u organizmda yig‘ilib kamqonlik, leykoz (qon saratoni) va

boshqa turdagi saraton kasalliklarini keltirib chiqaradi. Shu bil an bir

qatorda 89Sr va 90Sr izotoplarining kichik miqdorlari tibbiyotda, jumladan

suyak saraton kasalliklarini davolashda ishlatiladi.

Kadmiy. Sanoatda yengil eruvchan qotishmalar olishda

(bosmaxonalarda) ishlatiladi. CdS fluorissensiyalashuvchi bo‘yoqlar

tarkibiga kiradi. Cd2+ uchun ChK suvda —10 mkg/l, tuproqda 200 mkg/kg,havoda esa

0,1 mg/m3 dan oshmasligi kerak. Odam organizmiga tushgan

Cd2+ ionlari asosan jigar va buyrakda yig‘iladi. Bu element antogonistik

ta’sirlashuv hisobiga organizmdagi Zn2+ va Ca2+ ionlarini keskin

kamaytiradi va rux hamda kalsiy etishmovchiligi natijasi hosil bo‘ladigan

kasalliklarni keltirib chiqaradi. Kadmiy fermentlardagi CH — guruhlar

bilan birikib endogen komplekslar hosil qiladi va fermentlar faolligini

kamaytirib yuboradi.

Bu element ta’siri ostida yurak-qon tomir sistemasi zararlanadi, turli

saraton kasalliklari kelib chiqadi, buyrak faoliyati buziladi. Ichak

sistemasiga (kapillyar yorilishi hisobiga) qon oqish hollari kuzatiladi.

Modda almashinuvi keskin buzilishi oqibatida jigar xujayralari yog‘

to‘qimalariga aylana boshlaydi. Kadmiy stomatologiyada plombalovchi

amalgamalar tarkibida qo‘llaniladi.

Simob. Bu element nihoyatda xavfli bo‘lib HgSO4 va HgCl2 ozuqa

mahsulotlari bilan organizmga tegishlicha 0,192 mmol/kg va 0,136

mmol/kg miqdorlarda kirishi oshqozon-ichak sistemasi, jigar, buyrak,

turli bezlarni faoliyatini buzib yuboradi va o‘lim chaqiradi. Hg ning

havodagi ChK si 1·10-5 mg/m3 dan oshmasligi kerak. Nafas yo‘llari bilan

organizmga kirgan simob buglari MNC ni zararlaydi. Simob bilan zaharlanish

oqibatida oshqozon-ichak sistemasida qattiq og‘riq paydo bo‘ladi, surunkali

qayd qilish kuzatiladi. Axlat bilan qon ajralib chiqadi. O‘tkir zaharlanish

oqibatida oshqozon va ichaklarda yaralar paydo bo‘ladi, hamda ularning chirishi

(nekrozi) kuzatiladi. Surunkali zaharlanishda teri sathidagi junlar (soch, qosh va

h. k.) to‘kilib ketadi, tishlar va tirnoqlar tushib ketadi. Biosferadagi simob

miqdorining ortishi bo‘qoq, yukumli kasalliklar, nafas va qon aylanish

sistemalarining hamda siydik yo‘llari, quloq, tomoq va burun xastaliklarining

ko‘payishiga sabab bo‘ladi.

Simob birikmalari tibbiyotda antiseptik moddalar sifatida teri va boshqa

tashqi azolar kasalliklarini davolashda qo‘llaniladi.HgO—teri (seboriya) va ko‘z

kasalliklarida (keratit, kon’yuktivit va

h. k.) 2 % li surtki dori sifatida ishlatiladi.

HgCl2 — juda kam miqdorlarda antiseptik modda sifatida teri kasalliklarini

davolashda qo‘llaniladi.

Hg2Cl2 — surtki dori sifatida blennoreya va ko‘z shox pardalari

kasalliklarida qo‘llaniladi.

Hg(CN)2·HgO—simob oksitsianid. Uning o‘ta suyultirilgan eritmalari

(1:5000—1:10000) dezinfeksiyalovchi modda sifatida blennoreya, gonoreya,

kon’yunktivitlar, sistitlar bilan kasallangan azolarni yuvishda ishlatiladi.

HgNH2Cl — simob amidoxlorid — antiseptik surtki dori sifatida teri

kasalliklarini (piodermiya va h. k.) davolashda foydalaniladi.

A l y u m i n i y . Uning suv havzalaridagi ChK— 0,016 mg/l, havodagi

ChK esa 0,5 mg/dm3 dan oshmasligi kerak. Aks holda u odam organizmga ko‘p

miqdorda tushadi va fosfat kislota qoldiqlarini saqlovchi biologik faol

moddalarning metabolizmini buzadi.

To‘qimalar metabolizmining energetik ta’minoti ATF/ADF nisbatlari bilan

bog‘liq bo‘ladi. Alyuminiy ionlari esa PO4

3- qoldiqlari bilan birikib

ATF↔ADF+Fn↔AMF+2Fn muvozanatini o‘ngga surilishiga olib keladi va

to‘qimalardagi modda almashinuvini buzilishiga sabab bo‘ladi. Jumladan, ATF

miqdorining kamayishi ichaklar orqali glyukozaning sorilishi hamda jigardagi

glikogen miqdori kamayishiga olib keladi. Organizmning o‘sishi va rivojlanishi

susayib ketadi.

Alyuminiy Mg2+ ionlariga antagonist bo‘lganligi sababli ribosomalarning

makrotuzilishini buzadi. Bu esa o‘z navbatida nuklein kislotalar sintezlanishiga

ta’sir etadi va saraton kasalliklarining shakllanishiga sabab bo‘ladi. Alyuminiy

miqdori juda ortib ketganda skeletlarda raxitsimon o‘zgarishlar kuzatiladi. U

to‘qima oksillari bilan barqaror ravishda birikib, ulardagi modda

almashinuvining buzilishiga olib keladi.Tibbiyotda KAl(SO4)2·12H2O shilliq qavatlar

kataraktasida qo‘llaniladi.

Bundan tashqari Al(OH)3 antatsid modda sifatida, Al(OH) (CH3COO)2 (Burov

suyuqligi) mexanik ezilgan to‘qimalarga kompress sifatida qo‘yiladi.

Qo‘rg o s h i n . Uning havodagi ChK —0,01 mg/m3 ni tashkil etadi.

Organizmga Pb(CH3COO)2 ning 145 mg/kg miqdorda tushishi o‘lim bilan

tugaydi. Nafas yo‘llari bilan o‘pkaga kirgan qo‘rg‘oshin buglari va shu element

saqlagan changlar butun o‘pka orqali so‘riladi. Bu jarayon bronxiola va

alveolalarda jadal ravishda amalga oshadi. O‘z navbatida ularning qon

sistemasiga o‘tadigan miqdori zarracha o‘lchamlariga bog‘liq bo‘ladi. Masalan,

zarra o‘lchami 0,65 mkm bo‘lsa 65±2 %, agar 0,75 mkm bo‘lsa, 46-57 %

qo‘rg‘oshin birikmalari qonga so‘riladi.

Organizmga tushgan qo‘rg‘oshinning asosiy miqdori qizil qon

tanachalarida va suyaklarda (4-50 %) yig‘iladi. Depolardagi Pb2+ uzoq vaqt

(hatto butun hayot davomida) saqlanib, u erdan qonga o‘tib organizm

zaharlanishining doimiy xavfini yaratadi.

Qon sistemasida qo‘rg‘oshinning asosiy miqdori qizil qon tanachalarining

membranasidagi SH, PO4 3- va boshqa guruhlar bilan birikadi va ularning

gemolizlanishiga sabab bo‘ladi. Suyaklardagi qo‘rg‘oshin iliklardagi qator

fermentlarning faolligini kamaytirish orqali gemoglobin tarkibiga kirgan porfirin

halqasi sintezlanishini susaytirib yuboradi va qo‘rg‘oshinli kamqonlikni

(plumbizm) keltirib chiqaradi. Suyaklardagi qo‘rg‘oshin miqdorining ortishi

Ca2+ ionlari miqdorining kamayishiga va suyaklar deformatsiyasining



kuchayishiga olib keladi.
Download 24.12 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2020
ma'muriyatiga murojaat qiling