Аuditning mohiyati va rivojlanish tarixi


Download 353.08 Kb.
bet1/3
Sana28.12.2022
Hajmi353.08 Kb.
#1022949
  1   2   3
Bog'liq
Аuditning mohiyati va rivojlanish tarixi

Аuditning mohiyati va rivojlanish tarixi

Reja:


1. Auditning paydo bulishi va auditorlik xizmatini tashkil etish zaruriyati 2. Audit fanining maqsadi va vazifalari 3. Audit turlari. Audit va taftish ishlarini rejalashtirishni tashkil qilish 4. Audit utkazishning bosqichlari.
Auditning paydo bulishi va auditorlik xizmatini tashkil etish zaruriyati
Audit katta tarixga ega bulib, birinchi mustaqil auditorlar Yevropa aksioner kompaniyalarida XIX asrda faoliyat kursata boshlaganlar. «Audit» suzining tarjimasi «tinglovchi» ma’nosini anglatadi.
Auditning tarixiy vatani Angliya hisoblanadi. Chunki 1844 yilda Angliyada aksiyadorlik kompaniyalar tuyorisidagi qonunlar amalda qullanila boshlaydi, bunga kura aksioner kompaniya boshqaruvi 1 yilda kamida 1 marotaba buxgalteriya hisoblari va hisobotlarini tekshirish uchun maxsus mutaxasisni auditorni taklif qilishlari shart.
Auditor xizmatiga bulgan extiyoj quyidagi shart sharoitlar sababli paydo buldi:
•ma’muriyat tomonidan ob’ektiv bulmagan axborotlarni berilishi mumkinligi (korxona egalariga, investorlarga, kreditorlarga);
•qabul qilinadigan qarorlarning natijasi axborotning sifatiga boyolikligi;
•axborotni tekshirish uchun maxsus bilimlarning zarurligi.
Bu shart sharoitlar mustaqil ekspertlar xizmatiga bulgan jamoa extiyojining paydo bulishiga olib keldi. Shu mustaqil ekspertlar maxsus tayyorgarlikka, malakasiga, tajribaga va shu turdagi xizmatni amalga oshirish uchun ruxsatnomaga ega bulishni talab qilinar edi. Auditorlik xizmati bu vositachilik xizmati bulib, u moliyaviy axborotni xaqiqiyligini tasdiqlashdir.
Xaqiqiy axborotning mavjudligi moliyaiy hisobning samaradorligini oshirishga imkrn yaratadi hamda turli tuman iqtisodiy qarorlarning natijalarini baholash imkoniyatini beradi.
Auditor tekshiruvini majburiy bulmagan hollarda ham utkazish ahamiyatga ega. Bozor sharoitida korxonalar, kredit muassasalari va boshqa xujalik sub’ektlari mulki, pul mablag‘larini ishlatish, tijorat operatsiyalarini va investitsiyalarni jalb qilinishi buyicha shartnomaviy munosabatlarini amalga oshiradilar. Bu munosabatlarning ishonchliligi albatta moliyaviy axborotlardan foydalanish imkoniyati bilan boyolik. Axborotning aniqligini mustaqil auditorlar tasdiqlaydi.

Download 353.08 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
  1   2   3




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling