Axborot soati materiallari


Download 0.96 Mb.
Pdf ko'rish
Sana22.12.2019
Hajmi0.96 Mb.

Axborot soati materialini 

www.mtm.buxdu.uz

 veb-saytidan  

va tellegramdagi 

https://t.me/axborotsoati

 manzilidan olish mumkin 

 



AXBOROT SOATI MATERIALLARI 

23 aprel 2019 yil

 

 



YANGILIKLAR VA VOQEALAR 

 

OʻZBEKISTON RESPUBLIKASI PREZIDENTI SHAVKAT MIRZIYOYEVNING 



OʻZBEKISTONDA QOZOGʻISTON YILINING TANTANALI OCHILISH MAROSIMIDAGI 

NUTQI 

 

 



Hurmatli Qosim-Jomart Kemelevich! 

Xonimlar va janoblar! 

Assalomu alaykum, aziz mehmonlar! 

¶Siz, azizlarni mehmondoʻst Oʻzbekiston zaminida yana bir bor qutlaymiz.  

Butun 

Oʻzbekiston  xalqi  nomidan  birodar  Qozogʻiston  Respublikasi  Prezidenti 



Qosim-Jomart Kemelovich Toqayevni mamlakatimizga ilk bor davlat tashrifi munosabati 

bilan chuqur mamnuniyat izhor etishga ruxsat bergaysiz.  

Hurmatli Qosim-Jomart Kemelevich!  

Aziz 


doʻstlar!  

Xonimlar va janoblar!  

Bugun  sizlarni 

Oʻzbekistonda  Qozogʻiston  yilining  tantanali  ochilish  marosimida 

qutlashdan mamnunman.  

Qozogʻiston  Respublikasining  Birinchi  Prezidenti,  Elboshi,  ogʻam,  muhtaram 

Nursulton  Abishevich  Nazarboyevning  2017  yil  sentabr  oyida  mamlakatimizga  davlat 

tashrifi 

chogʻida  biz  oʻtgan  yili  Qozogʻistonda  Oʻzbekiston  yilini,  bu  yil  esa  yurtimizda 

Qozogʻiston yilini oʻtkazishga kelishib olgan edik.  



Axborot soati materialini 

www.mtm.buxdu.uz

 veb-saytidan  

va tellegramdagi 

https://t.me/axborotsoati

 manzilidan olish mumkin 

 



Fursatdan 

foydalanib, 

koʻpmillatli  Oʻzbekiston  xalqi  nomidan  Nursulton 

Abishevichga  mamlakatlarimiz 

oʻrtasidagi  doʻstlik,  yaxshi  qoʻshnichilik  va  sheriklik 

munosabatlarini 

mustahkamlashga 

qoʻshgan 

beqiyos 

hissasi, 

shuningdek, 

mamlakatingizda 

oʻtkazilgan ajoyib, yorqin va unutilmas Oʻzbekiston yili tadbirlari uchun 

samimiy minnatdorlik izhor qilmoqchiman.  

Bugun  muhtaram  Qosim-Jomart  Kemelivich  bilan  birgalikda 

Oʻzbekistonda 

Qozogʻiston yilining ochilishi mamlakatlarimiz oʻrtasida strategik sheriklik munosabatlari 

jadal  rivojlanib, 

oʻzaro  ishonch  va  qoʻllab-quvvatlash,  birodarlik  rishtalari  uzviy 

mustahkamlanib borayotganidan dalolatdir.  

Bu  muhim  voqelik,  shuningdek,  xalqlarimiz 

oʻrtasidagi  azaliy  va  samimiy  doʻstlik, 

madaniy va 

maʼnaviy yakdillik ramzidir.  

Qozogʻistonning  Abay  Qoʻnonboyev,  Muxtor  Avezov,  Axmet  Baytursunov,  Ilyos 

Yesenberlin, 

Oʻljas  Sulaymonov  va  boshqa  koʻplab  atoqli  madaniyat  namoyandalari 

tinchlik va ezgulikni asrash, xalqlarimizga xos yuksak insoniy fazilatlarni tarannum etgan.  

Oʻzining  joʻshqin  asarlari  bilan  ular  ushbu  ezgu  qadriyatlarni  hozirgi  avlodga 

yetkazish,  mamlakatlarimiz,  xalqlarimiz 

oʻrtasidagi  anʼanaviy  doʻstlik  va  yaxshi 

qoʻshnichilik munosabatlarini kengaytirishga ulkan hissa qoʻshgan.  

Shu  munosabat  bilan  men  hamkorligimiz  kelajagiga  katta  nekbinlik  bilan 

qaramoqdaman va 

Oʻzbekistondagi Qozogʻiston yili tadbirlari ushbu koʻp asrlik aloqalarni 

yanada mustahkamlashiga ishonchim komil.  

Bugungi  kunda 

Qozogʻiston  butun  dunyoga  davlat  va  jamiyat  qurilishining  barcha 

sohalarida,  jumladan,  zamonaviy  raqobatbardosh  iqtisodiyotni  rivojlantirish,  aholi 

turmush darajasi va sifatini izchil oshirish 

boʻyicha erishilgan salmoqli muvaffaqiyatlarini 

namoyon qilayotganini katta mamnuniyat bilan 

taʼkidlamoqchiman.  

Ishonchim  komilki,  mamlakatimizda 

Qozogʻiston  yili  tadbirlari  nafaqat  ushbu 

yoʻnalishdagi  ishlar  natijalarini  namoyish  qilish  imkonini  beradi,  balki  mamlakatlarimiz 

sanʼati, ilm-fani, taʼlimi, biznesi vakillari oʻrtasida oʻzaro manfaatli aloqalarni kengaytirish, 

bilim va yutuqlarni almashish uchun yangi ufqlar ochib beradi.  

Bularning  barchasi  madaniyatlarni  boyitish,  xalqlarimizni  yanada  yaqinlashtirishga 

xizmat qilishi shubhasiz.  

Yurtimizda yaqinda 

oʻtkazilgan Xalqaro baxshichilik sanʼati festivalida qozogʻistonlik 

Uljan Baybusinova Gran-priga sazovor 

boʻlgani ham quvonarli hol.  

Barcha 

qozogʻistonlik doʻstlarimizni samimiy qutlayman!  



Aziz 

doʻstlar!  

Oʻylaymanki,  Oʻzbekistonda  Qozogʻiston  yili  qardosh  mamlakat  sanʼat  ustalarining 

katta  konsert  dasturi 

–  koʻpmillatli  Qozogʻistonning  yorqin  va  serqirra  namoyishi  bilan 

boshlanishida ramziy 

maʼno mujassam.  

Darhaqiqat, 

sheʼriyat,  musiqa  va  qoʻshiq  xalqlarning  eng  pok  va  goʻzal  orzu-

umidlari, ezgu intilishlarini ifoda etadi.  

Shu  munosabat  bilan 

qozogʻistonlik  doʻstlarimiz,  barcha  ishtirokchilarga  ushbu 

bayram konsertini tashkil qilganliklari uchun samimiy minnatdorlik izhor qilmoqchiman.  

Hurmatli 

doʻstlar!  

Qozoq  xalq  maqolida  aytilganidek: 

“Tuы-sы  ja-qыn  –  ja-qыn  yemes,  qoʻnы-sы  ja-

q

ыn – ja-qыn”.  



Biz  qardosh 

Qozogʻiston  bilan  yoʻlga  qoʻyilgan  doʻstlik  va  yaxshi  qoʻshnichilik 

rishtalarini  qadrlaymiz  va  eng  yaqin 

qoʻshnimiz  bilan  muloqot  hamda  koʻp  qirrali 

hamkorlikni mustahkamlashga intilamiz.  


Axborot soati materialini 

www.mtm.buxdu.uz

 veb-saytidan  

va tellegramdagi 

https://t.me/axborotsoati

 manzilidan olish mumkin 

 



Biz  bir-birimizga  hamisha  yelkadosh 

boʻlib  kelganmiz,  xavf-xatarlarga  qarshi 

birgalikda  kurashganmiz,  bugun  esa  umumiy  yorqin  kelajagimizni  ham  birga 

qurmoqdamiz.  

Oʻylaymanki,  ulugʻ  bobokalonlarimiz  Alisher  Navoiy  va  Abay  Qoʻnonboyevlarning 

muqaddas ruhi bizni bu 

yoʻlda qoʻllab-quvvatlaydi.  

Biz  xalqlarimiz,  farzandlarimiz  va  nabiralarimiz  tinchligi  va  farovonligi 

yoʻlida 

qoʻlimizdan kelgan barcha ishlarni qilamiz!  

Hurmatli Qosim-Jomart Kemelevich!  

Muhtaram 

qozogʻistonlik doʻstlar!  

Bugungi  kun 

oʻzbek-qozoq munosabatlarida  yangi, tarixiy sana sifatida  xalqlarimiz 

oʻrtasidagi  qardoshlik  aloqalarini  rivojlantirish  uchun  mustahkam  zamin  yaratadi,  deb 

ishonaman.  

Yana bir bor 

Oʻzbekistonga xush kelibsiz!  

Eʼtiboringiz uchun rahmat! 

 

 

MUN CHJE IN: O‘ZBEKISTON O‘Z TARAQQIYOTINING YANGI ERASIGA 



QADAM QO‘YMOQDA 

 

Rasmiy  kutib  olish  marosimidan 



so‘ng  O‘zbekiston  Respublikasi  Prezidenti 

Shavkat Mirziyoev hamda Koreya Respublikasi Prezidenti Mun Chje In tor va keng 

doirada muzokara 

o‘tkazdi.  

Bu haqda 

O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Matbuot xizmati ma’lum qildi. 

Davlatimiz rahbari oliy martabali mehmonni mamlakatimizga tashrifi bilan qutlab, bu 

uzoq kutilgan va muhim tashrif ekanini 

ta’kidladi. 



Axborot soati materialini 

www.mtm.buxdu.uz

 veb-saytidan  

va tellegramdagi 

https://t.me/axborotsoati

 manzilidan olish mumkin 

 



–  Janubiy  Koreya  O‘zbekistonning  ishonchli  va  ustuvor  sherigi.  Men  2017  yilgi 

uchrashuvimizni  mamnuniyat  bilan  eslayman.  Muzokaralarimiz  samimiy  va  konstruktiv 

ruhda 

o‘tgan,  salmoqli  hujjatlar  imzolangan  edi.  Bu  keyingi  yillardagi  hamkorlik  rivojiga 



asos 

bo‘ldi.  Sizning  ushbu  tashrifingiz  davlatlararo  munosabatlarimizga  yangi  impuls 

beradi, 

– dedi Shavkat Mirziyoev. 

 

Koreya Respublikasi Prezidenti 



O‘zbekistonga taklif uchun minnatdorlik bildirdi. 

–  O‘zbekiston  qadimiy  va  boy  tarixga  ega,  Buyuk  ipak  yo‘lining  markazi  bo‘lgan 

o‘lka.  Bugungi  kunda  mamlakatingiz  o‘z  taraqqiyotining  yangi  erasiga  qadam 

qo‘ymoqda.  O‘zbekistonni  Janubiy  Koreyaning  savdo  va  investitsiyaviy  aloqalarni 

faollashtirishga  qaratilgan 

“Yangi  shimoliy  siyosat”ida  muhim  o‘rin  tutuvchi  sherik  deb 

bilamiz.  Sizning  Seulga  tashrifingiz 

chog‘ida  mamlakatlarimiz  o‘rtasidagi  strategik 

sheriklikni  chuqurlashtirishga  erishgandik.  Bu  safar  uni  alohida  strategik  darajasiga 

ko‘tarish niyatidamiz, – dedi Mun Chje In. 

Uchrashuvda  mamlakatlarimiz 

o‘rtasidagi  hamkorlikni  har  tomonlama  rivojlantirish 

istiqbollari  muhokama  qilindi. 

O‘zaro manfaatli yo‘nalishlarni topish, “soatlarni solishtirib 

olish”  maqsadida  siyosiy  muloqot  va  maslahatlashuvlarni  faol  davom  ettirish  bo‘yicha 

yakdil fikr bildirildi.  

Ikki  mamlakat  hamkorligi,  xalqlarimiz 

o‘rtasidagi  do‘stlik  aloqalarini  kengaytirish 

maqsadida strategik sheriklik munosabatlarini yanada mustahkamlashga kelishib olindi.  

Savdo-iqtisodiy  aloqalardagi 

o‘sish  sur’atlari  ijobiy  baholanib,  uni  yanada  oshirish 

uchun  imkoniyatlar 

ko‘pligi  qayd  etildi.  Shu  maqsadda  huquqiy  va  institutsional 

infratuzilmani  takomillashtirish,  turli  darajadagi  tashriflar  va  ishbilarmon  doiralar 

o‘rtasidagi uchrashuvlarni ko‘paytirish zarurligi ta’kidlandi.  

Muloqot 


chog‘ida  tomonlarni  qiziqtirgan  mintaqaviy  va  xalqaro  ahamiyatga  molik 

masalalar  yuzasidan  ham  fikr  almashildi.  Janubiy  Koreya 

O‘zbekistonning  mintaqada 

yaxshi 


qo‘shnichilik  muhitini  mustahkamlash,  Orol  fojiasi  oqibatlarini  kamaytirish, 

Afg‘onistonda  tinchlik  jarayoniga  ko‘maklashishga  qaratilgan  amaliy  sa’y-harakatlarini 



Axborot soati materialini 

www.mtm.buxdu.uz

 veb-saytidan  

va tellegramdagi 

https://t.me/axborotsoati

 manzilidan olish mumkin 

 



qo‘llab-quvvatlashini bildirdi. O‘zbekiston Koreya Respublikasining Koreya yarim orolida 

hamjihatlikni mustahkamlashga 

yo‘naltirilgan tinchliksevar siyosatini ma’qullaydi. 

Keng  doiradagi  muzokaralarda  asosiy 

e’tibor  savdo-iqtisodiy,  investitsiyaviy, 

moliyaviy-texnik,  madaniy-gumanitar  va  boshqa  sohalardagi  amaliy  hamkorlikni 

rivojlantirish masalalariga qaratildi.  

O‘zbekiston Respublikasi bilan Koreya Respublikasi hamkorligi deyarli barcha jabhalarni 

qamrab  olgan.  Savdo  sohasida  eng 

ko‘p  qulaylik  tartibi  o‘rnatilgan.  Savdo-iqtisodiy 

hamkorlik 

bo‘yicha  hukumatlararo  komissiya  o‘zaro  manfaatli  loyihalarni  ishlab  chiqish 

va  amalga  oshirishda  muhim 

o‘rin  tutmoqda.  Joriy  yil  4  martda  Toshkentda  uning 

to‘qqizinchi  majlisi  bo‘lib  o‘tdi.  2018  yilda  iqtisodiy  masalalar  bo‘yicha  Bosh  vazir 

o‘rinbosarlari majlisi formati ham yo‘lga qo‘yildi.  

O‘tgan yili ikki mamlakat o‘rtasidagi tovar ayirboshlash hajmi  2 milliard 130 million 

dollardan oshib, keyingi yillardagi eng yuqori 

ko‘rsatkich qayd etildi.  

Mamlakatimizda  koreyalik  investorlar  ishtirokida  tuzilgan  660  korxona  faoliyat 

yuritmoqda. Ularning 354 tasi yuz foiz xorijiy sarmoya hisobidan tashkil qilingan.  

Janubiy  Koreya  tomoni 

O‘zbekistonda  iqtisodiyotni  liberallashtirish  va  investitsiya 

muhitini  yaxshilash 

bo‘yicha  amalga  oshirilayotgan  islohotlarni  olqishladi.  Bu 

mamlakatimizga  investitsiyalar  va  yuqori  texnologiyalar  kelishini 

ko‘paytirib, qo‘shimcha 

qiymatli mahsulotlar ishlab chiqarish, doimiy ish 

o‘rinlari yaratishga xizmat qiladi. 

Prezident  Shavkat  Mirziyoev 

O‘zbekiston  energetika,  neft-gaz,  kimyo,  konchilik, 

transport  va  logistika  sohalarida  hamkorlikni  kengaytirish,  mashinasozlik,  elektr 

texnikasi, 

to‘qimachilik  va  oziq-ovqat  sanoati,  infratuzilmani  rivojlantirish  bo‘yicha 

istiqbolli  loyihalarni  amalga  oshirishdan  manfaatdor  ekanini  qayd  etdi.  Janubiy  Koreya 

kompaniyalari mamlakatimizda 

o‘zlarini erkin va qulay his qilishlari uchun har tomonlama 

qo‘llab-quvvatlanishini alohida ta’kidladi. 

Muzokarada  mazkur  sohalardagi  yangi  imkoniyatlar,  ularni  hayotga  tatbiq  etish 

bo‘yicha  takliflar  ko‘rib  chiqildi.  Iqtisodiyotning  yetakchi  tarmoqlari,  mamlakatimizdagi 



Axborot soati materialini 

www.mtm.buxdu.uz

 veb-saytidan  

va tellegramdagi 

https://t.me/axborotsoati

 manzilidan olish mumkin 

 



erkin  iqtisodiy  zonalar  va  kichik  sanoat  zonalarida  korxonalar  tashkil  etish, 

“elektron 

hukumat”ni  rivojlantirish,  innovatsion  va  ijtimoiy  sohalar  bo‘yicha  kadrlar  tayyorlashni 

davom ettirishga kelishib olindi.  

Gumanitar  soha 

O‘zbekiston  va  Janubiy  Koreya  aloqalarining  yana  bir  muhim, 

kompleks 

yo‘nalishidir.  Bugungi  kunda  axborot  texnologiyalari,  raqamli  tibbiyot,  ta’lim, 

madaniyat  sohalarida  samarali  hamkorlik  qilib  kelinmoqda.  Mamlakatimizning 

maktabgacha 

ta’lim tizimiga Koreya tajribasi keng joriy etilmoqda. 

Davlatimiz  rahbari  mazkur  sohalardagi  hamkorlikni  yanada  kengaytirishdan 

manfaatdor  ekanini 

ta’kidladi. Janubiy  Koreya Prezidenti ilg‘or tajribalardan foydalanish 

va kadrlar malakasini oshirishga hissa 

qo‘shishga tayyor ekanini bildirdi.  

Prezident  Mun  Chje  In  Prezident  Shavkat  Mirziyoevni 

o‘zi  uchun  qulay  vaqtda 

Janubiy Koreyaga tashrif bilan borishga taklif etdi. 

 

 



KOREYA RESPUBLIKASI PREZIDENTI MUSTAQILLIK VA EZGULIK 

MONUMENTIGA GUL QO‘YDI 

 

Mamlakatimizda  davlat  tashrifi  bilan 



bo‘lib  turgan  Koreya  Respublikasi 

Prezidenti  Mun  Chje  In 

O‘zbekiston  Respublikasi  Bosh  vaziri  Abdulla  Aripov 

hamrohligida Mustaqillik maydoniga tashrif buyurdi. 

Oliy  martabali  mehmon  hurriyatimiz,  porloq  istiqbolimiz  va  ezgu  niyatlarimiz  ramzi 

bo‘lgan Mustaqillik va ezgulik monumenti poyiga gul qo‘ydi. 

Mun  Chje  Inga  Mustaqillik  maydonining 

me’moriy  yechimi  va  g‘oyaviy  mazmun-

mohiyati haqida 

so‘zlab berildi.  

Koreya  Respublikasi  Prezidenti  mazkur  maydon 

O‘zbekistonning  tinchlikparvar 

siyosati va 

o‘zbek xalqining tarixiy yutug‘i – mustaqilligini o‘zida aks ettirishi bilan g‘oyat 

ulkan ahamiyatga ega ekanini 

ta’kidladi. 

 


Axborot soati materialini 

www.mtm.buxdu.uz

 veb-saytidan  

va tellegramdagi 

https://t.me/axborotsoati

 manzilidan olish mumkin 

 



O‘ZBEKISTONDA JANUBIY KOREYA BIZNESI UCHUN ENG QULAY 

SHAROITLAR YARATILADI 

Prezident Shavkat Mirziyoyev va Prezident Mun Chje In 

O‘zbekiston – Janubiy 

Koreya biznes-forumining ochilish marosimida ishtirok etdi.  

O‘zbekiston  bilan  Janubiy  Koreya  ishonchli  va  uzoq  muddatli  investitsiyaviy 

hamkorlardir.  Mamlakatimiz  iqtisodiyotidagi    Koreya  investitsiyalarining  umumiy  hajmi  7 

milliard dollardan oshgan. Koreya milliy neft korporatsiyasi, Eksimbanki, 

“Kogas”, «Lotte 

group»,  «Samsung»,  «Hundai»,  «Shindong  resources»  va  boshqa  ko‘plab  yetakchi 

kompaniyalari  yurtimizda  ustuvor  investitsiya  loyihalarini  amalga  oshirishda  faol  ishtirok 

etmoqda.  

Davlatimiz  rahbari 

Ko‘ksaroyda  o‘tgan  muzokaralarda  ishbilarmonlik  aloqalarini  qo‘llab-

quvvatlash,  ayniqsa, 

o‘rta  va  kichik  biznesni  rivojlantirishga  alohida  e’tibor  qaratilganini 

ta’kidladi. 

- Bugun 


O‘zbekistonda amalga oshirilayotgan islohot va o‘zgarishlar ulkan g‘oya va 

loyihalarni  hayotga  dadil  joriy  etish  uchun  keng  imkoniyatlar  ochmoqda. 

O‘tgan  yili 

mamlakatimizda  yangi 

qo‘shma  korxonalar  soni  3  barobar  ko‘paydi.  Ularning  orasida 

Koreya kapitali ishtirokida tashkil etilgan 160 ta korxona mavjud. Biz bundan buyon ham 

Koreya  biznesining  mamlakatimizdagi  ishtirokini  kengaytirish  uchun  eng  qulay 

sharoitlarni yaratishga tayyormiz, - dedi Shavkat Mirziyoyev. 

Koreya  Respublikasi  Prezidenti 

O‘zbekiston  azaldan  savdo,  ilm-fan,  madaniyat 

markazi 

bo‘lgani,  bugungi  kunda  ham  biznes  uchun  keng  imkoniyatlar  ochilayotganini 

qayd etdi. Janubiy Koreya 

O‘zbekistondagi investitsiyaviy loyihalarni qo‘llab-quvvatlash, 

ilg‘or tajribalar bilan o‘rtoqlashishga tayyor ekanini bildirdi.  

«O‘zekspomarkaz»da  o‘tkazilgan  forumda  ikki  mamlakat  iqtisodiy  va  moliyaviy 

tuzilmalari  rahbarlari,  yetakchi  ishbilarmonlari  ishtirok  etdi.  Xususan,  Koreya 

Respublikasining  150  ta  kompaniya  va  tashkilotidan  350  dan  ortiq  vakillar  qatnashdi. 

Kompaniya  va  tashkilotlar 

o‘rtasidagi  investitsiyaviy  hamkorlikni  kengaytirish,  yangi 



Axborot soati materialini 

www.mtm.buxdu.uz

 veb-saytidan  

va tellegramdagi 

https://t.me/axborotsoati

 manzilidan olish mumkin 

 



loyihalarni ishlab chiqish va amalga oshirish, tovarlar yetkazib berish va xizmat 

ko‘rsatish 

masalalari muhokama qilindi. 

Biznes-forumda umumiy qiymati 12 milliard dollardan ziyod 

bo‘lgan muhim kelishuvlarga 

erishildi  va  bitimlar  imzolandi.  Ular  energetika,  neft-gaz,  ximiya  va 

tog‘-kon, 

mashinasozlik  va  elektr  texnikasi,  transport  va  logistika, 

to‘qimachilik  va  oziq-ovqat 

sanoati,  infratuzilmalar,  axborot-kommunikatsiya  texnologiyalari,  raqamli  tibbiyot  kabi 

ustuvor 

yo‘nalishlarni qamrab olgan. 

«Angren»  iqtisodiy  zonasini  «Inchxon»  erkin  iqtisodiy  zonasi  boshqaruviga  berish, 

«Bo‘stonliq-farm» hududida eng zarur dori vositalari ishlab chiqarish bo‘yicha kelishuvlar 

alohida 

e’tiborlidir. 

Prezidentimiz Janubiy Koreya ishbilarmonlarini mamlakatimiz iqtisodiyotidagi yangi 

imkoniyatlardan faol foydalanishga chaqirdi. 

 

 

QISHLOQ XOʻJALIGI SOHASIDA DAVLAT BOSHQARUVI TIZIMINI 



TAKOMILLASHTIRISH CHORA-

TADBIRLARI TOʻGʻRISIDA 

OʻZBEKISTON RESPUBLIKASI PREZIDENTINING 

F A R M O N I 

Qishloq 


xoʻjaligini  rivojlantirish  va  uning  raqobatbardoshligini  oshirish  mamlakat 

aholisining  60  foizidan  ortiq  qismi  yashayotgan  qishloqlarning  farovonlik  darajasini 

yuksaltirishda muhim omil 

boʻlmoqda. 

Shu  munosabat  bilan 

soʻnggi  yillarda  qishloq  xoʻjaligini  boshqarish  tizimida 

institutsional islohotlar amalga oshirildi, paxta xom ashyosi va boshoqli don mahsulotlarining 

davlat  tomonidan  kafolatlangan  xarid  narxlarini  sezilarli  darajada 

koʻpaytirish  hisobiga 

qishloq 


xoʻjaligi mahsulotlari ishlab chiqaruvchilarining moliyaviy barqarorligi oshirildi. 

Axborot soati materialini 

www.mtm.buxdu.uz

 veb-saytidan  

va tellegramdagi 

https://t.me/axborotsoati

 manzilidan olish mumkin 

 



Qishloq 

xoʻjaligi mahsulotlarini ishlab chiqarishni tashkil etishning klaster modeli keng 

joriy  etilmoqda,  natijada  oxirgi  yillarda  paxta-

toʻqimachilik  klasterlariga  ajratilgan  yer 

maydonlari  hajmi  mazkur  ekin  turi  uchun  ajratilgan  qishloq 

xoʻjaligi  yerlarining  52  foizini 

tashkil etdi. 

Shu  bilan  birga,  qishloq 

xoʻjaligini  davlat  tomonidan  qoʻllab-quvvatlashda  samarali 

bozor mexanizmlarining mavjud emasligi tarmoqning raqobatbardoshligini oshirish imkonini 

bermayapti. 

Qishloq 


xoʻjaligini davlat tomonidan boshqarishning yaxlit tizimini shakllantirish, qishloq 

xoʻjaligi  mahsulotlarini  davlat  tomonidan  xarid  qilishning  bozor  mexanizmlarini  joriy  etish 

maqsadida,  shuningdek,  2017-2021  yillarda 

Oʻzbekiston  Respublikasini  rivojlantirishning 

beshta ustuvor 

yoʻnalishi boʻyicha Harakatlar strategiyasiga muvofiq: 

1.  Quyidagilar 

Oʻzbekiston  Respublikasi  Qishloq  xoʻjaligi  vazirligining  (keyingi 

oʻrinlarda – Vazirlik) asosiy vazifalari va faoliyati yoʻnalishlari etib belgilansin

birinchi  navbatda  qishloq 

xoʻjaligini  raqamlashtirish,  qishloq  xoʻjaligi  subyektlari 

oʻrtasidagi  oʻzaro  munosabatlarda  bozor  tamoyillarini  joriy  etish,  ilgʻor  tajriba  va  fan 

yutuqlarini, zamonaviy resurs tejovchi  va intensiv agrotexnologiyalarni joriy etishni nazarda 

tutuvchi qishloq 

xoʻjaligi va oziq-ovqat xavfsizligi sohasida yagona davlat siyosatini amalga 

oshirish; 

qishloq 


xoʻjaligi va oziq-ovqat mahsulotlarini ishlab chiqarish, saqlash, qayta ishlash va 

sotishda  zamonaviy  kooperatsiya  munosabatlarini  kengaytirish  orqali  qishloq 

xoʻjaligi  va 

oziq-ovqat mahsulotlarining 

qoʻshilgan qiymati zanjiri yaratilishini ragʻbatlantirish; 

agrobiznesning  klaster  modelini  keng  joriy  etish  chora-tadbirlarini  amalga  oshirish, 

klasterlash  jarayonining  tashkiliy-huquqiy  va  iqtisodiy  asoslarini  takomillashtirish,  qishloq 

xoʻjaligi tarmoqlarida klasterlarni tashkil etish va rivojlantirish boʻyicha investitsiya loyihalarini 

amalga oshirishga 

koʻmaklashish; 

agrotexnik  tadbirlarni 

oʻz  vaqtida  moliyalashtirish,  qishloq  xoʻjaligi  mahsulotlari  ishlab 

chiqaruvchilarining  moliyaviy  barqarorligi,  hosildorligi  past  yerlar  unumdorligini  oshirish, 

oziq-ovqat  xavfsizligini 

taʼminlash  va  qishloq  xoʻjaligi  mahsulotlari  eksportini  oshirishga 

koʻmaklashadiganqishloq  xoʻjaligini  davlat  tomonidan  qoʻllab-quvvatlash  chora-tadbirlarini 

muvofiqlashtirish; 

keng 


koʻlamli  zamonaviy  moliyaviy  xizmatlarni  rivojlantirish  va  sifatli  qishloq  xoʻjaligi 

texnikasidan foydalanish imkoniyatini oshirish orqali qishloq 

xoʻjaligini mexanizatsiyalash va 

qishloq 


xoʻjaligi mahsulotlarini chuqur qayta ishlashni ragʻbatlantirish; 

qishloq 


xoʻjaligi  ekinlari  urugʻlarini  tayyorlash,  foydalanish  va  eksport  qilishning 

zamonaviy  tizimini  shakllantirish,  mahalliy  va  xorijiy  seleksiya  navlari,  shu  jumladan, 

biotexnologik navlarning birlamchi 

urugʻchiligini tashkil etish va rivojlantirish; 

oʻsimliklarni  himoya  qilish  sohasida  yagona  davlat  siyosatini  yuritish,  zararkunandalar 

va  begona 

oʻtlarga qarshi kurashish, agrokimyoviy  xizmat koʻrsatish va tuproqni muhofaza 

qilish 


boʻyicha tizimli chora-tadbirlarni amalga oshirish; 

taʼlim,  fan  va  qishloq  xoʻjaligida  ishlab  chiqarishning  tizimli  asosda  uzviy 

integratsiyalashuvini,  qishloq 

xoʻjaligi  tarmoqlarining  yuqori  malakali  soha  mutaxassislariga 

boʻlgan  joriy  va  istiqboldagi  ehtiyojlarini  hisobga  olgan  holdakadrlarni  tayyorlash,  qayta 

tayyorlash va ularning malakasini oshirishni 

taʼminlash. 

2. Quyidagilar: 

Oʻzbekiston  Respublikasi  Fanlar  akademiyasi  Qishloq  xoʻjaligi  va  oziq-ovqat  taʼminoti 

ilmiy-ishlab  chiqarish  markazi  va  uning  ilmiy-tadqiqot  muassasalari 

Oʻzbekiston 

Respublikasi Qishloq 

xoʻjaligi vazirligi huzuridagi Qishloq xoʻjaligi va oziq-ovqat taʼminoti 

ilmiy-ishlab chiqarish markazi etib qayta tashkil etilgan holda; 

Oʻzbekiston  Respublikasi  Vazirlar  Mahkamasi  huzuridagi  Oʻzbekiston  qishloq  xoʻjaligi 

texnikasi  va  texnologiyalarini  sertifikatlash  va  sinash  davlat  markazi 

Oʻzbekiston 



Axborot soati materialini 

www.mtm.buxdu.uz

 veb-saytidan  

va tellegramdagi 

https://t.me/axborotsoati

 manzilidan olish mumkin 

10 


 

Respublikasi  Qishloq 

xoʻjaligi  vazirligi  huzuridagi  Qishloq  xoʻjaligi  texnikasi  va 

texnologiyalarini sertifikatlash va sinash markazi etib qayta tashkil etilgan holda; 

Oʻzbekiston  Respublikasi  Innovatsion  rivojlanish  vazirligi  huzuridagi  Urugʻchilikni 

rivojlantirish markazi va uning 

boʻlinmalari Oʻzbekiston Respublikasi Qishloq xoʻjaligi vazirligi 

huzuridagi 

Urugʻchilikni rivojlantirish markazietib qayta tashkil etilgan holda; 

Toshkent  davlat  agrar  universiteti  va  uning  filiallari  amaldagi  moliyalashtirish  tartibini 

saqlab qolgan holda Vazirlik ixtiyoriga 

oʻtkazilsin

3. Belgilansinki: 

Vazirlik  tizimidagi  ilmiy-tadqiqot  muassasalarining  bio  va  nanotexnologiyalar,  qishloq 

xoʻjaligi  ekinlarining  yangi  navlarini  yaratish  va  joriy  etish  boʻyicha  faoliyati  Oʻzbekiston 



Respublikasi Innovatsion rivojlanish vazirligi tomonidan muvofiqlashtiriladi

qishloq 


xoʻjaligi  ishlab  chiqarishi  sohasida  mehnat  va  moddiy-texnik  resurslar  sarfi 

meʼyorlarini ishlab chiqish va yangilash Oʻzbekiston Respublikasi Davlat byudjeti mablagʻlari 

hisobidan moliyalashtiriladi. 

4.  Vazirlik 

Oʻzbekiston  Respublikasi  Iqtisodiyot  va  sanoat  vazirligi,  Moliya  vazirligi, 

Davlat  aktivlarini  boshqarish  agentligi  va 

“Oʻzagrokimyohimoya”  AJ  bilan  birgalikda  bir  oy 

muddatda qishloq 



xoʻjaligiga agrokimyoviy xizmat koʻrsatish va oʻsimliklar himoyasini 

takomillashtirish 

boʻyicha  takliflar  kiritsin,  bunda  Vazirlik  huzurida  quyidagi  vazifalarni 

amalga oshiruvchi ixtisoslashgan xizmat tashkil etilishi nazarda tutilsin: 

qishloq 


xoʻjaligi mahsulotlari ishlab chiqaruvchilarini oʻsimliklarni himoya qilish kimyoviy 

va  biologik  vositalar  bilan 

taʼminlash  uchun  zarur  shart-sharoitlar  yaratish,  oʻsimliklarni 

himoya  qilish 

boʻyicha  profilaktik  va  integratsiyalashtirilgan  chora-tadbirlarni  oʻz  vaqtida 

tashkil etish; 

mulkchilik  shaklidan 

qatʼiy  nazar,  ekin  maydonlarida,  tomorqa  yerlarda,  issiqxona 

xoʻjaliklarida  fitosanitariya  holati  ustidan  doimiy  kuzatuv  va  nazorat  olib  borish,  qishloq 

xoʻjaligi  ekinlari  zararkunandalari,  kasalliklari  va  begona  oʻtlar  rivojlanishi  va  tarqalishini 

prognoz qilish; 

oʻsimliklarni  himoya  qilish  kimyoviy  vositalarini  tashish,  saqlash,  sotish  va  qoʻllash, 

qishloq 

xoʻjaligi uchun mineral oʻgʻitlarni agrokimyo xaritanomalari asosida tuproqning ozuqa 

moddalari  bilan 

taʼminlanganligini  hisobga  olib,  tabaqalashtirilgan  holda  yetkazib  berish 

boʻyicha belgilangan qoidalarga rioya etilishi ustidan nazorat qilish. 

5.  Vazirlik 

Oʻzbekiston  Respublikasi  Prezidenti  huzuridagi  Loyiha  boshqaruvi  milliy 

agentligi,  Yer  resurslari,  geodeziya,  kartografiya  va  davlat  kadastri  davlat 

qoʻmitasi  bilan 

birgalikda xalqaro moliya institutlarini jalb qilgan holda uch oy muddatda ishlab chiqilayotgan 

“Aqlli  qishloq  xoʻjaligi”  konsepsiyasi  doirasida  qishloq  xoʻjaligini  raqamlashtirish  sohasini 

moliyalashtirish loyihalari va manbalari 

boʻyicha takliflar kiritsin. 

6. Belgilab 

qoʻyilsinki: 

Vazirlik  ixtiyoriga 

oʻtkaziladigan  tashkilotlar  tegishli  tashkilotlarning  huquqlari, 

majburiyatlari  va  shartnomalari,  shu  jumladan,  xalqaro  shartnomalar 

boʻyicha  huquqiy 

vorislari hisoblanadi; 

limon  va  grek 

yongʻogʻi  ishlab  chiqaruvchilar  va  eksport  qiluvchilar,  kartoshka  ishlab 

chiqaruvchilar  uyushmalari  rahbarlari 

taʼsischilar  umumiy  yigʻilishi  qarori  bilan  saylanadi 

hamda 

Oʻzbekiston  Respublikasi  qishloq  xoʻjaligi  vaziri  taqdimnomasiga  koʻra  Vazirlar 



Mahkamasi tomonidan tasdiqlanadi; 

Oʻzbekiston Respublikasi Davlat byudjeti  mablagʻlari, Vazirlikning byudjetdan tashqari 

mablagʻlari,  shu  jumladan,  vaqtincha  boʻsh  turgan  byudjetdan  tashqari  mablagʻlarni  tijorat 

banklari  depozitlariga  joylashtirishdan,  xizmatlar 

koʻrsatishdan  olinadigan  daromadlar, 

shuningdek, qonun hujjatlarida taqiqlanmagan boshqa manbalar Vazirlik markaziy apparati, 

Qoraqalpogʻiston  Respublikasi  Qishloq  xoʻjaligi  vazirligi,  viloyatlar  qishloq  xoʻjaligi 

boshqarmalari  va  tumanlar  (Quvasoy  shahar)  qishloq 

xoʻjaligi  boʻlimlari  faoliyatini 


Axborot soati materialini 

www.mtm.buxdu.uz

 veb-saytidan  

va tellegramdagi 

https://t.me/axborotsoati

 manzilidan olish mumkin 

11 


 

moliyalashtirish,  xodimlarni  moddiy 

ragʻbatlantirish  (ish  haqi,  mukofot  pullari,  ustamalar  va 

boshqa pul mukofotlarini 

toʻlash) manbalari hisoblanadi. 

7. Vazirlik, 

Oʻzbekiston Respublikasi Iqtisodiyot va sanoat vazirligi: 

Oʻzbekiston  Respublikasi  Moliya  vazirligi  bilan  birgalikda  xalqaro  moliya  institutlari 

ekspertlarini  jalb  qilgan  holda  uch  oy  muddatda  don  mahsulotlari  narxlarini  tartibga 

solishning bozor mexanizmlarini joriy etish 

boʻyicha takliflarni; 

Oʻzbekiston Respublikasi Suv xoʻjaligi vazirligi, Investitsiyalar va tashqi savdo vazirligi 

bilan birgalikda xalqaro (xorijiy) moliya institutlari va maslahatchilarni jalb etgan holda bir oy 

muddatda  xorijiy  tajriba  va  joylardagi  haqiqiy  ahvolni  chuqur  tahlil  qilish  asosida  aniq 

moliyaviy  manbalarni  va  mexanizmlarni 

koʻrsatgan  holda  quyidagilarni  nazarda  tutuvchi 



2019-2021 

yillarda 

qishloq 

xoʻjaligi 

mahsulotlarini 

yetishtirish 

uchun 

foydalanilmayotgan yer maydonlarini 

oʻzlashtirish konsepsiyasi loyihasini kiritsin: 

zamonaviy irrigatsiya va melioratsiya texnologiyalari hamda yerlarni 

sugʻorish usullarini 

keng joriy etish; 

toʻgʻridan-toʻgʻri  investitsiyalarni,  shu  jumladan,  davlat-xususiy  sheriklik  shartlari 

asosida faol jalb etish; 

Konsepsiyani  amalga  oshirishda  ishtirok  etuvchi  tadbirkorlik  subyektlarini  davlat 

tomonidan 

qoʻllab-quvvatlash. 

8. Quyidagilar 

oʻz kuchini yoʻqotgan deb hisoblansin: 

Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2018 yil 17 apreldagi “Qishloq va suv xoʻjaligi 

davlat boshqaruvi tizimini tubdan takomillashtirish chora-tadbirlari 

toʻgʻrisida”gi PF–5418-son 

Farmonining 2- va 8-bandlari; 

Oʻzbekiston  Respublikasi  Prezidentining  2018  yil  17  apreldagi  “Oʻzbekiston 

Respublikasi  Qishloq 

xoʻjaligi  vazirligi  faoliyatini  tashkil  etish  chora-tadbirlari  toʻgʻrisida”gi 

PQ

–3671-son qarorining 1- va 2-bandlari. 



9. 

Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi bir oy muddatda: 

Oʻzbekiston Respublikasi Qishloq xoʻjaligi vazirligi faoliyatini takomillashtirish; 

Oʻzbekiston  Respublikasi  Qishloq  xoʻjaligi  vazirligi  huzurida  Qishloq  xoʻjaligi  va  oziq-

ovqat 

taʼminoti ilmiy-ishlab chiqarish markazi faoliyatini tashkil etish; 



Toshkent davlat agrar universiteti faoliyatini takomillashtirish; 

Oʻzbekiston  Respublikasi  Qishloq  xoʻjaligi  vazirligi  huzurida  Urugʻchilikni  rivojlantirish 

markazi  faoliyatini  takomillashtirish 

toʻgʻrisidagi  Oʻzbekiston  Respublikasi  Prezidentining 

qarorlari loyihalarini kiritsin. 

10.  Vazirlik  ikki  oy  muddatda  qonun  hujjatlariga  ushbu  Farmondan  kelib  chiqadigan 

oʻzgartirish  va  qoʻshimchalar  toʻgʻrisida  Oʻzbekiston  Respublikasi  Vazirlar  Mahkamasiga 

takliflar kiritsin. 

11. Mazkur Farmonning ijrosini nazorat qilish 

Oʻzbekiston Respublikasining Bosh vaziri 

A.N.Aripov 

va 


Oʻzbekiston 

Respublikasi 

Prezidenti 

Administratsiyasi 

rahbari 

Z.Sh.Nizomiddinov zimmasiga yuklansin. 



Oʻzbekiston Respublikasi 

Prezidenti                                                                   Sh.MIRZIYOYEV 

Toshkent shahri, 

2019 yil 17 aprel 

 

 



 

 

 



 


Download 0.96 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2020
ma'muriyatiga murojaat qiling