Autekologiya organizmlar va muhit orsidagi bog‘lanishlar to‘g‘risidagi fan. Ekologik omillar va ularning qonuniyatlari


Download 60.57 Kb.
bet1/3
Sana21.01.2023
Hajmi60.57 Kb.
#1106871
  1   2   3
Bog'liq
DONIYOR
d b o xoliyarov-u-s bb0c8ce4, chori tadqiqot, PISA topshiriqlari Chinor, PISA topshiriqlari Chinor, Тилшунослик назарияси 1-курс, 1 level, CamScanner 04-12-2020 21.48, CamScanner 04-12-2020 21.48, CamScanner 04-12-2020 21.48, dtm 2019 Word varianti, 4-mustaqil ish, Guruh Topshiriq ¹1. Vaqt birligi etalonini amalga oshirish Kalit, jadval, ALISHER NAVOIY, 1-mustaqil ish

RO’ZIMATOV DONIYOR MAXSUDJON O’G’LI
2-Amaliy mashg’ulot. Autekologiya - organizmlar va muhit orsidagi bog‘lanishlar to‘g‘risidagi fan. Ekologik omillar va ularning qonuniyatlari.
Reja:
1.Autekologiya - organizmlar va muhit orsidagi bog‘lanishlar to‘g‘risidagi tushuncha.
2.Ekologik omillar.
3.Abotik omillar.
4.Biotik omillar.
5.Antropogen omillar
6.Ekologik omillarning tirik organizmlarga ta’sir etishining umumiy qonuniyatlari
Ekologiya to'rt bo'limga bo'lib o'rganiladi.
1. Autekologiya (“autos”-yunoncha so'z bo'lib, “o'zi” degan ma'noni bildiradi) ayrim turlarning ular yashab turgan muhit bilan munosabatlarini, turlarning qanday muhitga ko'proq va uzviy moslashganligini yoritadi.
2. Populyasion ekologiya (“populyatsion” fransuzcha so'z bo'lib “aholi” degan ma'noni bildiradi) populyasiyalarning tuzilishi va dinamikasini o'rganadi, ma'lum sharoitlarda turli organizmlar sonini o'zgarishi sabablarini tekshiradi.
3. Sinekologiya (“sin”-yunoncha so'z bo'lib, uning ma'nosi birgalikda demakdir). Biogeosenozlarning tuzilishi va xossalarini ayrim o'simlik va hayvon turlarining o'zaro aloqalarini hamda ularning tashqi muhit bilan munosabatlarini o'rganadi.
4. Ekosistemalarni tadqiq qilishning rivojlanishi ekologiyaning yangi bir bo'limi, ya'ni biosfera (yunoncha “bio”- hayot, “sfera” shar) haqidagi ta'limotni vujudga keltiradi. Ushbu ta'limotning asoschisi V.I.Vernadskiy hisoblanadi. Sayyoramizda tarqalgan organizmlar va ularning ta'sirida o'zgargan hayot qobig'i “biosfera” deb aytiladi. Biosfera atmosferaning qo'yi troposfera qismini, butun gidrosferani va litosferaning ustki qismi bo'lgan nurash qobig'ini o'z ichiga oladi. Organizmlar hosil qilgan yoki o'zgartirgan barcha jonsiz jinslarni ham hisobga olganda biosferaning qalinligi taxminan 40 km dan ortadi.
Biosferadagi barcha tirik organizmlar yig'indisini V.I.Vernadskiy “jonli modda” deb ataydi va uning tarkibiga insoniyatni ham kiritadi. Biosferaning o'zgarishida inson ongi butunlay yangi, qudratli omil ekanligini ta'kidlaydi. Aqlli inson paydo bo'lganidan beri biosferani o'zgartirib keladi. Biosferaning o'z taraqqiyotida inson tomonidan boshqariladigan yangi sifat holati – noosfera (aql, tafakkur qobig'i)ga o'tishi muqarrardir. V.I.Vernadskiyning fikricha noosfera bizning sayyoramizdagi yangi geologik xodisadir. Inson noosferada birinchi bor yirik geologik kuchga aylanadi. U o'z aqli va mehnati bilan yashash makonini o'zgartiradi va qaytib bunyod qiladi.

Download 60.57 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
  1   2   3




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2023
ma'muriyatiga murojaat qiling