Auditorlik riski va muhimlik darajasini aniqlash tartibi St- 91 Abdumo’minov Asomiddin


Download 0.56 Mb.
Sana26.04.2020
Hajmi0.56 Mb.
#101517
Bog'liq
Auditorlik riski va muhimlik darajasini aniqlash tartibi. Abdumo'minov A. ST-91. Mustaqil ish

Auditorlik riski va muhimlik darajasini aniqlash tartibi

St- 91 Abdumo’minov Asomiddin

O'zbekiston Respublikasi Adliya vazirligi tomonidan 1999 yil 3 sentyabrda 813-son bilan davlat ro'yxatidan o'tkazilgan

9-son Auditorlik milliy standartning maqsadi va vazifalari:

Mazkur standartning maqsadi-xo'jalik yurituvchi sub'ektni auditdan o'tkazish davomida yuzaga keladigan, auditdagi muhimlilik darajasini baholash masalalari bo'yicha auditorlik tashkilotining harakatlarini belgilash hisoblanadi.

Standartning vazifalari :

1. Auditda muhimlilik darajasi tushunchasini aniqlash va uni hisoblash tartibi.

2. Auditda risk tushunchasini va uning asosiy tarkibiy qismlarini aniqlash.

3. Auditorlik tashkilotlari ushbu tushunchalarni auditni amalga oshirish davomida foydalanib,rioya qilishlari shart bo'lgan yagona talablarni shakllantirish.

Muhimlilik tushunchasi

Auditda xo'jalik yurituvchi sub'ekt moliyaviy hisobotining ishonchliligiga sezilarli ta'sir ko'rsatadigan holatlar muhim holatlar deb tan olinadi.

  • Barcha muhim munosabatlarda moliyaviy hisobotning ishonchliligi deganda, moliyaviy hisobot ko'rsatkichlari aniqligining shunday bir darajasi tushuniladiki, bunda ushbu hisobotdan malakali foydalanuvchi bu asosida to'g'ri xulosalar chiqarishga va to'g'ri qarorlar qabul qilishga qodir bo'ladi. Axborotning muhimliligi — bu uning xususiyati bo'lib, u mazkur axborotdan oqilona foydalanuvchining qarorlariga ta'sir ko'rsatish imkoniyatiga ega bo'ladi.
  • Muhimlilik darajasi deganda, moliyaviy hisobot buzilishining chegaraviy belgisi tushuniladi, undan boshlab ushbu hisobotning malakali foydalanuvchisi uning asosida to'g'ri xulosalar chiqarish va to'g'ri qarorlar qabul qilishga qodir bo'lmay qoladi.

Muhimlilik darajasining mutlaq ahamiyatini aniqlaganda, auditor xo'jalik yurituvchi sub'ektning audit qilinadigan hisobotining ishonchliligini tavsiflaydigan eng muhim ko'rsatkichlarni asos sifatida qabul qilishi kerak, bundan keyin ular moliyaviy hisobotning bazaviy ko'rsatkichlari deb nomlanadigan xisobotni ishonchligini tavsiflaydigan eng muxim ko'rsatkichlarni asos sifatida qabul qilishi kerak.

  • Muhimlilik darajasining mutlaq ahamiyatini aniqlaganda, auditor xo'jalik yurituvchi sub'ektning audit qilinadigan hisobotining ishonchliligini tavsiflaydigan eng muhim ko'rsatkichlarni asos sifatida qabul qilishi kerak, bundan keyin ular moliyaviy hisobotning bazaviy ko'rsatkichlari deb nomlanadigan xisobotni ishonchligini tavsiflaydigan eng muxim ko'rsatkichlarni asos sifatida qabul qilishi kerak.

Auditorlik riski tushunchasi

Auditorlik riski — auditorlik tekshiruvi yakunlari bo'yicha auditor tomonidan sub'ektiv ravishda aniqlanadigan, moliyaviy hisobotning ishonchliligi tasdiqlanganidan keyin aniqlanmagan muhim buzilishlar bo'lishi mumkinligini e'tirof etish yoki aslida bunday buzilishlar moliyaviy hisobotda bo'lmasada, unda muhim buzilishlar mavjud bo'lishi mumkinligini e'tirof etish ehtimolligidir.

Auditorlik riski o'z ichiga uchta tarkibiy qismni oladi:

Auditorlik riski o'z ichiga uchta tarkibiy qismni oladi:

1. Ajralmas risk;

2. Nazorat riski;

3. Moliyaviy hisobotdagi xatolar va buzilishlarni aniqlamaslik riski.

Ajralmas risk

Ajralmas risk balans yoki operatsiyalar toifasining moddiy xarakterga ega bo'lgan buzilishlarga moyilligidan iboratdir. Ajralmas riskka buxgalteriya balansi yoki operatsiyalar toifasining xarakteri ta'sir ko'rsatadi.

  • Ajralmas riskni baholash auditorning mijoz faoliyati xususiyatlarini, uning tashkiliy tuzilishini va korxonani boshqarish tavsifnomalarini bilishiga asoslanadi.
  • Auditning umumiy rejasini tayyorlashda, auditor o'z kasbiy malakasidan foydalanib, balans moddalari va moliyaviy hisobot ko'rsatkichlariga nisbatan ajralmas riskni baholashi kerak.
  • Ajralmas riskni baholashda auditor o'tgan yillar auditi materiallaridan foydalanishi mumkin, bunda u ana shu baholangan riskning tekshirilayotgan yil uchun ham to'g'riligiga ishonch hosil qilishi kerak.

Ajralmas riskka quyidagi omillar ta'sir ko'rsatishi mumkin:

Ajralmas riskka quyidagi omillar ta'sir ko'rsatishi mumkin:

1. Oddiy hisob-kitoblarga qaraganda murakkab hisob-kitoblarda moddiy jihatdan buzib

ko'rsatish ehtimolining darajasi katta bo'ladi.

2. Naqd pullar o'g'irlanishga moyil bo'ladi.

3. Nisbatan barqaror haqiqiy ma'lumotlardan iborat bo'lgan schyotlarga qaraganda smeta taxminlaridan kelib chiqadigan summalardan iborat bo'lgan schyotlar riskning yuqori darajasini yuzaga keltiradi.

4. Texnologik yutuqlar zaxiralarning sezilarli oshishiga sabab bo'lib, har qanday muayyan mahsulotni eskirgan mahsulotga aylantirishi mumkin.

5. Inqiroz holatidagi tarmoqda bo'lgan va biznesda ko'pgina muvaffaqiyatsizliklarga uchragan hamda yetarli darajadagi oborot kapitali ega bo'lmagan mijozning kompaniya rahbariyati moliyaviy hisobotni buzib ko'rsatishga moyilligi bo'ladi.

Nazorat riski

Nazorat riski xo'jalik yurituvchi sub'ektda mavjud bo'lgan va muntazam ravishda qo'llanadigan buxgalteriya hisobi tizimi va ichki nazorat tizimi vositalari alohida olingan yoki umumiy holatda jiddiy buzilishlarni o'z vaqtida aniqlamasligi va ularni tuzatmasligi va (yoki) bunday buzilishlarning paydo bo'lishiga to'sqinlik qilaolmaslik ehtimolini ifodalaydi.

Nazorat riski xo'jalik yurituvchi sub'ektning buxgalteriya hisobi tizimi va ichki nazorat tizimining ishonchlilik darajasini tavsiflaydi.

Auditor o'z kasb malakasidan foydalanib, audit davomida xo'jalik yurituvchi sub'ektning nazorat tizimini, nazorat muhitini va alohida nazorat vositalarini baholashi shart.

Nazorat vositalari riskini baholash uchun auditor nazorat vositalarini test sinovidan o'tkazishi kerak.

Nazorat vositalarini test sinovidan o'tkazish quyidagilardan iborat:

Nazorat vositalarini test sinovidan o'tkazish quyidagilardan iborat:

1. Moliya-xo'jalik operatsiyalarini o'tkazishni aks ettiradigan hujjatlarni tekshirish va shu munosabat bilan auditorlik dalillarini olish nazorat vositalarining yetarli tarzda faoliyat ko'rsatganligini aniqlash.

2. To'g'ridan-to'g'ri hujjatlar bilan tasdig'ini olish imkoni bo'lmagan hollarda, nazorat vositalarining faoliyat ko'rsatishiga oid auditorlik dalillarini olish maqsadida operatsiyalarni rasmiylashtirish ustidan kuzatuvlar va so'rovnomalar o'tkazish.

3. Nazorat vositalarining ish qobiliyati to'g'risidagi ma'lumotlarni olish uchun boshqa auditorlik tartib-taomillarining natijalaridan foydalanish.

  • Nazorat riskini baholashda auditor, o'tgan yillar auditining materiallaridan foydalanishi mumkin,bunda u ana shu tegishli nazorat vositalari uchun o'tgan yillarda baholangan riskning tekshirilayotgan yil uchun ham to'g'riligiga ishonch hosil qilishi kerak.
  • Nazorat riskini baholash natijalarini auditor auditning umumiy rejasida aks ettirishi kerak.

Aniqlamaslik riski

  • Aniqlamaslik riski auditor tomonidan sub'ektiv ravishda aniqlanadigan ehtimollik bo'lib, auditor tekshiruv davomida qo'llaydigan auditorlik tartib-taomillari buxgalteriya hisobi va moliyaviy hisobotda haqiqatda mavjud bo'lgan, alohida olinganda yoki umumiy holatda muhim xarakterga ega bo'lgan xatolar va buzilishlarni aniqlash imkonini bermasligini ifodalaydi.
  • Aniqlamaslik riski auditor ishi sifatining ko'rsatkichi bo'lib, auditor malakasiga va o'tkazilayotgan auditorlik tekshiruvining xususiyatlariga bog'liqdir.
  • Auditor, ajralmas va nazorat risklarini baholash asosida o'z ishida yo'l qo'yiladigan aniqlamaslik riskini aniqlashi va aniqlamaslik riskini iloji boricha kamaytirishni hisobga olgan holda tegishli auditorlik tartib-taomillarini rejalashtirishi shart.

Auditorlik riskining darajasi bilan muhimlilik o'rtasida teskari aloqa mavjud

  • muhimlilik
  • darajasi qancha yuqori bo'lsa, auditorlik riski shuncha past bo'ladi va aksincha.

    Agarda auditorlik tartib-taomillari rejalashtirilganidan keyin auditor muhimlilikning maqbul darajasini past deb qaror qabul qilsa, u holda auditorlik riski ko'tariladi. Auditor buni quyidagi yo'llar bilan aniqlashi kerak bo'ladi:

    - imkoni bo'lganda nazoratning chuqurlashtirilgan yoki qo'shimcha testlarni o'tkazish yo'li bilan pasaytirilgan darajani saqlash orqali nazorat riskining baholanayotgan darajasini

    pasaytirish,;

    - mustaqil (asosiy) tartib-taomillar darajasi, vaqti va xarakterini modifikatsiyalash yo'li

    bilan aniqlamaslik riskini kamaytirish orqali.


Download 0.56 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling