Axborat ta’lim texnologiyalari” kafedrasi «web-ilovalarni yaratish» fanidan


Download 1.25 Mb.
Sana08.05.2020
Hajmi1.25 Mb.
#104101
Bog'liq
Erkin


O'ZBEKISTON RESPUBLIKASI AXBOROT TEXNOLOGIYALARI VA KOMMUNIKATSIYALARINI RIVOJLANTIRISH VAZIRLIGI

TOSHKENT AXBOROT TEXNOLOGIYALARI UNIVERSITETI SAMARQAND FILIALI

5330500-Kompyuter injiniring fakulteti

Axborat ta’lim texnologiyalari” kafedrasi



«WEB-ILOVALARNI YARATISH» fanidan

KURS ISHI


Mavzu: Guruh talabalari web saytini yasash.

Tayyorladi: Muhitdinov A.

Ilmiy rahbar: Mamanazarov B
Himoyaga ruxsat etildi Kurs ishi himoya bali:

«___» _________2019 yil. «_____» ball



S A M A R Q A N D – 2019

MUNDARIJA

Kirish……………………………………………………………………….3

I BOB. PHP WEB-DASTURLASHTIRISH TEXNOLOGIYASI ……..…..6

1.1 HTTP protokoli………………………….…..……………..….………....6

1.2. HTML formati tushunchasi ……………....……………………….……….7

1.3. Web hujjatlar …….……….......……………………………..…..……..8

1.4. Server texnologiyalar …….……..................……....…………….….......8

1.5. Web dasturlar arxitektura shablonlar …….................................……….9

1.6. PHP tili sintaksisi …………...……………………..……………………10

II BOB. PHP VA MYSQL da Guruh talabalari……..……………………....11

2.1. PHP va MySQL bog’liqligi ....................……………….…….….……..11

2.2. MySQL ma’lumotlar bazasini boshqarish tizimi ………………….......12

2.3 PHP yordamida MySQL ma’lumotlar bazasiga bog’lanish .………….13

2.4 Yaratilgan ilovani ishlatish ……………………………………………..17

XULOSA…………………………………..…………………………….22

FOYDALANILGAN ADABIYOTLAR RO’YXATI .………………….23

ILOVALAR………………..………………...…………………………..24

KIRISH


Hozirgi kunda har qanday rivojlangan davlatda axborot va telekommunikatsiya texnologiyalarining jamiyatda egallagan o’rni tobora yuksalib bormoqda. O’zbekiston Respublikasi ham axborotlashtirish sohasida keskin o’zgarishlar davrini boshdan kechirmoqda. O’zbekiston Respublikasining “Telekommunikatsiyalar to’g’risida”, “Axborotlashtirish to’g’risida”gi, “Elektron raqamli imzo”, “Elektron hujjat aylanishi” to’g’risidagi qonunlari va O’zbekiston Respublikasi Prezidentining 2002-yil 30-maydagi “Kompyuterlashtirishni yanada rivojlantirish va axborot-kommunikatsiya texnologiyalarini joriy etish to’g’risida” gi Farmoni bu borada muhim ahamiyat kasb etdi.

HTML da yozilgan Web sahifa odatda brauzer deb nomlanuvchi maxsus dastur yordamida quriladi. Bu so’zning o’zbekchaga to’g’ridan – to’g’ri tarjimasi «sharxlovchi dastur» manosini beradi. Brauzerning asosiy vazifasi foydalanuvchi talabiga muvofiq manzilni internetdan topish va qiyinchiliksiz uni tasvirlashdir. Oldiniga brauzer HTML tilida yozilgan «instruksiyani» tahlil qiladi va bu instruksiya yordamida Web sahifada mavjud bo’lgan axborotni tasvirlaydi.

Axborot sohasini rivojlantirish, uni jahon talablari darajasiga ko‘tarish borasida mamlakatimizda salmoqli ishlar amalga oshirilib, mamlakatimizda har kimning fikrlash va so‘z erkinligi, axborotni olish, izlash va tarqatish huquqlari, ommaviy axborot vositalarining erkinligi O‘zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasining tegishli moddalari bilan mustahkamlanib, ushbu konstitutsiyaviy normalarni rivojlantirish, ommaviy axborot vositalarini yanada demokratlashtirish va liberallashtirish, olib borilayotgan ijtimoiy-siyosiy va sotsial-iqtisodiy islohotlarning ochiqligi va oshkoraligini ta’minlashda ularning faolligini oshirish, media makonga ilg‘or axborot-kommunikatsiya texnologiyalarini bevosita joriy etishga qaratilgan:

• «Ommaviy axborot vositalari to‘g‘risida»;

• «Axborot erkinligi printsiplari va kafolatlari to‘g‘risida»;

• «Jurnalistlik faoliyatini himoya qilish to‘g‘risida»;

• «Noshirlik faoliyati to‘g‘risida», «Telekommunikatsiyalar to‘g‘risida»;

«Axborotlashtirish to‘g‘risida»gi va boshqa jami 20 dan ortiq axborot sohasida qonunlar, 50dan ortiq O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining Farmoni va qarorlari, O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining qarorlari va 300 dan ortiq idoraviy qonunosti hujjatlari qabul qilindi.

Mustaqillik yillarida yaratilgan bunday huquqiy maydon ommaviy axborot vositalariga o‘z vazifalarini samarali bajarish hamda o‘zgarib borayotgan ijtimoiy-siyosiy shart-sharoitlarga, kommunikatsiya vositalarining rivojlanish darajasiga yetishish uchun keng imkoniyatlar yaratmoqda.

«Axborotlashtirish to‘g‘risida»gi O‘zbekiston Respublikasi Qonuni asosida axborotlashtirish — bu yuridik va jismoniy shaxslarning axborotga bo‘lgan ehtiyojlarini qondirish uchun axborot resurslari, axborot texnologiyalari hamda axborot tizimlaridan foydalangan holda sharoit yaratishning tashkiliy ijtimoiy-iqtisodiy va ilmiy-texnikaviy jarayoni hisoblanadi.

Axborotlashgan jamiyat — bu globallashgan ijimoiy jarayon bo‘lib, uning o‘ziga hos asosiy xususiyati shundan iboratki, ijtimoiy ishlab chiqarish sohasida faoliyatning ustuvor turi sifatida zamonaviy kommunikatsiya texnologiyalari hamda axborot almashuvining xilma-xil vositalari asosida amalga oshirilayotgan axborotni izlash, yig‘ish, olish, tadqiq etish, uzatish hamda tarqatishdir.

HTMLda kiritilgan matnning web-brauzerdagi ko’rinishi doim ham biz kutgan natijani beravermaydi. Uni biz istagan ko’rinishga keltirish uchun bir necha bor tahrirlashga to’g’ri keladi. Buning uchun Bloknot matn muharririni ishga tushirish, kerakli HTML-hujjatni diskdan izlab topish va xotiraga yuklash, uni tahrirlash va qayta saqlash, web- brauzerni ishga tushirish, tahrirlangan HTML-hujjatni yana diskdan topib web-brauzerda ko’rish kerak bo’ladi. Odatda, web-sahifa biz o’ylagan ko’rinishga kelishi uchun yuqorida sanab o’tilgan ishlarni bir necha bor bajarishga to’g’ri keladi. Bu ishlarni ancha qulay usullar bilan ham bajarish mumkin:

1- usul. Internet Explorerda ochilgan web-sahifani tahrir qilish lozim bo’lsa, sichqonchani shu web-sahifa ustiga olib kelib, o’ng tugmasi bosiladi. Ochilgan kontekst-menyudan «HTML-kodini ko’rish» (просмотр исходный код страницы bandi tanlansa, web-sahifaning HTML-hujjati yuklangan Bloknot matn muharriri ekranga chiqadi. HTML-hujjatni tahrir qilib, saqlab qo‘yiladi. Internet Explorer uskunalar panelidagi «Yangilash» ( ) tugmasi bosilsa, ma’lumotlar maydonidagi web-sahifa yangilanadi (tahrir qilingan web-sahifaga almashadi).

2- usul. Ko‘rinish menyusidan «HTML-kodini ko’rish» bandi tanlanadi va 1-usuldagi kabi tahrirlanadi. Internetning WWW xizmati, asosan, web-sayt yoki web-sahifalarga bog’liq ekan, «Web-sahifalar qanday tayyorlanadi?» degan savol tug’ilishi tabiiy. Web-sahifalar maxsus dasturlar asosida tayyorlanadi. Masalan, Microsoft FrontPage, Macromedia HomeSite, Adobe Dreamweaver kabi muharrirlar, PHP, ASP, javascript kabi server skriptlari (ssenariylar tili), XML, HTML va boshqalar. Bu dasturlaming barchasi HTML (Hypertext Markup Language — Gipermatnli markerlash tili) tiliga asoslanadi. HTML dasturlash tili hisoblanmaydi. Bu tilda hujjat (web-sahifa) tayyorlash uchun Windowsning «Bloknot» kabi oddiy matn muharriri yetarli.


Hozirgi kunda eng ko’p ishlatiladigan 2 ta Web brauzer mavjud bo’lib Web sahifa tayorlovchilar bu brauzerlarning xususiyatlarini e’tiborga olishlari kerak. Bular “Netscape Navigator” va “Microsoft Internet Explorer” (IE) brauzerlaridir. Aslida brauzerlar juda ko’p, lekin ular dunyoda ishlatilayotgan brauzerlarning bor - yo’g’i 1% ni tashkil qiladi. Qolgan 75% ni IE, 24% ni esa ”Netscape Navigator ” egallaydi. Demak shunday ekan ko’pchilik hollarda shu 2 ta brauzer haqida so’z yuritiladi.

Keling endi brauzerlar tarixiga nazar tashlaylik. 1989-yilda Shveysariyada CERN (The European Labaratoru for Practikle physics) olimlari tomonidan WWW tizimiga asos solingandan keyin uning axborot manbalarini ochib ko’rish muammosi paydo bo’ldi.

Bu muammoni hal qiluvchi dastlabki dasturlardan biri bu Lynx tipidagi satrli brauzerdir. Shunday qilib dastlabki satrli brauzerlar paydo bo’ldi. Vaqt o’tishi bilan brauzerlardan faqat matnlarni emas, balki ovoz, grafika va tasvirlarni tasvirlash ham talab qilindi. Grafik ma’lumotlarni matnli ma’lumotlar kabi ko’rish masalasi birinchi bo’lib Mosaic brauzeri tomonidan amalga oshirilgan .

I BOB. PHP WEB-DASTURLASHTIRISH TEXNOLOGIYASI

1.1 HTTP protokoli


Web-dasturlar o’zining rivojini Web-yo’llar va Web – sistemalarining rivoji bilan birgalikda bordi. Birinchi Web – yo’llar Tim Berners-Li Yevropa GERN fizika laboratoriyasi xodimlari uchun o’zining kompyuteridan turib, boshqa xodimning kompyuteridagi ma’lumotlarga murojaat qilish uchun bo’lingan gipermediali sistemalar yaratadi. Ma’lumotloarga ruxsat va murojaat mijoz kompyuterida o’rnatilgan maxsus dastur - brouzerlar yordamida amalga oshiriladi.

HTTP (Hyrertext Transfer Protocol): «gipermatnlarni uzatish protokoli» tarmoq protokollari ichida eng sodda va qulay protokollardan hisoblanadi. Uning asosiy vazifasi «giperbog’lanish»dan hosil bo’lgan URL adresli elektron hujjatlarni o’qishga oid so’rov (zapros) ni serverga jo’natish (xuddi shu vaqtda so’ralayotgan hujjat joylashgan server bilan aloqa o’rnatiladi) va so’ralayotgan hujjat olib bo’lingandan so’ng server bilan aloqani o’zishdan iborat. Internetda elektron hujjatlar gipermatn yordamida bayon etiladi. Gipermatn bu matnni giperbog’lanishlar yordamida ifodalashdir. Giperbog’lanishlar ichki va tashqi bo’lishi mumkin. Agar giperbog’lanish boshqa bir serverda mavjud bo’lgan alohida o’zining URL adresiga ega bo’lgan elektron hujjatga nisbatan ishlaydigan bo’lsa, u holda bunday giperbog’lanish tashqi deb ataladi. Ba’zi hollarda Web hujjat avtorlari qulaylik nuqtai nazaridan bir serverning o’zida joylashgan elektron hujjatning o’zini ham bir necha bo’laklarga bo’lib, giperbog’lanishlar yordamida ifodalaydilar, bunday giperbog’lanishlar ichki deb ataladi.


1.2 HTML formati tushunchasi


HTML formati tushunchasi: Shaxsiy kompyuterda formatlashtirilgan elektron hujjat WYSIWYG (What You See Is What You Get) "Nimani ko’rayotgan bo’lsang, o’shani olasan" prinsipida ishlaydigan matn tahrirlagichlar yordamida yaratiladi. Masalan, MS Word, Lexicon, AmiRro kabilar yordamida. Bunday programmalar yordamida biz elektron hujjatni xohlagan shriftda, o’lchamda, chap yoki o’ng tomondan tekislangan holda, (ya’ni o’zimizga ma’qul bo’lgan "format"da) yaratishimiz mumkin. Ammo biz ushbu elektron hujjatni internet yordamida e’lon qila olmaymiz. Sababi, uni o’qimoqchi bo’lgan boshqa bir internet mijozining shaxsiy kompyuterida biz foydalangan matn tahrirlagich programmasi yoki shriftlar o’rnatilmagan bo’lishi mumkin. Buni oldindan aytib bo’lmaydi. Undan tashqari ushbu matnni ochishga mo’ljallangan "darcha"ning o’lchamlari, haqida hyech qanday ma’lumotlarga ega emasmiz. Shuning uchun ham, shaxsiy kompyuterda foydalaniladigan matn tahrirlagichlar va ularning "format"lash usullaridan internetda foydalanib bo’lmaydi. Bunday noqulayliklarning oldini olish maqsadida yangi HTML (Hyper text Markup Language) "gipermatnlarni belgilash tili" protokoli, standarti yaratildi. Bu standart bir qancha maxsus operatorlar majmuasidan iborat bo’lgan HTML programmalashtirish tili bo’lib, uning yordamida elektron hujjatlarni internetda bevosita e’lon qilish mumkin.

1.3. Web hujjatlar


Web-hujjatlar: HTML formatida tayyorlangan elektron hujjat HTML hujjat, Web hujjat yoki Web sahifa deb atalishi mumkin. Agar elektron hujjatni tayyorlash haqida gan borsa, u holda hujjat HTML hujjat deb ataladi, va ushbu elektron hujjatni internetda e’lon qilish yoki tarqatish haqida borsa, u holda bu hujjat Web hujjat deb ataladi. Bordiyu, ushbu hujjatdan foydalanish haqida borsa, u holda bunday elektron hujjat Web sahifa deb ataladi.

Bitta muallif yoki WWWga tegishli bo’lgan bir guruh, o’zaro "giperbog’lanishlar" bilan aloqador bo’lgan Web cahifalar majmuasi Web uzel (tugun) yoki sayt deb ataladi.



Web server tushunchasini 2 xil ma’noda ishlatish mumkin.

Agar WWW xizmatini ko’rsatish haqida borsa, u holda Web server tarmoq mijozlariga Web sahifa va saytlardan foydalanish imkoniyatini yaratib beruvchi programma ma’nosini anglatadi.



Agar so’z internetning texnik ta’minoti haqida borsa, u holda Web server Web resurslari saqlanayotgan va uning programma ta’minoti ishlab turgan kompyuter ma’nosini anglatadi.

Internet tarmog’ining ixtiyoriy bir kompyuterida bir nechta server programmalar ishlab turishi mumkin. Masalan, Web server programmasi, FTR servis elektron pochta serveri programma ta’minotlari va h.k.


1.4 Server texnologiyalar


Bitta Web serverda (kompyuterda) bir qancha tashkilot yoki korxonalarning Web saytlari (uzellari) Web saxifalari joylashishi mumkin.

  1. Unikal nomer va marshrutga ega bo’lgan, berilganlarni shu marshrutlar orqali oldi-berdi kiruvchi IP – tarmoqlar. Bular DNS nomlar servisi bilan ishlaydi.

  2. WWW server mavjud bo’lib u WWW klientlar so’rovlariga javob qaytaradi. So’rovda axborotlar gipertekstli hujjatlar shaklida bo’ladi.

Bu hujjatlar HTML – gipertekstli hujjatlarni xosil qiluvchi tilda bo’lishi lozim. Bu hujjatlar statik ko’rinishda yoki dinamik ko’rinishda bo’ladi. Statik ko’rinishda hujjatlar fayllar shaklida disklarda saqlanadi. Dinamik shaklda esa so’rov parametrlariga qarab maxsus dasturiy ta’minot orqali dinamik holda xosil qilinadi. Dinamik hujjatlar yaratishda, WWW server maxsus CGI dasturlar i shaklida xosil qilinadi.

1.5 Web dasturlar arxitektura shablonlari


Web dasturlar arxitektura shablonlari: Berilganlar bazasining tarkibiga quyidagi tushunchalar mavjud: SUBD tipi, interfeys ko’rinishi, jadvallar orasida boglanishlar, yaxlitlik masalasi, berilganlar bilan aloqa, foydalanuvchi. WWW orqali mavjud BB bilan aloqalar ko’pgina yo’llar bilan amalga oshirilgan. Aniq biror yo’lni tanlashda SUBD ning tarkibiga qarab ish ko’riladi. WWW texnologiyalar orqali mavjud BB ga aloqa quyidagi uch yo’l orqali amalga oshirilishi mumkin:

Bu variantda BB dagi berilganlarga maxsus CGI dastur orqali murojaat qilinadi. Bu dastur WWW – server orqali chaqiriladi. Bu dastur WWW klientning so’roviga mos otchet xosil qiladi va HTML hujjatni qaytaradi. WWW server xosil bo’lgan hujjatni WWW klientga qaytaradi.

Bu yo’l katta xajmdagi va murakkab strukturali berilganlar bazasi uchun effektiv yo’l hisoblanadi. Bu yo’l orqali BB dagi berilganlarni WWW interfeyslar orqali taxrirlash imkoniyati mavjud bo’ladi.

Bu yo’lning kamchiligi shundaki, WWW klient so’rovlariga javob qaytarishga uzok vaqt kerak bo’ladi, BB dagi berilganlarga doimiy dostup kerak bo’ladi. WWW-server resurslarini egallaydi.

Bu texnologiyani tadbiq qilish uchun WWW – server bilan CGI – dasturi orasida bog’lanish bo’lishi lozim. (CGI – Common Gateway Interface) CGI – dasturlar – dasturlash tillari, otchetlar xosil qiluvchi generatorlar Dasturlar tillari orqali berilganlar bazasidan berilganlarni olib HTML hujjat xosil qilinadi.

II BOB. PHP VA MYSQL AERAPORTLARDAN ONLINE CHIPTAOLISH TIZIMINI YATATISH.

2.1. PHP va MYSQL bog’liqligi


PHP va MySQL bog’liqligi: PHP tili turli ma’lumotlar bazasi bilan bog’lana oladi, bu esa uning yutuqlaridan biri hisoblanadi. Bu bo’limda MySQL ma’lumotlar bazasi haqida so’z boradi. Gap shundaki MySQL keng tarqalgan bepul ma’lumotlar bazasi bo’lib, u PHP – ssenariylar yaratishda qo’llaniladi. MySQL dastur interfeysi SQL tili buyruqlaridan foydalaniladi. Har bir ma’lumotlar bazasi o’zining dasturiga ega bo’lgani kabi MySQL ham dastur interfeysiga ega. MySQL dasturi o’rnatilgandan so’ng mysql.exe fayli yordamida konsol oynali dastur ishga tushadi. Bazadan ma’lumotlarni sug’urish umumiy prosedurasini keltiraiz.

MBBT() ga boglanish

SQL() buyruqlari

MBBT() tizimidan chiqish

?>

2.2 MySQL ma’lumotlar bazasini boshqarish tizimi


MySQL ma’lumotlar bazasini boshqarish tizimi: Ushbu dasturiy ta’minotni olish va u xaqda ma’lumotlarga ega bo’lish uchun http://www.mysql.org yoki www.mysql.com saytiga murojaat qilish mumkin. MySQL bilan ishlashdan oldin ro’yxatdan o’tish kerak.

Mysql [-h tugun] [-u foydalanuvchi_nomi] [ma’lumotlar_bazasi_nomi]

Kvadrat qavslar ularning qo’yilishi muhim emasligini bildiradi. Tugun – bu MySQL ishlab turgan kompyuter nomi. Agar bu parametr ko’rsatilmagan bo’lsa, u holda MySQL lokal kompyuterda ishlab turibdi deb hisoblanadi. Agar foydalanuvchi nomi ko’rsatilmagan bo’lsa, u holda kompyuter yuklanganda ruyxatdan utgan foydalanuvchi ishlatayotganligi tushuniladi. Agar ma’lumotlar bazasi nomi ko’rsatilmasa, MySQL mavjud bazasi ishlab turganligini bildiradi. [p] parametri faqatgina MySQL ishlash uchun parol so’ragan taqdirdagina ko’rsatiladi. Agar mavjud bo’lgan ma’lumotlar bazasiga boglanish uchun USE buyrugidan foydalaniladi. Masalan cars bazasiga bog’lanish uchun

USE cars;

Buyrug’i ishlatiladi. Shundan so’ng ekranda baza tanlanganligi haqidagi xabar chiqadi.

Database changed

Agar ro’yxatdan o’tish paytida baza MySQL serverida baza tanlanmagan bo’lsa va USE buyrug’idan oldin boshqa buyruqlar ishlatilgan bo’lsa, u holda quyidagi xatolik ekranda paydo bo’ladi.

ERROR 1046:p No Database Selected

Ma’lumotlar bazasi bilan ishlashdan oldin ma’lumotlar bazasini o’zini yaratish va undan so’ng jadvallar yaratish mumkin. Ma’lumotlar bazasini yaratish uchun SQL buyrug’i CREATE DATBASE buyrug’idan foydalaniщ mumkin.

CREATE DATBASE cars;

MySQL bu so’rovni qayta ishlagandan so’ng quyidagi xabarni chiqaradi.

Query Ok, 1 row affected (0.07 sec)

Jadval yaratish uchun SQL tilining CREATE TABLE buyrugidan foydalaniladi.Masalan quyidagicha

CREATE TABLE Equipment

(Equip_ID INT UNSIGNED NOT NULL AUTO INCREMENT PRIMARY KEY, Equip INT UNSIGNED).

2.3 PHP yordamida MYSQL ma’lumotlar bazasiga bog’lanish.

PHP yordamida MySQL ma’lumotlar bazasiga boglanish: PHP da mysql_connect funksiyasi ssenariyni MySQL bilan bog’laydi.

mysql_connect ( “localhost” , “username”, “password”);

Bu funksiya uchta muhim bo’lmagan parametrga ega. Bu parametrlar yuqorida ko’rib o’tildi. Bu parametrlarni jimlik qoidasi bo’yicha ishlatish uchun funksiya argumentlari ko’rsatilmaydi.

$db=mysql_connect();

Aniq bazaning o’ziga bog’lanish uchun mysql_select_db() funksiyasidan foydalaniladi.

mysql_select_db(“cars”);

MySQL serveriga so’rovlar mysql_query funksiyasi yordamida beriladi. So’rov avval biror bir satr o’zgaruvchisiga o’zlashtirilgan bo’lishi kerak.

$query=”select *from mashina”

$result=mysql_query($query);

Kupchilik xollarda natijalovchi ma’lumotlarda sartlar sonini bilish kerak bo’ladi. Buning uchun mysql_num_rows funksiyasidan foydalaniladi.

$num_rows=mysql_num_rows($result);

Ma’lumotlar to’plamidan alohida satrlarni turli usullar yordamida ajratib olish mumkin. Masalan mysql_fetch_array funksiyasi yordamida, keyingi satrning xesh-kodini qaytaradi. Agar yozuv boshqa mavjud bo’lmasa, false qiymatni qaytaradi.

Ma’lumotlar bazasini asosini tashkil qiladigan jadvallar axborotlarni har xil tipda saqlashi mumkin ekan. Jadvalda bajariladigan ishlar asosida kerakli tiplar tanlanadi. Bu maqolamiz, hozirda ishlatiladigan asosiy tiplarga bag‘ishlanadi. Jadval yaratilayotganda bu tiplardan biri tanlanadi, shuning uchun ma’lumotlar bazasi bilan ishlashdan oldin yaxshilab fikr yuritish kerak bo‘ladi(jadvalda nimalar saqlanadi, nima maqsadda saqlanadi, qancha axborot saqlanadi).

Demak, axborotlarni saqlash tiplari bilan tanishishni boshlaymiz:

1. MyISAM. Eng ommabop tiplardan biri, jadvallarga ma’lumotlar qo‘shish(insert) yoki tanlash operatori(select) ishlatilganda katta tezlik bera oladi, ya’ni kiritish va o‘qish texnologichsi uchun mo‘ljallangan tip.

Shu bilan birga, jadvaldagi axborotlarni o‘chirish(delete), o‘zshartirish(update) operatorlari ishlatilganda, juda sekin buyruqlarni bajaradi. Bundan kelib chiqadiki, bu tip tranzaksiyalar uchun mo‘ljallanmagan ekan. Asosan doimiy saqlash uchun yig‘iladigan axborotlar uchun bu tip foydalaniladi. Delete, Update operatorlarni bajarilishi ketma-ketlikda amalga oshiriladi, biri bajarilayotganda, ikkinchisi kutib turadi, agar katta hajmdagi ma’lumotlar bo‘lsa, ancha muammolar keltirib chiqarishi mumkin. Bu tipda, jadvallar quyidagi 3 ta faylda saqlanadi(jadval nomi bilan fayl nomi bir xil).



*.frm — jadval formati.

*.myd — axborotlarni saqlash uchun.

*.myi — indekslarni saqlash uchun.

Axborotlar formati platformaga bog‘liq bo‘lmagan holda saqlanadi, bu degani istalgan operatsion tizimda foydalanish mumkin. Bulardan tashqari axborotlarni jadval miqyosida bloklaydi, «count» buyrug‘ bilan ham tez ishlaydi, «faqat o‘qish» rejimida ham ishlashi mumkin, eng yomoni nosozliklar (sboy) ga chidamsiz.



2. INNODB. Navbatdagi ommabop tiplardan biri, asosan tranzaksiyali jadvallar uchun mo‘ljallangan. Delete, Update buruylari berilganda katta tezlikka erishish mukin va ko‘p oqimllilik xususiyatiga ham ega. Odatda axborotlar bitta innodb faylda saqlanadi, lekin foydalanuvchi istagi bilan buni o‘zgartirish mumkin. Asosan katta hajmdagi axborotlar bilan ishlash uchun mo‘ljallangan.

INNODBda MyISAM tipida mavjud bo‘lmagan yana bir narsa tashqi kalit (foreign keys)lar bilan ishlay oladi va bloklash qator miqyosida(MyISAM da jadval miqyosida) amalga oshiriladi. Yana bir yaxshi tomoni, buzilishlarga chidamli va qayta tiklash xususiyatiga ega.



3. MEMORY(HEAP).  Eng tezkoklikka erishiladigan tip. Bu tipda jadvallar tezkor xotirada saqlanadi va so‘rovlar juda tez amalga oshiriladi. Bu tipning asosiy, eng katta kamchiligi server ishdan chiqib qolsa, axborotlar butunlay yo‘qotiladi.

Bu tipda asosan, vaqtinchalik ochilgan jadvallar saqlanadi, qaysiki unchalik ahamiyatga ega emas yoki kichik(tez qayta tiklash mumkin bo‘lgan). Memory tipida yaratilgan jadval uchun operatsion tizimda bitta «*.frm» kengaytmasida fayl yaratiladi, bu fayl o‘zida jadval strukturasini saqlaydi. Server o‘chib yoqilganda, axborotlar o‘chib ketadi, lekin jadval strukturasi saqlanib qoladi, keyinchalik qayta jadval yaratish uchun foydalanish mumkin bo‘ladi.



4. MERGE. bu tip bio necha MyISAM tipidagi jadvallarni birlashtirish uchun ishlatiladi. YUqorida aytib o‘tkanimdek, MyISAM tipida barcha axborotlar faylda saqlanadi, axborotlar ko‘paygan sari, fayl ham kattalashadi. Operatsion yoki fayl tizimlari ma’lum bir kattalikdagi fayllarni yarata olmaydi, shunda bir necha jadvallar bu tip orqali birlashtiriladi. Axborotlar birlashadi, lekin fayllar o‘z holicha qoladi. So‘rov berganda bir necha fayllardan axborotni olib, chiqaradi. Merge tipida jadval yaratilganda, barcha birlashadigan jadval  strukturalari, ustunlari, indekslar bir xil bo‘lishi kerak. Bu tipda jadval yaratilsa, operatsion tizimda «*.rfm» kengaytmasidagi jadval strukturasini o‘zida saqlaydigan fayl, «*.mrg» kengaytmasidagi indekslar ro‘yxati saqlanadigan fayl hosil bo‘ladi.

5. NDB Cluster. Bu tip MySQLda klasterli jadvallar yaratishda ishlatiladi, undan tashqari jadvallar bir necha kompyuter bo‘ylab(tarmoqdagi kompyuterlar) tarqalgan bo‘lsa, birlashtirib ishlashda foydalaniladi.

6. ARCHIVE. Katta hajmdagi axborotlarni, siqilgan holda saqlash uchun ishlatiladi.  Bu tipdagi jadval yaratilganda, tizimda «*.frm» kengaytmali, jadval strukturasi saqlanadigan  fayl  va «*.arz«, «*.arm» kengaytmali axborot va meta ma’lumotlarni saqlash uchun fayllar yaratiladi. Agar bu tip optimizatsiya qilinsa, «*.arn» kengaytmali fayl ham yaratilishi mumkin.

7. CSV. Bu format axborotlarni matn ko‘rinishida saqlaydi(oddiy matnli faylda). Axborotlar qator ko‘rinishida, nuqta vergul bilan ajratilgan holda saqlanadi. Bu tipda jadval yaratilganda, «*.frm» struktura saqlanadigan fayl va axborotlarni saqlovachi CSV  fayl yaratiladi. Bu faylni EXCELda ham o‘qish mumkin bo‘ladi.

8. FEDERATED. Bu tipda jadval tarmoqdagi boshqa kompyuterda saqlanadi. O‘z kompyuteringizda faqat strukturani saqlovchi «*.frm» fayl hosid bo‘ladi. Bu tipni yaratish uchun, dastlab boshqa kompyuterda jadval ochiladi, so‘ng o‘z kompyuteringizda u jadvalni ko‘rsatib qo‘yasiz.

MySQLda bundan boshqa tiplar ham bor, bu eng qiziq va ko‘p ishlatiladiganlari. Bularni keyingi maqolalarda misollar bilan ko‘rsatishga harakat qilaman.

Ma’lumotlar bazasi asosi — jadvallarga ham yetib keldik. Maqolada, jadval yaratish sintaksisini ko‘rib chiqamiz. Yaratilayotgan jadvalning parametrlarini bo‘lib-bo‘lib ko‘rsataman(boshqa saytlar kabi hammasini bitta misolda emas). Demak, MySQLni ishga tushiramiz va ulanamiz, kerakli bazani tanlaymiz va boshlaymiz.

Dastlab, oddiy 2 ta ustundan iborat bo‘lgan jadval yaratamiz(hech qanday parametrlarsiz).



1

mysql> create table test(id int, name varchar(10));

test nomli jadval yaratilmoqda, uning ikkita ustu(id va name)ni bor, ularning tipi mos ravishda int, varchar(mysql tiplari). Name ustuni faqat 10 ta simvol qabul qila oladi.

Agar bunday nomli jadval bo‘lsa, xato beradi. Biz buni «if not exists» kalit so‘zi orqali ustiga ochamiz(eski jadval o‘chadi). Undan tashqari keyingi kodda, vaqtinchalik jadval ekanini ham ko‘rsatamiz(temporary). Vaqtinchalik jadval deganda, faqat shu seans uchun yaratilgan jadval tushuniladi. Seans tugatilsa, jadval ham o‘chadi.



1

mysql> create temporary table if not exists test(id int, name varchar(12));

Keyingilar, ma’lum bir ustunlar bilan bog‘liq bo‘ladi. Agar jadvaldagi ma’lum bir ustun hech qachon bo‘sh bo‘lmasligi lozim bo‘lsa, «NOT NULL» kalit so‘zidan foydalanish kerak, bu berilmasa, odatda bu ustun bo‘sh qiymatlarni ham qabul qilaveradi. Agar bu ustun bo‘sh qoldirilsa, xatolik beradi va ustun to‘latilishi lozimligini eslatadi. 

Agar, biror ustunga hech qanday axborot kiritilmasa, uni odatiy biror belgi bilan to‘ldirib qo‘yish xususiyatiga ham mysql ega, «defaul«so‘zi yordamida. Bunda ustun bo‘sh qolmaydi, foydalanuvchi bo‘sh qoldirsa, u odatiy(yaratilishda berib qo‘yilgan) belgi bilan to‘latiladi.

Ko‘p holllarda, jadvallar ro‘yxat sifatida foydalaniladi va dastlabki ustun nomerlanishi kerak bo‘ladi. Buni MySQL ning «auto_increment» kalit so‘zi amalga oshirib beradi. Bu kalit so‘z shu ustunga takrorlanmas qiymatlar beradi. Odatda bu ustun asosiy kalit(primary key) bo‘ladi. Primary key jadvalda bitta bo‘ladi va jadvaldagi axborotlarni identifikatsiya qilish uchun kerak bo‘ladi, undan tashqari boshqa jadvaldagi foreign key bilan bog‘lanadi. YUqoridagilarga misol ko‘ramiz.


1

mysql> create temporary table akmx(id int(10) auto_increment, name varchar(10) not null, age smallint(6)  default 1990, primary key('id'));

Demak, «id» ustun «int» tipida, 10 xonalik raqamlarni qabul qiladi, o‘zi bir tekis oshib boradi(auto_increment) , jadvalning asosiy kaliti(primary key, identifikatsiya ustuni). Undan so‘ng, «name» ustuni «varchar«tipida, 10 ta simvolni qabul qiladi va bo‘sh qiymat bo‘lishi mumkin emas. «Age» ustuni, «smallint» tipida, 6 tagacha simvol qabul qiladi, agar hech qanday qiymat berilmasa «1990» qiymat yozilib ketaveriladi.

Informatsion–kompyutеr tеxnologiyasi muhitida innovatsiya jarayoni juda yuqori suratlar bilan o’sayotgani odatiy holga aylanib bormoqda. Ayniqsa, bu intеrnеt global tarmog’i uchun xaraktеrlidir. Hozir Intеrnеt nafaqat bеhisob hajmdagi axborotga ega bo’lgan global kompyutеr tarmog’i hisoblanishi bilan birga bеhisob odamlar uchun printsipial yangi muloqot qilish muhitiga aylanib bormoqda. Intеrnеt gorizontal usul, dеb atalishi mumkin bo’lgan yangi insoniy muloqot usulini kashf etmoqda. U paydo bo’lgunga qadar muloqot va axborot tarqalishi asosan vеrtikal tarzda bo’lgan. Masalan, avtor kitob yozadi, o’quvchilar uni o’qiydi, radio va tеlеvidеniya eshittirish va ko’rsatuv uzatadi–tamoshabin va tinglovchilar uni ko’radi va tinglaydi, gazеta yangiliklar nashr qiladi–obunachilar uni o’qiydi va h.k. Unga talab juda yuqori bo’lsada, tеskari aloqa umuman yo’q edi. Gazеtalarga yuboriladigan xatlar, radio va tеlеko’rsatuvlardagi talab va mulohazalar yuqoridagi fikrimizga guvohlik bеrib turibdi. Konkrеt bir kitob o’quvchilari o’rtasida, konkrеt uzatuv tinglovchilari o’rtasida axborot almashuvi praktik tomondan amalga oshishi qiyin edi. Intеrnеt esa, son–sanoqsiz istе'molchilar davrasi uchun axborot tarqalishini ta'minlaydi. Shu bilan birga, ular osongina muhokamaga kirishishlari mumkin bo’ladi.

Hozirgi vaqtda intеrnеt global tarmog’i gorizontal informatsion muloqot uchun ajoyib imkoniyatlarga ega. Hukumat bilan fuqarolar o’rtasida, oxirgilari birinchilar bilan tеskari bog’lanish imkoniyatlariga ega. Intеrnеtni bizning turmushimizga kеng miqyosda tatbiq etishda hеch qanaqa tashkilot bo’lmaydi. Tarmoq xuddi hodisa kabi mustaqil rivojlanib boravеradi, butun insoniyat uning dvigatеli hisoblanadi. Hozir intеrnеtning asosiy g’oyasi–bu axborotlarni erkin ravishda tarqatish va odamlar o’rtasida aloqa tiklashdir. Bu odamlar, xalqlar mamlakatlar o’rtasidagi diniy, idеologik va har xil to’siqlarni olib tashlashdagi eng samarali yo’ldir. Intеrnеt tеxnologik jarayondagi eng ahamiyatli dеmokratik ish vositalardan biri hisoblanadi. paydo bo’lishi bilan axborot aksariyat dunyo odamlarining potеntsial imkoniyatiga aylanib bormoqda.Tеlеgraf, tеlеfon, radio, tеlеvidеniya va kompyutеr tеxnikalar chambarchas bog’langan holda barcha global kommunikatsiyalar yagona butunlikda intеgrallashadi. Bu еrda gap axborotni tarqatish mеxanizmi, odamlarni birlashtirish, masofa, vaqt, davlat va ko’plab shunga o’xshash chеgaralar mavjudligidan qat'iy nazar ularning o’zaro muloqotda bo’lishlari to’g’risida kеtmoqda. Intеrnеt bеhisob miqdordagi axborotlarga ega bo’lgan holda,istе'molchilarga katta informatsion xizmat spеktrini taqdim etadi. Uni shartli ravishda ikki katеgoriyaga bo’lish mumkin: tarmoq abonеtlari aro axborot almashuvi; axborotni qidirish va tarmoq ma'lumotlar bazasidan foydalanish.

Tarmoq abonеntlari aro asosiy aloqa xizmatiga quyidagilar kiradi



  • Telnet–uzoqda turib tarmoqdagi istagan kompyutеrni boshqarish rеjimi, ya'ni abonеntga tarmoqdagi xohlagan EHM da xuddi o’ziniki kabi, ishlash imkonini bеradi FTP(File Tragsftr Protocol)–abonеntga tarmoqdagi istagan kompyutеrda matnli va ikkilik fayllar bilan o’zaro muloqot qilishga sharoit yaratib bеruvchi fayllar uzatish protokoli. Uzoqdagi kompyutеr fayllari shaxsiy kompyutеrga nusxalashgandan kеyingina unda ishlash uchun (o’qish, ishlov bеrish va b.k) kirish imkoniyati bеriladi. Fayllarni bir joydan ikkinchi joyga uzatish WWW yordamida amalga oshirilgan taqdirda ham FTP-sistеmasi o’zining tеzkorligi va foydalanishdagi oddiyligi tufayli ommaviy xizmat turi bo’lib qolmoqda.

  • Usenet (Usenet Wews roupe)-tarmoq yangiliklari va tarmoqdagi elеktron elonlar doskasini olish. Bu sistеma ma'lum bir mavzu bo’yicha guruhlarga bo’lingan hujjat (maqola)lar yigindisi sanaladi. Foydanaluvchi o’zini qiziqtirgan mavzuni ko’rsatib mos hujjatlar bilan tanishib chiqishi va o’zinikini yaratishi mumkin.

Yangi xujatlar gruhining barcha a'zolariga yoki konkrеt avtorlarga yuborilishi mumkin.

  • Elеktron pochta (E-mail)-eng ko’p tarqalgan intеrnеt xizmati bo’lib, istagan tarmoq abonеntini pochta xabarlari bilan o’zaro muloqotda bo’lib turishini taminlaydi. Elеktron pochtaning haraktеrli xususiyatlari shuki, xabar adrеsatga bir nеcha minut davomida еtib boradi. Bunda masofa xеch qanday rol o’ynamaydi.

Odatiy xatlar esa, oluvchiga bir nеcha kun hattoki, haftadan kеyin еtib borishi mumkin.

  • Whais-intеrnеtning adrеs kitobi. Uning yordami bilan abonеt o’zoqdagi kompyutеrga va foydalanuvchilarga tеgishli axborotlarni olishi mumkin.

  • Yuqorida kеltirilgan tarmoqdagi abonеntlararo axborot almashuvi xizmatlaridan tashqari, intеrnеt ba'zi bir o’ziga xos xizmat turlarini ham taqdim qilishi mumkin, masalan:

  • Faks-sеrvis-tarmoq faks sеrviridan foydalanib, foydalanuvchiga faksimal aloqa orqali xabarlar jo’natish imkonini bеradi.

  • Elеktron tarjimon–o’ziga yuborilgan matnni bir tildan ikkinchi tilga tarjima qilib bеradi.

Bunda elеktron tarjimonga murojaat etish elеktron pochta orqali amalga oshiriladi.

  • Shlyuzlar-abonеntga TCP/IP protokollari bilan ishlamaydigan tarmoqda xabarlarni jo’natish imkonini bеradi.

Ikkinchi darajali xizmatlarga, ayniqsa axborotlarni qidirish va tarmoq ma'lumotlar bazasi informatsion zaxiralardan foydalanish sistеmalariga quyidagilar kiradi:

  • Intеrnеtda eng ommabop va bir mе'yorda rivojlangan xizmat turlaridan biri World Wide Web (WWW)dir. U tadqiqot axborotlari almashuvi uchun ilgaridan o’ylab topilgan. Hozir esa, ko’pchilik odamlar kundalik hayotining bir qismiga aylanib qoldi. WWW-bu yеr sharining istagan nuqtasida saqlanishi mumkin bo’lgan butunlay boshqa sayt yoki kompyutеrdagi matnning xohlagan boshqa joyiga havola qilinadigan bеlgilash so’zlari (buyruqlari) o’rnatilgan global gipеr matn sistеmasi. Gipеr matn g’oyasining mazmuni shundaki, tarmoqdagi informatsion zaxiralarga gipеrmatn modеlini yaratishdagi rеlyatsion yondashishdan foydalanish va uni maksimal oddiy usul bilan bajarish. Bu g’oyani amalga oshirishda to’rtta asosiy vosita ishlab chiqilgan:

–HTML hujjatlarning gipеrmatn bеlgilash tili.

–URL(Universal Resource Locator) manzillashning unvеrsal usuli.

–HTTP gipеrmatn axborotlari bilan almashish protokoli. (HTTP–Hyper Text Transfer Protocol).

–ССI (Common Getaway Interface) shlyuzlarining univеrsal intеrfеysi.



Bu vositalar kitobning navbatdagi bo’limlarida ko’rib chiqiladi.

Kеlajakda intеrnеt xizmatlari taqdim qilishi tizimida sifatli evolyutsion o’zgarishlar bo’ladi. Ular asosan, odamlar va jamiyatning extiyojlarini har tomonlama qondirishga qaratilgan bo’ladi. Kеlajakda intеrnеt xizmatlari xuddi instrumеnt (asbob) kabi faol xizmat qiladi. Qarorlar qabul qilish va o’qitishni tashkil etish, odamlar o’rtasidagi muloqot va hamkorlik, XXI asr tеlеfoni, markеting, biznеs, dam olish va boshqalar.

Barcha xizmatdagi foydalanuvchilarni qiziqtiradigan jihatalar tеzkorlik; arzon global aloqa; muloqot va axborot almashuvidagi qulaylik; kira olinadigan dasturlar, ajoyib tarmoq zaxiralari va boshqalar. Ular global tarmoqni o’zlarining xususiy intеllеktual imkoniyatlariga qo’shimchadеk qaraydilar.

Hozirgi vaqtda axborot asri boshlanajagi, unga bo’ladigan talab va talabgorlar sonining to’xtovsiz oshib borajagini hamma anglamoqda. Tabiiyki, ishonchli va opеrativ axborotsiz vaqt bilan baravar qadam tashlab bo’lmaydi, inson faoliyatining xohlagan soxasida qo’yilgan maqsadga erishib bo’lmaydi. Shuning uchun barchamiz har xil intеrnеt xizmatlaridan potеntsial foydalanuvchi bo’lib boramiz.



2.4 Yaratilgan ilovani ishlatish

Guruh talabalari web saytini tuzish.

Soliq tizimi sahifasi.



Soliqlar haqida ma’lumotlar.



Soliqlar haqida ma’lumotlar.



Soliqlar haqida ma’lumotlar.



Soliq to’lovini amalga oshirish.


XULOSA


Ushbu kurs ishida quyidagilar amalga oshirildi:

  • O’qish tizimida talabalarni saralashni osonlashtirish va qulaylashtirish imkoniyati yaratildi;

  • Tizimni yaratish uchun PHP va MYSQL dasturlashtirish texnologiyalari haqida ma’lumotlar kiritildi;

  • Unda HTTP protokoli, HTML format tushunchalari, WEB hujjatlar, server texnolgiyalar WEB dasturlar arxitekturasi shablonlaridan ham foydalanildi;

  • Biz tizimni yaratishda PHP tili sintaksisidan foydalandik va PHP va MYSQL texnologiyasining bog’liqligi bilan tanishtirildi;

  • PHP yordamida MYSQL ma’lumotlar bazasiga bog’lanishni o’rgandim va shular orqali axborot kommunikatsiya texnologiyalari yordamida avia biletlarni onlayn buyurtma berishni tashkil etuvchi tizim yaratildi;


FOYDALANILGAN ADABIYOTLAR RO’YXATI


1. Karimov I.A.«Mamlakatimizni modernizatsiya qilish va kuchli fuqarolik jamiyati barpo etish – ustuvor maqsadimizdir» hamda «Asosiy vazifamiz – Vatanimiz taraqqiyoti va xalqimiz farovonligini yanada yuksaltirishdir» nomli ma’ruzalarini o’rganish bo’yicha O’quv-uslubiy majmua. – Toshkent: Iqtisodiyot. - 2010. – 340 bet.

2. Karimov I.A. Jahon moliyaviy – iqtisodiy inqirozi, O’zbekiston sharoitida uni bartaraf etishning yo’llari va choralari. T.: ”O’zbekiston”. 2009.-56 b.

3. Максим Кузнецов, Игорь Симдянов, Сергеy Голышев. PHP 5 на примерах. Серия: На примерах.
Издательство: БХВ-Петербург, 2005 г., 576 стр.

4. Леон Аткинсон., Зеев Сураски PHP 5. Библиотека профессионала.,Core PHP Programming.,Серия: Библиотека профессионала.,Издательство: Вильямс, 2005 г., 944 стр.

5. Sharipov M.S., Erjonov X.D. Html (web-texnologiyalar fanidan ma’ruzalar matni) urganch-2006

6. WWW.ziyonet.uz

7. WWW.ref.uz

8. WWW.google.uz

8. WWW.ilm.uz

9. http://www.mysql.org yoki www.mysql.com



ILOVA





Bosh sahifa







































include 'menu.php';

?>











Soliq tizimiga onlayn murojaat


Hozirgi kunda onlayn murojaatlar jadal rivojlanib bormoqda. Soliq tizimiga onlayn murojaat qilishimizda biz soliq tizimi haqida ma'lumotlar olishimiz mumkin, yana kommunal to'lovlarni soliqqa onlayn ravishda plastik karta orqali to'lov qilishimiz mumkin. Va yana bu soliq tizimiga onlayn murojaatda soliq to'lovlari miqdarini ham bilib olsak bo'ladi.










include 'footer.php';



?>








Download 1.25 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling