Auditorlik xizmati


Download 12.91 Kb.
Sana03.11.2023
Hajmi12.91 Kb.
#1744919
Bog'liq
Auditorlik xizmatii


Auditorlik xizmati – Kompaniya, korxona, tashkilot va boshqalarning moliya-xoʻjalik faoliyati holatini xolis tekshiruvchi firmalar. Bu firmalarning xizmatchilari belgilangan tartibda auditorlik faoliyati bilan shugʻullanish uchun huquqi boʻlgan va auditorlik kasbkor roʻyxati (reyestri)ga kiritilgan mutaxassislar boʻlib, auditorlar deb ataladi. Auditorlik xizmati xoʻjalik yurituvchi subyektlar bilan auditorlik firmalari urtasida tuziladigan shartnoma asosida amalga oshiriladi. Bunday firmalar Auditorlik xizmatini bajarish uchun tegishli kompaniya, korxona va tashkilotlar faoliyatini nazorat qiladigan davlat organlari (Oʻzbekistonda Adliya, Moliya vazirliklari)dan maxsus ruxsatnoma (litsenziya) oladilar. Auditorlik xizmatining asosiy vazifasi tekshirilayotgan korxonaning moliyaviy ahvoli toʻgʻrisida xolis xulosa berishdan iborat. Bu xulosa ushbu korxonaning faoliyati toʻgʻrisidagi yillik hisobotda shu korxonaning rasmiy balansi hamda foyda va zarari hisoblari bilan birgalikda qonun bilan belgilangan tartibda eʼlon qilinadi. Auditorlik xizmati xulosasi ijobiy yoki salbiy boʻlishidan qatʼi nazar korxonaning moliyaviy holatini tasdiklovchi mustaqil hujjat hisoblanadi. Auditorlik xizmati nazorat ishlari bilan birga maslahat xizmatlarini ham bajaradi.
Auditorlik xizmati birinchi marta 19-asrning 40-yillarida Angliyada aksiyadorlik jamiyatlari moliya-xoʻjalik faoliyatini tekshirish bilan bogʻliq holda paydo boʻldi. 20-asrning 70-yillariga kelib jahon mamlakatlarida Auditorlik xizmati standartlari yaratila boshladi. MDH mamlakatlari, shu jumladan Oʻzbekistonda dastlabki auditorlar 90-yillarning boshlarida paydo boʻldi. Oʻzbekistonda 300 dan ortiq auditorlik firmalari faoliyat koʻrsatadi (2000). Oʻzbekiston Respublikasi hududida ish olib boruvchi auditorlik firmalari va mustaqil auditorlar ixtiyoriy asoslarda mustaqil jamoat tashkiloti boʻlgan Oʻzbekiston Respublikasi Auditorlar palatasiga uyushgan. Oʻzbekistonda Auditorlik xizmati 2021-yil 25-fevralda qabul qilingan Oʻzbekiston Respublikasining „Auditorlik faoliyati toʻgʻrisida“ Qonuniga muvofiq olib boriladi.
Download 12.91 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling