Axborot soati materiallari
Download 0.55 Mb. Pdf ko'rish
|
Axborot soati materialini www.mtm.buxdu.uz veb-saytidan va tellegramdagi https://t.me/axborotsoati manzilidan olish mumkin 1
AXBOROT SOATI MATERIALLARI 26 Mart 2019 yil
YANGILIKLAR VA VOQEALAR
MIRZIYOYEVNING NAVROʻZ UMUMXALQ BAYRAMIGA BAGʻISHLANGAN TANTANALI MAROSIMDAGI TABRIK SOʻZI
Assalomu alaykum, muhtaram vatandoshlar!
Shu tarovatli kunlarda tabiat uygʻonib, goʻzal diyorimizga barchamiz orziqib, sogʻinib kutgan Navroʻzi olam kirib kelmoqda.
Ming yillar davomida maʼnaviy hayotimizning koʻrku ziynati boʻlib kelayotgan bu ajoyib, xosiyatli bayram bugun qalblarimizga yana cheksiz quvonch va zavq bagʻishlamoqda.
Axborot soati materialini www.mtm.buxdu.uz veb-saytidan va tellegramdagi https://t.me/axborotsoati manzilidan olish mumkin 2
Azim poytaxtimizning markazida bunyod etilib, yaqinda foydalanishga topshirilgan muhtasham “Humo” koshonasida siz, azizlarni, sizlar orqali koʻpmillatli butun xalqimizni Navroʻz bayrami bilan chin qalbdan tabriklashni oʻzim uchun katta sharaf, deb bilaman.
Mana shunday fayzli, shodiyona ayyomda barcha shahar va tumanlarda, qishloq va ovullarda Navroʻz saylini oʻtkazayotgan barcha-barcha yurtdoshlarimga yuksak hurmatim va eng ezgu tilaklarimni izhor etaman.
boʻlsin!
– Navroʻzi olamning qadami qutlugʻ va barakali kelsin!
doʻstlar!
Ayni shu betakror va dilbar faslda barchamiz oʻzimizni yasharib ketgandek, vujudimizga yangi kuch- gʻayrat, azmu shijoat kirgandek his etamiz. Necha yuz yillik anʼana va qadriyatlarimizni yangitdan kashf etamiz, qanday buyuk tarix, qanday buyuk madaniyat vorislari ekanimizni yana bir bor anglaymiz. Va bundan qalblarimiz gʻurur va iftixorga toʻladi.
Bu yilgi Navroʻz bayrami ushbu muazzam saroyda oʻtayotganida oʻziga xos ramziy
maʼno bor, albatta. Afsonaviy Humo qushi – ezgulik va baxt timsoli, Navroʻz esa bahor va baxt ayyomidir. Bu ikki ulugʻ timsol, yaʼni, Humo va Navroʻz falsafasi oʻzaro uygʻun boʻlib, hayotimizni yanada mazmunli va munavvar etgay, inshoolloh.
Barchamizga maʼlumki, Navroʻz – yangi kun, yangi fasl demakdir.
Bugun ona tabiat bagʻrida yangilanish va yasharish fasli boshlanmoqda.
Jonajon Oʻzbekistonimiz ham bugun oʻz milliy taraqqiyotining yangi davriga qadam
qoʻymoqda.
Bu – erkinlik va ozodlikning yangi davri, bunyodkorlik va farovonlikning yangi, yuksak bosqichidir.
Bu
– “Xalq manfaati hamma narsadan ulugʻ” degan ezgu gʻoya amaliy ishlar bilan
oʻz tasdigʻini topayotgan davrdir. Yangi-yangi uy-joylar, zamonaviy korxonalar, taʼlim, tibbiyot, madaniyat va sport maskanlari, obod qishloq va shaharlar yurtimiz chiroyiga chiroy qoʻshayotgan davr bu.
Axborot soati materialini www.mtm.buxdu.uz veb-saytidan va tellegramdagi https://t.me/axborotsoati manzilidan olish mumkin 3
Kattalarga hurmat, kichiklarga izzat, madadga muhtoj insonlar va oilalarga chinakam koʻmak va yordam berish, mehr-oqibat koʻrsatish hayotimiz qoidasiga aylanib borayotgan davr bu.
Bu
– jahon hamjamiyati bilan, eng avvalo, yaqin qoʻshnilarimiz bilan doʻstlik va hamkorlik eshiklari keng ochilayotgan zamondir.
Bu
– oʻzgarib, kuch-qudratga toʻlib borayotgan, dunyo ahli eʼtirof etayotgan yangi
Oʻzbekistondir.
Ayni vaqtda bularning barchasi – biz tanlagan olis va mashaqqatli yoʻldagi dastlabki qadamlardir.
Bugun
koʻpni koʻrgan, mard va olijanob xalqimiz oʻzining fidokorona mehnati bilan, kelajakka mustahkam ishonchi bilan shonli tariximizning yangi sahifasini yaratmoqda.
Ushbu qutlugʻ ayyomda mana shunday mehnatkash, matonatli, bagʻrikeng, Vatanga sadoqatli xalqimizga farzandlik mehrim bilan chin yuragimdan taʼzim qilaman. Muhtaram doʻstlar!
Navroʻz oʻzining oʻlmas ruhi, umuminsoniy gʻoyalari bilan bashariyat hayotidan tobora chuqur oʻrin egallamoqda. Barchangizga ayonki, Birlashgan Millatlar Tashkilotining qarori bilan 21 mart – butun dunyoda Xalqaro Navroʻz kuni sifatida keng nishonlanmoqda.
Fursatdan foydalanib, bizga hurmat va ehtirom koʻrsatib, mana shu muhtasham koshonamizga tashrif buyurgan chet davlatlarning muhtaram elchilarini, xalqaro tashkilotlar vakillarini, barcha xorijiy mehmonlarimizni, olis va yaqin mamlakatlar xalqlarini Navroʻz bayrami bilan tabriklab, ularga tinchlik, ravnaq va farovonlik tilashga ruxsat bergaysiz.
Bepoyon yurtimizni qamrab olgan xalq sayillarida bugun “Har kunimiz Navroʻz boʻlsin!” degan ezgu tilaklar yangramoqda.
Haqiqatan ham, Navroʻz oʻzining buyuk qudrati bilan tabiatni uygʻotmoqda. Islohotlar esa jamiyatni, xalqimizning ongu tafakkuri, beqiyos salohiyatini uygʻotmoqda.
Hozirgi kunda mamlakatimizda amalga oshirilayotgan barcha islohot va oʻzgarishlar ayni shu ulugʻ maqsadga – har kunimiz Navroʻz boʻlishiga, yaʼni, el- Axborot soati materialini www.mtm.buxdu.uz veb-saytidan va tellegramdagi https://t.me/axborotsoati manzilidan olish mumkin 4
yurtimiz hayotining obod va farovon boʻlishiga qaratilganini siz, azizlar yaxshi bilasiz. Biz shu yoʻlda oʻz oldimizga ulkan marra va vazifalarni qoʻydik va ularni xalqimiz bilan birga albatta amalga oshiramiz.
Bugun mirishkor dehqon va fermerlarimiz katta orzu-niyatlar bilan yangi mehnat mavsumini boshlamoqda. Barchamizning tilagimiz bitta: yilimiz qutlugʻ
kelsin, hosilimiz moʻl boʻlsin, mehnatingizdan baraka toping, qadrli doʻstlar!
boʻlgan navqiron yoshlar!
saodat, qut-baraka olib kelsin!
Bu haqda Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti Matbuot xizmati maʼlum qildi.
Axborot soati materialini www.mtm.buxdu.uz veb-saytidan va tellegramdagi https://t.me/axborotsoati manzilidan olish mumkin 5
Navroʻz bayrami munosabati bilan Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyev nomiga xorijiy davlatlar va hukumatlar rahbarlari, jamoat arboblaridan samimiy qutlovlar kelmoqda. Ularda davlatimiz rahbariga mustahkam sogʻlik va muvaffaqiyatlar, Oʻzbekiston xalqiga tinchlik- osoyishtalik va farovonlik tilab, ezgu istaklar izhor etilgan.
Xitoy Xalq Respublikasi Raisi – Si Szinpin
Qozogʻiston Respublikasining Birinchi Prezidenti – Nursulton Nazarboyev Qirgʻiziston Respublikasi Prezidenti – Sooronbay Jeenbekov
Tojikiston Respublikasi Prezidenti – Emomali Rahmon
Turkmaniston Prezidenti – Gurbanguli Berdimuhamedov
Ozarbayjon Respublikasi Prezidenti – Ilhom Aliyev
Afgʻoniston Islom Respublikasi Prezidenti – Ashraf Gʻani Afgʻoniston Islom Respublikasi Hukumati ijroiya kengashi raisi – Abdulla Abdulla
Eron Islom Respublikasi Prezidenti – Hasan Ruhoniy
Saudiya Arabistoni Qiroli – Salmon ibn Abdulaziz Ol Saud
Saudiya Arabistoni valiahdi, Bosh vaziri oʻrinbosari, mudofaa vaziri – Muhammad ibn Salmon Ol Saud
Birlashgan Arab Amirliklari Vitse-prezidenti, Bosh vaziri, Dubay amiri – shayx Muhammad bin Roshid Ol Maktum
Birlashgan Arab Amirliklari Bosh vaziri oʻrinbosari, ichki ishlar vaziri – shayx Sayf bin Zoid Ol Nahayon
Falastin Prezidenti, Falastin ozodlik tashkiloti ijroiya qoʻmitasi raisi – Mahmud Abbos
Kavkaz musulmonlari idorasi raisi shayxulislom – Ollohshukur Poshshozoda va boshqalar tabrik yoʻllagan.
Qutlovlar kelishi davom etmoqda. Axborot soati materialini www.mtm.buxdu.uz veb-saytidan va tellegramdagi https://t.me/axborotsoati manzilidan olish mumkin 6
TOʻGʻRIDAN-TOʻGʻRI XORIJIY INVESTITSIYALARNIOʻZLASHTIRISH HOLATI TANQIDIY TAHLIL QILINDI Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyev 20 mart kuni investitsiya loyihalarini amalga oshirish va toʻgʻridan-toʻgʻri investitsiyalarni jalb etish ishlarini jadallashtirish masalalariga bagʻishlangan yigʻilish oʻtkazdi. Maʼlumki, investitsiya iqtisodiyotning harakatlantiruvchi kuchi – drayveridir. Keyingi yillarda butun dunyoda xorijiy investitsiyalar jalb etish tobora murakkab kechmoqda. Masalan, 2018 yilda jahonda investitsiya oqimi 19 foizga kamaygan. Shu bois, jalb etilgan xorijiy investitsiyalardan samarali foydalanish, bu borada jadal va tizimli ish olib borish zarur. Joriy yil 8 yanvar kuni boʻlib oʻtgan videoselektor yigʻilishida davlatimiz rahbari investitsiyalarni jalb qilish, qulay investitsiya muhitini yaratish boʻyicha aniq vazifalar belgilab bergan edi. Shu asosda aniq moliyalashtirish manbalarini koʻrsatgan holda Investitsiya dasturi tasdiqlandi. Xususan, bu yil jami 4,2 milliard dollar qiymatidagi toʻgʻridan-toʻgʻri xorijiy investitsiyalar oʻzlashtirilishi belgilangan. Yigʻilishda oʻtgan ikki oyda bajarilgan ishlar tanqidiy tahlil qilindi. Davlatimiz rahbari xorijiy investitsiyalarni oʻzlashtirish holati umuman sust ketayotganini taʼkidlab, mutasaddilarni jiddiy ogohlantirdi. Ayrim tarmoq va hududlarda chet ellik investorlarga taqdim etish uchun aniq hisob-kitoblarga asoslangan loyihalar boʻyicha takliflar yoʻqligi tanqid qilindi. Prezidentimiz tegishli vazirlik va hokimliklar zimmasiga aniq va qatʼiy vazifalar yukladi. Investitsiya va tashqi savdo vazirligiga energetika, neft-gaz, kimyo, mashinasozlik, elektr texnikasi, axborot texnologiyalari va boshqa muhim sohalarga Axborot soati materialini www.mtm.buxdu.uz veb-saytidan va tellegramdagi https://t.me/axborotsoati manzilidan olish mumkin 7
toʻgʻridan-toʻgʻri xorijiy sarmoyalarni jalb etish boʻyicha investitsiya loyihalari portfelini shakllantirish topshirildi. Hukumatlararo komissiya yigʻilishlari investitsiya loyihalarini shakllantirish boʻyicha zarur maydonga aylanmagani qayd etilar ekan, toʻgʻridan-toʻgʻri xorijiy investitsiyalarni jalb etish boʻyicha har bir komissiyaning maqsadli koʻrsatkichlarini ishlab chiqish lozimligi taʼkidlandi. Butun dunyoda davlat-xususiy sheriklik tizimi investitsiya jalb qilishning muhim omillaridan biridir. Shuni inobatga olib, Oʻzbekiston Respublikasi Moliya vazirligi huzurida Davlat-xususiy sheriklikni rivojlantirish agentligi tuzilgan edi. Yigʻilishda mazkur agentlik faoliyatini tashkil etishga ham eʼtibor qaratilib, mutasaddilarga transport, energetika va xizmat koʻrsatish sohalarida davlat-xususiy sheriklik asosida chet el kapitali ishtirokida amalga oshiriladigan loyihalarni shakllantirish vazifasi qoʻyildi. Yangi tuzilgan Davlat aktivlarini boshqarish agentligiga davlat ulushi mavjud boʻlgan korxonalarga toʻgʻridan-toʻgʻri xorijiy investitsiyalar jalb qilish ishlarini jadallashtirish boʻyicha aniq koʻrsatmalar berildi. Yuqorida qayd etilgan yoʻnalishlar boʻyicha chet el sarmoyalarini jalb etish uchun xorijiy davlatlarda taqdimotlar – roud-shoular oʻtkazish zarurligi taʼkidlandi. Bu yilgi Investitsiya dasturiga muvofiq, markazlashgan mablagʻlar hisobidan 3 mingga yaqin obyektda qurilish va taʼmirlash ishlari bajarilishi rejalashtirilgan. Prezidentimiz moliyalashtirish va loyiha-smeta hujjatlarini ishlab chiqishni tezroq yakunlab, qurilish ishlarini qisqa muddatlarda boshlash boʻyicha ham topshiriqlar berdi. Bunday dasturlarni ishlab chiqishni takomillashtirish maqsadida loyiha institutlarini boshqarishga xorijiy tajribani keng joriy etish kerakligi qayd etildi. Yigʻilishda taʼkidlanganidek, hududlarda ishlab chiqarish sohalariga investitsiya jalb qilish talabga javob bermaydi. Vaholanki, mamlakatimizga koʻp miqdorda farmatsevtika va gigiyena vositalari, oziq-ovqat tovarlari, bolalar kiyimlari import qilinmoqda. Aslida bunday mahsulotlarni yurtimizda ishlab chiqarish uchun juda katta imkoniyatlar mavjud. Shu bois, Prezidentimiz vazirlik va idoralar rahbarlariga oʻzlariga biriktirilgan hududlarga chiqib, u yerda amalga oshirilayotgan loyihalarni jadallashtirish, isteʼmol tovarlarini ishlab chiqarish uchun investorlarni hududlarga, jumladan, erkin iqtisodiy zonalarga jalb etish boʻyicha topshiriqlar berdi. Xalqaro moliya institutlari mablagʻlarini oʻzlashtirish holatiga eʼtibor qaratilar ekan, bu boradagi yillik rejani bajarishda Uy-joy kommunal xizmat koʻrsatish, Sogʻliqni saqlash, Suv xoʻjaligi vazirliklarida qoloqlik mavjudligi qayd etildi. Mutasaddilarga ushbu yoʻnalishdagi ishlarni jadallashtirish boʻyicha koʻrsatmalar berildi. Baʼzi joylarda zarur infratuzilma yoʻqligi investitsiyalar jalb etishga toʻsiq boʻlayotgani, loyihalar uchun yer ajratish, elektr energiyasi, gaz, suv va kanalizatsiya tarmoqlariga ulanishda muammolar borligi qayd etildi. Shu munosabat bilan Iqtisodiyot va sanoat, Investitsiya va tashqi savdo vazirliklariga hududlarning infratuzilma obyektlarini rivojlantirish boʻyicha 3 yillik dastur ishlab chiqish zarurligi taʼkidlandi.
Axborot soati materialini www.mtm.buxdu.uz veb-saytidan va tellegramdagi https://t.me/axborotsoati manzilidan olish mumkin 8
Barcha topshiriqlar ijrosini taʼminlash va muammolarni bartaraf etishga qaratilgan amaliy chora-tadbirlar belgilab olindi.
YOSHLAR MAʼNAVIYATINI YUKSALTIRISH, ULARNING BOʻSH VAQTINI MAZMUNLI TASHKIL ETISH BOʻYICHA MUHIM VAZIFALAR BELGILAB BERILDI
mart kuni yoshlarga eʼtiborni kuchaytirish, yosh avlodni madaniyat, sanʼat, jismoniy tarbiya va sportga keng jalb etish, ularda axborot texnologiyalaridan toʻgʻri foydalanish koʻnikmasini shakllantirish, yoshlar oʻrtasida kitobxonlikni targʻib qilish, xotin-qizlar bandligini taʼminlash masalalariga bagʻishlangan videoselektor yigʻilishi boʻlib oʻtdi. Mamlakatimiz aholisining 30 foizi 14 dan 30 yoshgacha boʻlgan yoshlardir. Ularning taʼlim olishi, kasb-hunar egallashi uchun zamonaviy sharoit va imkoniyatlar yaratilgan. Shu bilan birga, yoshlarning boʻsh vaqtini mazmunli oʻtkazishni tashkil etish dolzarb masala hisoblanadi. Yoshlar qanchalik maʼnaviy barkamol boʻlsa, turli yot illatlarga qarshi immuniteti ham shuncha kuchli boʻladi. Maʼlumki, davlatimiz rahbari ijtimoiy, maʼnaviy-maʼrifiy sohalardagi ishlarni yangi tizim asosida yoʻlga qoʻyish boʻyicha 5 ta muhim tashabbusni ilgari surgan edi.
Axborot soati materialini www.mtm.buxdu.uz veb-saytidan va tellegramdagi https://t.me/axborotsoati manzilidan olish mumkin 9
Birinchi tashabbus yoshlarning musiqa, rassomlik, adabiyot, teatr va sanʼatning boshqa turlariga qiziqishlarini oshirishga, isteʼdodini yuzaga chiqarishga xizmat qiladi. Ikkinchi tashabbus yoshlarni jismoniy chiniqtirish, ularning sport sohasida qobiliyatini namoyon qilishlari uchun zarur sharoitlar yaratishga yoʻnaltirilgan. Uchinchi tashabbus aholi va yoshlar oʻrtasida kompyuter texnologiyalari va internetdan samarali foydalanishni tashkil etishga qaratilgan. Toʻrtinchi tashabbus yoshlar maʼnaviyatini yuksaltirish, ular oʻrtasida kitobxonlikni keng targʻib qilish boʻyicha tizimli ishlarni tashkil etishga yoʻnaltirilgan. Beshinchi tashabbus xotin-qizlarni ish bilan taʼminlash masalalarini nazarda tutadi. Ana shu ezgu gʻoya Prezidentimizning Sirdaryo viloyatiga tashrifi chogʻida boshlanib, qisqa vaqtda ulkan ishlar amalga oshirildi. Mazkur hududdagi tuman va shaharlar kutubxonalariga 300 ming nusxada badiiy adabiyotlar yetkazib berildi. Musiqa va sanʼat maktablari cholgʻu asboblari, sport obyektlari jihozlar bilan taʼminlandi. Bu ishlar Namangan viloyatida ham davom ettirilib, “Maʼrifat karvoni” tashkil etildi. Yoshlar uchun 25 ming dona kitob, 80 turdagi sport jihozlari va musiqa asboblari yetkazib berildi. Ushbu 5 tashabbus xalqimiz, ayniqsa, yoshlarimiz tomonidan katta qiziqish bilan kutib olindi. Yigʻilishda bu tajribani Oʻzbekistonning barcha hududlarida keng joriy qilish masalalari muhokama qilindi. Bugungi kunda mamlakatimizdagi 800 dan ortiq madaniyat markazi, 312 ta musiqa va sanʼat maktabiga atigi 130 ming nafar oʻgʻil-qiz qamrab olingani, mazkur muassasalarning aksariyati oʻquv qoʻllanmalari, notalar toʻplami, musiqa asboblari va jihozlar bilan yetarli darajada taʼminlanmagani qayd etildi. Davlatimiz rahbari joylardagi madaniyat markazlari, musiqa va sanʼat maktablarining moddiy-texnik bazasi va ulardan foydalanish holatini oʻrganib, faoliyatini yaxshilash boʻyicha topshiriqlar berdi. Madaniyat vazirligi va Xalq taʼlimi vazirligiga hokimliklar bilan birgalikda tuman (shahar) madaniyat markazlari va umumtaʼlim maktablarida yoshlarning qiziqishidan kelib chiqib, qoʻshimcha 1,5 mingta toʻgarak tashkil etish vazifasi qoʻyildi. Tashabbuskor isteʼdodli yoshlar va mahalliy homiylarni jalb etgan holda, madaniyat markazlarida badiiy-havaskorlik jamoalari, yoshlar teatr-studiyalari va “Yoshlar klublari” tashkil qilish zarurligi taʼkidlandi. Atoqli sanʼatkor va isteʼdodli ijodkorlarni tumanlardagi madaniy ishlarga koʻmakchi sifatida biriktirish yaxshi natija berayotganini inobatga olib, bu tajribani butun mamlakatga yoyish boʻyicha koʻrsatmalar berildi. Unga muvofiq, taniqli artistlar tuman va shaharlarga ijodiy maslahatchi sifatida biriktirilib, oʻsha joylarda madaniyat va sanʼatni rivojlantirishga masʼul boʻladi, tuman va shaharlar hokimlari esa ushbu ishlarga moddiy va tashkiliy jihatdan yordam beradi. Musiqa va sanʼat sohasida oliy maʼlumotli kadrlarni koʻpaytirish masalasiga ham eʼtibor qaratildi. Axborot soati materialini www.mtm.buxdu.uz veb-saytidan va tellegramdagi https://t.me/axborotsoati manzilidan olish mumkin 10
Oliy va
oʻrta maxsus taʼlim hamda Xalq taʼlimi vazirliklariga muayyan mavzular boʻyicha tarix darslarini muzeylar, tarixiy obidalar, qadamjo va teatrlarda sayyor oʻtkazilishini tashkil qilish topshirildi. Ikkinchi tashabbusga doir masalalar muhokama qilinar ekan, yurtimizda 12 mingdan ziyod sport inshooti borligi, lekin yoshlarni jismoniy tarbiya va ommaviy sportga qamrab olish darajasi yetarli emasligi qayd etildi. Umumtaʼlim maktablarining sport anjomlari bilan jihozlanish koʻrsatkichi mamlakat boʻyicha 56 foizni tashkil etgani holda, Surxondaryo viloyatida atigi 12 foiz, Xorazmda 14 va Qoraqalpogʻistonda 15 foiz, xolos. Yigʻilishda yoshlarni jismoniy tarbiya va sportga keng jalb etish borasidagi chora-tadbirlar belgilab berildi. Tuman va shaharlar hokimlarining yoshlar masalalari boʻyicha oʻrinbosarlariga mutaxassislar bilan birgalikda yoshlarning sport turlariga qiziqishi hamda sport inshootlarining jihozlanish darajasini oʻrganib, shu asosda takliflar berish, Vazirlar Mahkamasiga ularni amalga oshirish uchun zarur mablagʻlar manbasini aniqlash vazifasi yuklatildi. Olis va chekka qishloqlarda yengil konstruksiyali sendvich panellardan kichik sport zallari va sunʼiy qoplamali maydonlar qurish, tashabbuskor tadbirkorlarga sport inshootlari barpo etish uchun yer ajratish zarurligi taʼkidlandi. Bunday tadbirkorlarga Milliybank tomonidan “Yoshlar – kelajagimiz” Davlat dasturi doirasida imtiyozli kreditlar ajratiladi. Joylardagi sport maktablariga taniqli xalqaro musobaqalar gʻoliblarini rahbar etib tayinlash, shuningdek, sportchilarni oliy oʻquv yurtlarining maxsus sirtqi boʻlimlarida maqsadli oʻqitish yaxshi natija berishi qayd etildi. Bolalar va oʻsmirlar sport maktablari sonini koʻpaytirish yuzasidan topshiriqlar berildi. Videoselektor yigʻilishida yoshlarni internetdagi zararli xurujlardan asrash, ularni axborot texnologiyalaridan unumli foydalanishga oʻrgatish masalalariga ham alohida ahamiyat qaratildi. Axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarini rivojlantirish vazirligiga ilgʻor xalqaro tajribalar asosida barcha shaharlarda va tumanlar markazida Raqamli texnologiyalar oʻquv markazlarini tashkil etish boʻyicha topshiriq berildi. Bu markazlarda elektron tijorat va dasturlash bepul oʻrgatiladi, axborot texnologiyalari sohasida biznes boʻyicha innovatsion koʻnikmalar shakllantiriladi, “startap” loyihalarga yordam koʻrsatiladi. Bugungi kunda barcha maktablarda kompyuter texnikalari boʻlishiga qaramasdan, internet xizmatidan yetarli darajada foydalanilmayotgani tanqid qilindi. Xalq
taʼlimi vazirligi, Axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarini rivojlantirish vazirligiga 2021 yilgacha barcha maktablardagi kompyuter sinflarini zamonaviy texnologiyalar va yuqori tezlikdagi internet tarmogʻi bilan taʼminlash boʻyicha chora- tadbirlar rejasini ishlab chiqish vazifasi qoʻyildi. Tashabbuskor tadbirkorlarni jalb qilgan holda, kompyuter oʻyinlari markazlarini tashkil etish, ularda bolalar va yoshlarning bilim va dunyoqarashini kengaytirishga xizmat qiladigan test, viktorina, rivojlantirish strategiyalari va boshqa foydali dasturlar boʻlishi zarurligi taʼkidlandi. Axborot soati materialini www.mtm.buxdu.uz veb-saytidan va tellegramdagi https://t.me/axborotsoati manzilidan olish mumkin 11
Yoshlarda bolalik chogʻidan kitobga mehr uygʻotish, mustaqil fikr va keng dunyoqarashni shakllantirish ularning hayot yoʻllarida mustahkam zamin boʻladi. Lekin
koʻplab qishloq va mahallalarda buning uchun zarur sharoit mavjud emas. Ilgarigi kutubxonalar oʻrnida tashkil etilgan Axborot-resurs markazlari oʻzlariga yuklatilgan vazifalarni bajara olmadi. Shu holatlarni hisobga olib, yangi tashabbus doirasida yoshlar sonidan kelib chiqqan holda joylarga qoʻshimcha kitoblar yetkazib berish rejalashtirilgan. Davlatimiz rahbari mutasaddi vazirlik va idoralarga “Maʼrifat karvoni” loyihasi doirasida badiiy, m aʼrifiy, ijtimoiy mavzularda kitoblar chop etish hamda Qoraqalpogʻiston Respublikasi va barcha viloyatlarga 1 million nusxadan kam boʻlmagan miqdorda yetkazib berish boʻyicha topshiriq berdi. Yigʻilishda mahalliy hokimliklar har bir shahar va tuman markazida bittadan namunali kitob doʻkoni tashkil etishi kerakligi taʼkidlandi. Axborot va ommaviy kommunikatsiyalar agentligiga barcha shahar va tumanlarda koʻchma kitob pavilyonlarini joylashtirish, “Bibliobus”larni yoʻlga qoʻyish orqali qishloq va ovullar aholisiga kutubxona xizmati koʻrsatish vazifasi yuklatildi. Yigʻilishda xotin-qizlarni ish bilan taʼminlash masalalari ham muhokama qilindi. Shu maqsadda 2019-2020 yillarda barcha tumanlarda sendvich panellardan 195 ta tikuv-trikotaj korxonasi tashkil etish belgilangan. Ularni qurish uchun aholi zich yashaydigan, mehnat resurslari koʻp joylar tanlab olingan. Bu korxonalarni tashkil etish natijasida xotin-qizlar uchun 24 mingdan ortiq doimiy ish oʻrni yaratish koʻzda tutilgan. Prezidentimiz mehnat qilish istagidagi ayollar ish oʻrinlari sonidan ancha koʻpligini hisobga olib, korxonalarda ishni 2 smenada tashkil etish, ularda xaridorgir mahsulotlar ishlab chiqarish zarurligini taʼkidladi. Yigʻilishda qayd etilgan 5 tashabbusni keng joriy qilish maqsadida barcha hududlarga mutasaddi rahbarlar masʼul qilib biriktirildi. Shuningdek, bu vazifalarga Qoraq alpogʻiston Respublikasi Joʻqorgʻi Kengesi raisi, viloyatlar, Toshkent shahri, tuman va shaharlar hokimlari, “Nuroniy”, “Mahalla” jamgʻarmalari, Xotin-qizlar qoʻmitasi, Yoshlar ittifoqi rahbarlari shaxsan masʼul va javobgar etib belgilandi. Muhokama qilingan masalalar yuzasidan axborotlar tinglandi. Katalog: files -> mtm mtm -> Axborot soati materialini mtm -> Axborot soati materialini mtm -> Axborot soati materialini mtm -> Axborot soati materialini mtm -> Axborot soati materialini mtm -> MT136 – Maktabgacha ta’lim muassasasining musiqa rahbarlari malaka oshirish kursi tinglovchilari uchun mutaxassislik fanlari bo’yicha test savollari mtm -> Axborot soati materiallari mtm -> Axborot soati materiallari mtm -> Axborot soati materiallari Download 0.55 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
ma'muriyatiga murojaat qiling