Axborot soati materialini


Download 146.45 Kb.
Pdf ko'rish
Sana24.03.2017
Hajmi146.45 Kb.

Axborot soati materialini 

www.mtm.buxdu.uz

 veb-saytidan olish mumkin 

 



A

A

A

X

X

X

B

B

B

O

O

O

R

R

R

O

O

O

T

T

T

 

 

 

S

S

S

O

O

O

A

A

A

T

T

T

I

I

I

 

 

 

M

M

M

A

A

A

T

T

T

E

E

E

R

R

R

I

I

I

A

A

A

L

L

L

L

L

L

A

A

A

R

R

R

I

I

I

 

 

 

2

2

2

1

1

1

 

 

 

F

F

F

e

e

e

v

v

v

r

r

r

a

a

a

l

l

l

 

 

 

2

2

2

0

0

0

1

1

1

7

7

7

 

 

 

y

y

y

i

i

i

l

l

l

 

 



 

 

 



O‘ZBEKISTON  PREZIDENTI  ROSSIYA  HUKUMATI  RAISINING  O‘RINBOSARINI 

QABUL QILDI 

O‘zbekiston  Respublikasi  Prezidenti  Shavkat  Mirziyoyev  15-fevral  kuni  Iqtisodiy 

hamkorlik bo‘yicha O‘zbekiston – Rossiya hukumatlararo komissiyasining navbatdagi 

majlisida  ishtirok  etish  uchun  mamlakatimizga 

kelgan 

Rossiya 

Federatsiyasi 

Hukumati 

raisining  o‘rinbosari  Dmitriy  Kozakni  qabul 

qildi.  

Davlatimiz  rahbari  mehmonni  qutlar  ekan, 

O‘zbekiston  bilan  Rossiya  o‘rtasidagi  strategik 

sheriklik  munosabatlari  ko‘plab  yo‘nalishlarda, 

xususan, 

savdo-iqtisodiy 

sohada 

izchil 


rivojlanayotgani  va  mustahkamlanib  borayotganini 

alohida ta’kidladi.  

O‘zbekiston  Respublikasi  Prezidenti  Shavkat 

Mirziyoyev  va  Rossiya  Federatsiyasi  Prezidenti 

Vladimir 

Putinning 

2016-yil 

6-sentabr 

kuni 

Samarqandda  bo‘lib  o‘tgan  uchrashuvi  chog‘ida  erishilgan  kelishuvlar  faol  va  samarali 



amalga oshirilayotgani qayd etildi.  

Bugungi  kunda  Rossiya  O‘zbekistonning  asosiy  iqtisodiy  sheriklaridandir.  2016-yil 

yakunlariga  ko‘ra,  o‘zaro  savdo  hajmi  4,2  milliard  AQSh  dollaridan  ziyodni  tashkil  etgan. 

Tovar  ayirboshlash  hajmini  yanada  ko‘paytirish  maqsadida  O‘zbekistonda  yetishtirilgan 

meva-sabzavot  mahsulotlarini  "yashil  yo‘lak"  orqali  rossiyalik  iste’molchilarga  yetkazishni 

tashkil  etishga  doir  kelishuvlar  imzolangan.  Joriy  yilda  Rossiya  bozoriga  1  million  tonnadan 

ortiq  meva-sabzavotlar,  shuningdek,  ularni qayta  ishlash  asosida  tayyorlangan  keng  turdagi 

mahsulotlar yetkazib berish mo‘ljallangan.  

Hamkorlikning  barcha  yo‘nalishlari,  shu 

jumladan,  ikki  mamlakat  hududlari  o‘rtasidagi 

aloqalar sezilarli darajada faollashdi.  

Investitsiyaviy 

hamkorlik 

kengayib 

bormoqda. 

Bugungi 


kunda 

O‘zbekistonda 

Rossiya kapitali ishtirokida tashkil etilgan 960 dan 

ortiq korxona faoliyat yuritmoqda, Rossiyaning 64 

yetakchi 

kompaniyasi 

vakolatxonalari 

akkreditatsiyadan o‘tgan.  

Neft-gaz 

sohasi 


bilan 

bir 


qatorda 

mashinasozlik, 

metallurgiya, 

to‘qimachilik 

sanoati, 

farmatsevtika, 

zamonaviy 

tibbiy 


uskunalar  ishlab  chiqarish,  qishloq  xo‘jaligi  mahsulotlarini  chuqur  qayta  ishlash  sohalarida 

ham  yangi  investitsiyaviy  loyihalar  tayyorlanmoqda  va  amalga  oshirilmoqda.  Ta’lim  va 

sog‘liqni saqlash sohalarida yangi dastur va bitimlar ishlab chiqilmoqda.  

Uchrashuvda 

iqtisodiyotning 

turli 


tarmoqlaridagi 

o‘zaro 


manfaatli 

hamkorlik 

yo‘nalishlarini yanada diversifikatsiya qilish masalalari muhokama qilindi.  

Tomonlar  ikki  mamlakat  kompaniyalari  o‘rtasida  uzoq  muddatli  amaliy  aloqalarni 

o‘rnatish,  shuningdek,  yangi  qo‘shma  dastur  va  loyihalarni  amalga  oshirishda  Iqtisodiy 

hamkorlik bo‘yicha hukumatlararo komissiya muhim o‘rin tutayotganini qayd etdilar.  



Axborot soati materialini 

www.mtm.buxdu.uz

 veb-saytidan olish mumkin 

 



D.Kozak  samimiy  qabul  uchun  Prezidentimizga  minnatdorlik  bildirib,  Rossiya 

Federatsiyasi  O‘zbekiston  Respublikasi  bilan  keng  ko‘lamli  savdo-iqtisodiy  hamkorlikni 

yanada rivojlantirishdan manfaatdor ekanini ta’kidladi.  

 

 



FANLAR AKADEMIYASI FAOLIYATI, ILMIY-TADQIQOT ISHLARINI TASHKIL 

ETISH, BOSHQARISH VA MOLIYALASHTIRISHNI YANADA TAKOMILLASHTIRISH 

CHORA-TADBIRLARI TO‘G‘RISIDA 

O‘ZBEKISTON RESPUBLIKASI PREZIDENTINING QARORI 

Iqtisodiyotning innovatsion rivojlanishida akademik fanning ahamiyatini yanada oshirish, 

Fanlar  akademiyasining  nufuzini  yuksaltirish va  faoliyatini  takomillashtirish,  ilmiy-tadqiqot  va 

innovatsion  faoliyatni  boshqarish  va  tartibga  solishning  yagona  tizimini  shakllantirish, 

shuningdek,  O‘zbekiston  Respublikasini  ijtimoiy-iqtisodiy  rivojlantirishda  ilm-fanning  o‘rnini 

oshirish maqsadida:  

1.  O‘zbekiston  Fanlar  akademiyasining  asosiy  vazifa  va  faoliyati  yo‘nalishlari  etib 

quyidagilar belgilansin:  

tabiiy,  texnik  va  ijtimoiy-gumanitar  fanlar  sohasida  fundamental,  amaliy  va  innovatsion 

ilmiy tadqiqotlar olib borish;  

ilm-fanning ta’lim va ishlab chiqarish bilan integratsiyasi mexanizmlarini mustahkamlash 

va rivojlantirish;  

iqtisodiyot  tarmoqlari  va  respublika  hududlarining  ehtiyojlarini  hisobga  olgan  holda,  fan 

va  texnologiyalarni  rivojlantirishning,  davlat  ilmiy-texnik  dasturlarining  ustuvor  yo‘nalishlarini 

shakllantirishga doir takliflar ishlab chiqish;  

jahon  va  respublika  ilm-fan  yutuqlarini  o‘rganish  va  tahlil  qilish,  ulardan  O‘zbekiston 

Respublikasi manfaatlari yo‘lida foydalanish borasida tavsiyalar ishlab chiqish;  

mamlakatimiz  ilm-fani,  ilmiy  salohiyati,  fan  va  texnika  yutuqlarini  ommalashtirish  va 

targ‘ib qilish;  

xorijiy mamlakatlarning fanlar akademiyalari, ilmiy-tadqiqot tashkilotlari va jamg‘armalari 

bilan  xalqaro  hamkorlik  qilish,  xalqaro  ilmiy  forum  va  konferensiyalar  tashkil  etishda  va 

o‘tkazishda ishtirok etish;  

Fanlar  akademiyasi  muassasalarining  ilmiy  salohiyati  va  moddiy-texnik  bazasidan 

foydalangan holda, yuqori malakali kadrlar tayyorlashda ishtirok etish.  

2.  O‘zbekiston  Respublikasi  Fanlar  akademiyasi,  Oliy  va  o‘rta  maxsus  ta’lim  vazirligi, 

Moliya  vazirligi,  Favqulodda  vaziyatlar  vazirligi,  Fan  va  texnologiyalarni  rivojlantirishni 

muvofiqlashtirish qo‘mitasining O‘zbekiston Milliy universiteti huzuridagi Tarix institutini Fanlar 

akademiyasi tasarrufiga o‘tkazish, shuningdek, O‘zbekiston Respublikasi Fanlar akademiyasi 

tarkibida:  

O‘zbekiston  Milliy  universiteti  huzuridagi  Matematika  instituti  negizida  V.I.Romanovskiy 

nomidagi Matematika institutini;  

O‘zbekiston  Milliy  universiteti  Fizika  fakultetining  tegishli  laboratoriyalari  va  noyob 

obyektlari,  shuningdek,  O‘zbekiston  Respublikasi  Favqulodda  vaziyatlar  vazirligi  huzuridagi 

Radiatsiya xavfsizligi markazi negizida Yadro fizikasi institutini;  

Toshkent 

davlat 


texnika 

universiteti 

Muhandislik-fizika 

fakultetining 

tegishli 

laboratoriyalari negizida U.A.Arifov nomidagi Ion-plamza va lazer texnologiyalari institutini;  

O‘zbekiston Respublikasi Fanlar akademiyasi Inshootlar seysmik mustahkamligi instituti 

va Toshkent davlat texnika universiteti huzuridagi Tarmoq mashinasozligi muammolari ilmiy-

tadqiqot  markazi  negizida  M.T.O‘rozboyev  nomidagi  Mexanika  va  inshootlar  seysmik 

mustahkamligi institutini;  

O‘zbekiston  Milliy  universiteti  huzuridagi  Polimerlar  kimyosi  va  fizikasi  ilmiy-tadqiqot 

markazi negizida Polimerlar kimyosi va fizikasi institutini;  

Toshkent davlat sharqshunoslik instituti huzuridagi Abu Rayhon Beruniy nomidagi Sharq 

qo‘lyozmalari markazi negizida Abu Rayhon Beruniy nomidagi Sharqshunoslik institutini;  



Axborot soati materialini 

www.mtm.buxdu.uz

 veb-saytidan olish mumkin 

 



Samarqand  shahridagi  Arxeologiya  instituti  va  O‘zbekiston  Respublikasi  Fanlar 

akademiyasi  Arxeologiya  institutining  Toshkent  bo‘limi  negizida  Ya.G‘ulomov  nomidagi 

Arxeologik tadqiqotlar institutini;  

Alisher  Navoiy nomidagi Toshkent  davlat o‘zbek  tili  va adabiyoti  universiteti  huzuridagi 

O‘zbek  tili  va  adabiyoti  ilmiy-tadqiqot  instituti  negizida  O‘zbek  tili,  adabiyoti  va  folklori 

institutini;  

Alisher  Navoiy nomidagi Toshkent  davlat o‘zbek  tili  va adabiyoti  universiteti  huzuridagi 

O‘zbek  tili  va  adabiyoti  muzeyi  negizida  Alisher  Navoiy  nomidagi  davlat  adabiyot  muzeyini 

tashkil etish to‘g‘risidagi taklifiga rozilik berilsin.  

3.  O‘zbekiston  Respublikasi  Fanlar  akademiyasi,  Oliy  va  o‘rta  maxsus  ta’lim  vazirligi, 

Xalq  ta’limi  vazirligining  Oliy  va  o‘rta  maxsus  ta’lim  vazirligi  huzuridagi  O‘zbekistonning  eng 

yangi tarixi jamoatchilik kengashini Fanlar akademiyasi huzuridagi O‘zbekistonning eng yangi 

tarixi jamoatchilik kengashiga aylantirish to‘g‘risidagi taklifiga rozilik berilsin.  

Oliy  va  o‘rta  maxsus  ta’lim  vazirligi  huzuridagi  O‘zbekistonning  eng  yangi  tarixi 

masalalari  bo‘yicha  Muvofiqlashtiruvchi-metodik  markaz  Fanlar  akademiyasi  tasarrufiga 

o‘tkazilsin,  u  Fanlar  akademiyasi  huzuridagi  O‘zbekistonning  eng  yangi  tarixi  bo‘yicha 

jamoatchilik kengashining ishchi organi etib belgilansin.  

4.  O‘zbekiston  Respublikasi  Fanlar  akademiyasi,  “Navoiy  kon-metallurgiya  kombinati” 

davlat  korxonasi,  Fan  va  texnologiyalarni  rivojlantirishni  muvofiqlashtirish  qo‘mitasi, 

O‘zbekiston Respublikasi Iqtisodiyot vazirligining Fanlar akademiyasi Navoiy bo‘limini tashkil 

etish to‘g‘risidagi taklifi qabul qilinsin.  

Fanlar akademiyasi  Navoiy  bo‘limini  saqlash,  shuningdek, uning  amaliy  va innovatsion 

tadqiqotlarini  amalga oshirishga  yo‘naltirilgan  xarajatlari “Navoiy  kon-metallurgiya  kombinati” 

davlat  korxonasining  hisobidan,  shu  jumladan,  tegishli  ilmiy-texnologik  ishlanmalarni  joriy 

etish natijasida olingan sof foydaning 10 foizi miqdori evaziga qoplanishi belgilab qo‘yilsin.  

5.  Belgilansinki,  qayta  tashkil  etilgan  Fanlar  akademiyasi  ilmiy  muassasalari  yuridik 

shaxs  maqomiga  ega  davlat  muassasasidir,  ular  avval  o‘zlari  tasarrufida  bo‘lgan  vazirlik  va 

idoralar  negizidagi  ilmiy  muassasalarning  huquq  va  majburiyatlari  bo‘yicha  huquqiy  vorislari 

hisoblanadilar.  

6.  Ilm-fanning  ustuvor  yo‘nalishlari  rivojlanishini  ta’minlash,  shuningdek,  ilmiy-tadqiqot 

muassasalari faoliyatini samarali muvofiqlashtirish maqsadida Fanlar akademiyasi boshqaruv 

apparati  tuzilmasida  fizika-matematika  va  texnik  fanlar,  kimyo-biologiya  fanlari,  ijtimoiy-

gumanitar fanlar bo‘yicha bo‘limlar tashkil etilsin.  

Fanlar  akademiyasining  Qoraqalpog‘iston  bo‘limi  raisi,  Xorazm  Ma’mun  akademiyasi 

raisi va Fanlar akademiyasi Navoiy bo‘limi raisi o‘z maqomiga ko‘ra Fanlar akademiyasining 

vitse-prezidentiga tenglashtirilsin.  

7.  Amaliyotga  shunday  tartib  joriy  etilsinki,  unga  muvofiq  tarmoq  ilmiy-tadqiqot 

muassasalari Fanlar akademiyasining assotsiatsiyalashtirilgan a’zosi bo‘lishlari mumkin.  

8.  O‘zbekiston  Respublikasi  Fanlar  akademiyasining  tashkiliy  hamda  boshqaruv 

apparati tuzilmalari 1 va 2-ilovaga muvofiq tasdiqlansin.  

O‘zbekiston  Respublikasi  Fanlar  akademiyasi  prezidentiga,  zarurat  bo‘lganda, 

O‘zbekiston  Respublikasi  Fanlar  akademiyasi  boshqaruv  apparati  tuzilmasiga  xodimlarning 

tasdiqlangan cheklangan umumiy soni doirasida o‘zgartirishlar kiritish huquqi berilsin.  

9.  Fan  va  texnologiyalar  bo‘yicha  Davlat  komissiyasi  (keyingi  o‘rinlarda  Davlat 

komissiyasi) 3-ilovaga muvofiq tarkibda tashkil etilsin.  

10. Quyidagilar Davlat komissiyasining asosiy vazifalari etib belgilansin:  

ilmiy-texnik faoliyat sohasida yagona davlat siyosatini ishlab chiqish va amalga oshirish;  

davlat  ilmiy-texnika  va  innovatsion  siyosatining  ustuvor  yo‘nalishlarini  va  ushbu 

sohalarda davlat siyosatini amalga oshirishga yo‘naltirilgan chora-tadbirlarni belgilash;  

fundamental,  amaliy  va innovatsion  tadqiqotlarning  grant  asosidagi  davlat ilmiy-texnika 

dasturlarini tasdiqlash;  


Axborot soati materialini 

www.mtm.buxdu.uz

 veb-saytidan olish mumkin 

 



bajarilayotgan  loyihalar  va  ularni  joriy  etish  tadbirlarining  amalga  oshirilishi  yuzasidan 

davlat  organlari  rahbarlari  va  mansabdor  shaxslarning  hisobotlarini  eshitish  va  shaxsiy 

javobgarligi masalalarini ko‘rib chiqish.  

11.  O‘zbekiston  Respublikasi  Fanlar  akademiyasi,  Iqtisodiyot  vazirligi,  Moliya  vazirligi, 

Oliy  va  o‘rta  maxsus  ta’lim  vazirligining  O‘zbekiston  Respublikasi  Vazirlar  Mahkamasi 

huzuridagi  faoliyati  tugatilayotgan  Fan  va  texnologiyalarni  rivojlantirishni  muvofiqlashtirish 

qo‘mitasi  negizida  O‘zbekiston  Respublikasi  Fan  va  texnologiyalar  agentligini  tashkil  etish 

to‘g‘risidagi taklifiga rozilik berilsin.  

O‘zbekiston  Respublikasi  Fan  va  texnologiyalar  agentligining  tuzilmasi  4-ilovaga 

muvofiq tasdiqlansin.  

O‘zbekiston  Respublikasi  Fan  va  texnologiyalar  agentligining  bosh  direktoriga,  zarurat 

bo‘lganda, O‘zbekiston Respublikasi Fan va texnologiyalar agentligi tuzilmasiga xodimlarning 

tasdiqlangan cheklangan umumiy soni doirasida o‘zgartirishlar kiritish huquqi berilsin.  

12.  O‘zbekiston  Respublikasi  Fan  va  texnologiyalar  agentligining  asosiy  vazifa  va 

faoliyati yo‘nalishlari etib quyidagilar belgilansin:  

mamlakatni sotsial-iqtisodiy, ijtimoiy-siyosiy rivojlantirish vazifalari va zamonaviy ilm-fan 

yutuqlarini  inobatga  olgan  holda,  fan  va  texnologiyalarni  rivojlantirishning  ustuvor 

yo‘nalishlarini belgilash va amalga oshirish tadbirlarini bajarish;  

davlat ilmiy-texnika dasturlarini shakllantirish, amalga oshirish va ular ijrosining, hamda 

mamlakatni ijtimoiy-iqtisodiy rivojlantirishda ilmiy-tadqiqot ishlari natijalaridan foydalanishning 

tizimli monitoringini olib borish;  

muhim tarmoqlararo ilmiy-texnik dasturlar ijrosini ta’minlash;  

iqtisodiyot  tarmoqlari  va  ijtimoiy  soha  uchun  fundamental,  amaliy  va  innovatsion 

tadqiqotlar  bajarilishi  bo‘yicha  ilmiy-texnik  xizmatlar  ko‘rsatishda  davlat  topshiriqlarini 

shakllantirish;  

har  yilgi  Respublika  innovatsion  g‘oyalar,  texnologiyalar  va  loyihalar  yarmarkasi 

o‘tkazilishini  tashkil  etish  hamda  uning  doirasida  imzolangan  shartnomalarning  bajarilishi 

bo‘yicha monitoring olib borish;  

fan va texnologiyalar sohasida xalqaro hamkorlikni rivojlantirish, xorijiy investitsiyalar va 

grantlarni jalb etish, xorijiy hamkorlar bilan qo‘shma ilmiy loyihalar va innovatsion ishlanmalar 

bajarilishini tashkil etish;  

oliy  malakali  ilmiy  va  ilmiy-pedagog  kadrlar  tayyorlash  faoliyatini  rejalashtirish  va 

muvofiqlashtirish.  

13.  O‘zbekiston  Respublikasi  Fan  va  texnologiyalar  agentligi  Davlat  komissiyasining 

ishchi organi hisoblanishi belgilab qo‘yilsin.  

14.  Fan  va  texnologiyalar  agentligi  respublikaning  ilmiy-tadqiqot,  ta’lim  va  boshqa 

muassasalari tomonidan amalga oshiriladigan davlat ilmiy-texnika dasturlari va loyihalarining 

yagona buyurtmachisi etib belgilansin.  

15.  O‘zbekiston  Respublikasi  Fan  va  texnologiyalar  agentligi  Fanlar  akademiyasi, 

Iqtisodiyot  vazirligi  va  Moliya  vazirligi  bilan  birgalikda,  uch  oy  muddatda  O‘zbekiston 

Respublikasi  Vazirlar  Mahkamasiga  binolar,  inshootlar  va  boshqa  moddiy-texnik  bazani 

saqlash va ulardan foydalanish xarajatlarini bazaviy moliyalashtirish mexanizmini joriy etishni 

nazarda  tutuvchi  ilmiy-tadqiqot  muassasalarini  moliyalashtirish  tartibini  takomillashtirish 

bo‘yicha takliflar kiritsin.  

16.  Mamlakatda  ilm-fan  va  texnologiyalarning  jadal  rivojlanishini  ta’minlashga 

yo‘naltirilgan  tadqiqotlarni  tashkil  etish  uchun  shart-sharoit  yaratish,  raqobatbardosh  ilmiy-

hajmdor  mahalliy  mahsulotlar  ishlab  chiqarishni  o‘zlashtirish  maqsadida  Davlat  komissiyasi 

qoshida  yuridik  shaxs  maqomiga  ega  bo‘lgan  Ilmiy-texnik  faoliyatni  qo‘llab-quvvatlash  va 

rivojlantirish jamg‘armasi tashkil etilsin.  

17.  Ilmiy-texnik  faoliyatni  qo‘llab-quvvatlash  va  rivojlantirish  jamg‘armasi  mablag‘larini 

shakllantirish manbalari etib:  


Axborot soati materialini 

www.mtm.buxdu.uz

 veb-saytidan olish mumkin 

 



O‘zbekiston Respublikasi Intellektual mulk agentligiga patent bojlari, yig‘imlar va boshqa 

soliq toifasiga kirmaydigan to‘lovlardan kelib tushgan valyuta mablag‘larining 90 foizi;  

xalqaro moliya tashkilotlari va institutlarining grantlari va kreditlari;  

homiylar  –  yuridik  va  jismoniy  shaxslarning,  O‘zbekiston  Respublikasi  rezidentlari  va 

norezidentlarining mablag‘lari;  

qonun hujjatlarida taqiqlanmagan boshqa tushumlar belgilansin.  

18.  Ilmiy-texnik  faoliyatni  qo‘llab-quvvatlash  va  rivojlantirish  jamg‘armasi  mablag‘larini 

boshqarish vazifasi Davlat komissiyasiga yuklansin.  

19.  Quyidagilar  Ilmiy-texnik  faoliyatni  qo‘llab-quvvatlash  va  rivojlantirish  jamg‘armasi 

mablag‘laridan foydalanishning asosiy yo‘nalishlari etib belgilansin:  

O‘zbekiston  Respublikasi  Fanlar  akademiyasi,  Oliy  va  o‘rta  maxsus  ta’lim  vazirligi, 

Sog‘liqni  saqlash  vazirligi,  Qishloq  va  suv  xo‘jaligi  vazirligi  hamda  boshqa  vazirlik  va 

idoralarning  ilmiy-tadqiqot  va  oliy  ta’lim  muassasalarida  mamlakatda  ilm-fan  va 

texnologiyalarning  jadal  rivojlanishini  ta’minlashga,  raqobatbardosh  ilmiy-hajmdor  mahalliy 

mahsulotlar  ishlab  chiqarishni  o‘zlashtirishga  yo‘naltirilgan  ilg‘or  ilmiy  tadqiqotlar  va  izlanish 

ishlarini  olib  borish  uchun  tanlov  asosidagi,  mutlaqo  yangi  tipdagi  va  zamonaviy  yuqori 

texnologik  asbob-uskunalar  bilan  jihozlangan  ilmiy  laboratoriyalar  tashkil  etish  bo‘yicha 

tadbirlarni moliyalashtirish;  

davlat ilmiy-texnika dasturlari doirasida yaratilgan intellektual mulk obyektlarini chet elda 

ro‘yxatdan o‘tkazish (patentlash) xarajatlarini qoplash;  

davlat ilmiy-texnika  dasturlarini  amalga oshirishda ishtirok  etuvchi ilmiy-tadqiqot  va  oliy 

ta’lim  muassasalarining  ilmiy  laboratoriyalari  uchun  qo‘shimcha  zamonaviy  ilmiy  asbob-

uskunalar, zarur sarflanuvchi materiallar va butlovchi qismlar bilan uzluksiz ta’minlash uchun 

mablag‘ ajratish;  

O‘zbekiston  Respublikasi  Fanlar  akademiyasi,  Oliy  va  o‘rta  maxsus  ta’lim  vazirligi, 

Sog‘liqni saqlash vazirligi, Qishloq va suv xo‘jaligi vazirligi hamda boshqa vazirlik va idoralar 

tasarrufidagi ilmiy-tadqiqot va oliy ta’lim muassasalarining yetakchi ilmiy elektron ma’lumotlar 

bazasidan erkin foydalanishlari uchun talab etiladigan xarajatlarni qoplash;  

yosh olimlarning yetakchi xorijiy ilmiy markazlarda, shu jumladan, ilmiy laboratoriyalarni 

jihozlash uchun sotib olinadigan zamonaviy ilmiy va texnologik asbob-uskunalarda ishlashni 

o‘rganishlari uchun tashkil etiladigan qisqa muddatli ilmiy stajirovkalarni moliyalashtirish.  

20. O‘zbekiston Respublikasi Tashqi iqtisodiy aloqalar, investitsiyalar va savdo vazirligi, 

Iqtisodiyot  vazirligi,  Fan  va  texnologiyalar  agentligi  manfaatdor  vazirlik  va  idoralar  bilan 

birgalikda  ilmiy  tadqiqotlar  o‘tkazish,  ilmiy  laboratoriyalarni  jihozlash  va  olimlarning  xorijiy 

stajirovkalarini  tashkil  etish  uchun  chet  el  kreditlari  va  grantlarini  jalb  etish  bo‘yicha  xalqaro 

moliya institutlari va boshqa xorijiy donorlar bilan tizimli ish olib borsinlar.  

21.  O‘zbekiston  Respublikasi  Moliya  vazirligi,  Iqtisodiyot  vazirligi  va  Fanlar 

akademiyasining  ilmiy  tadqiqotlar  yakunlari  bo‘yicha  salmoqli  natijalarga  erishgan  olimlarni 

taqdirlash  uchun  Fanlar  akademiyasining  ilmiy  xodimlarni  moddiy  rag‘batlantirish 

jamg‘armasini tashkil etish to‘g‘risidagi taklifiga rozilik berilsin.  

Belgilab  qo‘yilsinki,  Fanlar  akademiyasining  ilmiy  xodimlarni  moddiy  rag‘batlantirish 

jamg‘armasi  Fanlar  akademiyasi  ilmiy-tadqiqot  muassasalarining  xo‘jalik  va  tadbirkorlik 

faoliyatidan tushgan sof foydaning 10 foizi miqdoridagi chegirma hisobidan shakllantiriladi.  

22. O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi ikki oy muddatda mazkur qaror ijrosini 

ta’minlashga  qaratilgan,  jumladan,  quyidagilarni  nazarda  tutuvchi  hukumat  qarorini  qabul 

qilsin:  

tegishli  oliy  ta’lim  muassasalari  bilan  chuqur  integratsiyani  ta’minlagan  holda  Fanlar 

akademiyasi tasarrufiga o‘tkazilayotgan hamda uning tarkibida qayta tashkil etilayotgan ilmiy-

tadqiqot muassasalarining faoliyatini yo‘lga qo‘yish;  

Fan  va  texnologiyalar  davlat  komissiyasi,  Fan  va  texnologiyalar  agentligi,  Ilmiy-texnik 

faoliyatni  qo‘llab-quvvatlash  va  rivojlantirish  jamg‘armasi,  Fanlar  akademiyasining  Navoiy 


Axborot soati materialini 

www.mtm.buxdu.uz

 veb-saytidan olish mumkin 

 



bo‘limi,  Fanlar  akademiyasining  ilmiy  xodimlarni  moddiy  rag‘batlantirish  jamg‘armasi 

faoliyatini tashkil etish.  

23.  O‘zbekiston  Respublikasi  Fanlar  akademiyasi,  Fan  va  texnologiyalar  agentligi, 

Adliya  vazirligi,  Moliya  vazirligi,  Iqtisodiyot  vazirligi,  Oliy  va  o‘rta  maxsus  ta’lim  vazirligi 

boshqa manfaatdor vazirlik va idoralar bilan birgalikda bir oy muddatda:  

O‘zbekiston  Respublikasi  Vazirlar  Mahkamasiga  amaldagi  qonun  hujjatlariga  ushbu 

qarordan kelib chiquvchi o‘zgartirish va qo‘shimchalar kiritish to‘g‘risida takliflar kiritsin;  

idoraviy normativ hujjatlarning ushbu qarorga muvofiqlashtirilishini ta’minlasin.  

24.  Mazkur  qarorning  bajarilishini  nazorat  qilish  O‘zbekiston  Respublikasining  Bosh 

vaziri A.N.Aripov zimmasiga yuklansin.  

 

O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti                                        Sh.Mirziyoyev  

 

Toshkent shahri,  



2017-yil 17-fevral  

 

 



O‘ZBEKISTONDA  PHD  VA  DOCTOR  OF  SCIENCE  ILMIY  DARAJALARI  JORIY 

ETILADI 

Oliy  ta’limdan  keyingi  bir  bosqichli  (fan  doktori  darajasi)  tizim  ikki  darajaliga  (PhD  va 

ScD) aylantiriladi. 

Joriy  yil  1-iyuldan  boshlab  O‘zbekistonda  oliy  ta’limdan  keyingi  ta’limning  ikki  darajali 

tizimi  joriy  etiladi.  Bu  Prezident  Shavkat  Mirziyoyevning  16-fevraldagi  farmonida  ko‘zda 

tutilgan, deb xabar qildi “Gazeta.uz"ning hukumatdagi axborot manbasi. 

Yangi tizim boshlang‘ich doktorantura (fan sohasidan kelib chiqqan holda dissertatsiyani 

himoya qilish va falsafa doktori ilmiy darajasi — PhD ni olish) va doktoranturani (dissertatsiya 

himoyasi hamda fan doktori ilmiy darajasi — Doctor of Science, ScD ni olish) o‘z ichiga oladi. 

2013-yil  1-yanvardan  O‘zbekistonda  oliy  ta’limdan  keyingi  bir  darajali  tizim  amal  qilib 

kelinayotgan edi. Davlat rahbari farmonida qayd etilishicha, O‘zbekistonning ijtimoiy-iqtisodiy 

rivojlanish  sur’atlari  oliy  ta’limdan  keyingi  bir  bosqichli  tizim  sharoitida  to‘plangan  tajribalarni 

qator  xorijiy  mamlakatlarning  mazkur  sohadagi  ilg‘or  tajribalarini  hisobga  olgan  holda  qayta 

ko‘rib chiqish zaruriyatini paydo qilmoqda. 

Farmonga muvofiq, PhD darajasi magistr darajasi yoki oliy ma’lumotga (mutaxassisliklar 

dasturlari  bo‘yicha)  yoki  klinik  ordinaturani  (tibbiyot  fanlari  uchun)  tamomlagan  va 

dissertatsiyani  himoya  qilgan  shaxslarga  beriladi.  ScD  darajasi  esa  fan  nomzodi  yoki  xorijiy 

davlatlarda  olingan  PhD  darajasiga  ega  hamda  dissertatsiya  himoya  qilgan  shaxslarga 

beriladi. 

Boshlang‘ich doktoranturaga magistr yoki oliy ma’lumotga ega yoxud klinik ordinaturani 

tamomlagan,  doktoranturaga  esa  —  fan  nomzodi  yoki  xorijiy  davlatlarda  olingan  PhD 

darajasiga  ega  yoxud  ular  bilan  tenglashtirilgan  boshqa  darajalarga  ega  shaxslar  qabul 

qilinadi. 

 

 



MADANIYAT VA SPORT SOHASIDA BOSHQARUV TIZIMINI YANADA 

TAKOMILLASHTIRISH CHORA-TADBIRLARI TO‘G‘RISIDA 

O‘ZBEKISTON RESPUBLIKASI PREZIDENTINING FARMONI 

Qayd etib o‘tilsinki, mustaqillik yillarida xalqimizning boy madaniy merosini qayta tiklash, 

yuksak  ma’naviyat,  milliy  o‘ziga  xoslik  va  xalq  an’analarining  mavjud  ko‘p  asrlik 

sarchashmalarini  butun  choralar  bilan  rivojlantirish,  jismonan  sog‘lom,  ma’nan  yetuk  va  har 

tomonlama barkamol shaxslar jamiyatini barpo etish uchun zarur shart-sharoitlar yaratildi.  

Aholining  madaniy  va  estetik  ehtiyojlarini  yanada  to‘la  qondirishga,  teatr,  musiqa, 

tasviriy  san’at  hamda  boshqa  san’at  turlarini  rivojlantirishga,  xalqimiz  tarixi  va  bugungi 


Axborot soati materialini 

www.mtm.buxdu.uz

 veb-saytidan olish mumkin 

 



hayotining  eng  yorqin  sahifalarini,  mamlakatimizning  erkin  demokratik  taraqqiyotini  aks 

ettiruvchi  asarlar  yaratishda  ijodiy  jamoalarga  har  tomonlama  yordam  ko‘rsatishga  alohida 

e’tibor  qaratildi.  Jismoniy  tarbiya  va  ommaviy  sportni  rivojlantirish  bo‘yicha  tizimli  va  aniq 

maqsadga  yo‘naltirilgan  chora-tadbirlar  amalga  oshirildi.  Nufuzli  xalqaro  musobaqalarda 

O‘zbekiston  sharafini  munosib  himoya  qilish  va  yuksak  marralarni  zabt  etishga  qodir 

mahoratli sportchilar tayyorlashning samarali tizimi yaratildi.  

Shu  bilan  birga,  mavjud  davlat  boshqaruvi  tizimi  madaniyat  va  sportni  rivojlantirish 

muammolarini  kompleks  hal  etish,  shuningdek,  mazkur  sohalarda  davlat  siyosatini  samarali 

amalga oshirishni to‘liq darajada ta’minlash imkonini bermaydi. Zimmasidagi vazifalar ko‘lami 

kengligi  va  ahamiyati  kattaligiga  qaramay,  Madaniyat  va  sport  ishlari  vazirligi  tomonidan 

davlat  boshqaruvi  organlari  va  mahalliy  hokimiyat  organlari  bilan  faol  hamkorlik 

ta’minlanmayapti,  uning  faoliyati  esa  ko‘pincha  madaniy-ommaviy  va  sport  tadbirlarini 

o‘tkazish bilangina cheklanib qolmoqda.  

Madaniy-ma’rifiy  va  sport-sog‘lomlashtirish  muassasalari,  obyektlari  va  inshootlarining 

moddiy-texnik  bazasini  yanada  rivojlantirish  va  mustahkamlash  masalalari  hamon  o‘z 

yechimini topgan emas. Madaniyat va sport sohasida kadrlar tayyorlash va qayta tayyorlash 

tizimi zamonaviy talablarga javob bermaydi.  

Madaniyat  va  sport  sohasidagi  boshqaruv  tizimini  takomillashtirish,  mazkur  sohada 

O‘zbekiston  xalqining  boy  va  o‘ziga  xos  madaniyati,  san’ati  va  ijodiyotini  yanada 

rivojlantirishni  ta’minlashga  yo‘naltirilgan  davlat  siyosatini  amalga  oshirish  samaradorligini 

tubdan  yuksaltirish,  aholi  keng  qatlamlari  orasida  ma’naviy-axloqiy  kamolot  va  sog‘lom 

turmush tarziga intilishni kuchaytirish maqsadida:  

1.  O‘zbekiston  Respublikasi  Madaniyat  va  sport  ishlari  vazirligi  tugatilsin  va  uning 

negizida:  



O‘zbekiston Respublikasi Madaniyat vazirligi;  

O‘zbekiston  Respublikasi  Jismoniy  tarbiya  va  sport  davlat  qo‘mitasi  tashkil 

qilinsin.  

2. Quyidagilar O‘zbekiston Respublikasi Madaniyat vazirligi faoliyatining asosiy vazifa va 

yo‘nalishlari etib belgilansin:  

madaniyat  sohasida  yagona  davlat  siyosatini  yuritish,  milliy  madaniy  va  ma’naviy 

merosni  asrab-avaylash  va  ko‘paytirish,  san’at  va  badiiy  ijodni  har  tomonlama  rivojlantirish, 

xalqimizning  ma’naviy-axloqiy  va  madaniy  darajasini  yanada  yuksaltirishni  rag‘batlantirish, 

uni  milliy  va  jahon  madaniyatining  eng  yaxshi  namunalaridan  bahramand  etish  borasida 

tizimli chora-tadbirlarni amalga oshirish;  

aholi  keng  qatlamlari,  ayniqsa,  yoshlar  qalbi  va  ongiga  mustaqillik,  yuksak  ma’naviyat, 

insonparvarlik  an’analariga  sadoqat,  milliy  o‘zlikni  anglash  g‘oyalarini  yanada  chuqur 

singdirish,  radikalizm  va  ekstremizmdek  yot  g‘oyalarga  qarshi  immunitetni  mustahkamlash, 

jamiyatning muttasil ortib borayotgan intellektual, estetik va madaniy ehtiyojlarini qondirishga 

yo‘naltirilgan  ommaviy-madaniy  tadbirlarni  o‘tkazishga  qaratilgan  ma’rifiy  ishlarni  amalga 

oshirish;  

badiiy  ijod,  shu  jumladan,  teatr,  musiqa,  xoreografiya,  estrada,  sirk  va  xalq  amaliy 

san’atini  yanada  rivojlantirishni  rag‘batlantirish,  xalqimiz  tarixi  va  bugungi  hayotining  eng 

yorqin  sahifalarini,  mamlakatimizning  erkin  demokratik  taraqqiyotini  aks  ettiruvchi  asarlar 

yaratishda ijodiy jamoalarga, ayniqsa, ijodkor yoshlarga har tomonlama ko‘maklashish;  

madaniyat  muassasalari,  jumladan,  teatrlar,  madaniyat  va  aholi  dam  olish  markazlari, 

madaniyat  va  istirohat  bog‘lari,  muzeylar  hamda  boshqa  madaniy-ma’rifiy  muassasalarning 

moddiy-texnik  bazasini  mustahkamlash,  ularning  faoliyat  samaradorligini  oshirish,  ma’naviy 

yetuk,  intellektual  barkamol  va  yuksak  madaniyatli  shaxslarni  tarbiyalash  ishida  ushbu 

muassasalar imkoniyatlaridan yanada to‘liq foydalanish;  

davlat hokimiyati va boshqaruvi organlari, jumladan, mahalliy hokimiyat idoralari, jamoat 

tashkilotlari,  o‘quv  yurtlari, ijodiy uyushmalar va  boshqa  tashkilotlar  bilan  faoliyatning  asosiy 

vazifa  hamda  yo‘nalishlarini,  madaniy-ma’rifiy  tadbirlarni  amalga  oshirishda,  madaniyat  va 



Axborot soati materialini 

www.mtm.buxdu.uz

 veb-saytidan olish mumkin 

 



ijodiy  muassasalar  ishining  samaradorligini  ta’minlashda  mustahkam  hamkorlikni  yo‘lga 

qo‘yish;  

madaniyat  sohasida  kadrlar  tayyorlash  va  ularning  malakasini  oshirish  jarayonini  milliy 

va  umuminsoniy  qadriyatlar,  insonparvarlik  va  yuksak  ma’naviyat  ruhida  takomillashtirish, 

bunda  zamonaviy  pedagogik  va  axborot  texnologiyalaridan,  ilg‘or  xalqaro  tajribalardan 

foydalanish,  madaniy-ma’rifiy  muassasalar  va  o‘quv  yurtlarini  yuqori  malakali  kadrlar  bilan 

ta’minlash;  

davlatlararo  va  xalqaro  madaniy  aloqalarni  kengaytirish  hamda  mustahkamlash, 

mamlakatimizning  madaniy  merosini,  mamlakatimiz  ijodiy  jamoalari  va  mualliflari  asarlarini, 

jumladan,  konferensiyalar  va  ko‘rgazmalar,  madaniy  tadbirlar  va  anjumanlar  o‘tkazish  yo‘li 

bilan chet ellarda keng targ‘ib qilish, madaniyat sohasiga xorijiy investitsiyalar va grantlar jalb 

etish,  shuningdek,  madaniyat  sohasiga  oid ommaviy  adabiyotlarni  chop  etish,  video  va  kino 

materiallar tayyorlash.  

3.  Quyidagilar  O‘zbekiston  Respublikasi  Jismoniy  tarbiya  va  sport  davlat  qo‘mitasi 

faoliyatining asosiy vazifa va yo‘nalishlari etib belgilansin:  

jismoniy  tarbiya  va  sport  sohasida  aholi  keng  qatlamini  sport  bilan  shug‘ullanishga  va 

sog‘lom  turmush  tarzini  yuritishga  jalb  etish,  jismonan  sog‘lom  avlodni  tarbiyalash,  sport 

industriyasi  va  infratuzilmasini  rivojlantirish,  mamlakatimizning  xalqaro  sport  maydonlaridagi 

yutuqlarini  targ‘ib  qilish  va  uning  keng  e’tirof  etilishiga  qaratilgan  yagona  davlat  siyosatini 

amalga oshirish;  

mahalliy  davlat  hokimiyati  organlari,  fuqarolarning  o‘zini  o‘zi  boshqarish  organlari, 

jismoniy  tarbiya  va  sport  jamiyatlari,  ta’lim  muassasalari,  jamoat  tashkilotlari  bilan  birgalikda 

aholi,  ayniqsa,  yoshlar,  xotin-qizlar,  keksalar,  qishloq  aholisi  o‘rtasida  sport  hamda  jismoniy 

tarbiya  bilan  shug‘ullanishni  ommalashtirish  borasida  keng  ko‘lamli  ishlarni  tashkillashtirish, 

shaharlar va tumanlarda ommaviy sport tadbirlari, milliy sport turlari bo‘yicha xalq o‘yinlari va 

musobaqalarini muntazam o‘tkazib borish;  

bolalar,  ayniqsa,  qizlarni  sport  bilan  muntazam  shug‘ullanishga  keng  jalb  etgan  holda, 

bolalar  sportini  har  tomonlama  rivojlantirish,  bolalar  sport  ta’limi  sifatini  oshirish,  barcha 

hududlarda,  jumladan,  qishloq  va  olis  tumanlarda  bolalar  sport  obyektlari  tarmog‘ini  yanada 

kengaytirish,  uch  bosqichli  “Umid  nihollari”,  “Barkamol  avlod”  va  Universiada  musobaqalari 

o‘tkazilishini  tashkil  qilish,  buning  asosida  bolalar  sog‘lig‘ini  mustahkamlash  va  ularning 

jismonan barkamol rivojlanishini ta’minlash;  

Milliy  olimpiya  qo‘mitasi,  sport  turlari  bo‘yicha  federatsiyalar  va  assotsiatsiyalar  bilan 

birgalikda  iste’dodli  va  istiqbolli  sportchilarni  tanlash,  tayyorlash  va  mahoratini  oshirishning 

uzluksiz  tizimini  takomillashtirish,  ularning  Olimpiya  va  Osiyo  o‘yinlarida,  jahon  va  Osiyo 

chempionatlarida,  boshqa  nufuzli  xalqaro  musobaqalar  va  turnirlarda  muvaffaqiyatli  ishtirok 

etishini  ta’minlash  uchun  sifatli  sport  zaxirasi  va  mamlakat  terma  jamoalari  tarkiblarini 

shakllantirish chora-tadbirlarini amalga oshirish;  

mamlakatimizda  professional  sportni rivojlantirish, ilg‘or  xalqaro  tajribani  hisobga  olgan 

holda,  sport  tayyorgarligi  jarayoniga  zamonaviy  texnologiyalar  joriy  etilishi,  sport  turlari 

bo‘yicha milliy chempionatlar darajasi va sifatini oshirish, xalqaro va mintaqaviy musobaqalar 

tashkil etish, nosog‘lom sport raqobatiga va taqiqlangan preparatlar ishlatilishiga qarshi tizimli 

choralar ko‘rishni rag‘batlantirish;  

jismoniy  tarbiya-sog‘lomlashtirish  va  sport  tashkilotlari,  obyektlari  va  inshootlarining 

ommaviy  sport,  bolalar  sporti  va  professional  sport  yo‘nalishlari  bo‘yicha  moddiy-texnik 

bazasini  rivojlantirish  va  mustahkamlash,  ulardan  maksimal  darajada  va  samarali 

foydalanishni ta’minlash, sport asbob-uskunalari hamda inventarlarini mamlakatimizda ishlab 

chiqarishni tashkil etish va kengaytirish bo‘yicha takliflar ishlab chiqishda qatnashish;  

jismoniy tarbiya va sport sohasida kadrlarni tayyorlash, qayta tayyorlash va malakasini 

oshirishni tashkil etish, jismoniy tarbiya-sog‘lomlashtirish hamda sport tashkilotlarini, ta’lim va 

sport-ta’lim  muassasalarini yuqori malakali murabbiylar va boshqa sport mutaxassislari bilan 

ta’minlash;  



Axborot soati materialini 

www.mtm.buxdu.uz

 veb-saytidan olish mumkin 

 



sport  sohasida  davlatlararo  va  xalqaro  sport  aloqalarini  kengaytirish  hamda 

mustahkamlash, jismoniy tarbiya va sport sohasiga xorijiy investitsiyalar va grantlar jalb etish 

borasidagi  ishlarni  tashkil  qilish,  ommabop  sport  dasturlarini  tashkil  etishga  ko‘maklashish, 

jismoniy  tarbiya  va  sport  sohasiga  oid  ommaviy  adabiyotlar  chop  etish,  video  va  kino 

materiallar tayyorlash.  

4. O‘zbekiston Respublikasi Madaniyat vazirligi huzurida:  

“O‘zbeknavo”  estrada  birlashmasi  va  “O‘zbekraqs”  milliy  raqs  birlashmasi  negizida 

“O‘zbekkonsert” davlat muassasasi;  

Milliy  estrada  san’atini  rivojlantirish  va  muvofiqlashtirish  bo‘yicha  kengash  huzuridagi 

Estrada  san’atini  rivojlantirish  jamg‘armasi  negizida  byudjetdan  tashqari  Madaniyat  va 

san’atni rivojlantirish jamg‘armasi tashkil qilinsin.  

Konsert-tomosha  faoliyatini  amalga  oshirish  huquqini  beradigan  litsenziya  olish  uchun 

to‘lanadigan davlat boji ajratmalari, shuningdek, O‘zbekiston Respublikasi Madaniyat vazirligi 

tizimidagi  tashkilotlarning  byudjetdan  tashqari  mablag‘lari  va  daromadlaridan  ajratmalar 

Madaniyat  va  san’atni  rivojlantirish  jamg‘armasi  daromadlarining  manbalari  etib  belgilansin, 

Jamg‘arma  mablag‘lari  “O‘zbekkonsert”  davlat  muassasasi  ta’minotiga,  O‘zbekiston 

Respublikasi 

Madaniyat 

vazirligi 

tizimi 


muassasalarining 

moddiy-texnik 

bazasini 

mustahkamlashga va xodimlarini moddiy rag‘batlantirishga yo‘naltirilsin.  

5.  Faoliyatni  o‘rganib  chiqish  natijalarini  hisobga  olib,  “O‘zbekteatr”  ijodiy-ishlab 

chiqarish  birlashmasi,  “Artmadad”  maxsus  jamg‘armasi  va  “O‘zbekmuzey”  jamg‘armasi 

tugatilsin  hamda  mazkur  tashkilotlarning  funksiyalari  va  mol-mulki  O‘zbekiston  Respublikasi 

Madaniyat vazirligiga topshirilsin.  

6. Quyidagilar:  

O‘zbekiston Respublikasi Xalq ta’limi vazirligi tuzilmasidagi R.Glier nomidagi Respublika 

ixtisoslashtirilgan 

musiqa 


akademik 

litseyi, 

V.Uspenskiy 

nomidagi 

Respublika 

ixtisoslashtirilgan  musiqa  akademik  litseyi,  Respublika  ixtisoslashtirilgan  musiqa  va  san’at 

akademik  litseyi,  bolalar  musiqa  va  san’at  maktablari,  shuningdek,  “Istiqlol”  va  “Turkiston” 

san’at saroylari – O‘zbekiston Respublikasi Madaniyat vazirligi tizimiga;  

O‘zbekiston Respublikasi Xalq ta’limi vazirligi tuzilmasidagi O‘zbekiston Bolalar sportini 

rivojlantirish  jamg‘armasi  ijro  apparati,  sport  maktablari  hamda  sport  yo‘nalishidagi  maktab-

internatlar,  Bolalar-o‘smirlar  sport  maktablari  xodimlarini  qayta  tayyorlash  va  malakasini 

oshirish  markazi  –  O‘zbekiston  Respublikasi  Jismoniy  tarbiya  va  sport  davlat  qo‘mitasi 

tizimiga topshirilsin.  

O‘zbekiston  Respublikasi  Prezidentining  “O‘zbekiston  Bolalar  sportini  rivojlantirish 

jamg‘armasini  tashkil  etish  to‘g‘risida”gi  2002-yil  24-oktabrdagi  PF-3154-sonli  farmoni  bilan 

unga  taqdim  etilgan  asosiy  vazifalar,  huquqlar,  imtiyozlar  va  moliyalashtirish  manbalari 

O‘zbekiston  Respublikasi  Jismoniy  tarbiya  va  sport  davlat  qo‘mitasi  huzuridagi  O‘zbekiston 

Bolalar sportini rivojlantirish jamg‘armasida saqlab qolinsin.  

7.  O‘zbekiston  Respublikasi  Madaniyat  vazirligi  hamda  O‘zbekiston  Respublikasi 

Jismoniy tarbiya va sport davlat qo‘mitasi faoliyatini tashkil etish bo‘yicha komissiya (keyingi 

o‘rinlarda – Komissiya) 1-ilovaga muvofiq tarkibda tuzilsin.  

Komissiya (A.N.Aripov) belgilangan tartibda bir oy muddatda:  

O‘zbekiston Respublikasi Madaniyat va sport ishlari vazirligini qayta tashkil etish hamda 

O‘zbekiston  Respublikasi  Madaniyat  vazirligi,  O‘zbekiston  Respublikasi  Jismoniy  tarbiya  va 

sport davlat qo‘mitasi faoliyatini tashkil etishga doir barcha masalalar hal etilishini;  

O‘zbekiston Respublikasi Madaniyat vazirligi hamda O‘zbekiston Respublikasi Jismoniy 

tarbiya va sport davlat qo‘mitasi markaziy apparatiga malakali mutaxassislar har tomonlama 

tanlab olinishi va kadrlar bilan to‘ldirilishini ta’minlasin.  

8.  Belgilab  qo‘yilsinki,  O‘zbekiston  Respublikasi  Madaniyat  vazirligi  hamda  O‘zbekiston 

Respublikasi  Jismoniy  tarbiya  va  sport davlat  qo‘mitasi  O‘zbekiston  Respublikasi  Madaniyat 

va  sport  ishlari  vazirligining  barcha  majburiyatlari  va  shartnomalari,  shu  jumladan,  xalqaro 

shartnomalarning o‘ziga tegishli qismi bo‘yicha uning huquqiy vorislari hisoblanadi.  



Axborot soati materialini 

www.mtm.buxdu.uz

 veb-saytidan olish mumkin 

 

10 



9. O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi ikki hafta muddatda Madaniyat vazirligi 

hamda O‘zbekiston Respublikasi Jismoniy tarbiya va sport davlat qo‘mitasi faoliyatini tashkil 

etish yuzasidan Hukumat qarorlarini qabul qilsin.  

10.  O‘zbekiston  Respublikasi  Madaniyat  vazirligi,  Moliya  vazirligi  va  Mehnat  vazirligi 

boshqa  manfaatdor  vazirliklar  va  idoralar  bilan  birgalikda  2017-yilning  1-iyuliga  qadar 

madaniyat  xodimlari  mehnatiga  haq  to‘lash  tizimini  takomillashtirish  va  uni  moddiy 

rag‘batlantirishni  kuchaytirish  bo‘yicha  O‘zbekiston  Respublikasi  Prezidenti  qarori  loyihasini 

taqdim etsin.  

11. O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining ba’zi hujjatlari 2-ilovaga muvofiq o‘z kuchini 

yo‘qotgan, deb hisoblansin.  

12.  Ushbu  farmonning  ijrosini  nazorat  qilish  O‘zbekiston  Respublikasining  Bosh  vaziri 

A.N.Aripov zimmasiga yuklansin.  

 

O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti                                   Sh.Mirziyoyev  

 

Toshkent shahri,  



2017-yil 15-fevral  

 

 



SAVDO  VA  XIZMAT  KO‘RSATISH  OB’YEKTLARIGA  TERMINALLARSIZ  ISHLASH 

TAQIQLANDI 

1-martdan  chakana  savdo  va  xizmat  ko‘rsatish  sohasida  hisob  terminallarsiz  ishlash 

taqiqlanib, narxlarni sun’iy oshirganlik uchun jarima belgilandi. 

1-martdan  chakana  savdo  va  pulli  xizmatlarni  ko‘rsatish  sohasida  aholidan  plastik 

kartalar  orqali  to‘lovlarni  qabul  qilish  uchun  hisob  terminallari  bilan  ta’minlanmagan 

tadbirkorlik sub’ektlari, jumladan yakka tartibdagi tadbirkorlarga faoliyat olib borish taqiqlandi. 

O‘zbekiston Prezidenti Shavkat Mirziyoyevning 15-fevraldagi pul bilan bog‘liq munosabatlarni 

takomillashtirish  va  plastik  kartochkalardan  foydalangan  holda  hisob-kitoblarni  rivojlantirish 

to‘g‘risidagi  qarorida  bu  haqda  so‘z  boradi,  deya  xabar  qildi  “Gazeta.uz"ning  hukumatdagi 

axborot manbasi. 

Davlat  soliq  qo‘mitasiga  tijoriy  banklar,  Banklar  assotsiatsiyasi  va  Yagona 

umumrespublika protsessing markazi bilan hamkorlikda 10 kun ichida chakana savdo va pulli 

xizmat  ko‘rsatish  ob’yektlarini  terminallar  mavjudligi  bo‘yicha  inventarizatsiyadan  o‘tkazish 

vazifasi  topshirildi.  Yetishmayotgan  terminallar  qisqa  muddatlarda  yetkazib  berilishi, 

ro‘yxatdan  o‘tkazilishi  va  uzluksiz  elektr  bilan  ta’minlash  uchun  texnik  vositalar  bilan 

ta’minlanishi zarur. 

Qarorda  agarda  chakana  savdo  va  xizmat  ko‘rsatish  sohasidagi  tadbirkorlik  sub’ektlari 

naqd yoki karta orqali hisob-kitob qilish shakliga qarab narxlarni sun’iy ravishda oshirsa yoki 

tushirsa,  bunday  harakat  hisob  terminallarini  joriy  etish  yuzasidan  belgilangan  tartiblarning 

buzilishi sifatida baholanib, eng kam ish haqining 30 baravari miqdorida jarimaga tortilishiga 

sabab bo‘ladi. 

Soliq  organlari  tomonidan  o‘tkaziladigan  narxlarning  sun’iy  ko‘tarilishi  yoki  tushirilishi, 

nazorat-kassa mashinalari va hisob terminallaridan foydalanish, talon va cheklarning berilishi 

va  naqd  pul  tushumini  to‘liq  hajmda  topshirish  masalalari  bo‘yicha  tekshiruvlar  Nazorat 

organlari  faoliyatini  muvofiqlashtirish  bo‘yicha  Respublika  komissiyasining  maxsus  ruxsatini 

talab qiluvchi soliq tekshiruvi hisoblanmaydi. 

Qarorda Markaziy bankka terminallarni ijaraga berish va ulardan tadbirkorlik sub’ektlari 

tomonidan  foydalanilishi  mexanizmlarini  qayta  ko‘rib  chiqish  va  yanada  qulay  sharoitlarni 

yaratish vazifasi topshirildi. 

Tadbirkorlik sub’yektlari iste’mol ehtiyojlari va ishlab chiqarish faoliyatini rag‘batlantirish 

hamda  naqd  pulsiz  hisob-kitob  tizimini  rivojlantirish  maqsadida  MBga  xalqaro  amaliyotdan 

foydalangan  holda  aholini  plastik  kartochkalardan  foydalangan  holda  qisqa  muddatli 



Axborot soati materialini 

www.mtm.buxdu.uz

 veb-saytidan olish mumkin 

 

11 



kreditlashning  zamonaviy  mexanizmlarini  kengaytirish  bo‘yicha  kompleks  chora-tadbirlarni 

ishlab chiqish va tasdiqlash vazifasi topshirildi. 

Banklarga  joriy  va  kelgusi  yil  istisno  qilingan  holatda  to‘lov  terminallari,  infokiosklar, 

bankomatlar  va  boshqa  uskunalar  importiga  tender-tanlov  savdolarini  o‘tkazmasdan 

shartnomalarni tuzishga ijozat berildi. 

Axborot  texnologiyalari  va  kommunikatsiyalarini rivojlantirish  vazirligiga “O‘zbekenergo” 

kompaniyasi bilan birgalikda chakana savdo va xizmat ko‘rsatish ob’ektlarini sifatli va uzluksiz 

aloqa  bilan  ta’minlash,  bunda  O‘zbekistonning  tog‘li  va  uzoq  hududlariga  alohida  e’tibor 

qaratish vazifasi topshirildi. 

Prezident  Devonining  Murojaatlar  bilan  ishlashni  nazorat  qilish  va  muvofiqlashtirish 

xizmati  banklarda  hisob  raqamlardan  naqd  pullarni  berish  va  plastik  kartochkalardan 

foydalangan holda to‘lovlarni amalga oshirish bilan bog‘liq qonunbuzarliklarga oid shikoyatlar 

ustidan  nazoratni  kuchaytiradi.  Ularni  bartaraf  etish  va  aybdorlarni  javobgarlikka  tortish 

bo‘yicha chora-tadbirlar uch kunlik muddatda amalga oshirilishi lozim. 



Matn: «Газета.uz»  

 

 



 

 

 



 


Download 146.45 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2020
ma'muriyatiga murojaat qiling