Axborot soati materiallari


Download 343.23 Kb.
Pdf ko'rish
Sana19.01.2020
Hajmi343.23 Kb.

Axborot soati materialini 

www.mtm.buxdu.uz

 veb-saytidan  

va tellegramdagi 

https://t.me/axborotsoati

 manzilidan olish mumkin  

 



AXBOROT SOATI MATERIALLARI 

19 fevral 2019 yil

 

 



YANGILIKLAR VA VOQEALAR 

 

OʻZBEKISTON RESPUBLIKASI OLIY MAJLISI SENATI KENGASHINING 



MAJLISI TOʻGʻRISIDA 

 

2019  yil  15  fevral  kuni 



Oʻzbekiston  Respublikasi  Oliy  Majlisi  Senati 

Kengashining majlisi 

boʻlib oʻtdi. 

Oliy  Majlis  Senati  Kengashi 

aʼzolari,  Qonunchilik  palatasi  deputatlari,  Oʻzbekiston 

Respublikasi  Prezidenti  Administratsiyasi,  Vazirlar  Mahkamasining 

masʼul  xodimlari, 

vazirliklar,  idoralar, 

“Mahalla”  xayriya  jamoat  fondi  va  boshqa  nodavlat  notijorat 

tashkilotlar, ommaviy axborot vositalari vakillari ishtirok etgan majlisda fuqarolar 

yigʻinlari 

raislari  (oqsoqollari)  sayloviga  tayyorgarlik 

koʻrish  va uni oʻtkazish masalasi muhokama 

etildi. 


Soʻzga  chiqqanlar  mustaqillik  yillarida  mamlakatimizda  mahalla  instituti  fuqarolik 

jamiyatini rivojlantirishda ishonchli poydevor  va 

taʼsirchan kuchga aylanishi uchun zarur 

shart-sharoitlar  yaratish  maqsadida  keng 

koʻlamli  tashkiliy-huquqiy  chora-tadbirlar 

bosqichma-bosqich  amalga  oshirilayotganini 

taʼkidladilar.  Natijada  jamiyat  hayotining 

samarali  milliy  shakli  hisoblangan  mazkur  noyob  tuzilma  mamlakatimizda  amalga 

oshirilayotgan 

“Kuchli  davlatdan  –  kuchli  fuqarolik  jamiyati  sari”  tamoyilining  amaldagi 

ifodasi 

boʻldi  va  aholining  keng  qatlamlarini  davlat  hokimiyati  organlari  bilan  bogʻlab 

turuvchi mustahkam 

koʻprikka aylandi. Soʻnggi yillarda fuqarolarning oʻzini oʻzi boshqarish 

tizimini  takomillashtirish,  mahallaning  hayotimizdagi 

oʻrni  va  taʼsirchanligini  yanada 

kuchaytirish, vakolatlarini kengaytirish 

boʻyicha keng koʻlamli ishlar amalga oshirildi. 



Axborot soati materialini 

www.mtm.buxdu.uz

 veb-saytidan  

va tellegramdagi 

https://t.me/axborotsoati

 manzilidan olish mumkin  

 



Qayd  etilganidek,  bu  galgi  fuqarolar 

yigʻinlari raislari (oqsoqollari) saylovi jamiyatni 

yanada isloh qilish va demokratlashtirish, mamlakatni modernizatsiyalash sharoitida 

boʻlib 


oʻtadi.  2017-2021  yillarda  Oʻzbekiston  Respublikasini  rivojlantirishning  beshta  ustuvor 

yoʻnalishi boʻyicha Harakatlar strategiyasiga muvofiq, 2018 yilning oktyabrida “Fuqarolar 

yigʻini  raisi  (oqsoqoli)  saylovi  toʻgʻrisida”gi  qonun  yangi  tahrirda  qabul  qilindi.  Unda 

fuqarolar 

yigʻini raisi (oqsoqoli) uch yil muddatga saylanishi, yashirin ovoz berish, fuqarolar 

yigʻinlari  raislari  (oqsoqollari)  saylovini  tashkil  etish  va  oʻtkazishga  koʻmaklashuvchi 

Respublika komissiyasining vakolatlari, fuqarolar vakillarining soni saylovda ishtirok etish 

huquqiga ega 

boʻlgan fuqarolar umumiy sonining kamida 12 foizini tashkil etishi lozimligi 

kabi yangi qoidalar mustahkamlab 

qoʻyildi. 

Muhokama 

chogʻida Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Senati Kengashi aʼzolari 

qayd  etganidek,  mamlakatimizning  9019  ta  mahallasida  fuqarolar 

yigʻinlari  raislari 

(oqsoqollari)ni saylash jarayonida fuqarolarning ishtirok etish konstitutsiyaviy huquqlarini 

toʻliq  roʻyobga  chiqarish  uchun  tashkiliy-huquqiy  shart-sharoitlar  yaratish,  saylov 

jarayoniga  yoshlar  va  xotin-qizlarni  keng  jalb  qilish,  saylovning  barcha  ishtirokchilari 

amaldagi qonun hujjatlari talablariga, shu jumladan, oshkoralik, muqobillik va teng saylov 

huquqi tamoyillariga 

soʻzsiz va qatʼiy rioya etishini taʼminlash, fuqarolar yigʻinlari raislari 

(oqsoqollari)  lavozimlariga 

koʻrsatiladigan  nomzodlar,  ularning  ishchanligi  va  axloqiy 

fazilatlari bilan fuqarolarni har tomonlama tanishtirish 

boʻlajak saylovga tayyorgarlik koʻrish 

va  uni 


oʻtkazishdagi  eng  muhim  talablar  va  aniq  maqsadga  qaratilgan  vazifalar 

hisoblanadi. 

Fuqarolar 

yigʻinlari raislari (oqsoqollari) sayloviga tayyorgarlik koʻrish va uni oʻtkazish 

jarayonlarini ommaviy axborot vositalarida keng yoritib borish zarurligi qayd etildi. 

Muhokama yakunlari 

boʻyicha avvalgi saylovlarda orttirilgan tajriba va qonun hujjatlari 

talablarini hisobga olgan holda 

Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Senati Kengashining 

“Fuqarolar  yigʻinlari  raislari  (oqsoqollari)  sayloviga  tayyorgarlik  koʻrish  va  uni  oʻtkazish 

toʻgʻrisida”gi qarori qabul qilindi. 

Qarorga muvofiq, fuqarolar 

yigʻinlari raislari (oqsoqollari) saylovi joriy yil may oyida 

oʻtkaziladi.  Fuqarolar  yigʻinlari  raislari  (oqsoqollari)  saylovini  tashkil  etish  va  oʻtkazish 

boʻyicha tadbirlar rejasi, fuqarolar yigʻini raisi (oqsoqoli) sayloviga doir saylov byulleteni 

namunasi  tasdiqlandi.  Shuningdek,  Fuqarolar 

yigʻinlari  raislari  (oqsoqollari)  saylovini 

tashkil etish va 

oʻtkazishga koʻmaklashuvchi respublika komissiyasi tuzilib, uning tarkibi 

tasdiqlandi. 



Oʻzbekiston Respublikasi  

Oliy Majlisi Senatining  

Axborot xizmati 

 

 



OMBUDSMANNING 2018 YILDAGI FAOLIYATI TOʻGʻRISIDAGI AXBOROTI 

ESHITILDI 

2019  yil  15  fevral  kuni 

Oʻzbekiston  Respublikasi  Oliy  Majlisi  Qonunchilik 

palatasining  navbatdagi  majlisi 

boʻlib  oʻtdi.  Unda  deputatlar  Oʻzbekiston 

Respublikasi  Oliy  Majlisining  Inson  huquqlari 

boʻyicha  vakili  (Ombudsman)ning 

2018 yildagi faoliyati 

toʻgʻrisidagi hisobotni eshitdilar. 

Ushbu masala dastlab siyosiy partiyalar fraksiyalari va 

Oʻzbekiston Ekologik harakati 

deputatlar guruhining majlislarida batafsil muhokama qilingan edi. Muhokamalar 

chogʻida 

deputatlar tomonidan Harakatlar strategiyasi va uni 

“Faol tadbirkorlik, innovatsion gʻoyalar 

va  texnologiyalarni 

qoʻllab-quvvatlash  yili”da  amalga  oshirishga  oid  Davlat  dasturi 


Axborot soati materialini 

www.mtm.buxdu.uz

 veb-saytidan  

va tellegramdagi 

https://t.me/axborotsoati

 manzilidan olish mumkin  

 



doirasida  belgilangan  vazifalarni  hal  etishda  Ombudsmanning  bevosita  ishtirok  etishi 

orqali uning faoliyati sifatini oshirishga qaratilgan takliflar bildirildi. 

Majlisda 

Oʻzbekiston  Respublikasi  Oliy  Majlisining  Inson  huquqlari  boʻyicha  vakili 

U.Muhammadiyev hisobot bilan 

soʻzga chiqdi. 

Ombudsman  fuqarolarning  huquqlari,  erkinliklari  va  qonuniy  manfaatlarini  himoya 

qilish,  normativ-huquqiy  hujjatlarning  inson  huquqlariga  oid  normalarini  yanada 

takomillashtirish, aholining huquqiy madaniyatini yuksaltirish, fuqarolik jamiyati institutlari, 

xalqaro va xorijiy tashkilotlar bilan hamkorlikni rivojlantirish yuzasidan belgilangan chora-

tadbirlarning bajarilishi 

toʻgʻrisida deputatlarga batafsil maʼlumot berdi. 

Qayd etilganidek, mamlakatimiz uchun 2018 yil inson huquqlarini 

roʻyobga chiqarish, 

xalqimizning konstitutsiyaviy huquq va erkinliklarini amalga oshirishda muhim ahamiyatga 

ega yirik voqealarga boy kechdi. Hisobot yilida ayni 

yoʻnalishda 60 ta qonun va 2 mingdan 

ortiq boshqa normativ-huquqiy hujjat qabul qilingani va ular parlament hamda jamoatchilik 

nazoratini  yanada  kuchaytirishga,  sud-huquq  tizimini  takomillashtirishga,  qulay 

investitsiya 

muhitini 

yaratishga, 

taʼsirchan 

ijtimoiy 

siyosat 

olib 


borishga 

koʻmaklashayotgani ham buning yaqqol tasdigʻidir. 

Ombudsman 2018 yilda ham Oliy Majlis tomonidan qabul qilingan qonunlarni ishlab 

chiqish  va  muhokama  qilishning  barcha  bosqichlarida  faol  qatnashdi.  Ombudsmanning 

nazorat-tahlil  faoliyatiga  doir  materiallaridan  parlament  eshituvlari  jarayonida,  davlat 

hokimiyati  va  boshqaruvi  organlari  vakillarining  axborotlarini  muhokama  qilish 

chogʻida 

keng foydalanildi. 

Oila institutini mustahkamlashga, yoshlar kamoloti uchun eng yaxshi shart-sharoitlar 

yaratishga,  aholining  zaif  qatlamlariga 

gʻamxoʻrlik  qilish,  shu  munosabat  bilan  “Obod 

qishloq”, “Obod mahalla”, “Har bir oila – tadbirkor”, “Yoshlar – kelajagimiz” kabi maqsadli 

dasturlar ijrosiga alohida 

eʼtibor qaratildi. 

Hisobot yilida inson huquqlari ustuvorligi prinsipi BMT Inson huquqlari 

boʻyicha Oliy 

komissari  boshqarmasi  bilan  hamkorlik  qilish,  din  yoki 

eʼtiqod  erkinligini  taʼminlash 

boʻyicha ixtisoslashgan dasturlarda oʻz aksini topdi. Ayniqsa, Inson huquqlari umumjahon 

deklaratsiyasi  qabul  qilinganining  70  yilligini  nishonlash  dasturini 

Oʻzbekistonda amalga 

oshirishda Ombudsman faol ishtirok etdi. 

Alohida  qayd  etilganidek, 

oʻtgan  yil  inson  huquqlarini  himoya  qilish  boʻyicha  milliy 

institutlarni rivojlantirish tarixida yana bir jihati bilan yorqin iz qoldirdi. 

Yaʼni, BMTning Parij 

prinsiplariga  va  inson  huquqlari  sohasidagi  boshqa  xalqaro  huquq  hujjatlariga  muvofiq, 

Inson  huquqlari 

boʻyicha  Oʻzbekiston  Respublikasi  Milliy  markazi  va  Oʻzbekiston 

Respublikasi  Oliy  Majlisining  Inson  huquqlari 

boʻyicha vakili (Ombudsman) faoliyatining 

tashkiliy-huquqiy asoslari kuchaytirildi. Qiynoqqa solishning va muomalada 

boʻlish hamda 

jazolashning boshqa shafqatsiz, 

gʻayriinsoniy yoki qadr-qimmatni tahqirlovchi turlarining 

oldini  olishda  Ombudsman  va  nodavlat  notijorat  tashkilotlarining  rolini  kuchaytirish 

toʻgʻrisida 2018 yil 25 dekabr kuni qonun qabul qilindi. Shu bilan bir qatorda, Ombudsman 

faoliyatining  qonun  hujjatlarida  belgilangan 

yoʻnalishlaridan  kelib  chiqib,  Ombudsman 

Kotibiyatining shtati ikki baravar kengaytirildi va uning yangi tashkiliy tuzilmasi tasdiqlandi. 

Ombudsman tomonidan 2017 yilda joriy etilgan qonunchilik vakolatlari muvaffaqiyatli 

sinovdan 

oʻtkazildi.  Parlament  palatalari  qoʻmitalariga  davlat  hokimiyati  va  boshqaruvi 

organlari  vakillarining  xabarlarini  ular  tomonidan  eshitish 

toʻgʻrisida  takliflar,  inson 

huquqlari  va  erkinliklari  sohasidagi  qonun  hujjatlari  buzilishini,  bunga  imkoniyat 

yaratadigan sabab, shart-sharoitlarni bartaraf etish 

toʻgʻrisida davlat organlari va boshqa 

tashkilotlar rahbarlariga taqdimnomalar, faoliyatida inson huquqlari va erkinliklari buzilishi 

aniqlangan  shaxslarni  javobgarlikka  tortish  haqida  iltimosnomalar,  davlat  boji 

toʻlamay 


Axborot soati materialini 

www.mtm.buxdu.uz

 veb-saytidan  

va tellegramdagi 

https://t.me/axborotsoati

 manzilidan olish mumkin  

 



sudlarga fuqarolar manfaatlarini 

koʻzlab ariza va daʼvolar kiritishga doir huquqlar amalga 

oshirildi. 

Ombudsman tomonidan faoliyatning bosh 

yoʻnalishi sifatida qamoqda saqlanayotgan 

shaxslar  huquqlarini  himoya  qilish 

boʻyicha  ham  izchil  ishlar  olib  borildi.  Tasdiqlangan 

“Qiynoqqa  solishning  va  muomalada  boʻlish  hamda  jazolashning  boshqa  shafqatsiz, 

gʻayriinsoniy  yoki  qadr-qimmatni  tahqirlovchi  turlarining  oldini  olishga  doir  nazorat-tahlil 

tadbirlarini tashkil etish va 

oʻtkazish jadvali” doirasida milliy preventiv mexanizm mandati 

bilan qamrab olinadigan 70 dan ortiq muassasaga yil davomida parlament palatalari bilan 

birgalikda  monitoring  tashriflari  amalga  oshirildi.  Mazkur  tashriflarda  deputatlar  korpusi, 

inson  huquqlarini  himoya  qilish 

boʻyicha  milliy  institutlar,  nodavlat  notijorat  tashkilotlari, 

“Human  Rights  Watch”  xalqaro  jamoat  tashkiloti  va  BMT  Bolalar  jamgʻarmasi  vakillari 

qatnashdi. 

2018 yilda Ombudsman nomiga 

Oʻzbekiston Respublikasi, xorijiy davlatlar fuqarolari 

va  ombudsmanlari,  jamoat  tashkilotlari  va  boshqa  yuridik  shaxslardan  jami  10  832  ta 

(2017 yilda 

– 9 074 ta) murojaat kelib tushdi. Ularning 37 foizi inson va fuqaroning shaxsiy 

huquq va erkinliklariga, 34,9 foizi ijtimoiy, 25,1 foizi iqtisodiy, 2,3 foizi siyosiy hamda 0,7 

foizi ekologik huquqlarga tegishlidir. 

Ombudsmanning  xalqaro  aloqalarida  ham  jonlanish  kuzatildi.  Hisobot  davrida 

Ombudsman  tomonidan  2  ta  xalqaro  tadbir  tashkil  etildi.  Xorijiy  davlatlarning  22  nafar 

ombudsmani bilan, shuningdek, xalqaro va xorijiy institutlarning 17 ta delegatsiyasi bilan 

uchrashuvlar 

oʻtkazildi.  Ushbu  tadbirlar  inson  huquqlari  va  manfaatlarini  taʼminlash 

sohasida 

Oʻzbekiston tajribasini keng targʻib etish imkonini berdi. Ayniqsa, inson huquqlari 

sohasidagi  xalqaro  institutlar  bilan  hamkorlikni  yanada  rivojlantirish  maqsadida 

Ombudsman  2018  yilda  Milliy  huquqni  himoya  qilish  muassasalari  Global  alyansining 

Jenevadagi BMT Millatlar saroyida 

oʻtkazilgan majlisida ilk bor kuzatuvchi sifatida ishtirok 

etgani mamlakatimizning ayni sohadagi islohotlari jahon miqyosida 

eʼtirof etilayotganidan 

dalolatdir. 

Ombudsman 

hisobotini 

muhokama 

qilish 


mobaynida 

siyosiy 


partiyalar 

fraksiyalarining  va 

Oʻzbekiston  Ekologik  harakati  deputatlar  guruhining  vakillari  soʻzga 

chiqdilar. Ular tomonidan davlatimiz  rahbarining Konstitutsiyamiz qabul qilinganining 26 

yilligiga 

bagʻishlangan  tantanali  marosimdagi  nutqi  hamda  2018  yil  28  dekabrdagi  Oliy 

Majlisga Murojaatnomasidan kelib chiquvchi vazifalarni amalga oshirishga doir tavsiya va 

takliflar bildirildi. 

Bir 

soʻz  bilan  aytganda,  Ombudsmanning  2018  yildagi  faoliyatiga  doir  hisobot 



tanqidiy-tahliliy 

koʻrib  chiqildi.  Shundan  soʻng  muhokamalar  davomida  bildirilgan  fikr-

mulohazalarni inobatga olgan holda, deputatlar 

Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisining 

Inson  huquqlari 

boʻyicha  vakili  (Ombudsman)ning  2018  yildagi  faoliyati  toʻgʻrisidagi 

hisobotni 

maʼqulladilar va tegishli qaror qabul qildilar. 



Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi 

Qonunchilik palatasi 

Matbuot xizmati 

 

 



SAYLOV KODEKSI NIMALARNI NAZARDA TUTADI? 

2019  yil  15  fevral  kuni 

Oʻzbekiston  Respublikasi  Oliy  Majlisi  Qonunchilik 

palatasining  navbatdagi  yalpi  majlisi 

boʻlib  oʻtdi.  Unda  mamlakatimizda  turli 

sohalarda  amalga  oshirilayotgan  islohotlarni  huquqiy  jihatdan 

taʼminlashga 

qaratilgan bir qator qonun loyihalari 

koʻrib chiqildi. 

Axborot soati materialini 

www.mtm.buxdu.uz

 veb-saytidan  

va tellegramdagi 

https://t.me/axborotsoati

 manzilidan olish mumkin  

 



Kun  tartibidagi  dastlabki  masala 

–  “Hukumat  aʼzolarining  parlament  oldidagi 

masʼuliyati  kuchaytirilishi  munosabati  bilan  Oʻzbekiston  Respublikasining  ayrim  qonun 

hujjatlariga 

oʻzgartish  va  qoʻshimchalar  kiritish  toʻgʻrisida”gi  qonun  loyihasining 

muhokamasi 

qizgʻin kechdi. 

Qayd  etilganidek,  Prezidentimizning  2018  yil  28  dekabrdagi  Oliy  Majlisga 

Murojaatnomasi hamda 2019 yil 28 yanvardagi Farmoniga muvofiq tayyorlangan ushbu 

loyiha  bilan  hukumat 

aʼzolarini  tayinlash  va  tasdiqlashning  yangi  tartibi  joriy  etilmoqda. 

Xususan, Bosh vazirning birinchi 

oʻrinbosari, oʻrinbosarlari, vazirlar va davlat qoʻmitalari 

raislari  nomzodi  Qonunchilik  palatasi  tomonidan 

maʼqullanganidan  keyin,  Bosh  vazir 

taqdimiga  binoan  Prezident  tomonidan  tasdiqlanadi.  Hukumat 

aʼzosining  nomzodi 

avvaliga Qonunchilik palatasidagi 

masʼul qoʻmita, fraksiyalar tomonidan dastlabki tarzda, 

keyin  Qonunchilik  palatasining  majlisida 

koʻrib  chiqilib,  maʼqullanadi.  Nomzod  majlisda 

Vazirlar  Mahkamasining  harakatlar  dasturi  bilan 

oʻzaro  bogʻliq  boʻlgan,  istiqbolga 

moʻljallangan  maqsadli  koʻrsatkichlar  va  vazifalarga  erishish  borasida  huquqiy,  ijtimoiy, 

iqtisodiy, tashkiliy-texnik chora-tadbirlarni hamda istiqboldagi vazifalarni nazar tutuvchi 

oʻz 


harakatlar rejasini taqdim etadi. 

Qonunchilik palatasi hukumat 

aʼzosi nomzodini rad etgan taqdirda, Bosh vazir koʻrib 

chiqish  va 

maʼqullash  uchun  yangi  nomzodni  taqdim  qiladi.  Hukumat  aʼzosi  Prezident 

tomonidan tasdiqlanganidan keyin 

oʻz vazifalarini bajarishga kirishadi. 

Shu bilan birga, loyiha bilan Hukumatning 

Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 

Oliy Majlisga Murojaatnomasidan kelib chiquvchi tegishli yilga 

moʻljallangan davlat dasturi 

bajarilishining  borishi 

toʻgʻrisidagi  hisobotini  koʻrib  chiqish  boʻyicha  ham  yangi  tartib 

belgilanmoqda. Unga binoan, Bosh vazir hukumat 

aʼzolari bilan birgalikda har chorakda 

parlament  palatalariga  Murojaatnomadan  kelib  chiquvchi,  tegishli  yilga 

moʻljallangan 

davlat dasturi bajarilishining borishi 

toʻgʻrisidagi hisobotni taqdim etadi. 

Muhokamalar 

chogʻida deputatlar taklif etilayotgan ushbu oʻzgartish va qoʻshimchalar 

Oliy  Majlisning  muhim  qarorlarni  qabul  qilish  hamda  qonunlar  ijrosini  nazorat  qilish 

borasidagi faoliyatini kuchaytirishga, shuningdek, hukumat 

aʼzolarining parlament oldidagi 

masʼuliyatini oshirishga xizmat qilishini alohida taʼkidladilar. 

Shundan  so

ʻng  deputatlar  navbatdagi  masala  –  “Oʻzbekiston  Respublikasining 

Saylov kodeksini tasdiqlash 

toʻgʻrisida”gi qonun loyihasi muhokamasiga kirishdilar. 

Taʼkidlanganidek, Oliy Majlis quyi palatasi deputatlarining qonun tashabbusi huquqi 

asosida  kiritilgan  ushbu  loyiha  2017-2021  yillarda 

Oʻzbekiston  Respublikasini 

rivojlantirishning  beshta  ustuvor 

yoʻnalishi  boʻyicha  Harakatlar  strategiyasini  “Faol 

tadbirkorlik,  innovatsion 

gʻoyalar  va  texnologiyalarni  qoʻllab-quvvatlash  yili”da  amalga 

oshirishga oid Davlat dasturiga muvofiq ishlab chiqilgan. 

Maʼlumki, bu yil mamlakatimizda muhim siyosiy jarayon – parlamentga saylovlar yili 

boʻladi. Hozirda mamlakatimiz saylov qonunchiligi 5 ta qonun bilan tartibga solinadi. Bu 

esa  huquqni 

qoʻllashda  bir  qator  murakkabliklar  tugʻdiradi.  Bundan  tashqari,  saylov 

jarayoni  va  uni 

oʻtkazish  tartib-tamoyillari  va  qoidalarining  koʻpchiligi  qonun  darajasida 

emas,  balki  Markaziy  saylov  komissiyasining  nizom  va 

yoʻriqnomalari  bilan  tartibga 

solinadi. 

Shulardan kelib chiqib tayyorlangan Saylov kodeksi loyihasini yaratish jarayonida 20 

dan ortiq  xorijiy mamlakatning ushbu sohadagi amaliy tajribasi puxta 

oʻrganildi. Kodeks 

loyihasining  jamoatchilik  muhokamasini  tashkil  etish  maqsadida  2018  yil  19  iyulda  Oliy 

Majlis palatalari tomonidan Markaziy saylov komissiyasi bilan birgalikda Amaliy harakatlar 

rejasi 


(“Yoʻl  xaritasi”)  tasdiqlandi.  Unga  muvofiq,  loyiha  jamoatchilik,  ekspertlar,  ilmiy 

doiralar,  amaliyotchilar,  mutaxassislar  hamda  xalqaro  tashkilotlar  ekspertizasidan 



Axborot soati materialini 

www.mtm.buxdu.uz

 veb-saytidan  

va tellegramdagi 

https://t.me/axborotsoati

 manzilidan olish mumkin  

 



oʻtkazildi.  YEXHTning  Demokratik  institutlar  va  inson  huquqlari  byurosi,  Venetsiya 

komissiyasi,  MDH  Ijroiya 

qoʻmitasi  va  boshqa  xalqaro  tashkilotlarning  xulosa  va  fikrlari 

olindi. 2018 yil 16-17 noyabr kunlari Buxoro shahrida 

oʻtkazilgan xalqaro konferensiyada 

olingan takliflar xalqaro ekspertlar ishtirokida muhokama qilindi. 

Loyiha  bilan  mamlakatimizning  Saylov  kodeksini  tasdiqlash  taklif  etilmoqda. 

Amaldagi 5 ta qonunda ifodalangan normalarni mujassamlashtirishni nazarda tutadigan 

ushbu  kodeks  loyihasi  bilan  bir  qator  yangi  qoidalar  ham 

oʻrnatilmoqda.  Jumladan, 

Qonunchilik palatasida deputatlik 

oʻrinlari uchun Ekologik harakat vakillariga kvota ajratish 

instituti chiqarib tashlanmoqda. Fuqarolarning 

oʻzini oʻzi boshqarish organlari tomonidan 

xalq deputatlari tuman (shahar) Kengashlariga nomzod 

koʻrsatish tartibi bekor qilinmoqda. 

Saylovchilarning  yagona  elektron 

roʻyxatini  shakllantirish  tartibi  qonun  bilan  tartibga 

solinadi. Muddatidan ilgari ovoz berish va saylov kuni ovoz berish uchun yagona saylov 

byulletenini joriy etish orqali 

“saylov varaqasi” tushunchasi chiqarib tashlanadi. Saylovlarni 

oʻtkazish  yoki  tashkil  etishning  boshqa  masalalari  yuzasidan  jismoniy  va  yuridik 

shaxslarning murojaatlarini 

koʻrib chiqish tartibi kiritiladi. Siyosiy partiyalar tomonidan imzo 

yigʻish  jarayonida  saylovchilarning  bir  yoki  bir  nechta  nomzodlarni  yoxud  partiyalarni 

qoʻllab-quvvatlab  imzo  qoʻyishi  mumkinligi  belgilanmoqda.  Ovoz  berish  jarayonida 

saylovchilarga  bir  nechta  belgilardan  birini 

qoʻyish  imkoni  beriladi.  Ovoz  berish 

tugaganidan  keyin  uchastka  saylov  komissiyasi  tomonidan  amalga  oshiriladigan  ishlar 

(ovozlarni  sanab  chiqish,  bayonnoma  tuzish  va  boshqalar)  aniq 

koʻrsatilmoqda. 

Shuningdek, Qonunchilik palatasiga, mahalliy Kengashlarga saylov bir vaqtda 

oʻtkazilgan 

taqdirda yagona saylov uchastkalarini tuzish nazarda tutilmoqda. Ilgari Markaziy saylov 

komissiyasi  qarori  bilan  tasdiqlangan  Oliy  Majlis  Senati 

aʼzolarini  saylash  tartibi 

toʻgʻrisidagi nizomni bekor qilib, bu masalani qonun darajasida belgilash taklif etilmoqda. 

Bundan tashqari, ijtimoiy xavfi katta 

boʻlmagan va uncha ogʻir boʻlmagan jinoyatlarni 

sodir  etgan  shaxslarning  saylovda  ishtirok  etishini  cheklovchi  normalar  chiqarib 

tashlanmoqda.  Muddatidan  oldin  ovoz  berish  saylovga  3  kun  qolganida  tugashi 

belgilanmoqda.  Xalq  deputatlari  viloyat  Kengashi  deputatligiga  nomzodlarning  ishonchli 

vakillari sonini 3 dan 5 kishigacha 

koʻpaytirish nazarda tutilmoqda. 

Deputatlarning  fikricha,  Saylov  kodeksining  qabul  qilinishi  huquqni 

qoʻllashda  bir 

qator qulayliklar yaratadi, saylov jarayoni va uni 

oʻtkazish tartib-tamoyillari va qoidalarini 

toʻla qonuniylik, demokratik va shaffof oʻtkazishda muhim huquqiy asos vazifasini bajaradi. 

Bahs-munozara, 

qizgʻin  muhokamalardan  soʻng  mazkur  qonun  loyihasi  birinchi 

oʻqishda qabul qilindi. 

Majlisda,  shuningdek,  Oliy  Majlis  Qonunchilik  palatasining  vakolatlariga  taalluqli 

boshqa masalalar ham 

koʻrib chiqilib, tegishli qarorlar qabul qilindi. 

 

Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi 

Qonunchilik palatasi 

Matbuot xizmati 

 

 



ILMIY SALOHIYATNI OSHIRISHNING DOLZARB MASALALARI MUHOKAMA 

QILINDI 

Oliy  Majlis  Qonunchilik  palatasining  Fan, 

taʼlim,  madaniyat  va  sport  masalalari 

qoʻmitasi  tomonidan  oliy  taʼlim  muassasalarida  ilmiy  salohiyatni  oshirish,  taʼlim 

muassasalarini  ilmiy  va  innovatsion  rivojlantirishda  yoshlar  ishtirokini  kengaytirishning 


Axborot soati materialini 

www.mtm.buxdu.uz

 veb-saytidan  

va tellegramdagi 

https://t.me/axborotsoati

 manzilidan olish mumkin  

 



dolzarb  masalalariga 

bagʻishlangan  davra  suhbati  tashkil  etildi.  Tadbir  kengaytirilgan 

videoselektor tartibida 

oʻtkazildi. 

Taʼkidlanganidek, soʻnggi yillarda mamlakatimizda oliy taʼlim muassasalaridagi ilmiy 

salohiyat darajasi va sifatini oshirish, professor-

oʻqituvchilarni moddiy qoʻllab-quvvatlash, 

ular  faoliyatini 

ragʻbatlantirish,  oliy  taʼlim  muassasasalarining  moddiy-texnik  bazasini 

yaxshilash  kabi  qator 

yoʻnalishlarda  keng  koʻlamli  ishlar  amalga  oshirilib,  juda  katta 

mablagʻlar yoʻnaltirildi. 

Bugungi  kunda  respublikamizda  91  ta  oliy 

taʼlim  muassasasi,  shuningdek,  11  ta 

xorijiy mamlakatlar nufuzli oliy 

oʻquv yurtlari faoliyat koʻrsatib kelmoqda. Ularda jami 337 

mingdan ortiq talaba va magistrlar 

taʼlim olmoqda. Biroq, oliy taʼlim muassasalarida yuqori 

malakali mutaxassislarga 

boʻlgan ehtiyoj, ilmiy salohiyatni oshirish dolzarb masalalardan 

biri 

boʻlib qolmoqda. 



Respublikamizdagi oliy 

taʼlim muassasalari va ularning filiallaridagi 27 ming 288 nafar 

professor-

oʻqituvchidan fan doktori ilmiy darajasiga ega olimlarning umumiy soni 2 ming 

643 tani, fan nomzodi ilmiy darajasiga ega olimlarning umumiy soni esa 8 ming 280 tani 

tashkil etadi. 

2015-2017  yillarda  oliy 

taʼlimdan  keyingi  taʼlim  tizimiga  737  nafar  nomzod  qabul 

qilingan 

boʻlib, shundan, oʻz vaqtida dissertatsiya himoya qilganlar 16,8 foiz, kech qolib 

himoya qilganlar 32,2 foizni tashkil etib, qolgan 50,9 foizi himoya qilmagan. Shuningdek, 

oliy 


taʼlim  muassasalarida  innovatsion  jamgʻarmalarni  tashkil  etish,  mablagʻlarni  oʻz 

vaqtida 


samarali 

oʻzlashtirish, 

ilmiy-innovatsion 

ishlanmalarni 

tijoratlashtirish 

yoʻnalishlarida ham bir qator muammolar mavjud ekanligini koʻrish mumkin. 

Tadbirda 

soʻzga  chiqqan  deputatlar,  soha  vakillari  oliy  taʼlim  muassasalarining 

moddiy-texnik  bazasini  rivojlantirish,  ilmiy  laboratoriyalarni  zamonaviy  asbob-uskunalar 

bilan jihozlash, yangi avlod adabiyotlari bilan 

taʼminlash, jahondagi yetakchi va nufuzli oliy 

taʼlim  muassasalari  bilan  hamkorlikda  oliy  maʼlumotli  mutaxassislar  tayyorlash  va  ilmiy 

tadqiqotlar 

oʻtkazishni tashkil etish zarurligini alohida qayd etdi. 

 

 

YETIM BOLALAR VA OTA-



ONASINING QARAMOGʻIDAN MAHRUM BOʻLGAN 

BOLALARNI IJTIMOIY HIMOYA QILISHNI KUCHAYTIRISHGA OID QOʻSHIMCHA 

CHORA-

TADBIRLAR TOʻGʻRISIDA 

OʻZBEKISTON RESPUBLIKASI PREZIDENTINING 

QARORI 

Soʻnggi yillarda mamlakatda ijtimoiy yetimlikning oldini olish, aholi va yoshlar orasida 

sogʻlom  oila  qurishga  masʼuliyat  bilan  yondashishni  targʻib  qilish,  oilaviy  qadriyatlarga 

maʼnaviy-axloqiy munosabatni shakllantirish boʻyicha keng koʻlamli ishlar amalga oshirildi. 

Koʻrilgan  chora-tadbirlar  tarbiya  muassasalari  va  ularda  tarbiyalanayotgan  yetim 

bolalar  va  ota-onasining 

qaramogʻidan  mahrum boʻlgan bolalar sonini sezilarli ravishda 

kamaytirishga yordam berdi. 

Shu bilan birga, bolalarni joylashtirishning oilaviy hamda boshqa muqobil shakllarini 

keng  joriy  etish,  ayniqsa,  ularni  tarbiyalash  uchun  oilaga  qabul  qilish  (patronat), 

shuningdek,  bolalarni mustaqil  hayotga tayyorlash  uchun qulay shart-sharoitlar  yaratish 

boʻyicha qoʻshimcha choralar koʻrish talab etilmoqda. 

Ijtimoiy yetimlikni yanada kamaytirish, yetim bolalar va ota-onasining 

qaramogʻidan 

mahrum 

boʻlgan  bolalarni  davlat  tomonidan  qoʻllab-quvvatlash  mexanizmlarini 



takomillashtirish,  ularning  jadal  ijtimoiy  moslashuvi  uchun  keng  imkoniyatlar  yaratish, 

Axborot soati materialini 

www.mtm.buxdu.uz

 veb-saytidan  

va tellegramdagi 

https://t.me/axborotsoati

 manzilidan olish mumkin  

 



tarbiya  muassasalarining  ish  faoliyatini  yaxshilash,  shuningdek,  jismonan 

sogʻlom  va 

maʼnaviy yetuk avlodni tarbiyalashda oilaning rolini mustahkamlash maqsadida: 

1. 


Oʻzbekiston Respublikasi Xalq taʼlimi vazirligi, Oliy va oʻrta maxsus taʼlim vazirligi, 

Sogʻliqni saqlash vazirligi va Moliya vazirligining: 



2019 yil 1 martdan 

“Mehribonlik” uylari va bolalar shaharchalarining rahbar xodimlari 

va  tarbiyachilari,  shuningdek,  barcha  turdagi  xalq 

taʼlimi muassasalari tarbiyachilarining 

bazaviy  tarif  stavkasini  1,5  barobarga  oshirish  va  uni 

umumtaʼlim  maktablarining 

tegishlicha rahbar  va pedagogik  xodimlari bazaviy tarif stavkasining 75 foizi darajasida 

belgilash; 



2019 yil 1 oktyabrdan 

“Mehribonlik” uylari, bolalar shaharchalari rahbar xodimlari va 

oliy 

maʼlumotli tarbiyachilari hamda barcha turdagi xalq taʼlimi muassasalari oliy maʼlumotli 



tarbiyachilarining bazaviy tarif stavkalari miqdorlarini 

umumtaʼlim maktablarining tegishli 

rahbar va pedagog xodimlari bazaviy tarif stavkalariga tenglashtirish, bunda ayrim fanlar 

chuqur 


oʻrgatiladigan  ixtisoslashtirilgan  taʼlim  muassasalari  tarbiyachilari  uchun  koʻzda 

tutilgan ustamani bekor qilish 

toʻgʻrisidagi takliflari maʼqullansin. 

2. Belgilansinki: 



2019 yil 1 martdan boshlab oilaga tarbiyaga olingan (patronat) har bir bola uchun 

toʻlanadigan  nafaqa  miqdori  1,33  barobarga  oshirilib,  820  000  soʻmni  tashkil  qiladi, 

keyinchalik inflyatsiya hajmidan kam 

boʻlmagan miqdorda oshirib boriladi; 



2019  yil  1  oktyabrdan  boshlab  jismoniy  yoki  ruhiy  rivojlanishida  nuqsoni 

boʻlgan 


bolalar  uchun  ixtisoslashtirilgan  davlat 

taʼlim  muassasalarining  rahbar  xodimlari  va 

tarbiyachilariga mehnatning alohida sharoitlari uchun har oyda 

toʻlanadigan ustama haqi 

lavozim maoshining 75 foizi miqdorida 

toʻlanadi; 

vasiylik  va  homiylik  organlari  xodimlariga 

oʻz  zimmasiga  yuklangan  vazifalarni 

bajarish  bilan 

bogʻliq  transport  xarajatlarini  qoplash  uchun  har  oyda  170  000  soʻm 



miqdoridakompensatsiya 

toʻlanadi,  keyinchalik  inflyatsiya  hajmidan  kam  boʻlmagan 

miqdorda oshirib boriladi; 

bolalar uylari, nogiron bolalar uchun 

“Muruvvat” internat uylari hamda sil kasalligiga 

qarshi  bolalar  sanatoriysi  tarbiyachilariga  tegishli  toifadagi  davlat  maktabgacha 

taʼlim 

muassasalari tarbiyachilari uchun belgilangan bazaviy tarif stavkasi miqdorlari 



qoʻllaniladi; 

oilaviy bolalar uylari tarbiyalovchi ota-onalarining bazaviy tarif stavkasi 

“Mehribonlik” 

uylari tarbiyachilari uchun belgilangan bazaviy tarif stavkasining ikki barobari miqdorida 



hisoblanadi,  bunda  mehnatning  alohida  sharoitlari  uchun  amaldagi  ustama  haqi  bekor 

qilinadi va 

“Mehribonlik” uylari tarbiyachilari uchun belgilangan har yilgi taʼtillar, imtiyozlar 

va kafolatlar berish tartibi saqlab qolinadi. 

3. 

Oʻzbekiston Respublikasi Xalq taʼlimi vazirligi: 



Oʻzbekiston  Respublikasi  Bandlik  va  mehnat  munosabatlari  vazirligi,  Sogʻliqni 

saqlash vazirligi va Moliya vazirligi bilan birgalikda bir oy muddatda 

“Mehribonlik” uylari, 

bolalar shaharchalari va bolalar uylariga 1 ta psixolog shtat birligi, tarbiyalanuvchilari soni 

200 nafardan ortiq 

boʻlgan “Mehribonlik” uylari, bolalar shaharchalari va bolalar uylariga 2 

ta psixolog shtat birliklarini kiritsin; 

Oʻzbekiston  Respublikasi  Axborot  texnologiyalari  va  kommunikatsiyalarini 

rivojlantirish  vazirligi  va  Moliya  vazirligi  bilan  birgalikda 2019  yil davomida 

“Mehribonlik” 

uylari va bolalar shaharchalarida 

Oʻzbekiston Respublikasi Xalq taʼlimi vazirligi huzuridagi 

Xalq 

taʼlimini  rivojlantirish  jamgʻarmasi  mablagʻlari  hisobidan  zamonaviy  kompyuter 



sinflarini  ochish,  tarbiyalanuvchilarni  zamonaviy  kompyuter  dasturlash 

koʻnikmalariga 

oʻqitishni  tashkil  qilish  va  axborot  texnologiyalari  sohasida  yosh  mutaxassislar 

tayyorlanishini 

taʼminlasin; 


Axborot soati materialini 

www.mtm.buxdu.uz

 veb-saytidan  

va tellegramdagi 

https://t.me/axborotsoati

 manzilidan olish mumkin  

 



Oʻzbekiston Respublikasi Moliya vazirligi, manfaatdor vazirliklar, idoralar, Respublika 

bolalar  ijtimoiy  moslashuvi  markazi  va  boshqa  jamoat  tashkilotlari  bilan  birgalikda  oila 

institutini  mustahkamlash,  ijtimoiy  yetimlikning  oldini  olish,  shuningdek, 

“Mehribonlik” 

uylarini  bosqichma-bosqich  kam  komplektli  bolalar  shaharchalariga  hamda  ijtimoiy 

muassasalarning boshqa muqobil shakllariga 

oʻtkazish maqsadida 2019 yil 1 iyunga qadar 

muddatda  2019-2023 



yillarda“Mehribonlik”  uylarini  noinstitutsionallashtirish 

dasturini ishlab chiqsin va 

Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasiga kiritsin; 

 

“Oila”  ilmiy-amaliy  tadqiqot  markazi,  Oʻzbekiston  Xotin-qizlar  qoʻmitasi, 



Fuqarolarning 

oʻzini  oʻzi  boshqarish  organlari  faoliyatini  muvofiqlashtirish  boʻyicha 

respublika kengashi, Respublika bolalar ijtimoiy moslashuvi markazi bilan birgalikda 2019 

yil  1  iyunga  qadar  muddatda 

Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar  Mahkamasiga bolalarni 

tarbiyalash  uchun  oilaga  qabul  qilayotgan  (patronat)  vasiy  va  homiylikka  nomzodlarni, 

farzandlikka  olayotganlar  va  oilaviy  bolalar  uylarining  tarbiyalovchi  ota-onalarini  tanlash 

va kuzatib borish tizimini takomillashtirish 

boʻyicha takliflar kiritsin; 

Oʻzbekiston  Respublikasi  Axborot  texnologiyalari  va  kommunikatsiyalarini 

rivojlantirish vazirligi bilan birgalikda bir oy muddatda Xalq 

taʼlimi vazirligi va boshqa davlat 

organlarining 

“Ishonch  telefonlari”  orqali  yetim  bolalar  va  ota-onasining  qaramogʻidan 

mahrum 

boʻlgan  bolalarga  yordam  koʻrsatish  tizimini  tashkil  qilsin,  shuningdek, 



“Mehribonlik”  uylari  va  bolalar  shaharchalarida  zarur  aloqa  vositalari  bilan  jihozlangan 

alohida  xonalar  ajratilishini, 

“Ishonch  telefonlari”  uzluksiz  ishlashini  hamda  ulardan 

tarbiyalanuvchilarning erkin foydalanishini 

taʼminlasin. 

4.  Yetim  bolalar  va  ota-onasining 



qaramogʻidan  mahrum  boʻlgan  bolalarni 

himoya qilishni kuchaytirish 

boʻyicha “Yoʻl xaritasi” ilovaga muvofiq tasdiqlansin. 

5. 


Qoraqalpogʻiston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar va Toshkent shahar 

hokimliklari: 

oilaviy vasiylik va homiylikning turli shakllarini yaratishga 

koʻmaklashsin; 

2019  yil  1  iyunga  qadar 

“Mehribonlik”  uylari,  bolalar  shaharchalari  va  bolalar 

uylarining  hududlari  va  xonalari  videokuzatuv  kameralari  bilan  jihozlanishini 

taʼminlasin, 

videoyozuvlar maxsus arxivda kamida bir oy davomida saqlanishini nazarda tutsin. 

Oʻzbekiston  Respublikasi  Xalq  taʼlimi  vazirligi  va  Sogʻliqni  saqlash  vazirligi 

“Mehribonlik”  uylari,  bolalar  shaharchalari  va  bolalar  uylaridagi  videokuzatuv 

kameralarining  texnik  sozligi  va  uzluksiz  ishlashini,  keyinchalik  ularni 

Oʻzbekiston 

Respublikasi  Xalq 

taʼlimi  vazirligi  va  Sogʻliqni  saqlash  vazirligi  tizimida  arxivlashtirishni 

taʼminlasin. 

6.  Vasiylik  va  homiylik  organlari, 

“Mehribonlik”  uylari,  bolalar  shaharchalari, 

bolalar uylari hamda yetim bolalar va ota-onasining 

qaramogʻidan mahrum boʻlgan 

bolalar uchun boshqa tarbiya muassasalari: 

davlat notarial idoralari, Davlat xizmatlari markazlari, FHDYO va ichki ishlar organlari, 

davlat tibbiyot va boshqa muassasalar orqali yetim bolalar va ota-onasining 

qaramogʻidan 

mahrum 

boʻlgan bolalarni joylashtirish bilan bogʻliq hujjatlarni rasmiylashtirishda; 



yetim bolalar va ota-onasining 

qaramogʻidan mahrum boʻlgan bolalarni himoya qilish 

maqsadida  sudlarga  ariza  bilan  murojaat  qilishda  davlat  boji  va  boshqa 

toʻlovlardan 

ozod etilsin. 

7. 


Oʻzbekiston Respublikasi Sogʻliqni saqlash vazirligi Moliya vazirligi bilan birgalikda 

xarajatlar  smetasini  shakllantirishda 

Oʻzbekiston  Respublikasi  Xalq  taʼlimi  vazirligining 

sohaga  ixtisoslashtirilgan  muassasalarida  tibbiyot  tizimi  pedagogik  xodimlarining 

malakasini oshirish uchun 

mablagʻlarni nazarda tutsin. 



Axborot soati materialini 

www.mtm.buxdu.uz

 veb-saytidan  

va tellegramdagi 

https://t.me/axborotsoati

 manzilidan olish mumkin  

10 


 

Belgilansinki,  asosiy  ishidan  ajralgan  holda  pedagog  xodimlarning  malakasini 

oshirish  kurslariga  yuborilgan  tinglovchilarga 

oʻqish  davrida  asosiy  ish  joyi  boʻyicha 

oʻrtacha ish haqi saqlanadi. 

8.  Quyidagilar  uchun 

Qoraqalpogʻiston  Respublikasi  Vazirlar  Kengashi  raisi, 

viloyatlar, shahar (tuman) hokimlari: 

“Mehribonlik” uylariga kam taʼminlangan va koʻp bolali oilalarning bolalari hamda ota 

yoki  onadan  biriga  ega  bolalarni  vaqtinchalik  joylashtirish 

boʻyicha  qarorlarning 

asoslantirilganligi; 

uy-joyga muhtoj sifatida hisobda turgan yetim bolalar va ota-onasining 

qaramogʻidan 

mahrum 

boʻlgan bolalarga oʻz vaqtida turar joylar ajratilishini qonun hujjatlariga muvofiq 



taʼminlash uchun shaxsiy javobgar ekanligi koʻrsatib oʻtilsin. 

Oʻzbekiston  Respublikasi  Bosh  prokuraturasi  yetim  bolalar  va  ota-onasining 

qaramo

gʻidan  mahrum  boʻlgan  bolalarga  turar  joylar  ajratilishi  ustidan  nazoratni 



kuchaytirsin. 

9.  Tijorat  banklariga  yetim  bolalar  va  ota-onasining 

qaramogʻidan mahrum boʻlgan 

bolalarga,  shu  jumladan,  ular  toifasiga  kiradigan  18  yoshdan  23  yoshgacha 

boʻlgan 

shaxslarga  yosh oilalar uchun nazarda tutilgan shartlarda, 



koʻp kvartirali uylardan 

kvartira  sotib  olishmaqsadida  imtiyozli  ipoteka  kreditlari,  shuningdek,  tadbirkorlik 

faoliyati bilan 

shugʻullanish uchun kreditlar ajratish tavsiya etilsin. 

Belgilansinki, yetim bolalar va ota-onasining 

qaramogʻidan mahrum boʻlgan bolalarga 

uy-joy sotib olish uchun ipoteka kreditining dastlabki badali 

Oʻzbekiston yoshlar ittifoqining 

Rivojlantirish 

jamgʻarmasi mablagʻlari hisobidan toʻlab beriladi. 

10. 


Oʻzbekiston  Respublikasi  Vazirlar  Mahkamasi  yetim  bolalar  va  ota-onasining 

qaramogʻidan mahrum boʻlgan bolalarni yanada qoʻllab-quvvatlash, ularning maishiy va 

turar  joy  sharoitlarini  yaxshilash  maqsadida,  shaharlar  va  qishloq  joylarida  arzon 

koʻp 


kvartirali  uylarni  qurish  parametrlarini  shakllantirishda,  2020  yildan  boshlab  uy-joyga 

boʻlgan  ehtiyojdan  kelib  chiqib,  yetim  bolalar  va  ota-onasining  qaramogʻidan  mahrum 

boʻlgan  bolalarga  imtiyozli  ipoteka  krediti  berish  asosida  sotish  uchun  uylar  qurilishini 

nazarda tutsin. 

11. 

Oʻzbekiston Respublikasi Bandlik va mehnat munosabatlari vazirligi: 



Oʻzbekiston  Respublikasi  Xalq  taʼlimi  vazirligi  va  Oʻzbekiston  yoshlar  ittifoqi  bilan 

birgalikda  bir  oy  muddatda  tarbiya  muassasalarini  tamomlagan  yetim  bolalar  va  ota-

onasining 

qaramogʻidan mahrum boʻlgan bolalarning ishga joylashtirilishi ustidan tizimli 

monitoring mexanizmini 

oʻrnatsin; 

Oʻzbekiston Respublikasining “Aholini ish bilan taʼminlash toʻgʻrisida”gi qonuni yangi 

tahrirdagi loyihasini ishlab chiqishda tarbiya muassasalarini tamomlagan yetim bolalar va 

ota-onasining 

qaramogʻidan  mahrum  boʻlgan  bolalarni  ishga  joylashtirish  boʻyicha 

qoʻshimcha kafolatlarni nazarda tutsin. 

12. 


Oʻzbekiston  Respublikasi  Axborot  texnologiyalari  va  kommunikatsiyalarini 

rivojlantirish  vazirligi  Axborot-kommunikatsiya texnologiyalarini rivojlantirish 

jamgʻarmasi 

mablagʻlari hisobidan: 

 

“Mehribonlik”  uylari  va  bolalar  shaharchalari  tarbiyalanuvchilarini  dasturlash 



koʻnikmalariga  oʻrgatish  hamda  axborot  texnologiyalari  sohasida  yosh  mutaxassislarni 

tayyorlash  maqsadida  ularning  Internet 

tarmogʻiga  ulanishi  va  kompyuterlar  bilan 

jihozlanishini,  bunda  10-11  sinf 

oʻquvchilariga  “axborot-kommunikatsiya  texnologiyalari” 

yoʻnalishida  yetakchi  tashkilotlarda  ishlab  chiqarish  amaliyotini  oʻtashi  uchun  sharoitlar 

yaratilishini; 


Axborot soati materialini 

www.mtm.buxdu.uz

 veb-saytidan  

va tellegramdagi 

https://t.me/axborotsoati

 manzilidan olish mumkin  

11 


 

elektron 

oʻquv,  shu  jumladan,  kompyuter  dasturlash  va  axborot  texnologiyalari 

sohasidagi  materiallardan  foydalanish  maqsadida 

“Mehribonlik”  uylari  va  bolalar 

shaharchalarining 

“ZiyoNET” taʼlim tarmogʻiga ulanishini taʼminlasin. 

13. 


Oʻzbekiston  Respublikasi  Ichki  ishlar  vazirligi  2019  yil  1  aprelga  qadar  yetim 

bolalar  va  ota-onasining 

qaramogʻidan  mahrum  boʻlgan  bolalarni  ularning  tutingan  ota-

onalari  doimiy propiska qilingan  uy-joy maydoniga doimiy  propiska qilinishini 

taʼminlash 

boʻyicha takliflar kiritsin. 

14. 

Oʻzbekiston Respublikasi Moliya vazirligi mazkur qarorda koʻzda tutilgan tegishli 



chora-tadbirlarni  amalga  oshirish  uchun 

Oʻzbekiston  Respublikasi  Davlat  byudjetidan 

mablagʻlar ajratsin, shuningdek, har yili Davlat byudjeti parametrlarida ushbu koʻrsatilgan 

maqsadlar uchun 

mablagʻni nazarda tutsin. 

15. 


Oʻzbekiston Respublikasi Xalq taʼlimi vazirligi manfaatdor vazirlik va idoralar bilan 

birgalikda  ikki  oy  muddatda  qonun  hujjatlariga  ushbu  qarordan  kelib  chiqadigan 

oʻzgartirish va qoʻshimchalar toʻgʻrisida Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasiga 

takliflar kiritsin. 

16. Mazkur qarorning ijrosini nazorat qilish 

Oʻzbekiston Respublikasining Bosh vaziri 

A.N.Aripov, 

Oʻzbekiston 

Respublikasi 

Prezidenti 

Administratsiyasi 

rahbari 


Z.Sh.Nizomiddinov, 

Oʻzbekiston  Respublikasi  Prezidenti  maslahatchisining  birinchi 

oʻrinbosari  B.M.Mavlonov  va  Oʻzbekiston  Respublikasi  Bosh  vazirining  oʻrinbosari 

A.A.Abduhakimov zimmasiga yuklansin. 



 

Oʻzbekiston Respublikasi 

Prezidenti Sh.MIRZIYOYEV 

 

Toshkent shahri, 



2019 yil 11 fevral 

 

 



 

 

 




Download 343.23 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2020
ma'muriyatiga murojaat qiling