“Avesto’’
Download 28.02 Kb. Pdf ko'rish
|
1 2
Bog'liq“Avesto’’
“AVESTO’’ FALSAFASI TAQU Menejment fakulteti 45-22 guruh talabasi Axmedova Fotima REJA: 1."Avesto" haqida tushuncha va uning axloqiy-falsafiy mohiyati. 2. "Avesto"dagi real, dunyoviy qadriyatlar haqida. 3. Markaziy Osiyoda “Avesto” ta’limotidagi falsafiy fikrlar. 4.Xulosa. 5.Foydalanilgan adabiyotlar. "Avesto" "Avesto"ayni zamonda bu qadim o'lkada buyuk davlat, buyuk manaviyat, buyuk madaniyat bo`lganligidan guvohlik beruvchi tarixiy hujjatdirki, uni hech kim inkor eta olmaydi. Birinchi prezidentimiz I.Karimov Asoschisi: Zardusht (Zoroastra, Zarastra,Zaratushtra) Paydo boʻlgan vaqti: m.a. VI asr Din asoslari bayon etilgan manba: "Avesto" Hozirda bu dinga e'tiqod qiluvchi aholi yashaydigan joylar: Hindistonning Bombay, Gujarot shtatlarida 115 mingdan ziyod aholi, Eron Muqaddas unsurlari: suv, olov, tuproq, havo Umumiy tushuncha Avesto" – jahon madaniyatining, jumladan, Markaziy Osiyo va Eron xalqlari tarixining qadimgi noyob yodgorligidir. Zardushtlik etiqodiga amal qiluvchilarning muqaddas kitobi sifatida Yagona Tangriga topinish shu talimotdan boshlangan. Bu kitob tarkibi, ifoda uslubi va timsollar tizimi bilan adabiy manbalarga yaqin turadi. "Avesto"da tilga olingan joy nomlari (Varaxsha, Vaxsh)dan kelib chiqib, uning Amudaryo sohillarida yaratilgani aniqlangan. Shu asosda uning vatani Xorazmdir degan qarash mavjud. Avesto» toʻrt qismdan iborat: •Yasna («Diniy marosimlar»), •Yasht (maʼno jihatdan Yasnaga yaqin), •Visparad («Barcha Ilohlar haqidagi kitob»), •Vendidad («Yovuz ruhlarga qarshi qonunlar majmuasi»). "Avesto"ning axloqiy-falsafiy mohiyati "ezgu fikr", "ezgu soʻz" va "ezgu amal". Muqaddas uchlik (axloqiy triada)da oʻz ifodasini topadi. Zardusht izdoshlarining ibodat oldidan aytiladigan niyati, soʻzlari shu 3 ibora bilan boshlanadi. REAL , DUNYOVIY QARASHLAR Bu kitobda juda kop goya, fikr, tavsiya, ogitlar bor bolgani uchun biz faqat real, haqiqiy hayotga dunyoviy munosabatlarga tegishlidir. Avestoning asosiy goyalari olamdagi barcha tartiblar, ezgulik (yaxshilik) va yomonlikdagi, ziyo va zulmat, hayot va olim ortasidagi kurashga bogliq; dunyodagi barcha ezguliklarni Ahuramazda, yomonliklarni Ahriman ifodalaydi; bu kurashda odam oliy kuchlar ihtiyoridagi oyinchoq emas, u tanlash erkinligiga ega, u oz gayrati bilan bu dunyoda adolat topishiga tasir eta oladigan kishidir. Demak, hozir ham kimki, ozini ilohiy kuch qolidagi qogirchoq hisoblamasa, oziga biror kasbni tanlab olsa, gayratli bolsa, adolatsizlikka duch kelsa unga qarshi kurasha oladigan inson bolib yetishishlari shart. Avestoda u zamonlarda keng tarqalgan kochmanchilik qoralanib, dehqonchilik ezgulik sifatida ragbatlantirilgan. Bundan xulosa chiqarib, hozir ham har bir odam hech bolmasa bir tup mevali daraxt, gul, sabzavot eksin, oziga mevasi nasib etmasa farzandlariga, bechoralarga nasib etadi, savob boladi. El rahmatlar aytadi. Avestoda tort element suv, olov, tuproq, havo goyat uluglangan; bularni asrash, avaylashga davat etilgan. Uning tarbiyaviy ahamiyati hozir ham katta. Bunga amal qilib, har bir ongli, aqlli vatanparvar, xalqparvar, yoshu-qari tomchi suvni ham isrof qilmasligi, energiya, hayot manbai olovini, demak gazni, komirni, neftni, otinni asrashi; tuproqni iflos qilmasligi, erroziyaga yani nurash, shorlanishga yol qoymasligi; havoni esa pokiza saqlashi, ekologik xalokatga uchratmasligi ham qarz, ham farz. Xulosa shuki, Avestoda diniy korsatmalar haqidagi goyalar bilan birga real, dunyoviy hozir ham foydali, nasihat, tavsiya, cheklash, taqiqlash, ragbatlantirishga doir ogit va davatlar kop bolgan. zardushtiylikning ozidan keyingi barcha dinlarga salbiy tasiridan kora ijobiy tasiri ustun bolgan. Deyarli barcha dinlarga xos xususiyat bolgan insonlarni yetuklikka manaviyati boy, axloq-odobli bolib tarbiyalashga intilish zardushtiylik dinining ham asosini tashkil qiladi. Bu ustunlik musulmonlar hayoti va faoliyatida ayniqsa e`tiborga loyiqdir. Download 28.02 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
1 2
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling