Attestatsiya 022 sinf


Download 79 Kb.
Sana17.06.2023
Hajmi79 Kb.
#1542810
Bog'liq
6-sinf attestatsiya


ATTESTATSIYA_2022_6_SINF

1.Quyidagi berilgan hukmdorlarni humronlik qilgan davlatlari bilan mos ravishda berilgan javobni aniqlang?


1.Diodot; 2.Antiox; 3.Vima Kadfiz
a)Yunon-Baqtriya; b)Kushon; c)Salavkiylar;
A) 1-a, 2-c, 3-b B) 1-a, 2-b, 3-c
C) 1-b, 2-c, 3-a D) 1-b, 2-a, 3-c
2.Qang’ davlati shaharlari qaysi daryo sohillari bo’ylab joylashgan?
A) Amudaryo B) Sirdaryo
C) Zarafshon D) Chirchiq
3.Davan davlati qachon yuksalgan?
A) mil. avv III-II asrlarda
B) mil. avv II asrda
C) milodiy II-I asrlarda
D) mil.avv II-I asrlarda
4.O’rata Osiyoda temir asrida “Vis”nima hisoblangan?
A) Qabilalar ittifoqi
B) Urug’ jamoasi
C) Hududiy qo'shnichilik jamoasi
D) Katta patriarxal oila
5.Quyidagilardan qaysi biri Yuliy Sezar davrida bo’lgan?
A) Rim emperatori va diktatori￾cheklanmagan hokimyatga ega hukumdorga aylandi
B) Uning o’limidan keyin rimliklar yirik bosqinchilik urushlarini olib borolmadilar
C) Imperiyaning shimoli-g’arbiy chegaralarida jangovar qabilalar paydo bo’ldi
D) Ispaniya Rimga qo’shib olindi
6.Quyidagilardan Qo’yqirilganqal’adan topilgan narsalarni aniqlang?
A) Mahalliy hukmdorning qarorgohi
B) 20 dan ortiq loy haykalchalar
C) Xum sirtiga bitilgan yozuv
D) Aylana shaklida qurilgan mustahkam ibodatxona qoldiqlar
7.Old Osiyoda ilk davlatlar qachon paydo bo’la boshlagan?
A) mil.avv 2-ming yillikda
B) mil.avv 5-ming yillikda
C) mil.avv 4-ming yillikda
D) mil.avv 3-ming yillikda
8.Quyidagilardan Mesopatamiyaga tegishli atamalarni toping?
A) Zikkurat, Mixxat, Mino
B) Plebey, Mino, Oykumena
C) Podsho tirsagi, Mino, Zikkurat
D) Kasta, Nomarx, Mixxat
9.Quyidagilardan Spitamen boshchilikdagi qo’shinni yengilishiga sabab bo’lgan omilni aniqlang?
A) Qo’shinlar ichidagi o’zaro kelishmovchiliklar
B) Baqtrayiklarning yordamga kelmaganligi
C) Kuchlar teng bo’lmaganligi
D) Kurashning uzoq davom etishi
10.Xorazmda joylashgan jonbozqal’a qaysi asrlarda shu hududning qadimiy shaxri bo’lgan?
A) mil.avv III-II asrlarda
B) mil.avv II-I asrlarda
C) milodiy III-II asrlarda
D) mil.avv IV-III asrlarda
11.Xapi qaysi davlat xudosi hisoblangan?
A) Yunoniston B) Mesopatamiya
C) Rim D) Misr
12.Quyidagilardan faqat suvhudosi hisoblanganlarini aniqlang?
A) ea, anaxita, xapi
B) ea, anaxita, ishtar
C) xapi, gelios, ea
D) anaxita, xapi, astar
13.Darik nomli tangalar qaysi hukumdor buyrug’iga ko’ra zarb qilingan?
A) Doro III B) Doro I
C) Kir II D) Kambiz II
14.Qaysi davlatda 12 jadvaldan iborat qonunlar toplami mavjud bo’lgan?
A) Yunonistonda B) Rimda
C) Misrda D) Bobilda
15.Aleksandr Makedonskiy Panjob o’lkasini bosib olgandan so’ng Maroqanda shaxrini egallaganmi?
A) Ha B) Yo’q
16.Yuliy Sezar nima uchun o’ldirilgan?
A) Sezarning cheklanmagan hokimyatidan senatorlarning norozi bo’lishi
B) Kleopatraga Rimning sharqiy qismini hadya qildi
C) Senatorlar hokimiyatini cheklagani uchun
D) Xristianlik dinini targ’ib qilgani uchun
17.Zamonbobo manzilgohi qaysi hududda joylashgan?
A) Xorazmda
B) Sirdaryo daryosi havzasida
C) Muzrabod tumanida
D) Zarafshon daryosi havzasida
18.Makedonskiy egallagan hududlarni belgilang?
1.Baqtriya; 2.Xorazm; 3.Marg’iyona; 4.Toshkent; 5.Hozirgi Bekobod; 6.Farg’ona; 7.Sirdaryo bo’ylari;
A) 1,3,5,6,7 B) 1,2,4,5,6
C) 2, 4,5,6,7 D) 2,3,4,6,7
19.Elam davlati qachon vujudga kelgan?
A) mil.avv II ming yillik
B) mil.avv I ming yillik
C) mil.avv III ming yillik
D) mil.avv IV ming yillik
20.Kanishka hukmronligi davrida hukmdor nomi ko’rsatilgan tanga zarb qilish boshlandi?
A) Ha B) Yo’q
21.Yunon donishmandi Geraklitga tegishli fikrni aniqlang?
A) O’z-o’zingni anglagin va bilgin
B) Yer yuzidagi hamma narsa ko’zga ko’rinmas mayda zarrachalar atomlardan tashkil topgan
C) Hamma narsa oqadi, hamma narsa o’zgaruvchandir
D) Insonda hech qanday ehtiyoj bo’lmasligi shart.
22.Salavkiylar davlatida strateg sulola vakillaridan saylanganmi?
A) ha B) yo’q
23.Chandragupta … Hindistondagi barcha davlatlarni o‘z tarkibiga olgan Maurya davlatiga asos slogan?
A) janub B) shimol
C) sharq D) g’arb
24.Xitoy va Sharqning boshqa mamlakatlari bilan bo‘lgan xalqaro savdoda muhim o‘rin tutgan davlat qachon yuksak taraqqiy etgan davlatga aylangan?
A) mil. avv. II-I asrlarda
B) mil. avv. III asrda
C) Miloddan avvalgi II asr oxirida
D) Milodiy III asrda
25.Misr davlati suriya va old osiyodan qimmatbaxo buyumlar va tosh olib kelganmi?
A) HA B) YO'Q
26.Quyidagilardan neolit davriga taalluqli bo'lgan ma'lumotlar to'g'ri berilgan javobni belgilang?
1. Loyadan yasalgan va olovda pishirlgan idishlarni yasash sohasi - kulolchilik ixtiro qilindi; 2. Ancha takomillashgan kesuvchi va arralovchi mehnat qurollari ixtiro qilindi; 3. Tiriklayin tutib olingan hayvonlar yegulik sifatida saqlab qo'yiladigan bo'ldi; 4. Mayda tosh qurollari - mikrolitlardan foydalana boshlandi; 5. Tolalar va jundan kiyim-kechak tayyorlash tarmog'i - to'quvchilik ixtiro qilindi;
A) 2,4,5 B) 1,2,4 C) 1,4,5 D) 1,3,5
27.Oktavian Avgust bilan bog’liq bo’lgan ma’lumotlarni toping?
1.Rim imperiyasining asoschisiga aylandi; 2. Rimda suv o’tkazish tizimini o’rnatdi; 3. Keng ko’lamda qurilish ishlari olib bordi; 4. Rimda ko’plab saroylar va ibodatxonalar bunyod etildi; 5. Xristianlarga ibodatxonalar qurish va oshkora ibodat qilish imkonini berdi;
A) 1,3,4 B) 1,2,5 C) 2,3,5 D) 2,4,5
28.Xorazm va sug’d yozuvi qaysi yozuv asosida vujudga kelgan?
A) Yunon B) Oromiy
C) Baqtriya C) Eftal
29.Antoniy va Kleopatra o’limidan qancha yil o’tib olimpiada to'xtatildi?
A) 424 yil B) 401 yil
C) 334 yil C) 309 yil
30.Strabon «Geografiya» nomli asarida Osiyo xalqlari haqida ma'lumotlar bormi?
A) Yo'q B) HA
31.Yegulik zaxiralari qaysi davirda vujudga keldi?
A) Neolit B) Eneolit
C) Mezolit D) So’ngi paleolit
32.Quyidagi berilganlardan mil.avv 140- 130-yillar oralig’ida bo’lib o’tgan voqeani aniqlang?
A) Yuechji qabilalari Yunon-Baqtriya davlatini bosib oldi
B) Yuliy Sezar Rimda hukumronlik qilgan
C) Salavkilar davlati parchalanib ketdi
D) Makedoniyalik Aleksandor O’rta Osiyoga harbiy yurushlar amalga oshirgan
33.Quyidagilardan Qadimgi Yunonistonga tegishli bo’lgan atamalarni aniqlang?
1. Agora; 2. Akropol; 3. Akveduk; 4. Periek; 5. Zikkurat; 6. Plebey; 7. Altar; 8. Ellin;
A) 1,2,4,8 B) 1,2,3,4
C) 1,2,5,7 D) 4,5,7,8
34.O‘troq turmush tarzi va mehnat qurollarining yanada takomillashishi jamoalarning dehqonchilikka o‘tib borishiga imkon yaratgan. Dehqonchilik va chorvachilikning rivojlanishi hunarmandchilikning shakllanishiga olib keldi.
A) To’g’ri B) Noto’g’ri
35.Diniy tasavvurlar qaysi davirda vujudga kelgan?
A) So’ngi paleolit B) Ilk paleolit
C) O'rta paleolit D) Mezolit
36.Neolit davrining muhim kashfiyot va ixtirolarini aniqlang?
1. Sopol idishlar; 2. Kulolchilik; 3; Mikrolit; 4. To’quvchilik;
A) 1,2 B) 2,4 C) 3,4 D) 1,4
37.Saroy devorlaridagi bo'rtma naqshlarda bo'ysundirgan ko'pgina elatlar vakillarining o'lpon keltirayotgan tasviri saqlanib qolgan shahar qaysi davlat hududida joylashgan?
A) Eron B) Turkiya
C) Hindiston D) Xitoy
38.Quyidagi tarixiy sana bilan bog'liq xato javobni ko'rsating?
A) mil. avv. 328-yilda Makedoniyalik Aleksandr bilan Spitamen o'rtasida hal qiluvchi jang bo'lib o'tgan
B) mil. avv. 146-yilda Karfagen rimliklar tomonidan butunlay vayron qilingan
C) mil. avv. 324-yilda Makedoniyalik Aleksandr Sharqqa yurish boshladi
D) 452-yilda vandallar Rimga bosqinchilik yurishini amalga oshirdi
39.Yunon-Baqtriya davlati hududiga kirga hududlar to'g'ri berilgan javobni aniqlang?
1. Toshkent; 2. Surxondaryo; 3. Farg'ona; 4. Qashqadaryo; 5. Zarafshon;
A) 2,3,4 B) 2,4,5 C) 1,2,5 D) 1,3,4
40.Quyidagilardan Ahamoniylar hukumdori Doro I hukumronlik qilgan asrda yashagan shaxsni belgilang?
A) Geradod B) Spartak
C) Fidiy D) Demosfen
41.Misrda quyosh xudosi Amon-Ra fravonlarning bosh ilohi va homeysi hisoblana boshlagan davirda quyidagilardan qaysilari sodir bo’lgan?
1. Qadimgi Xitoy hududida ilk davlatlar vujudga keldi; 2. Shummer Akkad davlati ko’chmanchi qabilalar hujumidan parchalanib ketdi; 3. Janubiy Yunoniston va krit orollarida ilk shahar va davlatlar vujudga keldi; 4. Hind daryosi vodiysida katta shaharlar vujudga kela boshladi;
A) 1,2 B) 2,3 C) 3,4 D) 1,4
42.Quyidagi voqealar to’g'ri xronalogik tartibda berilgan javobni aniqlang?
1. Kichik Osiyo markazida (Hozirgi Turkiya Hududida) Xetlar degan shimollik halqlar o’z davlatiga asos soldi; 2. Finikiyada 22 ta undosh harifdan iborat alifbo yaratildi; 3. Falastin hududida Isroyil podsholigi vujudga keldi; 4. Podsho Kiyaksar hukumronligi davrida Midiya davlati qudratli davlatga aylandi; 5.“Avesto”ning ilk qismi paydo bo’lgan;
A) 1,3,2,5,4 B) 1,2,3,4,5
C) 5,4,3,2,1 D) 2,3,1,5,4
43.Baqtriya hududini to'g'ri belgilang?
1. Tojikistonning janubi; 2. Zarafshon vohasi; 3. Afg'onistonning shimoli; 4. Qashqadaryo; 5. Surxon vohasi;
A) 1,2,3 B) 2,3,5 C) 1,3,5 D) 2,3,4
44.O'rta Osiyo xalqi temirdan qachondan boshlab foydalana boshladi?
A) Mil.avv. IX-VIII asrlar
B) Mil.avv. XIV-XIII asrlar
C) Mil.avv. IX-VII asrlar
D) Mil.avv. XIV-IX asrlar
45.Quyidagi berilgan hukmdorlar va ular bilan bog'liq ma'lumotlar mos ravishda to'g'ri berilgan javobni belgilang?
a) Filip II; b) Doro I;
1. O'zini yunonlar podshosi deb atadi; 2. O'rta Osiyo hududini bosib olishga harakat qilib ko'rgan dastlab Fors podshosi; 3. Hindistonga yurish qilishdan oldin qo'shinlarining orqa tomonini xavfszlantirish maqsadida Amudaryoning narigi tomonida yashovchi elatlarni bo'sundirishga qaror qildi; 4.Hukmronligining uchinchi yilida saklar ustiga yurish qildi;
A) a-2, b-4 B) a-1, b-4
C) a-1, b-3 D) a-2, b-4
46.Quyidagilardan Sopollitepa manzilgohidan topilgan topilma to'g'ri berilgan javobni belgilang?
A) Yirik humdon va arpa doni
B) Ilk shahar alomatlari
C) Bronzadan yasalgan mehnat qurollari
D) Qoyatosh rasmlari
47.O'troq turmush tarzi va mehnat qurollarining yanada takomillashishi natijasida qaysi jarayon sodir bo'lgan?
A) Mehnat unumdorligi oshdi
B) Jamoalar dehqonchlikka o'tib borishiga imkoniyat yaratib boriladi
C) Mahsulotlar yetishtirish taraqqiy etdi
D) Ekinzorlarni tez-tez almashtirish zaruratidan xalos qildi
48.Quyidagilardan Sug'diyona xalqi Aleksandr Makedonskiyga qarshi qo'zg'olon ko'targan paytda sug'dliklarga yordam berish uchun qaysi kimlar yetib kelganligi to'g'ri berilgan javobni belgilang?
1. Baqtriyaliklar; 2. Massagetlar; 3. Saklar; 4. Marg'iyonaliklar;
A) 1,3 B) 2,3 C) 1,4 D) 3,4
49.Barcha xudolar ibodatxonasi qayerda joylashgan?
A) Misr B) Bobil
C) Yunoniston D) Rim
50.Uchta qit'ani birlashtirgan davlat parchalangan asrda sodir bo'lgan voqeani belgilang?
A) Yunon-fors urushlari tugadi
B) Korinif ittifoqi paydo bo'lgan
C) Sodir bo'lgan zilzila oqibatida Olimpiyada o'yin maydoni vayron bo'ldi
D) Yunon-makedonlar Maroqandni egalladi
51.Qaysi urushdagi g'alabasi tufayli qadimgi Rimda Sezar nufuzi va obro'yi ortadi?
A) Galliyadagi zafarli urushda
B) Ispaniya bilan bo'lgan urushda
C) Misr bilan bo'lgan urushda
D) Germanlar bilan bo'lgan urushda
52.Quyidagilardan berilgan sarkardalar bilan bog'liq ma'lumotlar mos ravishda to'g'ri berilgan javobni belgilang?
a) Ganibal; b) Mark Krass;
1. Puni urushlarda qatnashdi; 2. Mil. avv. III asrda yashagan; 3. Tajribali Rim sarkardasi bo'lgan; 4. mil. avv. 202-yilda uning lashkari Zama shahri yaqinida rimliklar tomonidan tor-mor etildi; 5. Mil. avv. I asrda yashagan; 6. Spartak qo'zg'olonini bostirdi;
A) a-2,3,6; b-1,4,5
B) a-1,2,4; b-3,5,6
C) a-2,3,4; b-1,5,6
D) a-1,3,5; b-2,4,6
53.Quyidagilardan mezolit davrining oxiriga xos bo'lgan ma'lumot to'g'ri berilgan javobni belgilang?
A) Sopol idishlar yasalishi
B) Turar joylarning qurilishi
C) Hayvonlarni qo'lga o'rgatilishi
D) Sun'iy sug'orishga asoslangan dehqonchilik vujudga kelishi
54.Sezarning cheklanmagan hokimiyatidan norozi bo'lgan senator fitna uyushtirdimi?
A) Ha B) Yo'q
55.Quyidagilardan Yunon-Baqtriya (a) va Kushon davlat (b) davlatlarining hukmdorlari mos ravishda to'g'ri berilgan javobni toping?
1.Yevtidem; 2.Salavka; 3.Vima Kadfiz; 4.Xoriyen;
A) a-1, b-3 B) a-3, b-1
C) a-2, b-3 D) a-3, b-4
Download 79 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling