Auditorlik faoliyati to‘G‘risida


Download 163.27 Kb.
Pdf ko'rish
bet1/3
Sana20.05.2020
Hajmi163.27 Kb.
#108131
  1   2   3
Bog'liq
78-II-сон 26.05.2000


O‘ZBEKISTON RESPUBLIKASINING QONUNI

“AUDITORLIK FAOLIYATI TO‘G‘RISIDA”GI O‘ZBEKISTON RESPUBLIKASI QONUNIGA

O‘ZGARTISHLAR VA QO‘SHIMCHALAR KIRITISH HAQIDA

O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi qaror qiladi:

1992-yil  9-dekabrda  qabul  qilingan  “Auditorlik  faoliyati  to‘g‘risida”gi  O‘zbekiston

Respublikasi  Qonuniga  (O‘zbekiston  Pecpublikasi  Oliy  Kengashining  Axborotnomasi,  1993-yil,

№   1,  15-modda;  O‘zbekiston  Respublikasi  Oliy  Majlisining  Axborotnomasi,  1999-yil,  №   5,  124-

modda)  o‘zgartishlar  va  qo‘shimchalar  kiritilib,  uning  yangi  tahriri  tasdiqlansin  (ilova

qilinmoqda).

O‘zbekiston Respublikasining Prezidenti I. KARIMOV

Toshkent sh.,

2000-yil 26-may,

78-II-son

O‘ZBEKISTON RESPUBLIKASINING QONUNI

AUDITORLIK FAOLIYATI TO‘G‘RISIDA

(yangi tahriri)



1-modda. Auditorlik faoliyati to‘g‘risidagi qonun hujjatlari

Auditorlik  faoliyati  to‘g‘risidagi  qonun  hujjatlari  ushbu  Qonun  va  boshqa  qonun

hujjatlaridan iboratdir.

Oldingi tahrirga qarang.

Banklarni va boshqa kredit tashkilotlarini auditorlik tekshiruvidan o‘tkazishning o‘ziga

xos jihatlari O‘zbekiston Respublikasining Markaziy banki tomonidan belgilanadi.

(1-moddaning  ikkinchi  qismi  O‘zbekiston  Respublikasining  2013-yil  30-apreldagi  O‘RQ-352-sonli

Qonuni tahririda — O‘R QHT, 2013-y., 18-son, 233-modda)

 LexUZ sharhi

“O‘zbekiston  Respublikasida  banklarni  auditorlik  tekshiruvi  to‘g‘risida”gi  Nizom  (ro‘yxat  raqami

982, 04.11.2000-y.) va “Tijorat banklarining ichki auditiga Markaziy bank tomonidan qo‘yiladigan talablar

to‘g‘risida”gi Nizom (ro‘yxat raqami 992-1, 20.04.2004-y.)ga qarang.

Agar O‘zbekiston Respublikasining xalqaro shartnomasida O‘zbekiston Respublikasining

auditorlik  faoliyati  to‘g‘risidagi  qonun  hujjatlarida  nazarda  tutilganidan  boshqacha  qoidalar

belgilangan bo‘lsa, xalqaro shartnoma qoidalari qo‘llaniladi.



2-modda. Auditorlik faoliyati

Oldingi tahrirga qarang.

Auditorlik faoliyati deganda auditorlik tashkilotlarining auditorlik xizmatlari ko‘rsatish

bo‘yicha tadbirkorlik faoliyati tushuniladi.

(2-moddaning  birinchi  qismi  O‘zbekiston  Respublikasining  2013-yil  30-apreldagi  O‘RQ-352-sonli

Qonuni tahririda — O‘R QHT, 2013-y., 18-son, 233-modda)

Oldingi tahrirga qarang.

Auditorlik  xizmatlari  auditorlik  tekshiruvlarini  va  ushbu  Qonunning  17-moddasida

nazarda tutilgan professional xizmatlarni o‘z ichiga oladi.

(2-modda  O‘zbekiston  Respublikasining  2013-yil  30-apreldagi  O‘RQ-352-sonli  Qonuniga  asosan

ikkinchi qism bilan to‘ldirilgan — O‘R QHT, 2013-y., 18-son, 233-modda)

Davlat  hokimiyati  va  boshqaruvi  organlariga  auditorlik  faoliyatini  amalga  oshirish

taqiqlanadi.

Oldingi tahrirga qarang.

2 -modda. Auditorlik faoliyatining asosiy prinsiplari

Auditorlik  faoliyati  mustaqillik,  xolislik,  erkinlik,  professional  malakalilik  va  maxfiylik

prinsiplari asosida amalga oshiriladi.

1


(2 -modda  O‘zbekiston  Respublikasining  2007-yil  17-sentabrdagi  O‘RQ-110-sonli  Qonuni  bilan

kiritilgan — O‘R QHT, 2007-y., 37-38-son, 378-modda)

Oldingi tahrirga qarang.

2 -modda. Auditorlik faoliyati standartlari

Auditorlik faoliyati standartlari auditorlik tekshiruvini o‘tkazish, professional xizmatlar

ko‘rsatish va auditorlar ishining sifatini nazorat qilish tizimini tashkil etish tartibini belgilaydi.

Auditorlik  faoliyatining  milliy  standartlari  auditorlik  faoliyatini  amalga  oshirish

bo‘yicha yagona talablarni belgilaydi.

Auditorlik  tashkilotlari  auditorlik  tekshiruvini  o‘tkazishda  auditorlik  xizmatlari

ko‘rsatish  to‘g‘risidagi  shartnomaga  muvofiq  auditning  xalqaro  standartlarini  qo‘llashi

mumkin.


(2 -modda  O‘zbekiston  Respublikasining  2013-yil  30-apreldagi  O‘RQ-352-sonli  Qonuniga  asosan

kiritilgan — O‘R QHT, 2013-y., 18-son, 233-modda)

3-modda. Auditor

Auditor — auditor malaka sertifikatiga ega bo‘lgan jismoniy shaxsdir.



Oldingi tahrirga qarang.

Auditor mehnat shartnomasi bo‘yicha yoki fuqarolik-huquqiy shartnoma bo‘yicha faqat

bitta auditorlik tashkiloti bilan ishlashi mumkin.

(3-moddaning  ikkinchi  qismi  O‘zbekiston  Respublikasining  2007-yil  17-sentabrdagi  110-sonli

Qonuni tahririda — O‘R QHT, 2007-y., 37-38-son, 378-modda)

Auditor  auditorlik  tekshiruvini  sifatsiz  o‘tkazganligi,  tijorat  sirini  oshkor  etganligi

hamda  boshqa  xatti-harakatlari  oqibatida  auditorlik  tashkilotiga  zarar  yetkazganligi  uchun

qonun hujjatlariga muvofiq auditorlik tashkiloti oldida javobgar bo‘ladi.



Oldingi tahrirga qarang.

3 -modda. Auditorning malaka sertifikati

Auditorning  malaka  sertifikati  —  auditorning  malakasini  tasdiqlovchi  va  auditorlik

tashkiloti nomidan auditorlik xizmatlari ko‘rsatish huquqini beruvchi hujjat.

Auditorning malaka sertifikatini berish, qayta rasmiylashtirish, bekor qilish, uning amal

qilishini uzaytirish va tugatish tartibi maxsus vakolatli davlat organi tomonidan belgilanadi.

(3 -modda  O‘zbekiston  Respublikasining  2013-yil  30-apreldagi  O‘RQ-352-sonli  Qonuniga  asosan

kiritilgan — O‘R QHT, 2013-y., 18-son, 233-modda)

4-modda. Auditorning yordamchisi

Auditorning  yordamchisi  auditor  malaka  sertifikatiga  ega  bo‘lmagan  va  auditorlik

hisobotida, auditorlik xulosasida auditorning ekspert xulosasida hamda auditorlik tekshiruvini

o‘tkazish  bilan  bog‘liq  bo‘lgan  boshqa  rasmiy  hujjatda  imzo  chekish  huquqiga  ega  bo‘lmagan

tarzda  auditorning  topshirig‘iga  binoan  auditorlik  tekshiruvida  ishtirok  etayotgan  jismoniy

shaxsdir.

Auditor  yordamchisining  mehnat  shartlari  qonun  hujjatlarida  qayd  etilgan  tartibda

tuzilgan mehnat shartnomasi bilan belgilanadi.



 LexUZ sharhi

Batafsil  ma’lumot  uchun  O‘zbekiston  Respublikasi  Mehnat  kodeksining  VI-bobi  (77—87-

moddalari)ga qarang (“Mehnat shartnomasini tuzish”).

Auditorlik  tekshiruvini  amalga  oshirishda  olingan  ma’lumotlarni  oshkor  etmaslik

majburiyati auditorning yordamchisiga nisbatan tatbiq etiladi.

Oldingi tahrirga qarang.

Auditor  yordamchisi  sifatida  ishlangan  vaqt  auditorning  malaka  sertifikatini  olish

uchun zarur bo‘ladigan ish stajiga qonun hujjatlarida belgilangan tartibda qo‘shiladi.

(4-moddaning  to‘rtinchi  qismi  O‘zbekiston  Respublikasining  2013-yil  30-apreldagi  O‘RQ-352-sonli

Qonuni tahririda — O‘R QHT, 2013-y., 18-son, 233-modda)

5-modda. Auditorlik tashkiloti

1

2

2

1

1


Auditorlik  tashkiloti  auditorlik  faoliyatini  amalga  oshirish  litsenziyasiga  ega  bo‘lgan

yuridik shaxsdir.

Auditorlik tashkilotlari o‘z faoliyatini amalga oshirishda mustaqildir.

Auditorlik tashkilotlari vazirliklar, davlat qo‘mitalari, idoralari hamda boshqa davlat va

xo‘jalik boshqaruv organlari tomonidan tuzilishi mumkin emas.

Oldingi tahrirga qarang.

Davlat  hokimiyati  va  boshqaruvi  organlarining  mansabdor  shaxslari,  shuningdek

qonun  hujjatlariga  muvofiq  tadbirkorlik  faoliyati  bilan  shug‘ullanishi  taqiqlanadigan  boshqa

shaxslar auditorlik tashkilotlarining muassislari bo‘la olmaydilar.



 LexUZ sharhi

Qo‘shimcha  ma’lumot  uchun  O‘zbekiston  Respublikasi  Vazirlar  Mahkamasining  1992-yil  6-

martdagi 103-son “Tadbirkorlik faoliyati bilan shug‘ullanishi taqiqlangan mansabdor shaxslarning ro‘yxati

to‘g‘risida”gi qaroriga qarang.

(5-modda  O‘zbekiston  Respublikasining  2002-yil  13-dekabrdagi  447-II-sonli  Qonuniga  muvofiq

to‘rtinchi qism bilan to‘ldirilgan — Oliy Majlis Axborotnomasi, 2003-y., 1-son, 8-modda)

Oldingi tahrirga qarang.

Auditorlik tashkilotlari aksiyadorlik jamiyati ko‘rinishidan tashqari, qonun hujjatlarida

nazarda  tutilgan  istalgan  tashkiliy-huquqiy  shaklda  tuzilishi  va  o‘z  faoliyatini  quyidagi

majburiy shartlarga rioya etgan holda amalga oshirishi mumkin:



(5-moddaning  beshinchi  qismi  birinchi  xatboshisi  O‘zbekiston  Respublikasining  2014-yil  14-

maydagi O‘RQ-372-sonli Qonuni tahririda — O‘R QHT, 2014-y., 20-son, 222-modda)

Oldingi tahrirga qarang.

Oldingi tahrirga qarang.

auditorlik  tashkiloti  ustav  kapitalining  kamida  ellik  bir  foizi  mazkur  auditorlik

tashkilotining shtatdagi bir yoki bir necha auditoriga tegishli bo‘lishi kerak (auditorlik tashkiloti

—  chet  el  auditorlik  tashkilotining  filiali  yoki  sho‘ba  korxonasi  tuzilgan  hollar  bundan

mustasno). Auditor faqat o‘zi ishlaydigan bitta auditorlik tashkilotining muassisi (ishtirokchisi)

bo‘lishi mumkin;



(5-moddaning  beshinchi  qismi  ikkinchi  xatboshisi  O‘zbekiston  Respublikasining  2014-yil  14-

maydagi O‘RQ-372-sonli Qonuni tahririda — O‘R QHT, 2014-y., 20-son, 222-modda)

auditorlik  tashkilotining  shtat  birligi  tegishli  malakaga  ega  bo‘lgan  shtatdagi

auditorlarning eng kam soniga doir qonun hujjatlarida belgilangan talablarga muvofiq bo‘lishi

kerak;


(5-modda beshinchi qismining ikkinchi va uchinchi xatboshi O‘zbekiston Respublikasining 2007-yil

17-sentabrdagi O‘RQ-110-sonli Qonuni tahririda — O‘R QHT, 2007-y., 37-38-son, 378-modda)

Oldingi tahrirga qarang.

auditorlik tashkilotiga faqat mazkur auditorlik tashkiloti asosiy ish joyi bo‘lgan auditor

rahbar bo‘lishi kerak;

(5-moddaning  beshinchi  qismi  to‘rtinchi  xatboshisi  O‘zbekiston  Respublikasining  2013-yil  30-

apreldagi O‘RQ-352-sonli Qonuni tahririda — O‘R QHT, 2013-y., 18-son, 233-modda)

auditor tashkilotining qonun hujjatlarida nazarda tutilgan ustav kapitali mavjud bo‘lishi

kerak.

 LexUZ sharhi

Qarang: O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2018-yil 19-sentabrdagi PQ-3946-son “O‘zbekiston

Respublikasida auditorlik faoliyatini yanada rivojlantirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi qarori.

Auditorlik  tashkilotlari  O‘zbekiston  Respublikasi  Adliya  vazirligida  davlat  ro‘yxatidan

o‘tkazilishi  kerak.  Adliya  vazirligi  auditorlik  tashkilotlarining  davlat  reyestrini  yuritadi.

Ayditorlik  tashkilotlarini  davlat  ro‘yxatidan  o‘tkazish  va  auditorlik  tashkilotlarining  davlat

reyestrini yuritish tartibi qonun hujjatlari bilan belgilanadi.

 LexUZ sharhi


Batafsil ma’lumot uchun qarang: Vazirlar Mahkamasining 2017-yil 9-fevraldagi 66-son qarori bilan

tasdiqlangan  “Tadbirkorlik  subyektlarini  davlat  ro‘yxatidan  o‘tkazish  tartibi  to‘g‘risida  nizom”,  Vazirlar

Mahkamasining  2019-yil  13-martdagi  218-son  qarori  bilan  tasdiqlangan  Auditorlik  faoliyatini

litsenziyalash tartibi to‘g‘risida nizomning 9-bobi.

Oldingi tahrirga qarang.

Auditorlik  tashkilotlari  auditorlik  faoliyatini  auditorlik  xizmatlari  ko‘rsatish  to‘g‘risida

tuzilgan  shartnoma  asosida  amalga  oshiradi.  Auditorlik  xizmatlari  ko‘rsatish  to‘g‘risidagi

shartnoma faqat auditorlik tashkiloti javobgarligining sug‘urta polisi mavjud bo‘lgan taqdirda

tuziladi.

(5-moddaning  yettinchi  qismi  O‘zbekiston  Respublikasining  2013-yil  30-apreldagi  O‘RQ-352-sonli

Qonuni tahririda — O‘R QHT, 2013-y., 18-son, 233-modda)

Oldingi tahrirga qarang.

Oldingi tahrirga qarang.

Auditorlik  tashkiloti  boshqa  auditorlik  tashkilotining  muassisi  (ishtirokchisi)  bo‘lishi

mumkin emas.

(5-moddaning sakkizinchi qismi O‘zbekiston Respublikasining 2014-yil 14-maydagi O‘RQ-372-sonli

Qonuni tahririda — O‘R QHT, 2014-y., 20-son, 222-modda)

Auditorlik tashkilotining firma nomida “auditorlik tashkiloti” so‘z birikmasi ifodalanishi

va  mazkur  nom  boshqa  auditorlik  tashkilotlarining  firma  nomlari  bilan  adashtirib  yuborish

darajasida  bir  xil  yoki  ularga  o‘xshash  bo‘lgan  belgilar  bilan  ko‘rsatilmasligi  kerak.  Ushbu

modda  talablariga  javob  bermaydigan  yuridik  shaxs  o‘z  nomida  “auditorlik  tashkiloti”  so‘z

birikmasidan foydalanishga haqli emas.



(5-modda  O‘zbekiston  Respublikasining  2013-yil  30-apreldagi  O‘RQ-352-sonli  Qonuniga  asosan

sakkizinchi va to‘qqizinchi qismlar bilan to‘ldirilgan — O‘R QHT, 2013-y., 18-son, 233-modda)

6-modda. Auditorlik tashkilotining huquqlari

Auditorlik tashkiloti quyidagi huquqlarga egadir:

auditorlik  tekshiruvi  o‘tkazish  to‘g‘risida  qaror  qabul  qilish  uchun  xo‘jalik  yurituvchi

subyektning  ta’sis  hujjatlari  hamda  buxgalteriya  hisobi  va  moliyaviy  hisobot  hujjatlari  bilan

oldindan tanishib chiqish;

Oldingi tahrirga qarang.

auditorlik tekshiruvi o‘tkazish shakllari va usullarini mustaqil belgilash;



(6-moddaning  birinchi  qismi  O‘zbekiston  Respublikasining  2002-yil  13-dekabrdagi  447-II-sonli

Qonuniga  muvofiq  uchinchi  xatboshi  bilan  to‘ldirilgan  —  Oliy  Majlis  Axborotnomasi,  2003-y.,  1-son,  8-

modda)

auditorlik tekshiruvi o‘tkazilayotganda xo‘jalik yurituvchi subyekt amalga oshirayotgan

moliya-xo‘jalik  faoliyati  bilan  bog‘liq  hujjatlarni  to‘liq  hajmda  olish,  shuningdek  ushbu

hujjatlarda hisobga olingan har qanday mol-mulkning amalda mavjudligini hamda har qanday

majburiyatlarning amaldagi holatini tekshirish;

auditorlik  tekshiruvini  o‘tkazish  davomida  yuzaga  kelgan  masalalar  bo‘yicha  xo‘jalik

yurituvchi  subyektning  moddiy  javobgar  shaxslaridan  og‘zaki  va  yozma  tushuntirishlar  olish

hamda auditorlik tekshiruvi uchun zarur bo‘lgan qo‘shimcha ma’lumotlarni olish;

uchinchi  shaxslar  tomonidan  yozma  tasdiqlangan  axborotni  xo‘jalik  yurituvchi

subyektdan olish;

ishonchli  auditorlik  xulosasini  tuzish  uchun  zarur  bo‘lgan  barcha  axbopot  xo‘jalik

yurituvchi  subyekt  tomonidan  taqdim  etilmagan  taqdirda  auditorlik  tekshiruvi  o‘tkazishdan

bosh tortish;

auditorlik  tekshiruvini  o‘tkazishda  ishtirok  etishga  auditorlar  va  boshqa

mutaxassislarni belgilangan tartibda jalb etish.

Oldingi tahrirga qarang.

auditorlik  tekshiruvi  bilan  qamrab  olingan  davrda  xo‘jalik  yurituvchi  subyektga

professional xizmatlar ko‘rsatish, bundan buxgalteriya hisobini yo‘lga qo‘yish, tiklash, yuritish

va moliyaviy hisobot tuzish mustasno;



auditorlarning respublika jamoat birlashmasiga a’zo bo‘lib kirish;

(6-moddaning birinchi qismi O‘zbekiston Respublikasining 2007-yil 17-sentabrdagi O‘RQ-110-sonli

Qonuni asosida to‘qqizinchi va o‘ninchi xatboshilar bilan to‘ldirilgan — O‘R QHT, 2007-y., 37-38-son, 378-

modda)

Auditorlik  tashkiloti  qonun  hujjatlariga  muvofiq  boshqa  huquqlarga  ham  ega  bo‘lishi

mumkin.

7-modda. Auditorlik tashkilotining majburiyatlari

Auditorlik tashkiloti auditorlik faoliyati bilangina shug‘ullanishi mumkin hamda u:

auditorlik  faoliyatini  amalga  oshirayotganida  ushbu  Qonun  hamda  boshqa  qonun

hujjatlarining talablariga rioya etishi;

auditorlik  tekshiruvi  o‘tkazishga  doir  shartnoma  tuzishdan  oldin  buyurtmachining

talabiga binoan auditorlik faoliyatini o‘tkazish huquqini beruvchi tegishli litsenziyani, auditor

(auditorlar)ning malaka sertifikatini taqdim etishi;

xo‘jalik  yurituvchi  subyektning  so‘roviga  binoan  auditorlik  tekshiruvini  o‘tkazish

bo‘yicha qonun hujjatlarining talablari to‘g‘risidagi, auditorning e’tirozlari asoslanilgan qonun

hujjatlarining normalari to‘g‘risidagi axborotni taqdim etishi;

auditorlik tekshiruvini amalga oshirishda olingan axborotning maxfiyligiga rioya etishi;

Oldingi tahrirga qarang.

jinoiy 


faoliyatdan 

olingan 


daromadlarni 

legallashtirishga, 

terrorizmni

moliyalashtirishga va ommaviy qirg‘in qurolini tarqatishni moliyalashtirishga qarshi kurashish

to‘g‘risidagi qonun hujjatlari talablariga rioya etishi;

(7-moddaning  birinchi  qismi  O‘zbekiston  Respublikasining  2019-yil  15-yanvardagi  O‘RQ-516-sonli

Qonuniga  asosan  oltinchi  xatboshi  bilan  to‘ldirilgan  —  Qonun  hujjatlari  ma’lumotlari  milliy  bazasi,

16.01.2019-y., 03/19/516/2484-son)

auditorlik  hisobotida  moliyaviy-xo‘jalik  operatsiyalarining  qonuniyligi  buzilishi

faktlarini hamda ularni bartaraf etish yuzasidan takliflarni aks ettirishi;

Oldingi tahrirga qarang.

Oldingi tahrirga qarang.

auditorlik  xulosalari  va  hisobotlarining  nusxalari  auditorlik  tashkilotida  kamida  besh

yil saqlanishini ta’minlashi;

(7-moddaning  birinchi  qismi  yettinchi  xatboshisi  O‘zbekiston  Respublikasining  2013-yil  30-

apreldagi O‘RQ-352-sonli Qonuni tahririda — O‘R QHT, 2013-y., 18-son, 233-modda)

auditorlarning bir yilda bir marta malaka oshirish kurslaridan o‘tishlarini ta’minlashi;

auditorlik  tashkilotlarini  majburiy  reyting  baholash  uchun  auditorlarning  respublika

jamoat birlashmasi so‘roviga ko‘ra axborot taqdim etishi;



(7-moddaning birinchi qismi O‘zbekiston Respublikasining 2007-yil 17-sentabrdagi O‘RQ-110-sonli

Qonuni  asosida  yettinchi—to‘qqizinchi  xatboshilar  bilan  to‘ldirilgan  —  O‘R  QHT,  2007-y.,  37-38-son,  378-

modda)

Oldingi tahrirga qarang.

xo‘jalik  yurituvchi  subyektga  uning  mansabdor  shaxslari  va  boshqa  xodimlari  zarar

yetkazganligini aniq tasdiqlab turgan faktlarni aniqlagan taqdirda bu haqda xo‘jalik yurituvchi

subyektning  rahbariyatiga  (mulkdoriga)  ma’lum  qilishi  hamda  auditorlik  hisobotiga  tegishli

qaydni kiritishi shart. Zarur hollarda auditorlik tekshiruvining natijalarini ma’lum qilish uchun

qonun hujjatlarida belgilangan tartibda qatnashchilarning (aksiyadorlarning) umumiy yig‘ilishi

chaqirilishini talab qilishi;

 LexUZ sharhi

Qo‘shimcha  ma’lumot  uchun  O‘zbekiston  Respublikasi  “Aksiyadorlik  jamiyatlari  va

aksiyadorlarning  huquqlarini  himoya  qilish  to‘g‘risida”gi  Qonunining  65-moddasi  hamda  “Mas’uliyati

cheklangan hamda qo‘shimcha mas’uliyatli jamiyatlar to‘g‘risida”gi Qonunining 33-moddasiga qarang.

(7-moddaning birinchi qismi o‘ninchi xatboshisi O‘zbekiston Respublikasining 2013-yil 30-apreldagi

O‘RQ-352-sonli Qonuni tahririda — O‘R QHT, 2013-y., 18-son, 233-modda)

Oldingi tahrirga qarang.


auditorlar ishining sifati nazorat qilinishini ta’minlashi shart.

(7-moddaning  birinchi  qismi  O‘zbekiston  Respublikasining  2013-yil  30-apreldagi  O‘RQ-352-sonli

Qonuniga asosan o‘n birinchi xatboshi bilan to‘ldirilgan — O‘R QHT, 2013-y., 18-son, 233-modda)

Auditorlik tashkiloti zimmasida qonun hujjatlariga muvofiq boshqa majburiyatlar ham

bo‘lishi mumkin.

8-modda. Auditorlik tashkilotining javobgarligi

Auditorlik  tashkilotlari  auditorlik  tekshiruvi  buyurtmachilari,  xo‘jalik  yurituvchi

subyekt  va  moliyaviy  hisobotdan  boshqa  foydalanuvchilar  oldida  moliyaviy  hisobot  hamda

xo‘jalik yurituvchi subyektning boshqa moliyaviy axboroti to‘g‘risida noto‘g‘ri yakundan iborat

bo‘lgan auditorlik xulosasini tuzish oqibatida ularga yetkazilgan zarar uchun javobgar bo‘ladi.

Auditorlik  tekshiruvini  sifatsiz  o‘tkazganlik  yoki  lozim  darajada  o‘tkazmaganlik

oqibatida  xo‘jalik  yurituvchi  subyektga  va  (yoki)  auditorlik  tekshiruvining  buyurtmachisiga

yetkazilgan  zarar,  shu  jumladan  boy  berilgan  foyda,  qonun  hujjatlarida  belgilangan  tartibda

qoplanishi shart.

 LexUZ sharhi

Qo‘shimcha  ma’lumot  uchun  O‘zbekiston  Respublikasi  Fuqarolik  kodeksining  706-moddasiga

qarang.

9-modda. Auditorlik tekshiruvi

Oldingi tahrirga qarang.

Auditorlik  tekshiruvi  moliyaviy  hisobot  va  boshqa  moliyaviy  axborot  to‘g‘riligi  va

buxgalteriya  hisobi  to‘g‘risidagi  qonun  hujjatlariga  mosligini  aniqlash  maqsadida  xo‘jalik

yurituvchi  subyektning  moliyaviy  hisobotini  hamda  u  bilan  bog‘liq  moliyaviy  axborotini

auditorlik tashkilotlari tomonidan tekshirishdir

(9-moddaning  birinchi  qismi  O‘zbekiston  Respublikasining  2013-yil  30-apreldagi  O‘RQ-352-sonli

Qonuni tahririda — O‘R QHT, 2013-y., 18-son, 233-modda)

Auditorlik tekshiruvi majburiy va tashabbus tarzidagi shakllarda o‘tkaziladi.



Oldingi tahrirga qarang.

Auditning xalqaro standartlari asosida amalga oshiriladigan auditorlik tekshiruvi ushbu

Qonunning 16-moddasida nazarda tutilgan cheklovlarga rioya etish sharti bilan o‘tkaziladi.

(9-modda  O‘zbekiston  Respublikasining  2013-yil  30-apreldagi  O‘RQ-352-sonli  Qonuniga  asosan

uchinchi qism bilan to‘ldirilgan — O‘R QHT, 2013-y., 18-son, 233-modda)

10-modda. Majburiy auditorlik tekshiruvi

Quyidagilar har yili majburiy auditorlik tekshiruvidan o‘tishi kerak:

aksiyadorlik jamiyatlari;

banklar va boshqa kredit tashkilotlari;

sug‘urta tashkilotlari;

Oldingi tahrirga qarang.

investitsiya  fondlari  hamda  yuridik  va  jismoniy  shaxslarning  mablag‘larini  jamlab

turuvchi boshqa fondlar hamda ularning investitsiya aktivlarini ishonchli boshqaruvchilar;

(10-modda  birinchi  qismining  beshinchi  xatboshi  O‘zbekiston  Respublikasining  2009-yil  9-

sentabrdagi O‘RQ-216-sonli Qonuni tahririda — O‘R QHT, 2009-y., 37-son, 403-modda)

manbalari yuridik va jismoniy shaxslarning ixtiyoriy badallari bo‘lmish xayriya fondlari

va boshqa ijtimoiy fondlar;

mablag‘larining hosil bo‘lish manbalari qonun hujjatlarida nazarda tutilgan, yuridik va

jismoniy  shaxslar  tomonidan  qilinadigan  majburiy  ajratmalar  bo‘lmish  budjetdan  tashqari

fondlar;


Oldingi tahrirga qarang.

ustav  fondida  davlatga  tegishli  ulush  bo‘lgan  xo‘jalik  yurituvchi  subyektlar  va  davlat

unitar korxonalari.

(10-moddaning  birinchi  qismi  sakkizinchi  xatboshisi  O‘zbekiston  Respublikasining  2013-yil  30-

apreldagi O‘RQ-352-sonli Qonuni tahririda — O‘R QHT, 2013-y., 18-son, 233-modda)


Oldingi tahrirga qarang.

fond va tovar birjalari.



(10-moddaning  birinchi  qismi  O‘zbekiston  Respublikasining  2013-yil  30-apreldagi  O‘RQ-352-sonli

Qonuniga asosan to‘qqizinchi xatboshi bilan to‘ldirilgan — O‘R QHT, 2013-y., 18-son, 233-modda)

Majburiy  auditorlik  tekshiruvining  buyurtmachisi  xo‘jalik  yurituvchi  subyekt  bo‘ladi.

Auditorlik tashkilotini tanlash xo‘jalik yurituvchi subyekt mulkdori, shuningdek qatnashchilari

(aksiyadorlari)ning umumiy yig‘ilishi bilan kelishib olinadi.



Oldingi tahrirga qarang.

Qonun  hujjatlariga  muvofiq  o‘tkaziladigan  majburiy  auditorlik  tekshiruvidan  bosh

tortish  xo‘jalik  yurituvchi  subyektning  mansabdor  shaxsiga  nisbatan  ma’muriy  jazo

qo‘llanilishiga  sabab  bo‘ladi.  Xo‘jalik  yurituvchi  subyektning  mansabdor  shaxsiga  nisbatan

ma’muriy  jazo  qo‘llanilganidan  keyin  kalendar  yil  tugaguniga  qadar  majburiy  auditorlik

tekshiruvini  o‘tkazishdan  bosh  tortish  xo‘jalik  yurituvchi  subyektdan  bazaviy  hisoblash

miqdorining  ellik  baravaridan  yuz  baravarigacha  miqdorda  jarima  undirishga  sabab  bo‘ladi.

Xo‘jalik  yurituvchi  subyektning  oxirgi  hisobot  sanasidagi  joriy  aktivlari  summasining  jami

yigirma  foizidan  ortiq  miqdorda  jarima  undirish  unga  undiriladigan  summani  undirish

to‘g‘risida  qaror  qabul  qilingan  kundan  e’tiboran  olti  oy  mobaynida  oyma-oy  bo‘lib  to‘lash

imkoni  berilgan  holda  amalga  oshiriladi.  Jarimaning  to‘lanishi  xo‘jalik  yurituvchi  subyektni

majburiy auditorlik tekshiruvidan o‘tishdan ozod qilmaydi.



(10-moddaning uchinchi qismi O‘zbekiston Respublikasining 2019-yil 3-dekabrdagi O‘RQ-586-sonli

Qonuni tahririda — Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasi, 04.12.2019-y., 03/19/586/4106-son)

 LexUZ sharhi

Qarang:  O‘zbekiston  Respublikasi  Ma’muriy  javobgarlik  to‘g‘risidagi  kodeksining  179 -moddasi.

Shuningdek,  qarang:  O‘zbekiston  Respublikasi  Vazirlar  Mahkamasining  2000-yil  22-sentabrdagi  365-son

qarori bilan tasdiqlangan “Majburiy auditorlik tekshiruvi o‘tkazilishidan bo‘yin tovlaganligi uchun xo‘jalik

yurituvchi subyektlardan jarima undirish tartibi to‘g‘risida”gi Nizomi

Download 163.27 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
  1   2   3




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling