Atsetelinni ishlab chiqarishda xavfsizlik choralari va gazlar bilan zaharlanganda birinchi y


Download 39.92 Kb.
Sana24.06.2020
Hajmi39.92 Kb.
#121311
Bog'liq
ATSETELINNI ISHLAB CHIQARISHDA XAVFSIZLIK CHORALARI VA GAZLAR BILAN ZAHARLANGANDA BIRINCHI YORDAM KO’RSATISH USULLARI


Abdilahadov Doniyor Vosiq o’g’li

Toshkent KimyoTexnologiya

Instituti 2-bosqich magistranti

Rahbar: Shomurotova Sh.



ATSETELINNI ISHLAB CHIQARISHDA XAVFSIZLIK CHORALARI VA GAZLAR BILAN ZAHARLANGANDA BIRINCHI YORDAM KO’RSATISH USULLARI

Mexnat sharoitini yaxshilash Davlatimizning amalga oshirayotgan asosiy muxim ijtimoiy vazifalaridan biridir, shuning uchun korxonalarda bu vazifani amalga oshirish uchun quyidagilarga katta e’tibor beriladi:



  • Normal sanitar-gigiena sharoitni ta’minlash;

  • Qo‘l kuchi bilan bajariladigan mexnatni minimallashtirish;

  • Aqliy mexnat rolini oshirish;

  • Jaroxatlanish va turli shkaslanishlarini oldini olish;

  • Charchash-toliqish kasb kasaliklarini keltirib chiqaruvchi omillarni bartaraf etish;

  • O‘z vaqtida va to‘laqonli dam olishni, ya’ni mexnat kobiliyatini tiklash sharoitlarni yaratish va x.k.

Yuqoridagi fikrlarni nazarda tutib, atsetilenni ishlab chiqarishda xavfsizlik choralari xamda zaxarli moddalar bilan zaxarlanganda ko‘rsatiladigan birinchi tibbiy yordam masalalariga e’tibor berishni maqsad qilib, «NAVOIYAZOT» AJ  korxonasida atsetilenni olish jarayonini ko‘rib chiqdik. Tayyor mahsulot 98,8% xajmli atsetilen boshqa sexlarga, ya’ni akril kislotasining nitrilini xamda atsetaldegid olishga, xamda ballonlarda tayyor mahsulot sifatida ishlab chiqariladi.

Atsetilen olishda xom ashyo sifatida tabiiy gaz va texnik kislorod ishlatiladi. Ish joylaridagi havodagi YQBCHK -300mg/m3 YUqori konsentratsiyada tabiiy gaz narkotikga o‘xshab ta’sir ko‘rsatadi. Texnologik jarayon davomida piroliz gazlari, sintez gazlari tarkibidaga uglerod oksidi miqdorini doimiy nazorat qilib borish kerak, chunki u zaxarli gaz bo‘lib, ish zonasi havo muxitidagi YQBCHK - 20 mg/m3. Shu gazlarni havo muxitidagi miqdorini tezkorlik bilan aniqlash uchun hozirgi zamonaviy quyidagi ANKAT-7664Mikro ko‘p funksiyali, SGG-20Mikro rusumli gazanalizatorlarni taklif qilgan bo‘lar edik.

Ular yordamida zaxarli moddalarning konsentratsiyasi tezda aniqlanib, choralar ko‘riladi bu esa ishchi xodimlarning zaxarlanishini oldini oladi va korxona iqtisodiyotiga zarar etkazilmaydi.

Ishchi xodimlarning xavfsizligini ta’minlash maqsadida ular kaska, maxsus kiyim va maxsus oyoq kiyimlar bilan ta’minlanishi zarur, bularga ish joyida maxsus paxta matoli kiyimlar, uglerod oksididan himoyalash uchun “M” rusumli filtrli gazniqob, erituvchining bug‘laridan himoyalash uchun “A” rusumli gazniqob, himoya ko‘zoynagi, gazdan himoyalash uchun maskalar kiradi.

Toksik va agressiv moddalar bilan ishlashda ishchi xizmatchilar qo‘lqop, rezinali qo‘lqop, fartuk va himoya щiti xamda rangsiz shishali ko‘zoynaklar bilan ta’minlanishi shart. Korxonada havo muxiti nazorat qilib boriladi xamda havo muxitini normal xolatga olib kelish vositalari sifatida uzatuvchi-so‘ruvchi vetilyatorlar ishlatiladi, bo‘limdagi havo muxiti avtomatik tarzda nazorat qilinadi, agar o‘zgarishlar bo‘lsa signal ishlab ketishi nazarda tutilgan.

Kimyoviy omillardan himoya vositalari sifatida xamma jixozlarning germetik mustaxkamkamligi, so‘ruvchi ventilyatorlar o‘rnatilganligi, ishlab chiqarish binosining havo muxitida zaxarli moddalarning miqdori ko‘payib ketsa avtomatik tarzda nazorat olib borilishi, jixozlar uzoqdan turib boshqarilishi xamda xavfsizlik belgilari kerakli joylarga o‘rnatilishi talab etiladi.

Korxonadagi xar bir ishchi xodim xavfli vaziyat tug‘ilganda jabrlanganlarga birinchi tibbiy yordam ko‘rsatish usullarini bilishi kerak,

birinchi yordam qay darajada to‘g‘ri va tez berilganliga qarab jabrlanganning hayoti va odatdagidek keyingi davolanishning natijasiga bog‘liq bo‘ladi.

Masalan piroliz gazlari – kuchsiz xususiy hidi bilan rangsiz gaz, havodan engil, umumiy zaharlantirish ta’siri bor (uglerod oksidi). Ular bilan zaxarlanganda bosh og‘rig‘i, peshanada va chakkada og‘rik, quloqlarda shovqin, ko‘zda pirpirash paydo bo‘ladi.Konsentratsiya 1000 mg/m3dan oshgani taqdirda nafas olinishi va qon aylanishi to‘xtatilishiga keltiradigan umumiy zaharlanish ro‘y berishi mumkin. Bunda jabrlangan toza havo, kislorod bilan nafas olishi, to‘liq dam olishi zarur. Xushidan ketgan taqdirda – nashatir spirti qo‘llanadi, ko‘krak va yuz ustidan sovuq suvni sachrash kerak, tanni ishqalash kerak.Nafas olishni keskin zaiflanishi yoki to‘xtatilishi taqdirda sun’iy nafas beriladi. Himoya vositalari sifatida “A”, “M” rusumli gazniqob, “PSH-1”, “PSH-2” shlangli gazniqoblari qo‘llanadi.

Agar havo muxitida Atsetilen konsentratsiyasi ortib ketsa jabrlanganlarni darhol toza havoga olib chiqib,sun’iy nafas beriladi.

Himoya vositalari sifatida “A” yoki “BKF” markali filtrli gazniqob, yuqori konsentratsiyalarda “PSH-1”, “PSH-2” markali shlangli gazniqoblari qo‘llanadi.

N-Metilpirrolidon – o‘ziga xos xidi bilan rangsiz suyuqlik, suvda va organik erituvchilarda engil eruvchan. Ishlab chiqarish xonalari havosida N-Metilpirrolidonning aerozolning YQBCHK - 100 mg/m3. Uning suyuqlik va bug‘lari shilliq qatlamlarga va teriga quzg‘atuvchi ta’sir qiladilar. Kichik konsentratsiyalarning surunkali ta’sirida – markaziy asab tizimining funksiyalarini katta bo‘lmagan buzilishlariga olib keladi. N-Metilpirrolidon teriga, ko‘zga tushganda suvning qattiq oqimi bilan yuvish kerak.Himoya vositalari sifatida rezinali qo’lqoplar, maxsus kiyim, maxsus poyafzallar kiyish kerak.



Demak xulosa qilib, shuni ta’kidlash kerakki kimyo sanoati korxonalarida havo muxitini nazorat qilishga katta axamiyat berilishi kerak, bu esa o‘z navbatida ishchi xodimlarni zaxarlanmasdan, kasb kasalligiga uchramasdan uzoq yil faoliyat yuritishiga olib keladi, natijada korxona moddiy zarar ko‘rmaydi. Ishimizda taklif etilgan ANKAT-7664Mikro  rusumli ko‘p funksiyali gazanalizatorlar tezkorligi va ixchamligi bilan ajralib turadi. Xavfli xolat yuzaga kelib, jabrlanganlarga birinchi tibbiy yordam ko‘rsatish usullarini bilish har bir xodim, ishchining muxim vazifalaridan biridir.
Download 39.92 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling