AUDITORLIK TEKSHIRUVI VAQTIDA ICHKI NAZORAT TIZIMINI O’RGANISH HAMDA BAHOLASH Tekshiriladigan korxona (mijoz) faoliyatini o’rganish (bayon qilish). Auditorlik tekshiruvni rejalashtirish tekshiriladigan korxona faoliyatini batafsil o’rganishdan boshlanadi. Auditor korxona faoliyatini o’rganishdan ikkita maqsadni ko’zlaydi: a) audit o’tkazishni osonlashtirish va sifatini oshirish; b) tekshiriladigan korxona iqtisodini yaxshilashga qaratilgan amaliy maslahat yordami ko’rsatish. Tashqi omillarga mijoz faoliyat qiladigan tarmoq, mamlakatdagi iqtisodiy holat kiritiladi. Korxonalarga nisbatan qo’llaniladigan qonunlar nafaqat mulkchilik shakllariga, balki qarorlar qabul qilish jarayonlarining tashkil etilishi va u yoki bu hujjatlarni imzolash uchun javobgar shaxslarning tarkibiga ham bog’liq. Auditor mulkchilik shakli va tuzilishini o’rganishi uchun quyidagi ma’lumotlarni to’plash zarur:
Buxgalterlik hisobining tashkil etilishini o’rganish (bayon qilish). Auditor korxonaning moliya-xo’jalik faoliyatini tekshirishni boshlashdan oldin buxgalterlik hisobi qanday tashkil etilganligi va yuritilayotganligini o’rganishi lozim.
Auditor xo’jalik faoliyatini tekshirishda quyidagilarni tahlil qilishi lozim
Korxonaning o’z ustav faoliyati va xo’jalik dasturining bajarilishi
Ustav kapitalini tashkil etishning to’g’riligi va uning o’z faoliyati maqsadlariga muvofiq ishlatilishi
mahsulotlarni etkazib berish bo’yicha shartnoma majburiyatlarining bajarilishini ishonarli, tezkor hisobga olishning tashkil etilishi, tayyor mahsulotlar etkazib berish majburiyatlarining belgilangan tartibga rioya qilinishi
Mahsulotlarni to’liq va o’z vaqtida etkazib bermaganlik natijasida ko’rilgan yo’qotishlar (jarimalar, peniyalar, neustoykalar va boshqalar)
Chiqarilayotgan mahsulotlarni yangilashga doir ko’zlangan tadbirlarning bajarilishi; mahsulot sifati ko’rsatkichlari, brak va sifatsiz mahsulot etkazib berganlik uchun ko’rilgan zararlar
Ichki firma yo’riqnomalari
Mahsulot chiqarish ritmi, ritmsiz ishlash sabablari, sutkalik grafiklar bajarilmasligi oqibatida ko’rilgan zararlar
Do'stlaringiz bilan baham: |